Zoologiya uzb 2017. indd


§. Suv havzalari va sohil qushlari



Yüklə 3,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/64
tarix23.01.2018
ölçüsü3,87 Kb.
#21848
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   64

161
47-§. Suv havzalari va sohil qushlari
g‘oz in qurib, bola ochadi. Bu qush Amudaryo etaklarida va Zaraf-
shon daryosining quyi oqimlarida uchraydi. Yevropa, Shimoliy Afri-
ka, Janubi-Sharqiy Osiyo va O‘rta Osiyo suv havzalarida qishlaydi. 
G‘ozlar go‘shti uchun ovlanadi.
Pingvinlar turkumi. Pingvinlarning qanoti kalta va ingich-
ka bo‘lib, eshkakka aylangan. Oyoqlari tanasining keyingi qismiga 
birikkanligi uchun quruqlikda yurganida tanasini tik tutadi. Eshkak 
qanotlar yordamida ular soatiga 30 km tezlikda sho‘ng‘iy oladi. 
Antarktida, Tinch okean orollari, Avstraliya, Janubiy Amerika va 
Afrika sohillari 
da tarqalgan. Baliqlar va yirik qisqich 
baqasimonlar 
bilan oziqlanadi. Imperator  pingvininining bo‘yi 120 sm, vazni 45 
kg keladi. Pingvinlar koloniya bo‘lib in quradi. Ular sovuqqa juda 
chidamli. Imperator pingvini qishda 60–70°C sovuqda tuxum qo‘yib, 
bola ochadi.
Sohil qushlari. Sohil qushlari suv havzalarining  sayozliklari, sohil 
yaqini va botqoqliklarda oziqlanadi. Ko‘pchiligining bo‘yni va oyoq-
lari uzun bo‘ladi. Shuning uchun ular sayozliklarda va balchiqda 
yaxshi yuradi; tumshuqlari yordamida ozig‘ini oladi; lekin suvda 
suzolmaydi.
L a y l a k s i m o n l a r  t u r k u m i. Laylaklar 
ancha yirik, oyoqlari va tumshug‘i uzun qushlar. Oq laylakning 
qanotlari keng va qora bo‘ladi. Uzun oyoqlari ularga balchiqda 
bemalol hara 
katlanishiga imkon beradi. Oq laylak yirik daraxt-
larning shoxlariga yoki eski binolarning tomiga uya quradi; baqa-
lar, sichqonlar, turli hasharotlar va kaltakesaklar bilan oziqlanadi. 
U juda foydali qush bo‘lgani va soni kamayib ketganligi uchun 
muhofaza qilinadi.
1. Suv qushlarining suv muhitiga moslanish xususiyatlari nimadan iborat?
2. Nima sababdan suv qushlarining patlari suvda ivib qolmaydi?
3. G‘ozsimonlar suv tubidagi balchiqdan oziq topishga qanday moslashgan?
4. Pingvinlar gavdasi qanday tuzilgan?
5. Sohil qushlarining tuzilishi yashash muhitiga qanday moslashgan?
6. Laylaklar qanday hayot kechiradi?
1. Pingvinlarning oyoqlari: 
2. G‘ozlarning erkagi va urg‘ochisi:
a) tananing keyingi qismida 
a) bir xil kattalikda;
   joylashgan; 
b) bir xil rangda;
b) yo‘g‘on va uzun bo‘ladi; 
d) bir-biridan farq qilmaydi.
d) ingichka va kalta bo‘ladi. 


162
8.4. Qushlar sinfi
3. Laylaklarning uzun oyoqlari:
a) sayoz suvda chaqqon harakatlanishga yordam beradi;
b) balchiqda chaqqon harakatlanishga imkon beradi;
d) suv havzasining ichkarirog‘iga kirib borishga yordam beradi.
Qushlar va ularga xos xususiyatlarni juftlab yozing.
a) o‘rdaklar; 
 
1) qanoti kalta va ingichka;
b) g‘ozlar;   
 
2) tumshug‘i chetida muguz plastinkalar bor;
d) pingvinlar; 
 
3) daraxt shoxiga uya quradi;
e) laylaklar.  
 
4) balchiqni sizdirib oziqlanadi.
Lugat daftaringizga yozib oling.
Dumg‘aza bezi, muguz plastinkalar, ko‘k g‘oz, oqqush, yovvoyi o‘rdak, chur-
rak, suqsun, imperator pingvini, oq laylak.
Jumboqni yeching. 1. Tasodifan suvga tushib qolgan tovuq patlari ho‘l bo‘lib, 
tanasining sovib ketishi natijasida tezda halok bo‘ladi. G‘ozlar esa suvda ha-
yot kechiradi. Go‘zlar suvda hayot kechirishga qanday moslashgan? 2. Nima 
sababdan faqat suv qushlari paridan par yostiqlar tayyorlanadi?
Topishmoq  qaysi hayvonga tegishli?
51. Kuyi doim taqur-tuqur,
   Qayda  ko‘rsa, ilon cho‘qir.
Tasdiqlovchi javoblar: 1a, 2b, 3d.
Juftlab yozish javoblari: a-4, b-2, d-1, e-3.
48-§.   
Yirtqich qushlar
Yirtqich qushlar, asosan, umurtqali hayvonlar bilan oziqlanadi. 
Ularning tana tuzilishi va xatti-harakati o‘ljani qidirib topish va 
ushlab olishga moslashgan. Xususan, uzun va o‘tkir tirnoq 
larining 
uchi ilmoqqa o‘xshash qayrilgan bo‘lib, o‘ljani ushlash va o‘ldirish-
ga moslashgan; qisqa baquvvat va uchi pastga qayrilgan tumshug‘i 
esa o‘ljasi etini yulib olishga imkon beradi (94-rasm). Yirtqich 
qushlarning ko‘zi o‘tkir bo‘lganidan o‘ljasini uzoqdan payqab oladi. 
Yirtqichlar juft bo‘lib yashaydi. Yirik qushlarning jufti butun hayoti 
davomida saqlanib qoladi. Ular daraxtlarga va baland qoyalarga uya 
qurib, jish jo‘ja ochadi. Yirtqich qushlar kunduzgi yirtqichlar va 
yapaloqqushlar turkumlariga bo‘linadi.
?!


163
48-§. Yirtqich qushlar
Kunduzgi yirtqichlar turkumi. O‘rta Osiyo hududida kunduzgi 
yirtqichlardan  qora kalxat,  miqqiy,  tasqara, jo‘rchi, burgut, qarchig‘ay 
va boshqalar uchraydi.
Qora kalxat vohalar, to‘qaylar va tog‘larda, xullas, daraxtlar 
bo‘lgan hamma joyda uchraydi. Uchib borayotgan kalxatni ayri 
dumiga qarab oson bilib olish mumkin. Kalxat Markaziy Afrika va 
Janubiy Osiyoda qishlaydi, mart oylarida uchib kelib, daraxt 
larning 
shoxiga in quradi. Kalxat juda foydali qush bo‘lib, ko‘pincha baqa-
lar, kemiruvchilar, har xil hasharotlar, shu 
ningdek, kushxonalarning 
tashlandiqlari va o‘laksalar bilan oziqlanadi; mayda qushlarni ham 
tutib yeydi. U havoda baland uchib, o‘lja axtaradi.
Tasqara – o‘lkamizda uchraydigan qushlarning eng yirigi. 
Tana 
sining uzunligi 1,5 m ga, qanotlarini yozganda kengligi 3 
m gacha yetadi; uning og‘irligi 6–12 kg, boshi va bo‘ynidagi 
94-rasm. Yirtqich qushlar: 
1 – kalxat; 2 – miqqiy; 3 – burgut; 4 – qirg‘iy; 5 – tasqara; 6 – ukki
2
1
6
5
4
3


Yüklə 3,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə