Zoologiya uzb 2017. indd


§. Sutemizuvchilarning xilma-xilligi: tuxum qo‘yuvchilar, xaltalilar, yo‘ldoshlilar



Yüklə 3,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/64
tarix23.01.2018
ölçüsü3,87 Kb.
#21848
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   64

179
53-§. Sutemizuvchilarning xilma-xilligi: tuxum qo‘yuvchilar, xaltalilar, yo‘ldoshlilar
Xaltalilar Avstraliya qit’asi va uning yaqinidagi orollarda, ayrim 
turlari esa Mar kaziy va Janubiy Ame rikada yashay  di. Ularning 270 
ga yaqin turi ma’lum. Ulardan kenguru, koala, xaltali sich 
qon, 
xaltali bo‘ri ko‘p 
chi 
likka ma’lum. Kenguru uzun va kuchli orqa 
oyoqlarida sakrab hara 
kat 
lanadi, oldingi oyoq 
lari yordamida o‘tlar, 
shox-shabbalardan iborat ozig‘ini og‘ziga soladi.
Yo‘ldoshlilar tuxum qo‘yuvchilar va xaltalilarga nisbatan ancha 
yuqori tuzilgan. Ularning homilasi urg‘ochisi bachadonida rivojlana-
di.  Yo‘ldoshlilar mayda sichqonlardan tortib, juda yirik fillargacha 
bo‘lgan xilma-xil sutemizuvchilar, shu jumladan, deyarli barcha xo-
naki hayvonlarni o‘z ichiga oladi.
1. Tuxum qo‘yuvchilar qanday tuzilgan?
2. O‘rdakburun qanday hayot kechiradi?
3. Xaltalilar qanday tuzilgan?
4. Tuxum qo‘yuvchilar va xaltalilar qayerda tarqalgan?
5. Yo‘ldoshlilar uchun xos xususiyatlar nimadan iborat?
1. Yexidnaning bolasi:
a) juniga ilakishib yashaydi;
b) sut bezlaridan oqib chiqqan sutni yalaydi;
d) sut bezlari so‘rg‘ichini emadi.
2. O‘rdakburunning burni:
a) uzun va ingichka;
b) uzun va keng;
d) uzun va yo‘g‘on.
Hayvonlar nomi bilan ularga xos xususiyatlarni juftlab yozing.
a) yexidna; 
 1) juda kichik bola tug‘adi;
b) o‘rdakburun; 
 2) tuxumini xaltasida olib yuradi;
d) kenguru. 
 3) tuxumini bosib yotadi.
Lu
g‘at daftaringizga yozib oling.
O‘rdakburun, yexidna, kenguru, xaltalilar, tuxum qo‘yuvchilar, yo‘ldoshlilar.
Jumboqni yeching. Nima sababdan tuxum qo‘yuvchi va xaltali sutemi-
zuvchilar faqat Avstraliya va Janubiy Amerika qit’alarida tarqalgan?
Topishmoqlarni toping va ularda keltirilgan ma’lumotlarni izohlab bering. 
55. Tikan po‘stin, shalpang quloq,
   Usti kulrang, osti oq.
Tasdiqlovchi javoblar: 1b, 2d.
Juftlab yozish javoblari: a-2, b-3, d-1.
?!


180
8.5. Sutemizuvchilar sinfi
54-§.  Qo‘lqanotlilar va kemiruvchilar turkumlari
Qo‘lqanotlilar turkumi. Qo‘lqanotlilar – uchishga moslashgan 
sutemizuvchilar. Ularning oldingi oyoqlari o‘zgarib, qanotga aylangan 
(105-rasm). Oldingi oyoqlari suyaklari oralig‘iga hamda orqa oyoq-
lari bilan tanasining ikki yoni o‘rtasiga yupqa teri parda tortilgan. 
Bu parda hayvon uchganida ko‘tarish yuzasini hosil qiladi. Lekin 
oldingi oyoqlarining birinchi barmog‘i hamda ke 
yingi oyoqlarining 
panjasi erkin bo‘ladi. Ular qo‘nganida bu panjalari bilan g‘orlarning 
devoriga, daraxtlar tanasiga yopishib oladi yoki ularga asta-sekin 
chirmashib chiqadi.
105-rasm. Qo‘lqanotlilar: 
1 – malla shomshapalak; 2 – taqaburun ko‘rshapalak; 3 – quloqdor 
ko‘r shapalak; 4 – terili ko‘rshapalak; 5 – katta shomshapalak
1
2
3
4
5


181
54-§. Qo‘lqanotlilar va kemiruvchilar turkumlari
Ko‘rshapalaklarning ko‘zlari ojiz bo‘lib, yaxshi ko‘rolmaydi. Le-
kin ular tunda ham biron narsaga urilmasdan ucha oladi; hasha-
rotlarni og‘zi bilan tutib oladi. Ko‘rshapalaklarning fazoda mo‘ljal 
olish xususiyati ularning ultratovush tarqa 
tishi va uni qabul qilishi 
bilan bog‘liq. Uchayotgan hayvon burni va og‘zidan uzuq-yuluq 
ultratovush chiqaradi. Tovush uning yo‘lida uchraydigan obyektdan 
aks-sado singari qaytadi. Uning qulog‘i ana shu qaytgan tovush 
to‘lqinlarini qabul qilganligi tufayli o‘z o‘ljasini topadi yoki to‘siqni 
sezadi. Ko‘rshapalaklar  qon so‘ruvchi va zararkunanda hasharotlarni 
qirib, foyda keltiradi. Ko‘r 
shapa 
laklarni aholi yashay 
digan joylarga 
jalb qilish uchun pana joylarni buzmaslik va yangi pana joylar 
yaratish zarur.
Kemiruvchilar turkumi. Kemiruvchilarning  yirtqich (qoziq) tishlari 
bo‘lmaydi. Kurak tishlari esa yirik va o‘tkir bo‘ladi. Qattiq oziqni 
o‘tkir kurak tishlari bilan uzib olib, oziq tishlari yordamida ezib 
maydalaydi. Ularning kurak tishlari doimo yedirilib turadi, lekin 
 
o‘tmas 
lashmaydi. Chunki kurak tishlarining orqa tomonida emali 
bo‘lmaydi. Yuqori va pastki kurak tishlar bir-biriga ishqalanishi 
tufayli charxlanib o‘tkirlashadi. Kurak tishlar hayvonning hayoti 
davomida o‘sib turadi.
Kemiruvchilar – keng tarqalgan, xilma-xil, juda serpusht hayvon-
lar (106-rasm). Ko‘pchilik turlari bir yilda bir necha marta bola-
laydi. Shuning uchun ayrim yillari ularning soni juda tez ko‘payib 
ketib, katta ziyon yetkazadi. Turarjoylar yaqinida sichqonlar va ka-
lamushlar, cho‘llarda yumronqoziqlar ko‘p uchraydi. Yumronqoziqlar 
koloniya bo‘lib, inlarda yashaydi. Tog‘ etaklarida va cho‘llarda yirik 
kemiruvchilardan biri – jayra yashaydi. Uning tanasi uzun ninalar 
bilan qoplangan.
Ko‘pchilik kemiruvchilar – zararkunanda hayvonlardir. Sich 
qonlar 
va kalamushlar omborxonalarda saqlanayotgan don va oziq-ovqat 
mahsulotlari va sanoat mollarini kemirib, katta zi 
yon keltiradi. Ka-
lamushlar  o‘lat  kasalligini  ham  tarqatishi  mum       kin.
Kemiruvchilardan foydalilari ham bor. Ondatra, nutriya, 
sug‘ur, yumronqoziq va tyinlar mo‘yna uchun ovlanadi. Ondatra 
va nutriya qimmatli mo‘yna beradi. Ularning vatani Amerika hi-
sob 
lanadi. Respublikamizda ham bu hayvonlar ko‘paytiriladigan 
mo‘ynachilik xo‘jaliklari tashkil etilgan. Tog‘larda ko‘k sug‘ur 


Yüklə 3,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə