Ўзр ав томонидан 29


Bitiruv malakaviy ishi ob’ekti va predmeti



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/25
tarix21.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#153798
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Kitob 9893 uzsmart.uz

Bitiruv malakaviy ishi ob’ekti va predmeti. 
Yuridik shaxslardan 
olinadigan qo’shilgan qiymat solig’i bitiruv malakaviy ishining ob’ekti 
hisoblanadi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan qo’shilgan qiymat solig’ini 
byudjetga undirish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar bitiruv 
malakaviy ishi predmetini tashkil etadi. 
Bitiruv malakaviy ishi maqsadi va vazifalari. 
Mazkur bitiruv malakaviy 
ishining maqsadi qo’shilgan qiymat solig’ining to’lovchilari, soliq ob’ekti, soliq 
solinadigan baza, soliqdan beriladigan imtiyozlar, soliq stavkalari, soliqni 
hisoblash va byudjetga to’lash tartibini nazariy va amaliy material asosida tadqiq 
qilish hamda xorijiy davlatlarning ilg’or tajribalarini o’rganish asosida mazkur 



soliqning hozirgi zamon talablari asosida takomillashtirish yo’llarini ishlab 
chiqishdan iborat. Ushbu maqsadga erishishda quyidagi vazifalarni amalga 
oshirish belgilab olindi: 

qo’shilgan qiymat solig’ini egri soliq sifatida iqtisodiy mohiyati va 
mazmunini ochib berish hamda mamlakatimizda bozor munosabatlariga o’tish 
jarayonida uning asosiy vazifalarini aniqlash; 

qo’shilgan qiymat solig’ining byudjet daromadlarini shakllantirishdagi 
ahamiyatini yoritish; 

qo’shilgan qiymat solig’ining respublikamiz soliqqa tortish amaliyotida 
qo’llanilish mexanizmini amaliy ma’lumotlar asosida tahlil etish; 

amaldagi soliq qonunchiligiga muvofiq qo’shilgan qiymat solig’i 
to’lovchilarga beriladigan imtiyozlarni guruhlab o’rganish; 

qo’shilgan qiymat solig’i to’lovchilariga soliqdan imtiyozlarni 
qo’llashdagi muammo va kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish 
yo’llarini bayon etish; 

qo’shilgan qiymat solig’ini hisoblash mexanizmini takomillashtirish 
bo’yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar berish. 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə