1. Mavzu: Kirish. O’zbekiston tarixi fani predmeti, vazifalari va uning o’rganish manbalari Mavzu rejasi



Yüklə 153,04 Kb.
səhifə1/16
tarix16.02.2023
ölçüsü153,04 Kb.
#100875
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
1-mavzu. O\'zbekiston tarixi fanidan


1.Mavzu: Kirish. O’zbekiston tarixi fani predmeti, vazifalari va uning o’rganish manbalari
Mavzu rejasi:

  1. O’zbekiston tarixi, predmeti va ob’ekti.

  2. O’zbekiston tarixi fani vazifalari va uning dolzarb muammolari.

  3. O’zbekiston tarixi fanini o’rganish manbalari

Adabiyotlar:

  1. Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. -Т., 1998, 3-15 б.

  2. Shamsutdinov R., Karimov Sh. Vatan tarixi. K.1. –T.: Sharq, 2010, –512 b.

  3. Сагдуллаев А. Қадимги Ўрта Осиё тарихи. -Т., 2004, 3-7 б.

Tarix - inson hayoti uchun, kelajagi uchun eng zarur dasturamal. Tarix o‘tmish voqealari bayoni bilan insoniyatning buguni va ertasi uchun poydevor yaratadi. Uning ma’naviy dunyosini boyitadi va jamiyatda sog‘lom fikrli kishilarning safini ko‘paytiradi.


Insoniyat nimaiki kashf qilmasin, ixtiro qilmasin uning zaminida tarixiy sharoit yotadi. Tarixiy sharoitning qanday rivojlanayotganligini tarixiy taraqqiyot tushuntiradi. Shuningdek, tarixiy taraqqiyotga baho berish zaminida tarixiy taxlil yotadi.
Tarix- insoniyat uchun doimo yashashi uchun qurol, kelajagi uchun asosiy yo‘riqnoma bo‘lib kelgan. Tarixiy jarayonlar taxlili inson ongini charxlaydi, fikrlashga undaydi, bugungi kun voqealarini taxlil qilib, yaxshi yashashi uchun imkoniyatlar yaratadi. Tarixiy xotirasi bor inson irodali inson hisoblanadi. Har bir inson o‘z o‘tmishini yaxshi bilsa, bunday odamlarni yo‘ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o‘rgatadi, irodasini mustahkamlaydi, o‘zlikni anglashning eng muxim zamini sanaladi. Inson ma’naviy kamolati asosida tarix yotadi.
Yangi ixtirolar-bizning dunyodagi insoniyat tarixi haqidagi bilimlarimizni kengaytirishga va chuqurlashtirishga xizmat qiladi.
Tarixning kishilik jamiyati hayotida muxim o‘rin egallashini har doim e’tirof qilib kelingan. Kishilik jamiyati rivojlanar ekan, uning xar bir soniyasi odamlar bilan, ularning taqdiri bilan, ularning dunyoqarashi va faoliyati bilan chambarchas bog‘liq holda rivojlanadi. Tarix zaminida dunyoga kelgan har bir odam taqdiri mujassam.
Tarixni real, ob’ektiv yoritish har doim dolzarb masala bo‘lib kelgan.

Yüklə 153,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə