Ўзр ав томонидан 29


-BOB. QO’SHILGAN QIYMAT SOLIG’INI HISOBLASH VA



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/25
tarix21.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#153798
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25
Kitob 9893 uzsmart.uz

2-BOB. QO’SHILGAN QIYMAT SOLIG’INI HISOBLASH VA 
TO’LASH TARTIBINING AMALIY TAHLILI (URGUT TUMANI 
KORXONALARI MISOLIDA). 
 
2.1. Qo’shilgan qiymat solig’i to’lovchilari, soliq ob’ekti hamda soliq 
solinadigan bazani aniqlash tartibi. 
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 197-moddasiga muvofiq 
qo’shilgan qiymat solig’i to’lovchilar quyidagilar hisoblanadi: 

soliq solinadigan oborotlarga ega bo’lgan yuridik shaxslar, agar ushbu 
moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa;

zimmasiga O’zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan amalga 
oshirilayotgan soliq solinadigan oborotlar uchun qo’shilgan qiymat solig’i 
to’lash bo’yicha majburiyat yuklatiladigan yuridik shaxslar;

tovarlarni O’zbekiston Respublikasi hududiga import qiluvchi yuridik va 
jismoniy shaxslar, o’z ehtiyojlari uchun bojsiz olib kirish normalari doirasida 
tovarlar olib kiruvchi jismoniy shaxslar bundan mustasno; 

oddiy shirkat soliq solinadigan oborotlarni amalga oshirayotganda 
zimmasiga uning ishlarini yuritish yuklatilgan (ishonchli shaxs) oddiy shirkat 
shartnomasining sherigi (ishtirokchisi).
Quyidagilar qo’shilgan qiymat solig’i to’lovchilar hisoblanmaydi: 

notijorat tashkilotlar, bundan tadbirkorlik faoliyati doirasida tovarlarni 
(ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish oborotlari mustasno; 

soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan yuridik shaxslar 
(ushbu tizmiga mansub korxonalar ixtiyoriy ravishda to’lovchilar bo’lishi 
mumkin).
Yagona soliq to’lovini to’lovchilar bo’lgan yuridik shaxslar soliq bo’yicha 
hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga yilning navbatdagi 
choragi boshlanguniga qadar bir oydan kechiktirmasdan, yangi tashkil 
etilayotgan yagona soliq to’lovini to’lovchilar bo’lgan yuridik shaxslar esa 


23 
faoliyat boshlanguniga qadar taqdim etiladigan yozma bildirishga asosan 
ixtiyoriy asosda qo’shilgan qiymat solig’ini to’lashi mumkin. 
Quyida keltirilayotgan jadvalda Urgut tumanida ro’yxatdan o’tgan 
qo’shilgan qiymat solig’ini to’lovchilar to’g’risida ma’lumot berilgan.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə