Zoologiya uzb 2017. indd



Yüklə 3,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/64
tarix23.01.2018
ölçüsü3,87 Kb.
#21848
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   64

154
8.4. Qushlar sinfi
Uchib ketuvchi qushlar. Bunday qushlar kuzda birmuncha sovuq 
yoki mo‘tadil iqlimli joylardan issiq mamlakatlarga uchib ketadi va 
o‘sha joylarda qishlaydi (90-rasm). Uchishdan oldin ular gala hosil 
qiladi.
Qushlar har xil paytda uchib ketadi. Qaldirg‘och, bulbul, zarg‘al-
doq va laylaklar ancha barvaqt, ya’ni yoz oxirlarida yoki erta kuz-
da, hali uya qurgan joyda havo iliq va oziq mo‘l bo‘li 
shiga qara-
masdan uchib ketadi. O‘rdak, g‘oz va oqqush kech kuzda, yashash 
joyidagi suv havzalari muzlab, oziq topolmay qolganidan so‘ng uchib 
keta boshlaydi. Qushlar qishlov joyiga doimo bir xil yo‘ldan uchib 
boradi.
Qushlarning uchib ketish sabablari. Qushlarning uchib ketishi 
yashash joyidagi iqlimning mavsumiy o‘zgarishiga moslashishdan 
iborat. Shimoliy va o‘rta mintaqalarda yashaydigan qushlar yil 
ning 
eng qulay issiq davrida uya qurib, jo‘ja ochadi va uni boqib, voyaga 
yetkazadi. Ular yilning noqulay, oziq kam bo‘ladigan qish mavsumi 
boshlanishidan oldinroq qishlov joylariga uchib ketadi. Qushlar-
ning bahorda o‘z vatanlariga uchib kelishi ko‘pa 
yish instinkti bilan 
bog‘liq. Kuzda kunlarning qisqarishi qushlar 
ning qishlov joyiga uchib 
ketishi uchun signal bo‘ladi.
Qushlarning uchib ketish yo‘lini aniqlash. Qishlov joyiga uchib 
ketayotgan qushlarning yo‘l topishida quyoshga qarab mo‘ljal olish 
qisman ahamiyatga ega. Chunki ko‘pchilik qushlar kunduzi oziqla-
nib, kechasi uchadi. Tajribalarda ularning yulduz larga qarab yo‘l to-
90-rasm. Oq 
laylakning uchib 
ketish yo‘li (qi-
zil rangdagi chiziq); 
qishlov joylar (sariq 
rangda); in qurib 
bola ochadigan joylari 
(yashil rangda)


155
45-§. Qushlarning mavsumiy hodisalarga moslanishi
pishi aniqlangan. Ayrim qushlar yer magnit maydo 
nining o‘zgarishini 
qabul qilishi ham mumkin.
Qushlarni halqalash. Qishlov joyi, uchib ketish yo‘li, tarqa 
lishi 
va umr ko‘rishini aniqlash maqsadida qushlar halqalanadi. Buning 
uchun qushning oyog‘iga halqalash markazining manzili yozilgan 
yengil halqa kiydirilib uchirib yuboriladi. Halqalangan qushni tutib 
olgan kishi halqani yechib olib, uni xat orqali ko‘rsatilgan manzilga 
yuborishi kerak. Halqalash orqali O‘rta Osi 
yo laylaklarining Shimoliy 
Hindistonda, Yevropa laylaklari ning Janubi-Sharqiy tropik Afrikada; 
bulbullarning tropik Afrikada, qaldirg‘ochlarning Afrika va Hindis-
tonda qishlashi aniqlangan.
1. Qaysi qushlar o‘troq deyiladi?
2. Qaysi qushlar ko‘chib yuruvchi deyiladi?
3. Qaysi qushlar uchib ketuvchi bo‘ladi?
4. Nima sababdan qushlar uchib ketadi?
5. Qushlar uchib ketish yo‘lini qanday aniqlashadi?
6. Qushlar nima maqsadda halqalanadi?
1. Bizning laylaklarimiz:
a) Tropik Afrikada qishlaydi;
b) Hindistonda qishlaydi;
d) Janubi-G‘arbiy Afrikada qishlaydi.
2. Qushlarni halqalashning asosiy maqsadi:
a) ko‘payish davrini aniqlash;
b) ko‘payish joyini aniqlash;
d) uchib o‘tish va qishlov joyini aniqlash.
Qushlar guruhini va ular uchun xos xususiyatlarni juftlab yozing.
a) o‘troq;   
 
1) bizda kuzda va bahorda uchraydi;
b) ko‘chib yuruvchi;  
2) ayrim turlari oziq g‘amlaydi;
d) uchib ketuvchi;   
3) bahorda uchib kelib, uya quradi;
e) uchib o‘tuvchi.   
4) o‘z joyini sekin-asta o‘zgartiradi.
Lugat daftaringizga yozib oling.
O‘troq qushlar, ko‘chmanchi qushlar, uchib ketuvchi qushlar, qushlarni 
halqalash.
Topishmoq  qaysi hayvonga tegishli?
46. Qushlar ichida eng mittisi
   
 
Kapalakdek kelar kattasi.
Tasdiqlovchi javoblar: 1b, 2d.
Juftlab yozish javoblari: a-2, b-4, d-3, e-1.
?!


156
8.4. Qushlar sinfi
  
Qushlarning xilma-xilligi: 
46-§.  voha va cho‘l qushlari
Voha qushlari. Shahar va qishloqlarimizdagi bog‘ va xiyobonlar, 
dalalar va o‘tloqlarda xilma-xil qushlar orasida chum 
chuqsimonlar 
ko‘pchilikni tashkil etadi.
Ch u m ch u q s i m o n l a r  t u r k u m i.  Bu tur-
kumga qaldirg‘och, go‘ngqarg‘a, chug‘urchiq, bulbul, chumchuq va 
boshqa qushlar kiradi. Ularning erkagi yirik va rangli bo‘lishi, ovozi 
va boshidagi tojga o‘xshash patlari bilan urg‘ochilaridan ajralib tura-
di. Chumchuqsimonlar barcha qushlar turining deyarli yarmini o‘z 
ichiga oladi (91-rasm).
91-rasm. Chumchuqsimonlar turkumi: 
1 – chug‘urchiq; 2 – hakka; 3 – qaldirg‘och;
4 – zog‘cha; 5 – qarg‘a; 6 – chittak;
7 – chumchuq; 8 – go‘ngqarg‘a
1
2
4
5
7
8
3
6
Qaldirg‘och tanasining orqasi ko‘kimtir-qora, qorin tomoni oq, 
peshana va bo‘yni qizg‘ish-qo‘ng‘ir; qanotlari ingichka va uzun; 
uzun dumi ikkiga ajralgan bo‘ladi. Uning oyoqlari kalta va kuchsiz 
rivojlangan; yassi va qisqa tumshug‘i juda keng ochiladi. Qaldirg‘och 
tumshug‘i yordamida havoda uchayotgan hasharotlarni tutadi.
Qaldirg‘och ayvon peshtoqi yoki shift ostidagi to‘sinlarga, ba’zan 
devorga ham so‘lagi bilan aralashtirilgan loydan uya quradi. Uyaga 


157
46-§. Qushlarning xilma-xilligi: voha va cho‘l qushlari
4–6 ta tuxum qo‘yib, urg‘ochisi bosadi. Bolalarini hasharotlar bilan 
oziqlantiradi. Qaldirg‘ochlar deyarli butun kunni havoda o‘tkazadi. 
O‘ljasini ham havoda tutadi. Uchib ketayotgan qaldirg‘och suv yu-
zasiga tegib o‘tib, cho‘miladi va suv ichadi.
Chumchuqsimonlardan eng yirik turlari go‘ngqarg‘a, zog‘cha va 
olaqarg‘a hisoblanadi. Go‘ngqarg‘a qishlash uchun shimoliy hudud-
lardan o‘lkamizga uchib keladi; mart oylarida esa uchib ketadi. Qish 
kezlari go‘ngqarg‘alar zog‘chalar bilan birga katta gala hosil qiladi. 
Bunday gala baland daraxtlarning shoxida tunaydi.
Chumchuqsimonlarning ko‘pchilik turlari – hamma narsalarni 
yeydigan parrandalar. Masalan, chug‘urchiqlar  ko‘pin cha  dalalar-
dagi hasharotlarni terib yeydi, ammo pishiqchilik davrida rezavor 
mevalarni cho‘qiydi. Ko‘pchilik donxo‘r qushlar bolalarini ha-
sharotlar bilan oziqlantiradi. Chumchuqsimon qushlardan ayniqsa 
hasharotxo‘rlar qishloq xo‘jaligiga katta foyda keltiradi. Ular juda 
ko‘p miqdorda zararkunanda hasharotlarni qiradi. Qaldirg‘ochning 
bitta oilasi yoz mavsumida 1 mln ga yaqin hasharotlarni qiradi. 
Ayrim chumchuqsimonlar (masalan, chumchuqlar, chug‘urchiqlar) 
pishiqchilik davrida meva va donlarni yeb, birmuncha ziyon kelti-
radi.
K a p t a r s i m o n l a r  t u r k u m i. Shahar va qish-
loqlarimiz ko‘chalari va xiyobonlarida ko‘k kaptar va musicha ko‘p 
uchraydi. Ko‘k kaptar to‘kilgan donlar, yovvoyi o‘tlarning urug‘ini 
terib yeydi; jarliklar, qoyalar, tashlandiq imorat va baland binolar-
ning chordoqlariga uya quradi. Ko‘k kaptar xonaki kaptar zotlari-
ning nasl boshi hisob 
lanadi.
Musichalar
 ko‘pincha oziq axtarib odamlar yashaydigan uylar-
ga ham kirib qoladi. Ular har xil don, sabzavot va mevalar 
ning 
urug‘lari bilan oziq 
lanadi; juft bo‘lib yashaydi; yil davo 
mida 5 marta 
bola ochadi.
Cho‘l qushlari. Ochiq dasht va cho‘llarda pana joy topish qiyin. 
Bu joylarda yashaydigan qushlar yerdan oziq qidiradi; yerga tuxum 
qo‘yib, bola ochadi. Cho‘l qushlarining oyoqlari va bo‘yni uzun va 
baquvvat, patlari yer rangida bo‘ladi. Bu hol ularga dushmanlaridan 
oson qo 
chib qutulishiga va ularni uzoq 
dan payqashga yordam beradi.
T u v a l o q l a r  t u r k u  
m i. Tuvaloqlar – yi-
rik, tez yuguradigan qushlar, O‘z 
bekistonda uchraydigan yo‘rg‘a 
tuvaloq 
ning patlari yer rangida bo‘lganidan uzoqdan ko‘zga tash-


Yüklə 3,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə