Zoologiya uzb 2017. indd



Yüklə 3,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/64
tarix23.01.2018
ölçüsü3,87 Kb.
#21848
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   64

116
8.1. Baliqlar
ligi 15 m keladigan gigant akula yoki 18 m ga yetadigan kit akulasi 
eng yirik hisoblanadi. Lekin bunday bahaybat akulalarning tishlari 
juda mayda bo‘lib, ular mayda qisqich 
baqasimonlar va baliqlar bilan 
oziqlanadi.
Skatlar turkumi. Skatlarning tanasi yassi, rombsimon yoki disk-
simon bo‘lib, suv tubida yashashga moslashgan. Dum suzgichi in-
gichka xivchinga aylangan. Skatlar yassi tanasi bilan tutashib ketgan 
ko‘krak suzgich qanotlarini to‘lqinsimon tebratib asta-sekin suzadi. 
Ayrim skatlarning maxsus himoyalanish a’zosi, masalan, dumining 
asosida zaharli shilimshiq modda bilan qoplangan tikani bo‘ladi. 
Tropik dengizlarda uchraydigan elektr skatlarda 70 Vt kuchlanishli 
elektr zaryadi hosil qiladigan a’zosi ham bo‘ladi. Skatlar zaharli 
nayzasi yoki elektr zaryadi yordamida o‘z o‘ljasini falajlaydi yoki 
dushmanini qochishga majbur qiladi.
Skatlar boshqa ko‘pchilik tog‘ayli baliqlar singari tirik tug‘adi. Ular 
kam pushtli bo‘lib, bitta urg‘ochi skat 1–3 tadan 20–30 tagacha 
nasl beradi. Ko‘pchilik skatlar dengiz tubidagi mollyuskalar bilan 
oziqlanadi. Faqat eng yirik, bahaybat manta suv qa’ridagi mayda 
qisqichbaqasimonlar va baliqchalar bilan oziqlanadi. Skatlar 
ning 350 
ga yaqin turi mavjud. Ba’zi turlari vitaminli yog‘i uchun ovlanadi.
1. Baliqlar yashash sharoitiga qanday moslashgan?
2. Tog‘ayli baliqlar qanday tuzilgan?
3. Akulalar qanday tuzilgan?
4. Akulalar terisidagi tangachalar qanday tuzilgan?
5. Skatlar suv tubida yashashga qanday moslashgan?
6. Skatlarning qanday himoyalanish vositalari bor?
1. Tog‘ayli baliqlar qanday tuzilgan? 
2. Akulalar qanday tuzilgan?
a) dum suzgichi kuchli rivojlangan; 
a) tanasi rombsimon, disksimon  
b) skeleti tog‘aydan iborat; 
   yassi;
d) jabra yoriqlari 5–7 juft; 
b) tanasi suyri shaklda;
e) jabra yoriqlari 1–3 juft; 
d) plastinkasimon tangachalari bor;
f) jabra qopqoqlari keng va qalin; 
e) dum suzgichlari iðga o‘xshash;
g) jabra qopqoqlari bo‘lmaydi. 
f) tishlari, tangachalarida emal bor;
 
g) suzgichi tanasiga tutashgan.
Baliqlarning yashash muhiti va unga moslanish belgilarini juftlab yozing.
a) chuqur suvda;   
 
1) tanasi suyri shaklda;
b) suv tubida; 
 
 
2) yorug‘lik tarqatuvchi organi bor;
d) suv yuzasida; 
 
 
3) tana rangi xilma-xil;
e) korall riflarida.   
 
4) tanasi yassi.


117
34-§. Suyakli baliqlar sinfi: asosiy sistematik guruhlari va ahamiyati
Lugat daftaringizga yozib oling.
Tog‘ayli baliqlar, suyakli baliqlar, akulalar, emal, tikanli akula, gigant akula, 
kit akula, skatlar, dengiz tulkisi, manta, tikandum skat, elektr skat.
Jumboqni yeching. Nima sababdan korall riflari orasida hayot kechiradigan 
baliqlar xilma-xil va chiroyli rangda bo‘ladi?
Tasdiqlovchi javoblar: 1b, d, g; 2b, d, f.
Juftlab yozish javoblari: a-2, b-4, d-1, e-3.
  
 
Suyakli baliqlar sinfi: asosiy 
34-§.   
sistematik guruhlari va ahamiyati
Bakra, ya’ni suyak-tog‘ayli baliqlar turkumi. Bu turkumga mansub 
baliqlarning xiðcha va cho‘ziq tanasi bo‘ylab orqa, yon va qorin 
tomonida 5 qator romb shaklidagi suyak plastinkalar joylashgan 
(67-rasm). Boshining oldingi tomoni uzun tumshuqni hosil qiladi. 
Og‘iz teshigi boshining ostki tomonida joylashgan. Skeleti, asosan, 
tog‘aydan iborat, lekin bosh qutisi suyak bilan qoplangan. O‘q ske-
leti xordadan iborat bo‘lib, butun hayoti davomida saqlanib qoladi.
O‘rta Osiyo suv havzalarida suyak-tog‘ayli baliqlardan bakra baliq 
va  soxta kurakburun uchraydi. Sirdaryo va Amudaryoning quyi va 
?!
2
3
1
4
67-rasm. Bakra baliqlar: 
1 – bakra; 2 – beluga; 3 – sterlyad; 4 – Amudaryo qilquyrug‘i


118
8.1. Baliqlar
o‘rta oqimlarida yashaydigan bakra baliqning uzunligi 2 m gacha, 
og‘irligi 30 kg gacha boradi. Amudaryo etaklarida va uning o‘rta 
oqimlarida  soxta kurakburun (qilquyruq) balig‘i tarqalgan. Uning 
uzunligi 75 sm gacha, og‘irligi 2 kg gacha boradi, mayda baliqlar 
va hasharotlarning qurtlari bilan oziqlanadi. Soxta kurakburun noyob 
tur sifatida muhofaza qilinadi.
Losossimonlar turkumi. Losossimonlarga o‘q skeleti va bosh qu-
tisi qisman suyakka aylangan baliqlar kiradi. Orqa suzgichi ortida 
yana bitta suzgichi bo‘ladi. Ko‘pchilik turlari ko‘payish davrida 
dengizlardan chuchuk suvlarga o‘tadi. Dengizlarda yashovchi losos, 
keta, bukri baliq (gorbusha) ham shu turkumga kiradi. Sirdaryo va 
Amudaryoda  gulmoyi, ya’ni forel ham tarqalgan.
Karpsimonlar turkumi. Tana skeleti suyakdan iborat. Bu 
turkum 
ning vakillari barcha suv havzalarida keng tarqalgan bo‘lib, 
bir necha yuzlab turlarni o‘z ichiga oladi. Biz tanishib chiqqan 
zog‘orabaliq ham shu turkumga kiradi. Orol dengizi, Zarafshon, 
Amudaryo va Sirdaryo havzalarining daryo va ko‘llarida uchray-
digan  mo‘ylov baliq; tog‘ daryolari va soylarda tarqalgan qora 
baliq; Orol dengizi sohillarida, Sirdaryo, Amudaryo va Zaraf-
shonning quyi oqimida yashaydigan moybaliq va oqcha baliq, 
shuningdek, Orol dengizi va unga quyiladigan daryolarda uchray-
digan  laqqa ham shu turkumga kiradi. O‘rta Osiyo suv havzala-
riga Uzoq Sharq daryolaridan oq amur va xumbosh baliq keltirilib 
iqlimlashtirilgan (68-rasm).
Panjaqanotlilar turkumi. Panjaqanotlilar skeleti va suzgich larining 
tuzilishi quruqlikda yashaydigan umurtqalilar oyoqlariga o‘xshab 
ketadi. Bu turkumning yagona vakili – latimeriya Hind okeanining 
Afrika sohili yaqinidan topilgan. Uni o‘rganish quruq 
likda yashov-
68-rasm. O‘zbekiston suv 
havzalari baliqlari: 
1 – laqqa; 2 – cho‘rtan; 3 – zog‘ora; 
4 – oq amur; 5 – oqcha
1
2
3
4
5


Yüklə 3,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə