16-mavzu: Osiyoning yangi industrial davlatlari



Yüklə 115,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix28.05.2023
ölçüsü115,12 Kb.
#113669
  1   2   3   4   5
16 OsiyoAfrika (1)



16-mavzu: Osiyoning yangi industrial davlatlari
 
Tayanch tushunchalar:Yangi industrial davlatlar (YAID), Osiyodagi, Jan. 
Koreya ,Singapur ,Malaziya, Tailland, Hindiston, Chili, Kipr, Tunis, Turkiya, 
Indoneziya, Filippin. Lotin Amerikasidagi: Argentina. Braziliya, Meksika, 
Yangi taraqqiyot modeli. 
Yangi industrial davlatlar tavsifi.
XX asrning 60-80-yillari rivojlanayotgan
davlatlar ichidan Yangi Industrial Davlatlaning (YAID) ajralib chiqish davri
bo'ldi. Bugungi kunda bunday davlatlar Lotin Amerikasi va Osiyoda mavjud. 
Osiyoda ulaming eng rivojlangani Janubiy Koreya va Singapur bo‘lsa, Lotin 
Amerikasida Argentina Braziliya va Meksikadir. Mutaxassislar YAID qatoriga 
Malayziya, Tailand, Hindiston, Unli, Kipr Tunis, Turkiya, Indoneziya: Filippinni 
ham kiritadilar.
 
Birlashgan Millatlar Tashkilotining hisoblash uslubiga ko‘ra
;
u yoki bu 
davlatni yangi industrial davlatlar safiga qo'shishda quyidagi ko'rsatkichiar hisobga 
olinadi: 
1.yalpi ichki mahsulotning aholi jon boshiga
taqsimoti ко rsatkicn ,
2.yalpi ichki mahsulotning yillik o'sish sur’ati
(qo'shimcha), 
3.qayta ishlash sanoatining yalpi ichki mahsulotdagi solishtirma salmog i (u 
20 foizdan yuqori bo'lishi zarur); 
4.sanoat mahsulotlarining eksportdagi salmog’i; 
5.xorijga chiqarilgan investitsiya salmog’i. 
Bu ko'rsatkichlar bo'yicha YAID rivojlanayotgan davlatlardan ajralib turadilar. 
Ba’zi sohalar bo'yicha esa ular, hatto, ayrim rivojlangan davlatlardan o'zib ham 
ketdilar. 90-yillarning boshlariga kelganda bu davlatlarda aholi jon boshiga to‘g‘ri 
keladigan daromad 4 baravar oshdi. 
Yangi industrial davlatlar shakllanishida chet el sarmoyasi katta rol o‘ynadi. 
Chunonchi, 80-yillarning birinchi yarmida YAID iqtisodiga kiritilgan sarmoya chet 


davlatlarning rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiga kiritgan jami sarmoyasining 42 
foizini tashkil etdi. YAID iqtisodiga eng ko‘p sarmoya kiritgan davlat AQSH 
(chetga chiqarilgan barcha sarmoyasining 10 foizi)dir. 1995 - yilda xalqaro 
tashkilot -«Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti» Janubi-Sharqiy Osiyo 
davlatlari orasida birinchi bo'lib Singapurga industrial rivojlangan davlat maqomini 
berdi.
 
30 yil ichida barqaror iqtisodiy taraqqiyot Singapurni kichik bir bandargohdan 
jahondagi eng boy davlatlardan biriga aylantirdi (yalpi ichki mahsulotning aholi 
jon boshiga taqsimoti hajmi bo'yicha dunyoda 9-o‘rinda turadi). Shu yili aholi jon 
boshiga o'rtacha daromad 22300 AQSH dollarini tashkil etdi. Keyingi o'rinda 
Yaponiya turadi.
Chet el sarmoyalari YAIDning sanoatini rivojlantirishda va eksportning 
raqobatbardosh bo'lishida muhim rol o'ynadi. Bunga Janubiy Koreya iqtisodi misol 
bo'la oladi. Bu davlat iqtisodiga joylashtirilgan jami sarmoyalarning yarmidan 
ko'pi Yaponiya sarmoyasidir. Bu sarmoya Janubiy Koreyada mashinasozlik
avtomobilsozlik, elektrotexnika jihozlari, kemasozlik komplekslari yaratilishiga 
asos bo'ldi. 
Bugungi kunda YAID iqtisodiyotida xorij sarmoyasi joylashtirilmagan biror-
bir soha qolmadi. Ayni paytda Osiyo YAID iqtisodiyotiga kiritilgan chet el 
sarmoyalarining daromad keltirish ulushi Lotin Amerikasi davlatlarinikidan 
yuqoridir.
Bundan tashqari, keyingi qator o'n yilliklarda transmilliy korporatsiyalar ilm 
talab qiluvchi ishlab chiqarishni rivojlantirishga katta e’tibor berdi. Osiyoning 
YAID bunday o'zgarishga tayyor bo'lib chiqdilar. 
Ayni paytda quyidagi omillar ham transmilliy korporatsiyalarning aynan 
Osiyo hududiga kirib kelishida katta rol o'ynadi:
-
Osiyo YAIDining qulay geografik o'rni. Ularning deyarli hammasi dunyo 
iqtisodiy yo'llari kesishgan nuqtalarda hamda AQSH va Yaponiyaga yaqin 
joylashgan; 
-
YAIDda 
mustahkam 
siyosiy 
barqarorlikning 
tiklanganligi 
hamda 


demokratik va siyosiy qayta qurishlarning iqtisodiy islohotlar manfaatiga 
xizmat qilganligi; 
-
Osiyo YAID aholisining o‘ta mehnatkashligi, tirishqoqligi, intizomliligi. 
Bu hol xorij sarmoyasi xavfsizligiga yuqori kafolat berilishini ta’minladi. 

Yüklə 115,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə