Zoologiya uzb 2017. indd



Yüklə 3,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/64
tarix23.01.2018
ölçüsü3,87 Kb.
#21848
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64

186
8.5. Sutemizuvchilar sinfi
1. Bo‘rilar qanday hayot kechiradi?
2. Tulkilar qanday hayot kechiradi?
3. Mushuksimonlar o‘ljasini qanday tutadi?
5. Suvsarlar tanasi qanday tuzilgan?
6. Ayiqlar qanday hayot kechiradi?
1. Bo‘ri o‘ljasini: 
2. Mushuksimonlar:
a) pana joyda poylab turadi; 
a) o‘ljani poylab tutadi;
b) hididan sezadi va poylab turadi; 
b) hidni yaxshi sezadi;
d) ta’qib qilib tutadi. 
d) o‘ljasini ta’qib qiladi.
3. Bo‘rsiq inlarini:
a) daraxtlar kovagi va suv bo‘yiga quradi;
b) tepaliklar yonbag‘irlariga, jarliklarga quradi;
d) suv bo‘yiga va tekisliklarga quradi.
Yirtqichlar va ularga xos belgilarni juftlab ko‘rsating.
a) bo‘rilar; 
1) oyoqlari kalta, tanasi ingichka;
b) tulkilar; 
2) qish faslida uyquga ketadi;
d) mushuksimonlar; 
3) yil bo‘yi juft bo‘lib yashaydi;
e) suvsarlar; 
4) yozda inida, qishda iniga kirmaydi;
f) ayiqlar. 
5) tirnoqlari xaltachaga kirib turadi.
Lug
at daftaringizga yozib oling.
Bo‘rilar, tulkilar, mushuksimonlar, suvsarsimonlar, bo‘rsiq, ayiqsimonlar, 
qo‘ng‘ir ayiq, oq ayiq.
Jumboqni yeching. Nima sababdan oq ayiqning quloq suprasi qo‘ng‘ir 
ayiqnikiga nisbatan kichik, juni esa oq bo‘ladi?
Topishmoqda keltirilgan ma’lumotlar qaysi hayvonlarga tegishli?
59. Baroq junli, qiltiq mo‘ylov, 
  
60. Yo‘l-yo‘l to‘ni bori.
   Sichqon poylar – qilar ov. 
  
   
 
Odam qo‘rqar turqi bor.
Tasdiqlovchi javoblar: 1d, 2a, 3b.
Juftlab yozish javoblari: a-3, b-4, d-5, e-1, f-2.
109-rasm. Ayiqsimonlar: 
1 – qo‘ng‘ir ayiq; 2 – oq ayiq
1
2
?!


187
56-§. Dengiz sutemizuvchilari: kurakoyoqlilar va kitsimonlar turkumlari
       Dengiz sutemizuvchilari: 
56-§.   
 
kurakoyoqlilar va kitsimonlar turkumlari
Kurakoyoqlilar turkumi. Kurakoyoqlilar – bo‘yni kalta, ol 
dingi 
oyoqlari suzgich kurakka aylangan yirik hayvonlar. Ular ko‘p 
vaqtini suvda o‘tkazadi; faqat dam olish va ko‘payish uchun 
quruqlikka chiqadi. Kurakoyoqlilarga tyulenlar, dengiz mushugi
morj kiradi (110-rasm). Grenlandiya tyuleni Arktika dengizlarida 
yashaydi. Quruqlikda kurak 
 oyoqlari yordamida sudralib harakat 
qiladi. Keyingi oyoqlari orqaga cho‘zilgan bo‘lib, faqat suzish 
uchun xizmat qiladi. Tanasi dag‘al, kalta va siyrak jun bilan 
qoplangan. Ko‘pchilik tyulenlarning quloq suprasi bo‘lmaydi; 
baliqlar, mollyuskalar va qisqichbaqa 
simon 
lar bilan oziqlanadi. 
Qishda tyulenlar qirg‘oqqa yaqin kelib, tekis muzlikka chiqib 
oladi. Urg‘ochilari bittadan yirik, ko‘zi ochiq bola tug‘adi. Tyu-
len bolasining terisi qalin oq momiq jun bilan qoplangan. Mo-
miq jun uni sovuqdan asraydi va uni muz ustida sezdirmaydi. 
Momiq junlari to‘kilib, dag‘al jun bilan almashgandan so‘ng 
bolasi suv 
ga tushib, suza boshlaydi.
Dengiz mushugi Uzoq Sharq dengizlarida yashaydi. Yoz boshlari-
da ular podasi bolalash uchun qirg‘oqqa chiqib oladi. Urg‘ochilari 
qora jun bilan qoplangan bitta bola tug‘adi. Bolalari o‘sib suza 
boshlagach, ular yana dengizga tushib ketishadi.
110-rasm. Kurakoyoqlilar: 
1 – Grenlandiya tyuleni; 2 – shimol dengiz mushugi; 3 – morj
1
2
3


188
8.5. Sutemizuvchilar sinfi
Tyulen va morj terisi va yog‘i, dengiz mushugi mo‘ynasi uchun 
ovlanadi. Morjning yuqori jag‘larida uzun qoziq tishi bo‘ 
ladi. Bu 
tishlar fil suyagi singari qadrlanadi. Dengiz mushukla 
ri 
ning soni 
juda kamayib ketganligi tufayli hozir ularni ovlash man qilingan.
Kitsimonlar turkumi. Kitsimonlar – batamom suvda yashashga 
o‘tgan sutemizuvchilar; ular hech qachon quruqlikka chiqmaydi; 
suvda bolalaydi. Tuzilishi suvda yashash ta’sirida yanada ko‘proq 
o‘zgargan. Ular dumi va oldingi suzgichlari yordamida suzadi; 
keyingi suzgichlari bo‘lmaydi. Bu turkumga kitlar, kasha 
lotlar va 
delfinlar kiradi (111-rasm).
Ko‘k kit
 – sutemizuvchi hayvonlar orasida eng yirigi, uning 
uzun 
ligi 30 m, vazni 150 t va undan ko‘proq keladi. Tishlari 
bo‘lmaydi; mayda plankton organizmlar, asosan qisqichbaqasimon-
lar bilan oziqlanadi. Kitning juda katta og‘iz bo‘shlig‘ida yuqori 
jag‘idan pastga qarab ko‘plab popukli muguz plastinkalar – kit 
mo‘ylovi osilib turadi. Kit og‘zini katta ochib, suv to‘ldirib oladi. 
Suvni muguz plastinkalari orqali o‘tkazib, unga ilakishib qolgan 
jonivorlarni yutib yuboradi. Bir kecha-kunduzda kit 2–4 t oziq 
yeydi. Ko‘k kit singari boshqa mayda jonivorlar bilan oziqlanadigan 
kitlar mo‘ylovli, ya’ni tishsiz kitlar deb ata 
ladi.
Tishli kitlarga esa delfinlar va kashalotlar kiradi. Ularning og‘iz 
bo‘shlig‘ida juda ko‘p konussimon bir xil tuzilgan tishlar bo‘ladi. 
Bu tishlar faqat oziqni ushlab turishga yordam beradi. Delfinlarning 
 
uzunligi 3 m gacha bo‘ladi. Ular o‘ljasini topish uchun ultratovush-
1
2
3
4
111-rasm.
Kitsimonlar: 
1 – ko‘k kit; 
2 – kashalot; 
3 – kasatka; 
4 – oqbiqin delfin


189
56-§. Dengiz sutemizuvchilari: kurakoyoqlilar va kitsimonlar turkumlari
dan foyda 
lanadi. Delfinlarning bosh miyasi murakkab tuzilgan. Ular 
tovush signallari yordamida o‘zaro aloqa bog‘laydi. Ulardan birortasi 
baliq to‘dasini topganida boshqalari ham shu joyga to‘planishadi. 
Halokatga uchragan delfin tashvishli signallar bilan boshqalarini 
yordamga chaqiradi. Ular qo‘lga oson o‘rga 
nadi. Delfinlarni ovlash 
man qilingan.
1. Kurakoyoqlilar suvda yashashga qanday moslashgan?
2. Tyulen qanday hayot kechiradi?
3. Dengiz mushugi qanday hayot kechiradi?
4. Kitsimonlar suv muhitiga qanday moslashgan?
5. Ko‘k kit qanday oziqlanadi?
6. Delfinlar qanday hayot kechiradi?
1. Kurakoyoqlilar hayotining ko‘p qismini suvda o‘tkazadi, faqat:
a) oziqlanish uchun quruqlikka chiqadi;
b) oziqlanish va dam olish uchun quruqlikka chiqadi;
d) dam olish va ko‘payish uchun quruqlikka chiqadi.
2. Tishsiz kitlar:
a) mayda qisqichbaqasimonlar bilan oziqlanadi;
b) yirik hayvonlarga hujum qiladi;
d) asosan baliqlar bilan oziqlanadi.
3. Delfinlar va kashalotlar:
a) tishsiz kitlarga kiradi;
b) tishli kitlarga kiradi;
d) mayda qisqichbaqasimonlar bilan oziqlanadi.
Hayvonlar va ularga mos belgilarni juftlab yozing.
a) delfinlar;               1) eng yirik sutemizuvchi;
b) tyulenlar;               
 
2) boshi tanasining uchdan bir qismiga teng;
d) ko‘k kit;               3) boshi tumshuqqa o‘xshash cho‘ziq;
e) kashalotlar;             4) yuqori jag‘ida uzun qoziq tishi bo‘ladi;
f) dengiz mushugi.          5) tanasi kalta, yo‘g‘on qillar bilan qoplangan.
Lugat daftaringizga yozib oling.
Kurakoyoqlilar, Grenlandiya tyuleni, dengiz mushugi, morj, kitsimonlar, ko‘k 
kit, kashalot, delfin.
Jumboqni yeching. Kurakoyoqlilarning quloq suprasi quruklikda yashovchi 
sutemizuvchilarga nisbatan juda kichik, kitsimonlarning quloq suprasi esa 
umuman bo‘lmasligi ular hayotining qaysi xususiyatlari bilan bog‘liq?
Tasdiqlovchi javoblar: d, a, b.
Juftlab yozish javoblari: a-3, b-5, d-1 e-2, f-4.
?!


Yüklə 3,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə