1. Berilganlar bazasi boshqaruvining texnik asoslari. Berilganlarni boshqarish. Big Data. Berilganlar bazasini boshqarish



Yüklə 26,53 Kb.
səhifə1/8
tarix13.09.2023
ölçüsü26,53 Kb.
#121741
  1   2   3   4   5   6   7   8
5-Ma\'ruza mashg\'uloti. Berilganlar bazasi boshqaruvining texnik asoslari


5-Ma’ruza mashg’uloti. Berilganlar bazasi boshqaruvining texnik asoslari.


Reja:
1. Berilganlar bazasi boshqaruvining texnik asoslari.
2. Berilganlarni boshqarish.
3. Big Data. Berilganlar bazasini boshqarish.
4. Berilganlar asosiy tushunchalari.
5. Berilganlar bazasi tuzilmalari.
6. Berilganlar bazasini rivojlantirish.

Berilganlar bazasi boshqaruvining texnik asoslari. Axborot bilan ta’minlash tizimlarining rivojlantirilishi foydalanuvchilarning axborotga bo’lgan extiyojlarini qondirishda avtomatlashtirilgan ma’lumotlar bankiga o’tish imkoniyatini yaratdi. Ma’lumotlar banki – zaruriy axborotni olish maqsadida ma’lumotlarni markazlashgan holda saqlash va jamoa bo’lib foydalanish uchun mo’ljallangan axborotli, tematik, dasturiy, tillar, tashkiliy va texnik (saqlanayotgan ma’lumotlar hamda texnologik jarayonda band personalni qo’shganda) vositalarining tizimi sifatida ifodalanishi mumkin. Ma’lumotlar banki uni ishlashi va qo’llanilishini ta’minlab beruvchi dasturiy to’plamlari bilan birgalikda avtomatlashtirilgan ma’lumotlar banki deb ataladi. Avtomatlashtirilgan ma’lumotlar banki inson-mashina tizimidan iborat bo’lib, ichki foydalanuvchilar hamda kompyuter, kommunikatsiya texnikasi asosida axborotni zaruriy qayta ishlash va uzatishni amalga oshiruvchi texnologiyaning axborot jarayonlarini o’z ichiga oladi.




Ma’lumotlar bankiga quyidagi asosiy talablar qo’yiladi:

  • muammoli sohaning holatiga axborotning mos kelishi;

  • ishlashning ishonchliligi;

  • tezkorligi va unumdorligi;

  • foydalanishning oddiy va qulayliligi;

  • foydalanishning ommaviyligi;

  • axborotning ximoyalanganliligi;

  • kengaytirish imkoniyatlarining mavjudligi.

Ma’lumotlar bankining tarkibi unga yuklatilgan vazifalar va yechilishi kerak bo’lgan masalalarning hususiyatlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Ma’lumotlar bankining asosiy vazifalari quydagilardan iborat:



  1. axborotni saqlash va uni himoyalashni tashkil etish;

  2. saqlanilayotgan ma’lumotlarning davriy dolbzarbligini ta’minlash;

  3. foydalanuvchilar va amaliy dasturlarning so’rovlari bo’yicha ma’lumotlarni izlash va tanlash;

  4. olingan ma’lumotlarni qayta ishlash va belgilangan shaklda natijalarni chiqarish.

Ma’lumotlar bankining tarkibiy elementlari qatoriga quyidagilar kiradi:



  1. bir yoki bir necha ma’lumotlar bazasi ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimi (MBBT)

  2. Masalalarni yechishning amaliy dasturlar to’plami.

Ma’lumotlar bazasi – ma’lumotlar bankining eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ma’lumotlar bazasi – zaruriy axborotni tezkor olish va modifikatsiyalash, axborotning minimal ortiqchaligi, amaliy dasturlarga bog’liq emasligi, izlash usulining umumiy boshqarilish imkoniyatlariga ega, katta miqdordagi ilovalar uchun foydalanish imkoniyatlari bilan tavsiflanuvchi o’zaro bog’liq ma’lumotlar yig’indisidir. Ma’lumotlar bazasini qo’llash ushbu imkoniyatlarni beradi: so’rovlar majmuasini amalga oshirishni soddalashtirish; saqlanilayotgan ma’lumotlarning ortiqchaligini kamaytirish; axborot texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish; ma’lumotlar dolbzarligini ta’minlash; amaliy dasturlarni o’zgartirmasdan ma’lumotlarni o’zgartirish; ma’lumotlar tuzilmasini qat’iyligini saqlash. Foydalaniladigan texnik va dasturiy vositalar konfiguratsiyasiga bog’liq holda turli ishlash texnologiyasi amalga oshirilishi mumkin.


Ma’lumotlarni tarmoqli ishlab chiqishning turli kontseptsiyalari mavjud, masalan fayl-server va mijoz- serverni keltirish mumkin.

  • «Fayl-server» kontseptsiyasi tarmoq operatsion tizimi yadrosi hamda markazlashgan holda saqlanuvchi fayllar joylashgan va “fayl-server” uchun ajratilgan kompyuterga mo’ljallangan. “Fayl-server”dagi ma’lumotlarning umumiy bazasiga jamoa holda kirish unga xos xususiyatdir. Foydalanuvchilardan biri tomonidan fayl yangilangan taqdirda boshqa foydalanuvchilarning kirishiga qarshi ximoyalanadi. So’ralgan ma’lumotlar “fayl-server” dan ishchi stantsiyaga o’tkaziladi va ular ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi vositalari bilan qayta ishlanadi.

  • «Mijoz-server» kontseptsiyasi. Mazkur kontseptsiyaga asosan, ma’lumotlarni ishlab chiqish vazifasi mijoz - ishchi stantsiyasi va ma’lumotlar bazasining mashina serveri o’rtasida bo’lishi mo’ljallangan.

Ma’lumotlarni qayta ishlashni mijoz so’raydi va u tarmoq bo’ylab ma’lumotlar bazasi serveriga uzatiladi. So’rov ma’lumotlari o’sha erda qidiriladi. Qayta ishlangan ma’lumotlar tarmoq orqali serverdan mijozga uzatiladi. “Mijoz-server” arxitekturasi uchun xos hususiyat - bu ma’lumotlar bazasidan so’rov uchun SQL dasturlash tilidan foydalanish. Bu tarmoq mijozlarining turli xildagi umumiy ma’lumotlar bilan ishlash imkonini beradi.


Ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimi – bu ma’lumotlar bazasini yaratish, yuritish va foydalanish uchun mo’ljallangan dasturiy, tillar vositalarining to’plamidir. Ma’lumotlar bazasiga murojat qilish bilan bog’liq barcha jarayonlarni avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan boshqarish dasturi – o’zagi MBBTning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi.
MBBTning tarkibiga ma’lumotlarni qayta ishlash dasturlarining to’plami kiradi. Bu to’plamni tarjimonlar (translyatorlar), talab va dasturlash tillari, muharrirlar, servis dasturlari va boshqalar tashkil qiladi.



Yüklə 26,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə