Ўзр ав томонидан 29


Qo’shilgan qiymat solig’ining davlat byudjeti daromadlarini



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/25
tarix21.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#153798
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Kitob 9893 uzsmart.uz

1.2. Qo’shilgan qiymat solig’ining davlat byudjeti daromadlarini 
shakllantirishdagi o’rni va ahamiyati. 
Qo’shilgan qiymat solig’ining zarurligi bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat 
tomonidan tartibga solib turish va uni boshqarish vazifasi bajarayotgan paytda 
namoyon bo’ladi. Shu davrda davlat o’z funktsiyasini bajarishi uchun albatta 
moliyaviy manbaga ega bo’lishi kerak. Ana shunday manbalarni byudjetga jalb 
qilishning asosiy, balki, kelajakdagi yagona yo’li soliqlardir. Qo’shilgan qiymat 
solig’i birinchi marta 1954 yilda frantsuz iqtisodchisi Morris Lore tomonidan 
taklif qilingan bo’lib, bozor iqtisodiyoti amal qiladigan ko’pgina davlatlarda 
muvaffaqiyatli qo’llanib kelinmoqda. Masalan, Sharqiy Evropa mamlakatlari 
(Germaniya, Daniya, Niderlandiya, Frantsiya, Shveytsariya)da 60 yillarning 
oxirida, (Belgiya, Buyukbritaniya, Italiya, Lyuksemburg, Norvegiyada) 70-
yillarning boshlarida QQS joriy etilgan va hozirgi kungacha amal qilib 
kelmoqda. Qo’shilgan qiymat solig’i Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasidagi 
5
Vahobov A., Jo’raev A. Soliqlar va soliqqa tortish. Darslik. –T: “Sharq”, 2009. 59-bet 


13 
35dan ortiq davlatlarda joriy etilgan va undirilib kelinmoqda. Mustaqil Davlatlar 
hamdo’stligiga kirgan barcha davlatlarda 1992 yildan boshlab QQS joriy etilgan. 
Qo’shilgan qiymat solig’i Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti 
(IHTT)ga a’zo bo’lgan barcha mamlakatlarda joriy etilgan bo’lib, Avstraliya va 
AQSh bundan mustasnodir. QQSni chiqarib tashlash usulidan foydalaniladigan 
Yaponiyadan tashqari mazkur mamlakatlarning hammasi QQS kredit hisob-
kitobi usulidan foydalanadi. Bu usul korxona - shaxslardan ta’minotning barcha 
bug’inlari bo’yicha soliqqa tortiladigan xom ashyo va materiallarning barcha 
turlari uchun tegishli stavka bo’yicha QQS hisobini yuritishni talab qiladi. Soliq 
to’lovchilar xom ashyo va materiallar etkazib beruvchilardan olinadigan QQS 
miqdori kreditdan chiqarib tashlanishiga haqlidir. Buning tasdig’i sifatida 
bunday xom ashyo va materiallarga ma’lum talablarga mos keladigan soliq 
hisob-kitobi yoziladi. IHTTga a’zo bo’lgan mamlakatlarning deyarli hammasida 
yillik aylanmaning eng yuqori miqdori (soliq chegarasi) belgilab qo’yilgan va 
shu tufayli ular QQS bo’yicha ro’yxatdan o’tmaslikka haqlidir. QQS tizimi ikki 
bosqichda joriy etildi. Avvalo Shimoliy Evropa mamlakatlarining ko’pchiligida 
va Evropa Ittifoqiga eng birinchi bo’lib kirgan mamlakatlarda qo’llanilgan, 
so’ngra 1986 yilda IHTT mamlakatlarida umumiy soliq isloxatlarining amalga 
oshirilishi QQSning Evropadan tashqarida ham tarqalishiga olib keldi. Natijada 
IHTTga a’zo bo’lgan 25 mamlakatdan 23 tasida QQS juda qisqa muddatda joriy 
etildiki, bu o’zaro bog’liq bo’lgan bir qancha ta’sir va sabablarning in’ikosi edi
6

Shunday sabablardan biri, masalan, QQS ishlab chiqarish va iste’molni kamroq 
darajada o’zgartirib, narx-navoga ancha holis ta’sir o’tkazishidir. Bundan 
tashqari, u mahsulot etkazib beruvchilar orqali kuzatib turish imkoniyati 
bo’lgani uchun aldash imkoniyatlarini kamaytiradi. Bu esa QQSning ancha 
yuqori stavkalarini belgilashga, binobarin iste’molga umumlashtirilgan 
soliqlarning boshqa turlariga nisbatan ko’proq daromad olishga imkon beradi. 
QQSning faktura usulidan foydalanib, ma’lum tovarlardan yig’ilgan QQS 
6
Алиев Б., Абдулгалимов А., Алиев М. Теория и история налогообложения. Учебное пособие. –М.: 
“Вузовский учебник”, 2011. С. 40 


14 
miqdorini aniq bilish imkonini berishi ham juda muhimdir. Bu usul bojxona 
orqali tartibga solishga yanada aniqrok tus beradi. Ayni shu maqsadda Evropa 
Ittifoqi (EI)ga kirish istagini bildirgan mamlakatlarda QQSni joriy etish zarurdir.
Ko’pgina mamlakatlarda QQS davlat soliq daromadlarining 12 foizdan 30 
foizgacha bo’lgan daromad qismini qoplaydi, ya’ni yalpi milliy mahsulotning 
o’rtacha 5-10 foizini tashkil qiladi
7
. O’zbekistonda 1992 yildan beri qo’llanilib 
kelinayotgan QQS (aktsiz solig’i bilan birgalikda) oldin amal qilib kelgan 
bilvosita soliqlar – savdo va oborotdan olinadigan soliqlarning o’rnini to’liq 
almashtirdi. Ammo, QQS o’zining o’rni bo’yicha byudjetning daromad qismini 
shakllantirishda, respublika va korxonalar iqtisodiga ta’siri, narxlar 
proportsiyasini aniqlashda ulardan o’tib ketdi. KQS qo’llanila boshlangan 
vaqtdan xozirgi kungacha bo’lgan davrda O’zbekiston davlati byudjetining 
asosiy manbalaridan biriga aylandi. 
O’tgan davrlar ichida QQS stavkasi 1992 yilda amal qilgan 30 foizdan 
1997 yilga kelib 18 foizgacha tushirildi va 1998 yildan boshlab 20 foiz qilib 
belgilanib, ushbu stavka bugungi kungacha saqlanib qolindi. Hozirgi vaqtda 
amaliyotda “nollik” stavka ham qo’llanilmokda. 
Soliqning ushbu stavkasi miqdorining saqlanib qolinishi sabab bo’lib 
quyidagilar xisoblanadi: 

ushbu stavka MDH davlatlarida ham amal qilib keladi va bu davlatlararo 
savdoda amalga oshirishda ancha samarali hisoblanadi; 

soliqning ushbu stavkasida davlat byudjetining daromad qismi 30 
foizligicha saqlanib qoladi va bu bozor iqtisodiga mo’ljallangan davlatlardagi 
ushbu manbadan keladigan tushumlar xajmi bilan mos keladi; 

soliqning bu stavkasi yiliga 1-2 foizdan kamayib borayotgan foyda solig’i 
stavkasining pasayishi natijasida olinmay qolinayotgan byudjet daromadi o’rnini 
qoplash imkoniyatini beradi. 
QQS - ishlab chiqarish va taqsimlashdan tortib iste’molchiga, sotishgacha 
bo’lgan jarayonda har bir tsikldan olinadigan bilvosita ko’p pog’anali soliqdir. 
7
Майбуров И. и другие. Налоги и налогообложение. Учебник. –М.: “ЮНИТИ-ДАНА”, 2008. С. 112 


15 
Uning ob’ekti qo’shilgan qiymat, ya’ni mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yoki 
xizmatlar bajaruvchi tomonidan yangi buyum yoki xizmatni bajarish uchun sotib 
olingan xom ashyo, materiallar yoki mahsulotlar qiymatiga qo’shilgan qiymat 
hisoblanadi. Ushbu soliq mahsulot narxining barcha unsurlarini cheklaydi va 
ishlab chiqaruvchini ishlab chiqarish chiqimlarini kamaytirishga undaydi. QQS 
bo’yicha hisob-kitoblar jarayonida davlat sanoat va savdo sarmoyasi aylanishi 
sur’atlari haqida ma’lumot oladi, bu esa makroiqtisodiy tartibga solinishini 
engillashtiradi. Bundan tashqari, davlat tovarning aholi - soliqning mazkur 
turining yagona va oxirgi to’lovchisiga sotilishiga qadar daromad olish 
imkoniga ega bo’ladi. 
Jahon amaliyoti QQSni hisoblashning deyarli bir xil tizimini nazarda 
tutadi. To’lovchi xaridordan sotilgan tovarlar, bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan 
xizmatlar uchun soliq summasi va etkazib beruvchi tomonidan moddiy resurslar, 
yoqilg’i, ishlar uchun to’langan va ular qiymati ishlab chiqarish va aylanma 
harajatlarga kiritilgan soliq summasi orasidagi farqni to’laydi. To’lanishi kerak 
bo’lgan soliq manfiy bo’lib chiqsa, ya’ni bu soliq ko’payib ketsa, qoldiq 
bo’lajak to’lovlar hisobiga kiritiladi yoki rivojlangan mamlakatlarda qabul 
qilinganidek, byudjetdan boshqa summalar hisobiga qoplanadi. QQSga 
asoslangan soliq to’lash tizimi soliqlarni qismlarga ajratib olish imkonini beradi, 
chunki firmaning barcha sotuvlaridan soliq olinadi, biroq oraliqdagi haridlar 
uchun to’langan soliqlar keyinchalik umumiy summadan qoplanadi. “Soliq 
krediti” sifatida tanish bo’lgan bu usul soliq tizimiga o’zini-o’zi tartibga solish 
imkonini beradi, bu esa soliqlar olish tartibini yaxshilaydi. QQSning asosiy 
afzalligi shundaki, ishlab chiqarishning har bir bosqichida to’langan soliq 
miqdorini hisoblash mumkin. Bu misol uchun, eksport uchun soliq 
chegirmalarini hisoblash va eksport subsidiyalari berilishida buzilishlarning 
oldini olish imkonini beradi. Bundan tashqari bunday ko’p bosqichli soliqlardan 
foydalanish yagona firma tuzilmasi yoki korxonalar uyushmasi doirasida 
mahsulotlar ishlab chiqarishda soliq summasini kamaytiradi va shu tariqa 
firmalarning vertikal integratsiyasiga turtki bo’ladi. 


16 
Davlat byudjetining iqtisodiy tushunchasi, umumjamiyat miqiyosida 
markazlashgan va davlat ishtirokida to’plangan va sarflanadigan moliyaviy 
resurslarni anglatadi. Umuman byudjet inglizcha so’z bo’lib, davlat, korxona, 
muassasasi va ayrim shaxslarning ma’lum muddatga olinadigan belgilab 
qo’yilgan kirim-chiqim, ya’ni daromad va xarajatlari majmuini ifodalaydi. 
O’zbekiston Respublikasining davlat byudjeti asosan soliqlar yordamida 
to’planadigan hamda davlat tomonidan uning funktsiyalari va vazifalarini 
amalga oshirish uchun ishlatiladigan pul mablag’larining markazlashtirilgan 
fondidir, u qonun kuchiga ega, Respublika Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadi. 
Davlatning iqtisodiy siyosatini hayotga tatbiq etishning asosiy vositalaridan 
biri bo’lgan byudjet tizimi O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti faoliyat 
ko’rsatilishining tashkiliy shakli hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Davlat 
byudjetining tuzilishi – “O’zbekiston Respublikasining byudjet tizimi 
to’g’risida”gi qonuniga muvofiq respublikaning mustaqil davlat va ma’muriy-
hududiy tuzilishi bilan belgilanadi. Tarkibiga respublika byudjetini, 
Qoraqolpag’iston Respublikasi byudjetini va mahalliy byudjetlarni olib, 
tuziladigan ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirish Davlat rejasiga muvofiq ravishda 
daromad va xarajatlar bo’yicha tuziladi. Buni quyidagi chizmada ham ko’rish 
mumkin: 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə