1-Mavzu: Adabiyot –ma’naviyatni yuksaltirish vositasi. Doston va uning turlari Reja



Yüklə 182,57 Kb.
səhifə1/25
tarix15.02.2022
ölçüsü182,57 Kb.
#83779
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Adabiyot ma`ruza. 2022


1-Mavzu: Adabiyot –ma’naviyatni yuksaltirish vositasi. Doston va uning turlari

Reja:

  1. Adabiyot –millat ko`zgusi.

  2. Xalq og’zaki ijodining tur va janrlari

  3. Xalq og’zaki ijodida lirik tur va uning janrlari

  4. Doston va uning turlari

Doston – xalq og‘zaki ijodining eng yirik janri bo‘lib, u qahramonlik, ishqiy-sarguzasht, fantastik mazmunga ega bo‘lgan voqealarni bayon qiluvchi asar.

Qahramonlarning sarguzashtlari, o‘zaro munosabatlari va kechinmalarini keng ko‘lamda tasvirlovchi yirik hajmli liro-epik asar doston deyiladi.

Doston davr, tuzumdagi xalq ruhiyatini, xususiyatlarini aks ettiradi. Zamonlar o‘tishi bilan ular yangi-yangi mavzular va g‘oyaviy mazmun bilan boyib boradi. Dostonlar xalq to­monidan yaratilgach, ijodkor xalq ular orqali o‘z maqsadlari, orzu-istaklari, his-tuyg‘ularini ifodalaydi.

Odatda, dostonlarning birinchi ijodkori unutilib, ular nasldan naslga, avloddan avlodga o‘tishi natijasida xalq mulkiga aylanadi.

Dostonlar mavzu jihatidan rang-barang, mazmunan xilma-xil bo‘lganligi bois ularning quyidagi turlari mavjud: qahramonlik dostonlari, romantik – ishqiy-sarguzasht dostonlar, tarixiy dostonlar.

Dostonlardagi asosiy qahramonlar qiyofasida insonparvar­lik, vatanparvarlik, mardlik, jasurlik, do‘stlik, vafodorlik, sa­doqat kabi olijanob fazilatlar umumlashtiriladi.

Xalq og‘zaki ijodidagi «Alpomish» qahramonlik dostoni bo‘lsa, «Go‘ro‘g‘li», «Ravshan», «Rustamxon», «Oshiq G‘arib va Shohsanam» kabilar ishqiy-sarguzasht dostonlaridir.

«Rustamxon»da o‘z davrining ijtimoiy-siyosiy munosabat­lari, ishq-muhabbat sarguzashtlari, turli fantastik uydirmalar, ertaklarga xos voqealarning yuksak badiiyati bilan yo‘g‘rilgan tasvirlar kishini hayajonga soladi. Asar matnida xalqimizning qadimiy, boy tiliga xos fazilatlar, xalqona ibora va ifodalar, shu tilning imkoniyati, nafosati, kuchi va qudrati ham yorqin namoyon bo‘lgan.

Shu til vositasida asar qahramonlarining har biriga xos fazilatlar, o‘rni bilan esa, ayrim qusurlar ham yorqin bo‘yoqlarda ko‘rsatib berilgan.

Aziz o‘quvchi! Xalq dostonlarini baxshilar ijrosida eshitganmisiz? Agar baxshilarning dostonni ichki ovoz bilan kuy­lashini, ming-ming misrani yoddan, ohangga solib ijro qilishi­ni eshitsangiz, sizni, albatta, hayajonga soladi, tuyg‘ularingizni junbushga keltiradi, to‘lqinlantiradi. Ayniqsa, bu siz bilgan, siz o‘qigan dostonlarning ijrosi bo‘lsa, uning ta’sir kuchi yanada ortiq bo‘ladi. Shunda xalq o‘z dostonlarini necha ming-ming yillardan beri nega saqlab, asrab-avaylab kelayot­ganining sabablarini anglaysiz.




Yüklə 182,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə