Ўзр ав томонидан 29


-BOB. QO’SHILGAN QIYMAT SOLIG’INING IQTISODIY



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/25
tarix21.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#153798
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Kitob 9893 uzsmart.uz

1-BOB. QO’SHILGAN QIYMAT SOLIG’INING IQTISODIY 
MOHIYATI 
VA 
DAVLAT 
BYUDJETI 
DAROMADLARINI 
SHAKLLANTIRISHDAGI AHAMIYATI. 
 
1.1. Qo’shilgan qiymat solig’ining iqtisodiy mohiyati. 
Hozirgi kunda soliq tizimi tarkibida qo’shilgan qiymat solig’i (QQS) 
umumdavlat soliqlari sifatida davlat byudjetini shakllantiruvchi manba bo’lib, 
ushbu soliq turidan foydalanish darajasi o’sib borayotganligini ko’rsatish 
mumkin. Qo’shilgan qiymat solig’ining zarurligi bozor iqtisodiyoti sharoitida 
davlat tomonidan tartibga solib turish va uni boshqarish vazifasi bajarayotgan 
paytda namoyon bo’ladi. Shu davrda davlat o’z funktsiyasini bajarishi uchun 
albatta moliyaviy manbaga ega bo’lishi kerak. Ana shunday manbalarni 
byudjetga jalb qilishning asosiy, balki, kelajakdagi yagona yo’li soliqlardir.
Qo’shilgan qiyamt solig’i egri soliq hisoblanadi. Bu esa egri soliq sifatida 
mahsulotlar narxining keskin oshishiga sabab bo’ladi. Mahsulotlar narxining 
keskin oshishi, iste’molchilar xarid qobiliyatini pasaytiradi. Chunki egri 
soliqlarning 
xaqiqiy 
to’lovchilari 
oxirgi 
iste’molchilar 
hisoblanadi. 
Respublikamizda egri soliqlar sifatida qo’shilgan qiymat solig’i, aktsiz solig’i, 
bojxona bojlari va boshqalarni misol keltirish mumkin. Qo’shilgan qiymat 
solig’i ishlab chiqarishning har bir bosqichida yaratilayotgan qiymatga (ya’ni, 
mahsulot, ish va xizmatlar) qiymatiga, davlat o’z hukmronligidan foydalanib
o’zining “haqini” qo’yadi va mahsulot va ish-xizmatlarning qo’shilgan qiymat 
solig’i hisobiga sun’iy oshirilishi natijasida asosan aholi daromadlarining bir 
qismini o’zining daromadiga korxona va tashkilotlar vositachiligida undirib 
olinadi. Qo’shilgan qiymat solig’ining asosiy vazifasi va ahamiyatli tomoni 
byudjet daromadlarini shakllantirishdir, ya’ni fiskal funktsiyasini bajarishga 
xizmat qiladi. Bu soliqdan iqtisodiy va ijtimoiy funktsiya sifatida foydalanish 
imkoniyatlari chegaralangan. Umuman egri soliqlar iqtisodiy qiyinchiliklar 
mavjud mamlakatlarda davlat xarajatlarini mablag’ bilan ta’minlash maqsadida 
joriy etiladi. 



Har qanday buyum, narsa, voqelikni chuqur bilish uchun uning mohiyatini 
chuqur tushunib etmoq zarur. Qo’shilgan qiymat solig’ini ham boshqa solikdar 
kabi mohiyati, ya’ni soliqchi va soliq to’lovchilar o’rtasidagi munosabatlarni 
ifodalashda o’z aksini topadi. Shunday ekan qo’shilgan qiymat solig’ining 
mohiyatini shakllantirishda uni qat’iy doimiy takrorlanib turadigan munosabat 
deb tushunishimiz lozim. Qo’shilgan qiymat solig’ining doimiy takrorlanib 
turishi uni iqtisodiy kategoriya sifatida namoyon bo’lishi bilan bog’liq, shu bois 
qo’shilgan qiymat solig’ining faqat qiymat kategoriyasi orqali maqsadga 
muvofiqdir
2
. Shuni ham ta’kidlab o’tish zarurki har qanday iqtisodiy kategoriya 
avvalo qiymat kategoriyasi sifatida shakllanadi, so’ng bunday voqelik harakati 
iqtisodiy munosabatlarda o’z ifodasini topadi. Qo’shilgan qiymat solig’i esa 
bundan istisno emas. Shunday qilib, qo’shilgan qiymat solig’i iqtisodiy 
kategoriya sifatida yaratilgan jami ijtimoiy mahsulotning bir qismi bo’lib 
hisoblanadi. U mehnat mahsulidir. Qo’shilgan qiymat solig’ining yuzaga kelishi 
yaratilgan qiymatning taqsimotiga asoslanadi. Bu o’z vaqtida moliyaviy 
munosabatlarda va uni harakatga keltiruvchi jarayonlarda to’liq o’z ifodasini 
topadi. Shu bois, qo’shilgan qiymat solig’ining yuzaga kelishi va ijtimoiy-
iqtisodiy jarayonlarga ta’sir etishi bevosita qiymatning yaratilishi bilan 
bog’liqdir
3
. Qo’shilgan qiymat solig’ining yaratilishi bir vaqtning o’zida o’ziga 
xos, unga mos soliq munosabatlarini yuzaga keltiradi va uning takomillashtirilib 
borilishini ta’minlaydi. Shunday ekan qo’shilgan qiymat solig’ining mohiyati 
boshqa soliqlarga mansub munosabatlar doirasida shakllantiriladi va 
rivojlantiriladi. 
Amaliyotda QQS deganda bevosita byudjetga tushadigan majburiy pul 
to’lovi 
tushuniladi. 
Bu 
esa 
QQSni 
boshqa 
soliq 
turlariga 
tenglashtirilayotganligidan dalolat berishi, qolaversa QQSni mohiyati boshqa 
soliq turlariga bog’liq holda befarqli ta’riflanishiga sabab bo’lishi mumkin. 
Bunda soliqlarni guruhlash orqali ularning mohiyati va ahamiyatini asoslashga 
2
Vahobov A., Jo’raev A. Soliqlar va soliqqa tortish. Darslik. –T: “Sharq”, 2009. 56-bet 
3
Майбуров И. и другие. Налоги и налогообложение. Учебник. –М.: “ЮНИТИ-ДАНА”, 2008. С. 111 


10 
extiyoj qolmagan bo’lar edi. Shuni etiborga olish joizki, QQS bilvosita 
soliqlarning funktsional elementidir. Uning to’lovchilari iste’molchilar bo’lib 
hisoblanadi. QQSni ana shunday tabiatidan kelib chiqqan holda, uning 
mohiyatini ifodalovchi darajada ta’rif berish maqsadga muvofiqdir. 
Shunday qilib, QQS - bu tovarlar, ishlar xizmatlarni realizatsiya qilish 
jarayonida yuzaga keladigan pul munosabatlari doirasida yangi hosil qilingan 
qiymatning bir qismini byudjet daromadiga iste’molchilar hisobidan majburiy 
to’lov sifatida undirilishidir. Bir qismini davlat ixtiyoriga iste’molchilar 
tomonidan yaratilgan yangi qiymatni bir qismini sof daromad sifatida undirilishi 
aniqlanadi. QQS majburiy tartibda Oliy Majlis tomonidan tasdiqlangan va 
huquqiy qonunlar bilan ta’minlangandir. Shunday ekan, QQSni to’lamaslikka, 
soliq ob’ektini kamaytirib ko’rsatishga yuridik shaxslarning haqqi yo’q. QQSni 
to’lash xo’jalik sub’ekti bilan davlat o’rtasidagi moliyaviy munosabatlarni bozor 
iqtisodiyoti davridagi asosiy shakli, daromadlarni bir qismini xo’jalik sub’ektlari 
bilan davlat o’rtasida taqsimlashning asosiy vositasi hisoblanadi. 
QQSning mohiyatini ifodalashda uning eng avvalo majburiy to’lov sifatida 
izohlashga harakat qiluvchi iqtisodchilar yo’q emas. To’g’ri, QQSni to’lashda 
majburiylik bor, lekin bu majburiylik demokratiyaning oliy timsoli bo’lmish 
Oliy Majlis qarori, ya’ni qonun bilan kiritiladi va QQSni to’lovchilari bilan 
davlatning eng asosiy talablari e’tiborga olinadi. Demak QQSdagi majburiylik 
huquqiy demokratik me’yorlar asosida Oliy Majlis tomonidan kiritiladi. 
Vaholangki, majburiylik boshqa soliq xillariga ham xos xususiyatdir. Qolaversa 
byudjetga boshqa maxsus jamg’armalarga to’lovlar va ajratmalar ham 
majburiylik xarakteriga ega. Shunday qilib, QQS o’z moxiyatiga ko’ra, uzoq 
yillarga mo’ljallangan majburiylik munosabatlarini ifodalaydi. Masalan, sobiq 
ittifoq davrida oborot solig’i 62 yil o’zgarmasdan iqtisodiyotga xizmat qildi. 
Bizning mustaqil Respublikamizda QQS ham ana shunay uzoq yillarga xizmat 
qiladigan oddiy, hammaga tushunarli bilvosita soliq bo’lishi kerak. Buning 
uchun ular Respublika iqtisodiyotiga xos xususiyatlarni to’liq ifoda eta oladigan 
va ilmiy asoslangan bo’lishi zarur. O’zbekistan Respublikasi iqtisodiyotining 


11 
rivojlanishi erkin bozor munosabatlari bilan ifodalanadigan bo’lsa, davlat bilan 
bozor munosabatlari sharoitida ishlaydigan korxona, birlashma va tashkilotlar 
o’rtasidagi munosabat faqat huquqiy munosabat asosida bo’lishi taqozo etiladi. 
Bunday munosabatlar qisman QQS bilan amalga oshiriladi. 
Demak, QQS - bu iqtisodiy qiymat kategoriyasi bo’lib, ma’lum bir 
iqtisodiy munosabatni o’zida shakllantiradi. Bunday iqtisodiy munosabat qiymat 
harakati bilan o’z ifodasini topadi
4
. Avvalo QQS - bu jami ijtimoiy 
mahsulotning bir qismi bo’lib hisoblanadi. QQSning iqtisodiy-ijtimoiy mohiyati, 
uning ta’sir doirasi bilan belgilanadi. Uning hosil bo’lishi va ishlatilishining 
o’ziga xos mexanizmi (to’lashning shartligi, to’lov muddatlari va 
mulkdorlarning qayd qilinishi) unga mablag’larni jamlashning soliq usuliga oid 
boshqa belgilarni kasb etadi. 
QQS bizning Respublikamizda soliq turlarining tarkibida etakchi o’rin 
egallab barcha iqtisodiy ko’rsatkichlarni harakatga keltirishi bilan ham ajralib 
turadi. QQS bir taraqqiyot bosqichidan ikkinchi bosqichga o’tishining mahsuli 
bo’lib hisoblanmaydi. U kishilik jamiyatining, ishlab chiqarish jarayonlarining 
shakllantirilib borishi bilan bog’liqdir. QQS o’zining nomini o’zgartirishi 
mumkin, lekin o’z tabiatini o’zgartira olmaydi. QQS o’z mohiyati jihatidan 
ilgari amal qilib kelgan oborot solig’iga o’xshab ketadi. Oborot solig’i 
markazlashgan sof daromad deb hisoblanib, qat’iy ravishda byudjetga o’tkazilar 
edi va xo’jalikda oshiqcha foyda bo’lishiga yo’l qo’ymas edi, xo’jalik hisobi 
tamoyillarini mustahkamlash manbai bo’lib xizmat qiladi. Uning iqtisodiy 
taraqqiyotdagi ahamiyati benihoyat katta bo’lib, byudjetni mustahkamlash 
manbai sifatida xizmat qiladi. Oborot solig’i asosan davlat belgilagan baholar 
sifatida hisoblanar edi. Korxona va tashkilotlarga o’z tovar va xizmatlariga 
baholarni o’zlari belgilashi huquqi berilganligi davlat qo’lidan bu huquqni olib 
qo’ydi. Natijada oborot solig’i tubdan o’zgartirilib, qo’shilgan qiymat solig’i 
yosh, mustaqil respublikamizning soliq tizimiga kirib keldi. 
4
Перов А., Толкушкин А. Налоги и налогообложение. Учебное пособие. –М.: “Юрайт”, 2012. С. 99 


12 
O’zbekiston Respublikasida amal qilayotgan soliqlar orasida QQS muhim 
o’rin tutmoqda. Bilvosita tusdagi bu soliq byudjet tushumlari orasida juda katta 
qiyosiy salmoqqa ham ega (bu haqda keyingi cavolimizda to’liqroq to’xtalamiz). 
QQS ko’pgina mamlakatlar, shu jumladan, O’zbekiston Respublikasi 
iqtisodiyotini rivojlantirishda katta rol o’ynamokda. Uni savdoda soliqqa 
tortishnint muvaffaqiyatli chorasi deb tan olinib ham kelinmoqda
5
. Shu soliq 
sharofati bilan eksport solig’ini aniq belgilash va qaytarish sharafiga ega 
bo’linmoqda. QQS tashqi savdoga va texnik usullarga nisbatan neytral o’rin 
tutadi. Bundan tashqari, biznes yuritishning shakl va usullari QQSga ta’sir 
o’tkazmaydi. QQSni shu tariqa ijobiy baholash mumkin, zero resurslarni 
taqsimlash chog’ida bozor vositalari uchun tanlash erkinligini beruvchi 
iqtisodiyot sharoitida yuqorida aytilgan shartlar QQSning muhim jihatlari 
hisoblanadi. 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə