1 Ma'ruza Mavzu



Yüklə 1,3 Mb.
səhifə1/9
tarix27.09.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#124190
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
portal.guldu.uz-Genomika tushinchasi va uning tarixi. Gen va gen konsepsiyasi haqida tushincha.


1 Ma'ruza
Mavzu: Genomika tushunchasi va uning tarixi.
Reja:
1. Genomika tushunchasi va uning tarixi.
2. Rekombinant DNK texnologiyasi hamda genom revolyutsiyasi haqida.
3. Fanning rivojlanish bosqichlari. Genomika fanidagi yutuqlar.
Tayanch iboralar: genomika, DNK va oqsil ketma-ketliklari, sekvenirlash, bioinformatika, proteomika.
1.1 Genomika tushunchasi va uning tarixi.
Informatika fanining XX asrning ikkinchi yarmida paydo bo‘lgan davrdan boshlab fizika-matematika, texnika, gumanitar va boshqa fanlarga ham tadbiq qilinishi hamda ular bilan hamkorlikda ishlashi tobora kengayib bormoqda. Hozirgi kunda informatika fani usullarini chetlab o‘tadigan biron-bir fan sohasini topish mushkul. Tabiiy fanlar ham bundan mustasno emas.
O’tgan asrning 60-yillar oxiri 70-yillar boshlarida biologiyada EHM (elektron hisoblash mashinalari) faol qo‘llanila boshlandi: shu bilan birgalikda ularning xotiralari va operatsion tezliklari oshdi va o‘lchamlari kichraytirildi. Shu bilan birgalikda biologiya sohasida informatsion tahlillarni talab etuvchi katta miqdordagi eksperimental ma’lumotlar to‘planib qoldi. Bunga misol qilib bir qancha davlat olimlari hamkorligida 2003 yildayoq odam genomining sevenirlanishini keltirish mumkin.
Shunday qilib XXI asr boshlariga kelib bioinformatika sohasi jadal sur’atda rivojlana boshladi. Bu esa o‘z navbatida biologik tadqiqotlar bo‘yicha olingan ma’lumotlarning shu qadar ko‘payib ketganligi va bunda har bir omilning eslab qolinishi va tahlil qilinishida inson imkoniyatlari chegaralanib qolganligi hamda tobora ko‘payib borayotgan axborot xajmini sahlash zaruriyati tug’ilganligi bilan bog’lanadi. Ilk ketma-ketliklari aniqlangan bir necha yuz oqsillar haqida ma’lumotlar kitob-atlas shaklida nashr qilingangan edi (1.1-rasm). 70 yillar boshlariga kelib aniqlangan ketma-ketliklar miqdori shu qadar ko‘paydiki, ularning hajmi tufayli bu ma’lumotlarni kitob shaklida nashr qilishning umuman iloji yo‘q edi. Inson miyasi bunday axborotlarni tahlil qila olmasligi va ketma-ketliklarni taqqoslash uchun maxsus dasturlar kerak bo‘la boshladi.


Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə