Zoologiya uzb 2017. indd


§. Itning ichki tuzilishi



Yüklə 3,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/64
tarix23.01.2018
ölçüsü3,87 Kb.
#21848
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   64

173
51-§. Itning ichki tuzilishi
aylanish sistemasi katta va kichik qon aylanish doiralaridan iborat. 
Sutemizuvchilar – qushlar singari issiqqonli hayvonlar. Ularning 
arteriya qoni vena qonidan batamom ajralgan.
Ayirish sistemasi. Sutemizuvchilarning ayirish organlari qorin 
bo‘shlig‘ida bel umurtqalarining ikki yonida joylashgan loviya shak-
lidagi bir juft buyrakdan iborat. Buyraklarda hosil bo‘lgan siydik ik-
kita siydik yo‘li orqali qovuqqa to‘kiladi. Siydik qovuqdagi chiqarish 
nayi orqali tashqariga chiqarib yuboriladi.
Nafas olish va qon aylanish sistemasining mukammal rivojlan-
ganligi tufayli sutemizuvchilar tanasida moddalar almashinuvi ham 
juda jadal boradi. Sutemizuvchilar ham qushlar singari tana harorati 
doimiy, issiq 
qonli hayvonlardir. Biroq tana harorati qushlarnikiga 
nisbatan biroz pastroq bo‘ladi. It tanasi harorati o‘rtacha 37–38 °C 
ga teng.
Bosh miyasi. Sutemizuvchilarning bosh miyasi ham bosh 
qa 
umurtqali hayvonlarniki singari beshta bo‘ limdan iborat (100-rasm). 
Ammo oldingi miya katta yarimsharlari ancha murakkab tu 
zilgan 
bo‘lib, ular 
ning po‘stlog‘i bur 
malarni hosil qiladi. Burmalar qan-
cha ko‘p bo‘ 

sa, miya po‘stlog‘ida shuncha ko‘p hujayralar bo‘ladi. 
Hayvonlar hayo 
ti davomida hosil bo‘ladigan xilma-xil shartli refleks-
lar miya po‘stlog‘ining faoliyati bilan 
bog‘liq.
Sezgi organlari.  Sutemizuvchilar ning 
hid bilish, eshitish, ko‘rish, ta’m bilish 
va tuyg‘u organlari bo‘ 
ladi. Lekin sez-
gi organlari turli hayvonlarda turlicha 
rivojlangan. Quruqlikda yashaydigan 
hayvonlar hidni yaxshi ajratadi. Hay-
vonlar hid orqali o‘z turidagi boshqa 
hayvonlarni, bolalarini, jinsini, o‘ljasi 
yoki dushmanini ajratib oladi. Doimo 
suvda yashaydigan delfinlar va kitlar 
hidni yaxshi sezmaydi, biroq o‘lja-
sining hidini tez payqaydi. Tuproqda 
yashaydigan ko‘rsich 
qonlarning ko‘zi 
ojiz bo‘ladi.
Sutemizuvchilar eshitish organining 
ichki, o‘rta va tashqi bo‘limlari bo‘la-
1
2
3
4
2
3
100-rasm. It bosh miyasining 
tuzilishi: 
1 – bosh miya katta yarim sharlari; 
2 – yarimsharlar po‘stlog‘i burma-
lari; 3 – miyacha; 4 – uzunchoq 
miya


174
8.5. Sutemizuvchilar sinfi
di. Tashqi quloq quloq suprasidan va tovush o‘tkaza 
digan yo‘ldan 
iborat. Quloq suprasi tovushni kuchaytirish va uning yo‘nali 
shini 
aniqlab olishga yordam beradi. Ko‘rish organlari qushlarnikiga nis-
batan kuchsizroq rivojlangan. Biroq ularning ko‘zlari narsalar shak-
lini yaxshi ajratadi. Maymunlar va odamlar esa narsalarning rangini 
qushlarga nisbatan yaxshi ajratadi.
Sutemizuvchilarning terisi tuyg‘u vazifasini ham bajaradi. Hay-
vonlarning terisida og‘riq, harorat va narsalar holati (suyuq, qattiq, 
yumshoq)ni sezuvchi tuyg‘u organlari joylashgan. Tana 
ning turli 
joylaridagi uzun va yo‘g‘on qillar ham tuyg‘u organlari hisoblanadi. 
Bunday qillar ko‘pincha burun teshiklari va ko‘zlar yaqinida joy-
lashganligidan «mo‘ylovlar» ham deyiladi. 
1. Sutemizuvchilarning hazm qilish sistemasi qanday qismlardan iborat?
2. Sutemizuvchilar qanday qilib nafas oladi?
3. Qon aylanish sistemasi qanday tuzilgan?
4. Ayirish sistemasi qanday tuzilgan?
5. Sutemizuvchilar bosh miyasi qanday tuzilgan?
6. Sutemizuvchilarning qaysi sezgi organlari rivojlangan?
1. Og‘iz bo‘shlig‘ida oziq: 
  
 
a) so‘lak bilan aralashadi, hazm bo‘ladi;
b) maydalanadi, yog‘lar emulsiyalanadi;
d) so‘lak bilan aralashadi.
2. Sutemizuvchilar qushlarga nisbatan:
a) narsalar shaklini yaxshi ajratadi;
b) yaqin narsalarni yaxshi ko‘radi;
d) uzoq narsalarni yaxshi ko‘radi.
Bosh miya bo‘limlari va ular funksiyasini juftlab yozing.
a) katta yarimsharlar; 
 1) murakkab harakatlarni boshqarish;
b) miyacha. 
 2) shartli reflekslar hosil qilish.
Lu
g‘at daftaringizga yozib oling.
Hazm shirasi, so‘lak, qorin diafragmasi, siydik yo‘li, bosh miya katta yarim-
sharlari, tuyg‘u.
Jumboqni yeching. Sutemizuvchilar xatti harakatining murakkablashuvi ular 
tuzulishining qaysi xususiyatlari bilan bog‘liq? 
Tasdiqlovchi javoblar: 1d, 2a.
Juftlab yozish javoblari: a-2, b-1.
?!


175
52-§. Sutemizuvchilarning ko‘payishi, rivojlanishi va kelib chiqishi
      Sutemizuvchilarning ko‘payishi, 
52-§.  
 
rivojlanishi va kelib chiqishi
Ko‘payishi. Ko‘pchilik sutemizuvchilarning tuxum hujayralari 
juda kichik, sariqligi kam bo‘ladi. Tuxum hujayralari tuxumdonda 
yetiladi; u yerdan tuxum yo‘liga tushib, urug‘lanadi. Odatda sute-
mizuvchilar embrioni xaltaga o‘xshash  maxsus organ bachadon 
ichida rivoj 
lanadi. Urug‘langan tuxum hujayra tuxum yo‘lida rivoj-
lana boshlaydi. Embrion bachadonga 
tushgach, uning devoriga yopishib ola-
di. Tuban sutemizuvchilarning bacha-
doni bo‘lmaydi; ularning urug‘langan 
tuxumi tashqi muhitda rivojlanadi.
Rivojlanishi. Bachadonda rivoj-
lanayotgan embrion homila deyiladi. 
Homila  yo‘l dosh orqali bachadon 
devori bilan bog‘langan. Bachadon 
qon tomirlari kindik orqali yo‘l-
doshga keladigan qon tomirlariga 
zich tegib turadi (101-rasm). Oziq 
moddalar va kislorod yo‘ldosh or 
qali 
ona qonidan homila qoniga o‘tadi; 
moddalar  al mashinuvi ning  keraksiz 
mah 
sulotlari homila qo 
nidan ona 
qoniga chiqarib yuboriladi.
Homilaning ona qornida rivoj-
lanish davri homiladorlik deyiladi. 
Homi 
ladorlik bir necha haftadan bir 
yilgacha, ba’zan undan ham ko‘p 
roq 
davom etadi. Homiladorlik muddati va 
homila soni hayvonlar ning yashash tarziga bog‘liq. Daraxt lar kovagi, 
in va boshqa pana joylarda bolalaydigan hayvon larning homi 
ladorlik 
davri qisqa bo‘lib, ular o‘ndan ortiq ko‘zi yumuq bola tug‘adi. 
Ochiq joy 
larda bolalaydigan, harakatchan hayvonlarda homiladorlik 
davri uzoq davom etadi; ular yirik, ancha rivojlangan 1–2 ta bola 
tug‘adi; bolalari bir necha soatdan so‘ng onasi orqasidan ergasha-
101-rasm. Sutemizuvchi-
larning bachadonidagi 
homilasi:
1 – yo‘ldosh; 2 – kindik; 3 
– bachadon devori; 4 – em-
brion; 5 – embrion pardasi
4
5
2
3
1


Yüklə 3,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə