Zoologiya uzb 2017. indd



Yüklə 3,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/64
tarix23.01.2018
ölçüsü3,87 Kb.
#21848
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   64

164
8.4. Qushlar sinfi
pat 
lari juda siyrak bo‘ladi. Tasqarani uchganida keng va uzun 
qa 
not 
laridagi oqish patlarini panjasimon yozilishiga qarab bilish 
mumkin. U havoda uzoq vaqt qanot qoqmasdan ucha oladi, 
lekin yerda beso‘naqay qadam tashlaydi. Tasqara hayvonlarning 
o‘laksasi bilan oziqlanadi. Sayhonlik ustida soatlab uchib, o‘laksa 
izlaydi. Tasqaraning tirnoq 
lari kuchsiz bo‘lganidan tirik hayvonlar-
ga hujum qilolmaydi. Lekin juda kuchli, uchi qayrilgan tumshug‘i 
bilan hayvonlar terisini yirta oladi.
Ko‘pchilik kunduzgi yirtqichlar zararkunanda kemiruvchilar va 
hasharotlarni qirib, qishloq xo‘jaligiga foyda keltiradi. Boshqalari esa 
ko‘pincha kasal va qari hayvonlarni yo‘q qilib, boshqa hayvonlar-
ning kasallanishi oldini oladi; hayvonlar naslini sog‘lomlashtirishga 
yordam beradi.
Y a p a l o q q u sh l a r  t u r k u m i. Yapaloqqush-
lar – tunda hayot kechirishga moslashgan yirtqichlar. Ularga faqat 
qorong‘i tushgandan so‘ng ov qiladigan yapaloqqushlar: ukki, 
boyo‘g‘li, boyqushlar kiradi. Yapaloqqushlar tumshu 
g‘ining uchi 
qayrilgan, tirnog‘i o‘tkir bo‘lib, tirik o‘ljani tutishga imkon bera-
di. Ularning ko‘zlari katta, ko‘z qorachig‘i keng ochiladi. Shuning 
uchun g‘ira-shira yorug‘likda ham mayda hayvonlarni ko‘ra ola-
di. Sezgir quloqlari esa tunda shitirlagan ovozni ham ilg‘ab oladi. 
Patlari g‘ovak va yumshoq bo‘lganidan uchganida ovoz chiqmaydi. 
Tungi yirtqichlarning yuzi yapaloq yuraksimon bo‘lganidan yapaloq-
qushlar turkumiga kiritilgan.
Ukki – yapaloqqushlar orasida eng yirigi. Boshining ustida 
quloq 
qa o‘xshash ikki to‘p pati dikkayib turadi. Ukki ko‘proq tur-
li kemiruvchilar bilan oziqlanadi; ba’zan o‘rgimchaklar va ayrim 
qushlarni ham tutib yeydi.
Boyo‘g‘li – ukkiga nisbatan ancha kichik. Kechqurunlari 
simyog‘och yoki daraxtlarning qurigan shoxida o‘tirib olib, o‘lja 
poylaydi. Bu qush o‘simliklarga ziyon keltiradigan qo‘ng‘iz, chigirtka 
va kemiruvchilarni qirib, juda katta foyda keltiradi.
Qushlarning ahamiyati. Qushlar zararkuranda hasharotlar va ke-
miruvchilarni qirib, tabiatda ular sonini cheklab turadi. Qushlarning 
o‘zi ham ko‘pchilik hayvonlar uchun oziq bo‘ladi. Ular meva va 
urug‘lar bilan oziqlanib, o‘simliklarning tarqalishiga yordam beradi. 
Nektarchi qushlar esa gullarni changlatadi. Kaklik, qur, qirg‘ovul, 


165
48-§. Yirtqich qushlar
o‘rdak, g‘oz, bedana, kaptar va boshqa qushlar go‘shti uchun sanoat 
miqyosida yoki sport usulida ovlanadi. Dengiz o‘rdagi – gaaganing 
uyasiga to‘shaydigan pari yengil sanoatda foydalanish uchun yig‘ib 
olinadi. Qushlar axlati esa azot va fosforli moddalarga boy o‘g‘it 
hisoblanadi.
Qushlarni muhofaza qilish ularni bezovta qilmaslik va uyasini 
buzmaslikdan iborat. Qushlarni dalalarga jalb etish uchun dalalar 
chetida daraxtlar ekiladi. Qor ko‘p yog‘gan qish kunlari may-
da qushlar uchun daraxt shoxlari orasiga donxo‘raklar o‘rnatilib, 
don-dunlar sepib qo‘yiladi.
1. Qushlar yirtqich hayot kechirishga qanday moslashgan?
2. Qora kalxat qanday hayot kechiradi?
3. Tasqara o‘z o‘ljasini qanday topadi?
4. Tasqara qanday hayot kechiradi?
5. Yapaloqqushlar qanday tuzilgan?
6. Yapaloqqushlar qanday ov qiladi?
7. Yirtqich qushlar tabiatda qanday ahamiyatga ega?
8. Qushlar odam hayotida qanday ahamiyatga ega?
1. Yirtqich qushlarning jufti:
a) bir mavsum davomida saqlanadi;
b) ko‘payish davrida saqlanadi;
d) bir umrga saqlanadi.
2. Yapaloqqushlar tunda hayot kechiradi:
a) ko‘zlari katta, qorachig‘i keng;
b) ko‘zlari boshining ikki yonida;
d) tanasi yapaloq, patlari tig‘iz joylashgan.
Yirtqichlar nomini ularga mos keladigan xususiyatlar bilan juftlab yozing.
a) qora kalxat; 
 
1) boshida ikki to‘p pati bor;
b) tasqara;   
 
2) dumi ayri, daraxtga uya quradi;
d) ukki;    
 
3) kechqurun o‘lja qidiradi;
e) boyo‘g‘li.  
 
4) havoda qanot qoqmasdan ucha oladi.
Lugat daftaringizga yozib oling.
Yirtqich qushlar, kunduzgi yirtqichlar, qora kalxat, tasqara, ukki, boyo‘g‘li.
Jumboqni yeching. Boyqushlar tuzilishining qaysi xususiyatlari ularga shovqinsiz 
uchish, har qanday sharpani eshitish va tunda ko‘rish imkonini beradi?
Tasdiqlovchi javoblar: 1d, 2a.
Juftlab yozish javoblari: a-2, b-4, d-1, e-3.
?!


166
8.4. Qushlar sinfi
49-§.    
Parrandachilik
Xonaki parrandalar zotlarining xilma-xilligi. Qishloq xo‘jalik 
mahsulotlari yetishtirish maqsadida xonaki parrandalardan tovuq
g‘oz, o‘rdak, kurka, ba’zan bedana boqiladi. Xonaki parrandalar 
inson ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan xususiyatlariga ko‘ra bir-biridan 
farq qiladigan zotlarga ajratiladi. Zotlar odamlar tomonidan sun’iy 
yaratilgan xonaki hayvonlar hisoblanadi.
Tovuqlar. Tovuqlar xonaki parrandalar orasida eng ko‘p boqiladi 
(95-rasm). Hozirgi tovuq zotlari tropik o‘rmonlarda yashaydigan 
yovvoyi bankiv tovuqlaridan kelib chiqqan. Bundan taxminan 
4 500 yil ilgari qadimgi Hindistonda bankiv tovuqlari xonakilashtirila 
boshlangan. Beradigan mahsulotlariga ko‘ra hozirgi tovuqlar go‘sht, 
go‘sht-tuxum va tuxum yo‘nalishidagi zotlarga ajratiladi. Zotlar 
tashqi ko‘rinishi bilan bir-biridan farq qiladi.
95-rasm. Xonaki tovuq 
zotlari: 
1 – rus oq tovug‘i; 
2 – pervomaysk;
3 – zagorsk
2
3
1
Tuxum yo‘nalishidagi zotlardan rus oq tovug‘i va Lekgorn zot 
tovuq boqiladi. Ular nisbatan kichik bo‘lib, og‘irligi 1,6–2,4 kg 
keladi, lekin tez voyaga yetadi va har qaysisi yiliga 200–300 tadan 
yoki undan ham ko‘proq tuxum qiladi. Bunday tovuqlar 5–6 oyda 
tuxumga kiradi, tuxumlari 50–65 g keladi.
Tuxum-go‘sht yo‘nalishidagi tovuq zotlari (Zagorsk, Nyugemp-
shir, Pervomaysk) birmuncha yirikroq bo‘lib, og‘irligi 2,5–4,0 kg 
keladi. Tuxumlari mayda, tullash davrida (15–20 kun) tuxum 
qilmaydi.
Go‘sht yo‘nalishidagi tovuqlar (Kornuel, Plimutrok zot 
lari)ning 
og‘irligi 3,0–4,5 kg ga yetadi, kam tuxum qiladi. Ular faqat broy-


Yüklə 3,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə