13-Ma’ruza: Ma’lumotlar bazasini administratorlash va xavfsizlikni
ta’minlash.
Reja:
1. Ma’lumotlarni kiritishdagi mavjud muammolar.
2. Ma’lumotlar bazasidagi xatoliklarni yo’qotish.
3. Yangi foydalanuvchini yaratish.
4. Revoke komandasi.
5. Cascade va Resrict kalit so’zlari.
Annotatsiya:Ma’lumotlarni kiritishdagi mavjud muammolar, ma’lumotlar
bazasidagi xatoliklarni yo’qotish, yangi foydalanuvchini yaratish, Revoke
komandasi va Cascade, Resrict kalit so’zlari.
Foydalanuvchilar va ular imtiyozlari
Foydalanuvchilar.
SQL muxitida xar bir foydalanuvchi maxsus identifikatsiton nom, murojjat
identifikatoriga (ID) ega. Ma’lumotlar bazasiga yuborilgan komanda ma’lum
foydalanuvchi bilan yoki boshqacha aytganda maxsus murojaat identifikatori bilan
bog‘lanadi. SQL ma’lumotlar bazasida ID ruxsat –
bu foydalanuvchi nomi va
SQL komanda bilan bog‘langan murojaat identifikatoriga ilova qiluvchi maxsus
kalit
so‘z
USER
dan
foydalanishi
mumkin.
Registratsiya bu kompьyuter tizimiga kirish xuquqini olish uchun foydalanuvchi
bajarishi kerak bo‘lgan protseduradiryu Bu protsedura
foydalanuvchi Bilan qaysi
murojaat ID si bog‘lanishini aniqlaydi. Odatda xar bir ma’lumotlar bazasidan
foydalanuvchi o‘zining ID siga ega bo‘lishi kerak va registratsiya jarayonida
xaqiqiy foydalanuvchiga aylanadi. Lekin ko‘p masalalarga
ega foydalanuvchilar
bir necha murojaat ID lari bilan registratsiyadan o‘tishlari 1ki bir necha
foydalanuvchi bitta murojaat ID sidan foydalanishlari mumkin.
Imtiyozlar.
Xar bir foydalanuvchi SQL ma’lumotlar bazasida nima qilish mumkinlgini
ko‘rsatuvchi imtiyozlarga egadir. Bu imtiyozlar vaqt o‘tishi Bilan o‘zgarishi ya’ni
eskilari o‘chirilib yangilari qo‘shilishi mumkin. SQL imtiyozlar bu ob’ekt
imtiyozlaridir. Bu shuni bildiradiki foydalanuvchi berilgan komandani ma’lumotlar
bazasining biror ob’ekti ustida bajarishi mumkin. Ob’ekt
imtiyozlari bir vaqtning
o‘zida foydalanuvchilar va jadvallar Bilan bog‘liq. YA’ni imtiyoz ma’lum
foydalanuvchiga ko‘rsatilgan jadvalda, asos jadvalda yoki tasavvurda beriladi.
Ixtiyoriy turdagi jadvalni yaratgan foydalanuvchi shu jadval egasidir. Bush uni
bildiradiki foydalanuvchi bu jadvalda xamma imtiyozlarga
ega va imtiyozlarini shu
jadvalning boshqa foydalanuvchildariga uzatishi mumkin.
Foydalanuvchiga tayinlash mumkin bo‘lgan imtiyozlar:
· SELECT Bu imtiyozga ega foydalanuvchi jadvallarda so‘rovlar bajarishi
mumkin.
· INSERT Bu imtiyozga ega foydalanuvchi jadvalda INSERT komandasini
bajarishi mumkin.
· UPDATE Bu imtiyozga ega foydalanuvchi
jadvalda UPDATE komandasini
bajarishi mumkin. Bu imtiyozni jadvalning ayrim ustunlari uchun cheklab
qo‘yishingiz mumkin.
· DELETE Bu imtiyozga ega foydalanuvchi jadvalda DELETE komandasini
bajarishi mumkin.
· REFERENCES Bu imtiyozga ega foydalanuvchi jadvalning ustunidan (yoki
ustunlaridan) ajdod kalit sifatida foydalanuvchi tashqi kalit aniqlashi mumkin. Siz
bu imtiyozni ayrim ustunlar uchun berishingiz mumkin.
Bundan tashqari siz ob’ekt nostandart imtiyozlarini uchratasiz,
masalan INDEX
(INDEKS) –jadvalda indeks yaratish xuquqini beruvchi, SYNONYM
(SINONIM)- ob’ekt uchun sinonim yaratish
xuquqini beruvchi va ALTER
(IZMENITЬ)- jadvalda ALTER TABLE komandasini bajarish xquqini beruvchi.
SQL Mexanizm foydalanuvchilarga bu imtiyozlarni GRANT komandasi
yordamida beradi.