Zoologiya uzb 2017. indd


§. Qushlarning ichki tuzilishi va sezgi organlari



Yüklə 3,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/64
tarix23.01.2018
ölçüsü3,87 Kb.
#21848
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   64

147
43-§. Qushlarning ichki tuzilishi va sezgi organlari
lan bog‘langan. Qushlar yerda ko‘krak qafasining kengayib-torayishi 
tufayli nafas oladi. Uchayotgan qush qanotlarining ko‘tarilib tushi-
rilishi bilan pufaklar ham kengayib-torayadi. Bunda gaz almashinuvi 
ikki marta: havo o‘pkaga kirganida va pufaklardan chiqayotganda 
sodir bo‘ladi. Qush qancha ko‘p qanot qoqsa, o‘pka orqali havo 
aylanishi shuncha tez boradi. Shuning uchun uchayotgan qushning 
nafasi bo‘g‘ilmasdan, aksincha, tez 
lashadi. Kaptar bir minutda tinch 
turganida 26 marta, uchganida esa 400 marta nafas oladi. Havo 
pufakchalariga kiradigan havo qushlar tanasini sovitib turadi.
Qon aylanish sistemasi ikkita qon aylanish doirasidan iborat. 
Yu 
ragi to‘rt kamerali: ikkita yurak bo‘lmasi va ikkita qorinchadan 
iborat (85-rasm). Shuning uchun arteriya va vena qoni tamoman 
ajralgan bo‘lib, yurakdan tanaga kislorodga boy arteriya qoni kela-
di. Qushlar yuragining ishlashi ularning harakatlanishi bilan bog‘liq. 
Masalan, kaptarning yuragi tinch turganida 165 marta, uchganida 
esa 550 marta qisqaradi. Moddalar almashinuvi jarayoni qushlar 
organizmida juda tez kechganidan, ularning tana harorati o‘rtacha 
42°C ni, ayrim qushlarniki hatto 44,5°C ni tashkil etadi.
85-rasm. Kaptarning qon 
aylanish sistemasi va 
yuragining tuzilishi:
1 – yurak; 2 – o‘pka; 3 – ki chik 
qon aylanish doirasi; 4 – katta qon 
aylanish doi rasi; 5 – o‘ng yurak bo‘l-
masi; 6 – o‘ng yurak qorin chasi; 7 – 
chap yurak bo‘lmasi; 8 – chap yurak 
qorinchasi; 9 – aorta; 10 – o‘p ka 
ar teriya si; 11 – vena; 12 – o‘pka 
venasi
2
1
5
4
3
8
7
6
11
10
9
12
Sezgi organlari. Qushlarning ko‘zi juda yaxshi rivojlangan. Ayrim 
qushlarning ko‘zi odamnikidan 100 marta o‘tkirroq bo‘ladi. Ular 
rangni ham yaxshi ajrata oladi. Qushlar yaxshi eshitadi, lekin hidni 
yaxshi ajrata olmaydi.
Nerv sistemasi. Qushlarning bosh miyasi ancha yirik va murakkab 
tuzilgan (86-rasm). Ularning xilma-xil xatti-harakatlari bosh miya-
ning, ayniqsa, oldingi yarimsharlarning kuchli rivojlanganligi bilan 
bog‘liq. Qushlarning miyachasi po‘stlog‘ida burmalar ko‘p bo‘ladi. 


148
8.4. Qushlar sinfi
Ularning xilma-xill murakkab harakatlari miyacha bilan bog‘liq. Le-
kin ularning ko‘pchilik xatti-harakatlari (urchish, uya qurish, tuxum 
bosish, bola boqish) tug‘ma instinkt hisoblanadi.
Qushlarning hayoti davomida ham turli xil shartli reflekslar hosil 
bo‘lib turadi. Masalan, tuxumdan chiqqan jo‘jalar dastlab ko‘zga 
ko‘ringan hamma narsani cho‘qib ko‘radi. Keyinchalik ular yeb 
bo‘ladigan va yeb bo‘lmaydigan narsalarni farq qilishni o‘rgana-
di; o‘z egasini taniydigan, uning ovoziga e’tibor beradigan bo‘lib 
qoladi. Qushlarning havoda chamalab yo‘l topish xususiyati ham 
yaxshi rivojlangan. Bu xususiyat qushlarning uchib ketishi va uchib 
kelishida katta ahamiyatga ega.
Qushlar turli tovushlar yordamida o‘zaro aloqa qiladi. Ular 
sayrash bilan birga notinchlik, qo‘rqinch, chaqiriq kabi holatlarni 
bildiruvchi tovushlar chiqarib, o‘z turi individlari bilan o‘zaro 
muno 
sabatda bo‘ladi. Qarg‘a, mayna, qorayaloq va, ayniqsa, 
to‘tilar ayrim so‘zlar va hatto iboralarni eslab qolib, takrorlashi 
mumkin.
1. Qushlarning hazm qilish sistemasi qanday tuzilgan?
2. Qushlar qanday nafas oladi?
3. Qushlarning qon aylanish sistemasi qanday tuzilgan?
4. Qushlarning bosh miyasi qanday tuzilgan?
5. Qushlar hayoti davomida qanday reflekslar hosil bo‘ladi?
6. Qushlarning qaysi sezgi organlari rivojlangan?
1. Kloakaga ochiladigan organlar yo‘li:
a) ichak, oshqozon, jinsiy bezlar;
b) ichak, jinsiy bezlar, siydik;
d) siydik, o‘t, jinsiy bezlar.
2. Qushlar bosh miyasining:
a) oldingi qismi va miyachasi kuchli rivojlangan;
b) o‘rta miya va miyachasi yaxshi rivojlangan;
d) yarimsharlari va miyachasi kam rivojlangan.
86-rasm. Qush bosh 
miyasining tuzilishi: A – ustki 
tomondan ko‘ri nishi; B – yon 
tomondan ko‘rinishi: 1 – miya 
katta ya rim sharlari; 2 – o‘rta mi-
ya; 3 – miyacha; 4 – uzun choq 
miya
2
1
4
3
4
2
1
3
B
A


149
44-§. Qushlarning ko‘payishi, rivojlanishi va kelib chiqishi
Lugat daftaringizga yozib oling.
Jig‘ildon, muskulli oshqozon, bezli oshqozon, havo pufaklari, arteriya qoni, 
vena qoni, miyacha burmalari.
Jumboqni yeching. 1. Dehqonlarimizning “Qush go‘ngidan ko‘proq solinganda 
ekin qurib qoladi” deyishining sababi nimada? 2. Qushlar qanday qilib bir 
marta o‘pkaga kirgan havodan ikki marta nafas oladi?
Tasdiqlovchi javoblar: 1b, 2a, 3a.
Juftlab yozish javoblari: a-3, b-1, d-2.
 
  Qushlarning 
ko‘payishi, 
44-§.   
rivojlanishi va kelib chiqishi
Ko‘payish davri. Qishki sovuq kunlar o‘tib, havo isiy bosh 
lashi 
bilan qushlar ko‘payishga tayyorgarlik ko‘ra boshlaydi. Ayrim qush-
lar erta bahorda, boshqalari esa bahorning o‘rtalarida ko‘payishga 
kirishadi. Qushlarning ko‘payish davri tuxumdan chiqadigan jo‘jalar 
uchun oziqning mo‘l-ko‘l bo‘lishiga bog‘liq.
Juft hosil qilishi. Ko‘pchilik qushlarning erkagi va urg‘ochisi 
ko‘payish davrida juft hosil qiladi. Maydaroq qushlar, masalan, ko‘p-
chilik  chumchuq simonlar va musichalarning jufti faqat bir mav 
 
 
sum, 
yirtqichlar va boshqa yirik qushlar (laylaklar, qarqa 
ra 
lar) jufti uzoq 
yillar davomida saqlanib qoladi. Bir qancha qush 
 
 
lar bitta erkak va 
bir necha urg‘ochilardan iborat gala hosil qiladi. Ayrim tovuqsimonlar 
(qurlar, karqurlar) vaqtinchalik juft ho 
 
sil qiladi. Qushlar jufti sara-
lanib  tanlanadi.  Erkak  qushlar  juft            lanish  oldidan  sayraydi  yoki  raqsga 
tushayotgandek harakatlar qilib, urg‘ochisini taklif etadi. Karqurlar va 
qurlarning xo‘ 
roz 
lari ochiq maydonda o‘zaro bahs qilish uchun to‘pla-
nishadi. Ular qanotlari va dumini yoyib, o‘zini ko‘rsatishga hara 
kat 
qi 
ladi. Bu vaqtda ular o‘rtasida qisqa muddatli jang ham bo‘lib o‘tadi.
Uya qurishi. Ko‘pchilik qushlar tuxum qo‘yish uchun uya 
qu 
radi. Uyalarning shakli va tuzilishi juda xilma-xil bo‘ladi 
(87-rasm). Yirtqich qushlar, laylaklar, kaptarlar, go‘ngqarg‘alar 
nov        da  va  butoqlardan  oddiy  kosasimon  uya  quradi.  Qizilishton 
va chit 
 
 
tak ka 
bi o‘rmon qushlari daraxtlarning kovagida, o‘rdak 
va turnalar yer 
da uya quradi. Qishloq qal 
dirg‘ochlari uylarning 
?!


Yüklə 3,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə