Zoologiya uzb 2017. indd


§. Sutemizuvchilar sinfiga mansub chorva mollari



Yüklə 3,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/64
tarix23.01.2018
ölçüsü3,87 Kb.
#21848
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64

197
59-§. Sutemizuvchilar sinfiga mansub chorva mollari
Jumboqni yeching. Odamsimon maymunlar hayot kechirishining qaysi xusu-
siyatlari odamlarga o‘xshab ketadi?
Tasdiqlovchi javoblar: 1b, 2a, 3d.
Juftlab yozish javoblari: a-2, b-3, d-1.
 
Sutemizuvchilar sinfiga 
59-§. 
mansub chorva mollari
Chorvachilik aholini oziq-ovqat mahsulotlari (sut, go‘sht, yog‘ 
va boshqalar), yengil sanoatni xoma 
shyo (jun, teri, mo‘yna), qish-
loq xo‘jaligini ish hayvonlari (ot, ho‘kiz, eshak, tuya) va organik 
o‘g‘itlar bilan ta’minlaydi.
Qoramolchilik. Hozirgi qoramollar qadimda Osiyo va Yevropa 
qit’alarida keng tarqalgan, bundan 3–4 asr avval qirilib ketgan tur-
dan kelib chiqqan. Oxirgi tur 1627-yilda Polshada nobud bo‘lgan. 
Tur eramizdan 7 000 yil ilgari qadimgi Gretsiyada xonakilashtiril-
gan. Qoramol zotlari xo‘jalikda foydalanish xusu 
siyatlariga binoan: 
sut, sut-go‘sht va go‘sht yo‘nalishidagi zotlarga ajratiladi (116-rasm).
Sersut zotlar qoramollarning asosiy qismini tashkil etadi. 
O‘zbekistonda sersut sigirlardan Qora-ola Xolmogor va Yaroslavl 
zotlari, Qizil dasht, Bushuyev va boshqa zotlar boqiladi. Sersut 
sigirlar yili 
ga 4 000 l, ayrim govmishlar 6 000 l va undan ham 
ko‘proq sut beradi. Sersut-go‘shtdor zotlar ko‘p sut berishi bilan 
birga go‘shti ham ko‘p va sifatli bo‘ladi. Shveysariyaning Simmental, 
?!
116-rasm. Sersut qoramol zotlari: 
1 – Xolmogor zoti; 2 – Yaroslavl zoti
1
2


198
8.5. Sutemizuvchilar sinfi
117-rasm. Qo‘y zotlari: 
1 – qorako‘l qo‘yi va uning qo‘zisi; 2 – Hisor qo‘yi
1
2
Shvits va Rossiyaning Kostroma zotlari sersut-go‘shtdor zotlar hisob-
lanadi. Simmental zoti yiliga 4 000 l gacha sut beradi. Go‘shtdor 
zotlar, asosan, sifatli go‘sht yetishtirish uchun ko‘ 
pay 
tiriladi. Ular 
vazni va tez yetilishi bilan sersut zotlardan ustun turadi. Go‘sht-
dor  Shortgorn zotli sigirlarning o‘rtacha vazni 650 kg, buqalarniki 
esa 1 000 kg dan ortiq bo‘ladi. Yosh buqalarning vazni bir ke-
cha-kunduzda 1 kg ga ortadi. O‘zbekistonda Qozog‘iston oqboshi, 
Santa-Gertruda, Gereford
 va Shortgorn zotlari boqiladi.
Qoramollardan sut va go‘sht bilan birga teri olinadi. Teridan 
charm poyabzallar, teri-galantereya buyumlari tayyorlanadi. Kush-
xonalardagi chiqindilardan turli preparatlar, yelim, sovun va boshqa 
mahsulotlar ishlab chiqariladi.
Qo‘ychilik. Qo‘ylar yovvoyi qo‘y – muflondan kelib chiqqan. 
Qo‘y bundan 8 ming yil ilgari xona 
kilashti 
rilgan. Qo‘y zotlari 
junining sifatiga ko‘ra mayin junli, chala mayin junli va dag‘al 
junli zotlarga ajratiladi (117-rasm). 
Mayin junli qo‘ylarning juni bir xil uzunlikdagi (8–10 sm) 
tivit 
dan iborat. Mayin jundan nafis gazlamalar to‘qiladi. Shimoliy 
Kavkaz, Volgabo‘yi va Qozog‘istonda boqiladigan merinos zotidan 
10–12 kg mayin jun olinadi.
Dag‘al junli qo‘ylarning juni dag‘al qil va tivit 
dan iborat. 
Bu qo‘ylar ham, o‘z navbatida, po‘stinbop terili, qorako‘l teri-
li, go‘sht-yog‘li va go‘sht-junli zotlarga ajratiladi. Romanov zotli 
qo‘ylar eng yaxshi po‘stinbop teri beradi. Qorako‘l terisi 1–3 
kunligida so‘yilgan qorako‘l qo‘zi 
larining terisidan iborat. Qora-
ko‘l terisi ko‘proq qora rangda bo‘ladi; ko‘k, jigarrang, sur, oq 


199
59-§. Sutemizuvchilar sinfiga mansub chorva mollari
va boshqa xillari ham bor. Havorang va tillarang xillari yuqori 
baholanadi. Go‘sht-yog‘ yo‘nali 
shidagi qo‘ylardan O‘zbekiston-
da  Hisor qo‘ylari boqiladi. Bunday qo‘ylar vazni 150 kg ga, 
dumbasining og‘irligi 25 kg ga boradi.
Yilqichilik. Baland tog‘li joylarda va qishloq xo‘jaligida yordamchi 
ishlarni bajarishda otlar asosiy ishchi kuchi hisoblanadi. Ot sporti 
dunyo miqyosida ommalashib bormoqda. Otlar go‘sht va sut olish 
uchun ham boqiladi. Ularning sutidan shifobaxsh qimiz tayyorla-
nadi. Otlar qonidan shifobaxsh preparatlar va zardob tayyorlashda 
foydalaniladi.
Otlar miloddan taxminan 3 000 yil ilgari xonakilashtirilgan. Xo-
naki otlarning ajdodi bir vaqtlar Yevropa cho‘llarida yashab, hozir 
qirilib ketgan tarpan hisoblanadi (118-rasm). Otlar og‘ir yuk tor-
tadigan, salt miniladigan, yengil yuk tortadigan (yo‘rg‘a), go‘sht va 
qimiz uchun urchitiladigan zotlarga bo‘linadi. Og‘ir yuk tortadigan 
otlardan  Vladimir zoti, salt miniladigan otlardan O‘zbekistonda ye-
118-rasm. Otlar: 
1 – yovvoyi ot – tarpan; 2 – og‘ir yuk tortadigan Vladimir oti; 
3 – Orlov yo‘rg‘asi; 4 – Qorabayir
1
2
3
4


200
8.5. Sutemizuvchilar sinfi
tishtirilgan  Qorabayir, Tojikiston va Turkmanistonning Laqay va 
Axaltaka zotlarini, yengil yuk tortadigan otlardan Orlov yo‘rg‘asi va 
Rus yo‘rg‘asini ko‘rsatish mumkin.
1. Qoramol zotlari xo‘jalikda foydalanishiga binoan qanday yo‘nalishlarga
 bo‘linadi?
2. O‘zbekistonda qoramollarning qaysi zotlari boqiladi?
3. Qo‘ylarning qanday zotlari mavjud?
4. O‘zbekistonda qo‘ylarning qaysi turlari boqiladi?
5. Otlardan qanday maqsadlarda foydalaniladi?
6. Otlarning qanday zotlari mavjud?
1. Hozirgi qoramollar eramizdan 7 000 yil ilgari:
a) qadimgi Polshada xonakilashtirilgan;
b) qadimgi Misrda xonakilashtirilgan;
d) qadimgi Gretsiyada xonakilashtirilgan.
2. Qo‘ylar bundan 8 000 yil oldin:
a) xonakilashtirilgan muflondan kelib chiqqan;
b) xonakilashtirilgan alqordan kelib chiqqan;
d) qadimgi Hindistonda xonakilashtirilgan.
3. Otlar miloddan 3 000 yil oldin:
a) xonakilashtirilgan Prjevalskiy otidan kelib chiqqan;
b) xonakilashtirilgan tarpandan kelib chiqqan;
d) xonakilashtirilgan qulondan kelib chiqqan.
Qoramol zotlari yo‘nalishi va ularga mansub zotlarni juftlab yozing:
a) sut; 
 1) Kostroma, Simmental;
b) go‘sht; 
 2) Qora-ola, Bushuyev;
d) go‘sht-sut. 
 3) Shortgorn, Shvits.
Lugat daftaringizga yozib oling.
Qoramolchilik, chorvachilik, qo‘ychilik, qorako‘lchilik, yilqichilik, salt minila-
digan otlar, tur, muflon, tarpan.
Topishmoqlar qaysi hayvonlarga tegishli?
61. Chorva ichida shayton, 
62. Kunduzi o‘t yemoq,
  Soqoli uzun sulton. 
 
Kechqurun sut – buloq.
63. Hayvonlarning darg‘asi,  
64. Quyon emas – uzun quloq,
  Nom chiqargan yo‘rg‘asi. 
 
Ot emas – to‘rtta tuyoq.
Tasdiqlovchi javoblar: 1d, 2a, 3b.
Juftlab yozish javoblari: a-2, b-3, d-1.


Yüklə 3,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə