Ўзр ав томонидан 29


Sqqs = Say x S / 100; (1)



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/25
tarix21.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#153798
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25
Kitob 9893 uzsmart.uz

Sqqs = Say x S / 100; (1),
bunda: 
Sqqs
- iste’molchilardan undiriladigan soliq summasi; 
Say
- soliqqa tortiladigan aylanma; 
S
- qo’shilgan qiymat solig’i stavkasi. 
Tovarlar (ishlar, xizmatlar) qo’shilgan qiymat solig’ini o’z ichiga olgan 
narxlar va tariflar bo’yicha sotilganida - soliq quyidagi formula bo’yicha 
aniqlanadi: 
Sqqs = Tq x S / (S + 100); (2),
bunda: 
Tq
- qo’shilgan qiymat solig’i ham hisobga olingan tovarlar (ishlar, 
xizmatlar) qiymati. 
Qo’shilgan qiymat solig’idan ozod qilingan yoki qo’shilgan qiymat 
solig’idan ozod qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotadigan korxonalar erkin 
(shartnomaviy) narx va tarifga qo’shilgan qiymat solig’i summasini 


28 
qo’shmaydilar. Bunday tartib amaldagi qonunchilikka muvofiq soliq solishning 
alohida tartibi ko’zda tutilgan yuridik shaxslarga nisbatan ham qo’llaniladi. 
Soliqdan beriladigan imtiyozlar soliq kodeksining 208-moddasida 
berilgan bo’lib, mazkur imtiyozlarni quyidagicha guruhlash mumkin: 
3-chizma. Qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha imtiyozlarning guruhlanishi
17

Yuqoridagi moddaga muvofiq qo’shilgan qiymat solig’idan quyidagi 
realizatsiya qilish oborotlari ozod etiladi: 

davlat organlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari hamda 
boshqa vakolatli tashkilotlar tomonidan ko’rsatiladigan, davlat boji va yig’imlar 
undiriladigan xizmatlar (harakatlar); 

maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni tarbiyalashga doir xizmatlar;

bemorlar va keksalarni parvarish qilishga doir xizmatlar;
17
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq tayyorlandi. 
Qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha imtiyozlar 
(O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 208-211-moddalari)
 
Soliqdan ozod qilinadigan moliyaviy xizmatlar 
(O’zR. SKining 208-moddasi) 
Soliqdan ozod qilinadigan sug’urta xizmatlari 
(O’zR. SKining 208-moddasi) 
Soliqdan ozod qilinadigan import 
(O’zR. SKining 208-moddasi) 
Soliqdan ozod etiladigan tovarlarni (ishlarni, 
xizmatlarni) realizatsiya qilish oboroti.
(O’zR. SKining 208-moddasi) 


29 

dafn etish byurolari va qabristonlarning marosim xizmatlari, diniy 
ashyolarni realizatsiya qilish, diniy tashkilotlar hamda birlashmalarning udumlar 
va marosimlar o’tkazishga doir xizmatlari; 

protez-ortopediya buyumlari, nogironlar uchun mo’ljallangan inventarlar, 
shu jumladan ularni ishlab chiqaruvchilar tomonidan realizatsiya qilinayotgan 
buyumlar va inventarlar, shuningdek nogironlarga ko’rsatilayotgan ortopedik 
protezlash xizmatlari, protez-ortopediya buyumlari va nogironlar uchun 
mo’ljallangan inventarlarni ta’mirlash hamda ulardan foydalanishga doir ishlar 
bo’yicha xizmatlar; 

davolash 
muassasalari 
huzuridagi 
davolash-ishlab 
chiqarish 
ustaxonalarining mazkur muassasalar tomonidan realizatsiya qilinadigan 
mahsulotlari; 

pochta markalari (kollektsiya qilinadiganlaridan tashqari), markali 
otkritkalar, konvertlar;

aloqa tashkilotlarining pensiya va nafaqalar to’lash bo’yicha xizmatlari;

byudjet mablag’lari hisobidan bajariladigan ilmiy-tadqiqot va innovatsiya 
ishlari. Ushbu imtiyozni olish uchun tegishli moliya organining byudjetdan 
mablag’lar ajratish to’g’risidagi xulosasi asosdir; 

shahar yo’lovchilar transportining xizmatlari (taksidan, shu jumladan 
yo’nalishli taksidan tashqari), shuningdek temir yo’l va umumiy foydalanishdagi 
avtomobil transportida (taksidan, shu jumladan yo’nalishli taksidan tashqari) 
shahar atrofidagi yo’nalishlarda yo’lovchilar tashish xizmatlari; 

oliy, o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar o’quv yurtlarida, shuningdek 
kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bilan shug’ullanuvchi 
tashkilotlarda ta’lim berishning haq evaziga o’qitishga doir qismi bo’yicha 
xizmatlar;

vakolatli davlat organiga saqlab turish uchun topshirilgan qimmatbaho 
metallar; 

tibbiy (veterinariya) xizmatlari, kosmetologiya xizmatlari bundan 
mustasno, shuningdek dori vositalari va tibbiy (veterinariya) buyumlari, shu 


30 
jumladan ularni ishlab chiqaruvchilar tomonidan realizatsiya qilinayotgan 
shunday vositalar va buyumlar.

davlat mulkini xususiylashtirish tartibida realizatsiya qilinayotgan mol-
mulk; 

gidrometeorologiya va aerologiya ishlari; 

geologiya va topografiya ishlari; 

bosma mahsulotlar, shuningdek bosma mahsulotlar ishlab chiqarish va 
ularni realizatsiya qilish bilan bog’liq tahririy, matbaa va noshirlik ishlari 
(xizmatlari); 

O’zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining, uning tarkibiga kiruvchi 
korxonalar va tashkilotlarning hamda O’zbekiston Milliy axborot agentligining 
asosiy faoliyatiga doir mahsulot va xizmatlar; 

O’zbekiston Respublikasi hududidan eksport qilinayotgan tovarlarni 
tashish, yuklash, tushirish, qayta yuklash, ekspeditsiya qilishga doir xizmatlar, 
ishlar; 

nogironlarning jamoat birlashmalari, “Nuroniy” jamg’armasi va 
“O’zbekiston chernobilchilari” assotsiatsiyasi mulkida bo’lgan, ishlovchilari 
umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar tashkil etuvchi yuridik shaxslar 
tomonidan ishlab chiqarilayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar), bundan 
vositachilik, savdo, tayyorlov, ta’minot-sotish faoliyatini amalga oshirish 
bo’yicha realizatsiya qilish oborotlari mustasno;

aholini elektr energiyasi bilan ta’minlash; 

davlat tilini va davlat tilida ish yuritishni o’rgatish xizmatlari; 

o’zi etishtirgan qishloq xo’jaligi mahsuloti; 

ichki ishlar organlari huzuridagi qo’riqlov bo’linmalari xizmatlari;

kitob mahsulotlari, maktab o’quv qurollari va ko’rgazmali 
qo’llanmalarning, dori vositalari va tibbiyot buyumlarining ulgurji savdosi. 
Quyidagi tovarlarni import qilish qo’shilgan qiymat solig’idan ozod 
qilinadi: 


31 

jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni bojsiz olib kirishning bojxona 
to’g’risidagi qonun hujjatlarida tasdiqlangan normalari doirasida olib 
kirilayotgan tovarlar; 

chet el diplomatik vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan 
vakolatxonalar 
rasmiy 
foydalanishi 
uchun, 
shuningdek 
ushbu 
vakolatxonalarning diplomatik va ma’muriy-texnik xodimlari, shu jumladan 
ularning o’zlari bilan birga yashayotgan oila a’zolari shaxsiy foydalanishi uchun 
mo’ljallangan tovarlar;

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan 
tartibda insonparvarlik yordami tariqasida olib kirilayotgan tovarlar; 

davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar tomonidan xayriya yordami 
maqsadida, shu jumladan texnik ko’mak ko’rsatish maqsadida olib kirilayotgan 
tovarlar;

O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bo’yicha xalqaro va 
chet el hukumat moliya tashkilotlari tomonidan berilgan qarzlar (kreditlar) 
mablag’lari, shuningdek grantlar hisobiga yuridik shaxslar tomonidan olib 
kirilayotgan tovarlar;

dori vositalari va tibbiyot (veterinariya) uchun mo’ljallangan buyumlar, 
shuningdek dori vositalari va tibbiyot (veterinariya) uchun mo’ljallangan 
buyumlar ishlab chiqarish uchun qonun hujjatlarida belgilanadigan ro’yxat 
bo’yicha olib kirilayotgan xom ashyo. Mazkur imtiyoz olib kirilayotgan, 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan 
ro’yxat bo’yicha O’zbekiston Respublikasida ham ishlab chiqarilayotgan tayyor 
dori vositalariga tatbiq etilmaydi;

O’zbekiston Respublikasi hududiga qonun hujjatlariga muvofiq 
tasdiqlanadigan ro’yxat bo’yicha olib kirilayotgan texnologik asbob-uskunalar, 
shuningdek butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, agar ularni etkazib berish 
texnologik asbob-uskunalarni etkazib berish kontrakti shartlarida nazarda 
tutilgan bo’lsa. Import qilingan texnologik asbob-uskunalar olib kirilgan 
paytdan e’tiboran uch yil mobaynida eksportga realizatsiya qilingan yoki tekin 


32 
berilgan taqdirda, mazkur imtiyozning amal qilishi qo’shilgan qiymat solig’i 
to’lash bo’yicha majburiyatlar tiklangan holda bekor qilinadi; 

investor bilan davlat mulkini boshqarish bo’yicha vakolatli davlat organi 
o’rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq investitsiya majburiyatlari sifatida olib 
kiriladigan mol-mulk; 

vakolatli davlat organining yozma shakldagi tasdig’i mavjud bo’lgan 
taqdirda, telekommunikatsiyalar operatorlari va tezkor-qidiruv tadbirlari 
tizimining texnik vositalarini sertifikatlashtirish bo’yicha maxsus organ 
tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalari; 

bolalar poyabzali ishlab chiqarishga ixtisoslashgan chet el investitsiyalari 
ishtirokidagi korxonalar o’z ishlab chiqarishida foydalanish uchun olib 
kirayotgan xom ashyo, materiallar va yarim mahsulot. 

qonun hujjatlarida belgilanadigan ro’yxat bo’yicha yog’och-taxta 
materiallari va yog’och.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə