1918 – 1939-yillarda sssr



Yüklə 1,89 Mb.
tarix29.09.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#124965
kommunizm

1918 – 1939-yillarda SSSR

10-sinf Jahon tarixi fani darsligi asosida 7-8-mavzu

1917-yil noyabrda Vladimir Lenin boshchiligida bolsheviklar hukumati – Xalq komissarlari soveti tuzilgandan so‘ng Rossiyaning boshqa hududlarida ham sovet hokimiyatini o‘rnatish boshlandi.


Vladimir Lenin

Sulh natijasida bolsheviklar vaqtincha nafasni rostlash imkoniyatiga ega bo‘lsa-da, Rossiya 56 mln. kishi yashaydigan juda katta hududidan va Qora dengiz flotidan ayrildi, Germaniyaga katta kontributsiya to‘lash majburiyatini oldi.


1918-yil martida Brest-Litovsk shahrida Germaniya bilan sulh tuzildi.

Fuqarolar urushi.


Ko‘pchilik tarixchilar Rossiyada Fuqarolar urushi 1917-yil oktabrda bolsheviklar hokimiyatga kelishi bilan boshlandi va
1922-yil kuzda Uzoq Sharqda «Oq gvardiya»ning tor-mor qilinishi bilan
yakunlandi, deb hisoblaydi.
Bolsheviklar hokimiyatga
kelgandan so‘ng boshlangan
tartibsizliklar fuqarolar urushiga
olib keldi.

1918 – 1922-yillari Sovetlar respublikasida iqtisodni boshqarishning harbiy usuli – «harbiy kommunizm» siyosati o‘rnatildi.


U fuqarolar urushida g‘alaba qozonish uchun mamlakat barcha resurslarini safarbar qilishning favqulodda tizimi edi

SSSRning tashkil topishi.


1922-yili amalga oshirilgan muhim tadbirlardan biri SSSRning tashkil topishi bo‘ldi. Millatlarning o‘z huquqini o‘zi belgilash tamoyilidan kelib chiqib, barcha respublikalar federativ davlatga teng huquqli a’zo bo‘lib kirdilar.

Natijada, 1922-yil 30-dekabr kuni sobiq Rossiya imperiyasi hududida Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi (SSSR) tashkil qilindi.

Yangi iqtisodiy siyosat.


1921-yili sovet davlati
kuchli iqtisodiy va siyosiy inqirozni boshidan kechirdi.
Mamlakat vayron bo‘lgan, sanoat ishlab chiqarishi keskin pasayib ketgan edi. Yuz bergan dahshatli qurg‘oqchilik Ukraina, Kuban va butun Volgabo‘yini qamrab oldi.

Bu hududlarda ocharchilik boshlanib, sovetlarga qarshi qo‘zg‘olonlar ko‘tarildi.


Fritof Nansen.
Mashhur norveg sayyohi Fritof Nansen ochlarga amaliy yordam ko‘rsatishni tashkil qilganlardan biri bo‘ldi.

1924-yili Vladimir Lenin vafot etgandan so‘ng davlatda Iosif Stalin va uning safdoshlari asosiy rol o‘ynay boshladi.


Ular NEP o‘z rolini bajarib bo‘ldi, deb hisobladi va 1927 – 1929-yillarda asta-sekin uni bekor qilish boshlandi.
Iosif Stalin

Industrlashtirish.


1920-yillar oxiri – 1930-yillar boshida amalga oshirilgan eng muhim tadbir mamlakatni industrlashtirish bo‘ldi.
SSSRda industrlashtirish og‘ir
mehnat evaziga amalga
oshirilgan.

Kollektivlashtirish.


1928 – 1933-yillari SSSRda kollektivlashtirish
deb nom olgan siyosat amalga oshirildi.
Buning natijasida qishloqdagi o‘ziga to‘q dehqonlar, yer egalarining barchasi mulkidan mahrum qilindi, ko‘pchiligi quloq sifatida qamaldi, surgun qilindi, qatl etildi.

Madaniy inqilob.


Savodsizlikni tugatish, yangi tipdagi sovet maktablari tizimini yaratish, xalq ziyolilari kadrlarini tayyorlash,, xalqning turmush madaniyatini oshirish tarixda «madaniy inqilob» nomini oldi.
Savodsizlikni tugatish maktablaridan
birida dars jarayoni.

Tashqi siyosat.


1920-yillarda sovetlar tashqi siyosatining asosiy vazifasi yangi hokimiyatning xalqaro miqyosda tan olinishiga erishish bo‘ldi.
1930-yillari jahonda yuz berayotgan jarayonlar SSSR xavfsizligiga katta tahdid solayotgan edi. 1931–1932-yillari Yaponiya Manchjuriyani bosib olib, ikki davlat o‘rtasida keskinlikni yuzaga keltirdi.

1922-yili imzolangan Rapallo shartnomasidan so‘ng Sovet Ittifoqi bilan Germaniya o‘rtasidagi munosabatlar yaxshilanib bordi.


Natijada 1939-yil 23-avgust kuni Moskvada SSSR va Germaniya o‘rtasida o‘zaro hujum qilmaslik to‘g‘risidagi shartnoma (Molotov – Ribbentrop pakti) imzolandi.

Shartnomaga ilova qilingan maxfiy protokolda SSSRning geostrategik manfaatlari chegarasi aniqlandi.

Savol va topshiriqlar

1. 1917-yili Rossiyada bolsheviklar hokimiyatining o‘rnatilishiga mamlakatda vujudga kelgan qanday iqtisodiy va siyosiy holatlar sabab bo‘ldi?

2. SSSRdagi industrlashtirish va kollektivlashtirish siyosatlarining maqsadi nimadan iborat edi? Ular qanday oqibatlarga olib keldi?

3. Madaniy inqilob nima maqsadlarni o‘z oldiga qo‘ydi va qanday natijalarga erishildi?

4. 1930-yillari sovetlar olib borgan tashqi siyosatning tajovuzkor jihatlari nimalarda namoyon bo‘ladi?


Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə