Ўзр ав томонидан 29



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/25
tarix21.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#153798
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Kitob 9893 uzsmart.uz

 
 
II BOB. QO’SHILGAN QIYMAT SOLIG’INI HISOBLASH VA 
TO’LASH TARTIBINING AMALIY TAHLILI (URGUT 
TUMANI KORXONALARI MISOLIDA)............................ 
21-36 

 
2.1. Qo’shilgan qiymat solig’i to’lovchilari, soliq ob’ekti hamda 
soliq solinadigan bazani aniqlash tartibi.................................... 
21 
2.2. Qo’shilgan qiymat solig’i stavkasi va soliqdan beriladigan 
imtiyozlar................................................................................... 
25 
2.3. Qo’shilgan qiymat solig’i hisob-kitoblarini taqdim etish va 
byudjetga to’lash muddatlari...................................................... 
31 
 
III BOB. IQTISODIYOTNI 
MODERNIZATSIYA 
QILISH 
SHAROITIDA QO’SHILGAN QIYMAT SOLIG’INI 
HISOBLASH 
VA 
TO’LASH 
TARTIBINI 
TAKOMILLASHTIRISH....................................................... 37-52 

 
3.1. Qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha imtiyozlarni qo’llashdagi 
muammolar va ularni bartaraf etish yo’llari………………….. 
37 
3.2. Qo’shilgan qiymat solig’ini hisoblash va to’lash tartibini 
takomillashtirish……….............................................................
48 
 
 
XULOSA................................................................................... 
53 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI............ 
57 
ILOVALAR.............................................................................. 
62 



KIRISH 
 
Mavzuning dolzarbligi. 
O’zbekiston Respublikasi istiqlol yillarida 
ijtimoiy himoyalangan bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida bosqichma-bosqich 
mustaqil soliqlar tizimini barpo etdi. Bu jarayonda eski, bozor iqtisodiyoti 
tamoyillariga mos kelmaydigan soliqlar (oborot solig’i, foydadan ajratma, 
o’rmon solig’i va hakazolar) tugatildi va bozor iqtisodiyoti talablariga mos 
keladigan yangi soliq tizimi joriy etildi. Demak, bozor iqtisodiyotiga o’tish 
jarayonida moliyaviy va soliq munosabatlarini takomillashtirish o’ta muhim va 
murakkab muammolardan biri bo’lib qolmoqda. Respublika soliq tizimidagi 
o’zgarishlar bu masalaning ijobiy hal etilishi, turli xil yo’llar orqali amalga 
oshirilishini amalda ko’rsatmoqda. Bu borada soliq siyosatini erkinlashtirish 
mazkur soxalarda erishiladigan yutuqlar garovidir. Shu sababli, mamlakatimiz 
rivojlanishining muhim ustuvor yo’nalishi sifatida soliq siyosatini 
erkinlashtirishning belgilanishi bejiz emas. Yuqorida bildirilgan fikrlarning 
nechog’li haqiqatga yaqinligini davlatimiz rahbari I.Karimovning quyida 
bildirgan fikrlarida ham ko’rish mumkin: “2012 yilda soliq yukini kamaytirish 
siyosati davom ettirildi. Kichik korxona va mikrofirmalar uchun yagona soliq 
to’lovi stavkalari 6 foizdan 5 foizga tushirilgani, yakka tartibdagi tadbirkorlar 
uchun belgilangan soliq stavkasi esa sezilarli tarzda, ya’ni o’rtacha ikki barobar 
kamaytirilgani buni yaqqol tasdiqlaydi. Shularga qaramasdan, davlat 
byudjetining daromadlar qismi ko’rsatkichlari to’liq bajarildi, erishilgan profitsit 
yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0.4 foizni tashkil etdi
1
”. 
Ma’lumki, qo’shilgan qiymat solig’i ishlab chiqarish yoki muomalaning 
har bir bosqichida qo’shilgan qiymat qismidan undiriladi. Qo’shilgan qiymatga 
ish xaqi, amortizatsiya, kredit uchun foiz, elektr energiyaga, transportga, 
reklamaga ketgan sarf xarajatlar kiradi. Bittagina tovar boshqatdan sotilayotgan 
bo’lsa, soliq xarid va sotish narxlari o’rtasidagi ayirmani hosil qiluvchi 
1
“Bosh maqsadimiz – keng ko’lamli islohotlar va modernizatsiya yo’lini qat’iyat bilan davom ettirish”. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2012 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish yakunlari hamda 2013 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor 
yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. //Ma’rifat gazetasi, 19 yanvar 
2013 yil, №6 



qo’shilgan qiymatdan hisoblanadi. So’ngra bu soliq tovarning uzil-kesil narxiga 
qo’shiladi, ya’ni bunda ishlab chiqaruvchini emas, balki iste’molchining 
daromadi soliq solish ob’ekti bo’ladi. Qo’shilgan qiymat solig’i respublikada 
joriy qilingan soliqqa tortishning eng murakkab, ko’p qirrali va nisbatan kam 
takomillashgan qismidir. Qo’shilgan qiymat solig’i tovarlarni sotish, ishlarni 
bajarish va xizmatlar ko’rsatilganda aksariyat yangi xosil qilingan qiymatdan 
kelib chiqib byudjet daromadiga o’tkazishning bir shaklidir. 
Xozirgi kunda soliq tizimi tarkibida qo’shilgan qiymat solig’i umumdavlat 
soliqlari sifatida davlat byudjetini shakllantiruvchi asosiy manbaa bo’lib, ushbu 
soliq turidan foydalanish darajasi o’sib borayotganligini ko’rsatish mumkin. 
Hozirgi kunga kelib mamlakatimizda yangi soliq tizimi va uni amal qilish 
mexanizmi muhim asoslar bilan ishlab chiqilishiga qaramasdan bu sohada hal 
etilishi zarur bo’lgan muammolar etarlicha. Mazkur soliq bo’yicha berilgan 
imtiyozlarni qo’llash va ulardan foydalanish orqali ko’zlangan natijalarga 
erishib bo’lmayotganligi hamda aksariyat holllarda bu imtiyozlar xo’jalik 
sub’ektlari iqtisodiga boqimandalik holatlarini yuzaga chiqarmoqda. Bunaqangi 
vaziyatlarning mavjud ekanligi shu sohada ilmiy izlanishlarni davom ettirish 
zarurligini taqozo etadi. Bu esa bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligini 
belgilaydi.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə