Zoologiya uzb 2017. indd



Yüklə 3,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/64
tarix23.01.2018
ölçüsü3,87 Kb.
#21848
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64

182
8.5. Sutemizuvchilar sinfi
uchraydi. Uning terisi boshqa sug‘urlarnikiga nisbatan yuqori 
baholanadi; yog‘idan xalq tabobatida dori-darmon o‘rnida foyda-
laniladi. Hozir soni juda kamayib ketganligi tufayli ko‘k sug‘ur 
«Qizil kitob»ga kiritilgan.
1. Qo‘lqanotlilar qanoti qanday tuzilgan?
2. Ko‘rshapalaklar havoda qanday mo‘ljal oladi?
3. Kemiruvchilarning tishlari qanday tuzilgan?
4. Kemiruvchilar qanday hayot kechiradi?
5. Kemiruvchilar odam faoliyatida qanday ahamiyatga ega?
6. Qaysi kemiruvchilar qo‘lda boqiladi?
1. Qo‘lqanotlilar o‘ljasini havoda:
a) oldingi oyoqlarining erkin barmog‘i bilan tutadi;
b) keyingi oyoq panjalari bilan tutadi;
d) og‘zi yordamida tutadi.
2. Kemiruvchilarning kurak tishlari:
a) o‘sib va yemirilib turadi;
b) doimo almashinib turadi;
d) asta-sekin o‘tmaslashib boradi.
106-rasm. Kemiruvchi sutemizuvchilar: 
1 – uy sichqoni; 2 – ko‘k sug‘ur; 3 – sariq yumronqoziq; 4 – tolay 
tovush qoni; 5 – kulrang kalamush; 6 – ondatra
1
2
3
4
5
6


183
55-§. Yirtqich sutemizuvchilar turkumi
Kemiruvchilarni ularga mos keladigan xususiyatlar bilan juftlab yozing.
a) sichqonlar; 
1) o‘lat kasalligini tarqatadi;
b) kalamushlar; 
2) «Qizil kitob»ga kiritilgan;
d) ondatra, nutriya; 
3) ombor zararkunandalari;
e) ko‘k sug‘ur. 
4) qimmatli mo‘yna beradi.
Lugat daftaringizga yozib oling.
Qo‘lqanotlilar, ko‘rshapalaklar, ultratovush yordamida mo‘ljal olish, kemiruv-
chilar, sichqonlar, kalamushlar, yumronqoziqlar, ondatra, nutriya, sug‘ur.
Jumboqni yeching. 1. Qo‘lqanotlilarning skeleti va muskullarining tuzilishidagi 
qaysi xususiyatlar ularning qushlar singari uchishiga yordam beradi? 2. Nima 
sababdan qo‘lqanotlilarning quloq suprasi keng bo‘ladi? 3. Nima sababdan 
quyonlar in quradi, tovushqonlar esa in qurmaydi?
Topishmoqlarni toping va ularda keltirilgan ma’lumotlarni izohlab bering.
56.
 
Qanoti bor, pati yo‘q, 
57. Uzun dumli buzog‘im bor,
 
Suti bor-u – tuyog‘i yo‘q. 
 
Uyda undan hamma bezor. 
58. Uzun quloq, tirtiq lab, 
 
Qitirlatib tun-u kun,
   Qochar sakrab-sakrab. 
 
Tinchlik bermas u beor.
 
Yoz to‘nini qishda yechar,
 
Kulrang to‘ndan voz kechar.
Tasdiqlovchi javoblar: 1d, 2a.
Juftlab yozish javoblari: a-3, b-1, d-4, e-2.
55-§.   Yirtqich sutemizuvchilar turkumi
Bo‘risimonlar  oilasi.   Bu oilaga bo‘ri, chiyabo‘ri, tulki, korsak 
va yenot 
simon it kira 
di (107-rasm). Ular hidni juda yaxshi seza-
di; o‘ljasini ta’qib qilib tutib oladi. Bo‘rilar yil bo‘yi juft bo‘lib 
yashaydi. Ular kunduzi biror pana joyga bekinib olib, kechasi ov 
qiladi. Bo‘rilar kuchli va chaqqon bo‘lishi tufayli o‘zidan ham yirik 
hay 
vonlarni ovlashi mumkin. Bo‘rilar uy hayvonlariga ham hujum 
qiladi. Hayvonlarni yeyishdan ko‘ra g‘ajib tashlab, nobud qiladi. 
Shuning uchun ular sonining oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik za-
rur. Urg‘ochi bo‘rilar 3–4 tadan 13 tagacha ko‘zi yumuq jish bola 
tug‘adi. Bo‘ri bolalari 35–40 kun davomida onasini emadi, so‘ngra 
erkak va urg‘ochilari keltirgan go‘sht parchalari va chalajon hay-
vonlar bilan oziqlana boshlaydi. Ular 15 yilgacha umr ko‘radi.
?!


184
8.5. Sutemizuvchilar sinfi
Tulki cho‘l va dashtlarda, tog‘ va tog‘oldi hududlarida, hatto 
qishloqlar va shaharlar atrofida ham yashaydi. Yozda tulkilar inda 
yashab, 4–5 ta ko‘zi yumuq bola tug‘adi. Kuzda tulki oilasi tarqalib 
ketadi. Qishda juni qalin va issiq bo‘lganidan iniga kirmaydi. Tulki-
lar kemiruvchilar va hasharotlar bilan oziqlanib, qishloq xo‘jaligiga 
foyda keltiradi. Ular yoz va kuz fasllarida poliz mahsulotlari va 
mevalarni ham yeyaveradi. Ba’zan uy parrandalariga ham hujum 
qiladi. Tulki mo‘ynasi uchun ovlanadi.
Mushuksimonlar oilasi (108-rasm). Mushuksimonlarning ilmoqqa 
o‘xshab egilgan va o‘tkir tirnoqlari maxsus xaltachaga kirib turadi. 
O‘ljasini tirnoqlari yordamida tutib, tishlari bilan ushlab turadi. 
Ko‘pchilik mushuksimonlar hidni yaxshi sezmaydi, lekin juda yaxshi 
eshitadi. Ular o‘ljasini pana joyda poylab tutib oladi. Mushuksi-
monlar oilasiga yo‘lbars, gepard, qoplon, silovsin, ilvirs, mushuklar 
kiradi.  Yo‘lbars Janubiy Osiyo va Uzoq Sharqda tarqalgan; to‘ng‘iz, 
bug‘u kabi yirik hayvonlarni ovlaydi. O‘zbekistonning daryo o‘zan-
larida  to‘qay mushugi, baland tog‘li hududlarida ilvirs va silovsin 
uchraydi. Ularning soni juda kamayib ketganligi tufayli «O‘zbekiston 
Respublikasining Qizil kitob»iga kiritilgan.
107-rasm. Bo‘risimonlar: 
1 – yenotsimon it; 2 – chiyabo‘ri; 
3 – bo‘ri; 4 – tulki
1
2
3
4


185
55-§. Yirtqich sutemizuvchilar turkumi
Suvsarsimonlar oilasiga mansub yirtqichlarning oyoqlari kalta, 
tanasi ingichka bo‘lib, yoriqlarga kirishga moslashgan. O‘zbe-
kistonda suvsarlardan bo‘rsiq, suvsar, qunduz, olaqo‘zan, latcha 
va norka uchraydi. Bo‘rsiq (qashqaldoq) tog‘ o‘rmonlari, to‘qay 
va dashtlarda yashaydi. Inlarini jarliklar va tepaliklar yonbag‘riga 
quradi; kechasi ovga chiqadi. Turli hasharotlar, kemiruvchilar, 
shuningdek, to‘kilgan mevalar va o‘simliklarning yer osti tuga-
naklari bilan oziqlanadi.
Ayiqsimonlar oilasi. Ayiqlar – baquvvat va yirik hayvonlar (109-
rasm). O‘zbekiston tog‘larida qo‘ng‘ir ayiq uchraydi. U o‘sim 
liklar 
ildiz 
i va nihollari bilan oziqlanadi, ba’zan hasha 
rotlar va sug‘urlarni 
tutib yeydi, yozda esa mevalar bilan oziqlanadi. Ayiq oziq taqchil 
bo‘lgan qish faslida uyquga ketadi. Arktika muzliklarida oq ayiq ya-
shaydi. Uning og‘ir 
ligi 800 kg keladi. Oq ayiq suvda yaxshi suzadi 
va sho‘ng‘iydi; aso 
san tyulenlar va baliqlar bilan oziqlanadi.
108-rasm. Mushuksimonlar: 
1 – yo‘lbars; 2 – arslon; 3 – gepard;
4 – yaguar
1
2
3
4


Yüklə 3,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə