4-Mavzu. 1-9 sinflarda texnologiya fani mazmuni va 10-11 sinflarda kasbiy tayyorgarlik



Yüklə 24,32 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü24,32 Kb.
#166932
4-Mavzu. 1-9 sinflarda texnologiya fani mazmuni va 10-11 sinflar


4-Mavzu. 1-9 sinflarda texnologiya fani mazmuni va 10-11 sinflarda kasbiy tayyorgarlik
Tayach so‘zlar: Texnologiya, davlat ta’lim standarti, ta’lim mazmuni, kasbhunar, kasbiy tayyorgarlik.
4.1. Maktab islohotida texnologiya fanining vazifalari - Turli ishlab qarish sohalari mazmuniga taalluqli dastalabki ma’lumotlarni o‘rgatish, o‘lchash; - tekshirish asboblaridan, ma’lumot manbalaridan - foydalana olish, mehnat amaliyotlarini bajarish, erishilgan mehnat natijalarni belgilangan talablar bilan taqqoslash orqali xulosa chiqarishga o‘rgatish; - xalq xo‘jaligining turli sohalarida ishlatiladigan texnika va texnologiyalar to‘g‘risida bilimlar berish, inson faoliyatining turli sohalari bilan amaliy mehnat orqali yaqinroq tanishishlariga imkon yaratish;
- mexanizasiyalashtirilgan va elektrlashtirilgan vositalar bilan ishlashni, texnologik bilim va malakalarni, mehnat qonunchiligi, xavfsizlik texnikasi, sanitariya-gigiyena qoidalari asoslarini; - o‘quvchilarni bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari talablari asosida sifatli, raqob atbardosh iste’mol mollari, mehnat mahsulotlari yetishtirish va yetishtirilgan mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazish vositalarini o‘rgatish, ish boshqaruvchi (menedjerlik) unsurlari, homiylik ishbilarmonlik sifatlarini shakllantirib borish va rivojlantirish; - o‘quvchilarning bilimga intilish va mehnatga muhabbat, mehnat kishisiga nisbatan hurmat hissini singdirish, ularni jamoatchilik, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash; - xalq hunarmandchiligi kasblarini o‘rgatish orqali xalqning milliy ruhini, yashash tarzini, an’analarini tiklash va rivojlantirish Milliy qadriyatlar, tarixiy yodgorliklar, xalq ustalarining boy me’rosini o‘rgatish, ulardan o‘z amaliy faoliyatlarida foydalanish ko‘nikmalarini mustahkamlash; - yangi ishlab chiqarish va axborot texnologiyalari, kompyuter texnikasi, yangi texnika va jihozlarning qo‘llanilishi sohalarini zamonaviy talablar darajasida va jahon tajribalariga mos holda o‘rganishlarini ta’minlash; - yuqori sinflarda turli mutaxassisliklarning kasbiy faoliyatida qo‘llaniladigan asbob-uskunalar, jihozlar, moslamalardan foydalanishni o‘rgatish; - o‘quvchilarda umummehnat ko‘nikma va malakalarini shakllantirish, ularning qiziqishi, qobiliyati, kasbiy moyilliklariga ko‘ra, kasb-hunar turlarini tanlashga asos bo‘ladigan sifatlarni, umummehnat madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish. Texnologiya fanining mazmuni yo‘nalishlar bo‘yicha unga qo‘yiladigan talablar Amaldagi davlat ta’lim standartisharhiga ko‘ra o‘quvchilar 5-9 sinflarda texnologiya fanida mavjud beshta yo‘nalishlaridan faqat bittasi bo‘yicha tahsil olishi belgilab berilgan bo‘lib, unda xalq xo‘jaligi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tayyorlov yo‘nalishlari, mutaxassisliklar va kasblar tasniflagichi tuzilmasi va 54 talablariga muvofiq tayyorlash bilan bog‘liq imkoniyatlar hamda qiziqishlari cheklab qo‘yilgan edi. Shu bilan birga kasb tanlashga yo‘llash ishlari faqatgina 8-9 sinflarda qisman o‘rganilishi o‘quvchilarda quyi sinflardan kasb-hunarlar to‘g‘risidagi tushunchalarni tizimli shakllantirish imkonini bermasligi, ta‘lim mazmunini mujassamlashtirish tamoyilini to‘laqonli amalga oshirishga to‘sqinlik qilar edi. “Gazlamalarga ishlov berish” yo‘nalishi zamonaviy talablar darajasida qayta ishlanib, uning mazmunga yangi “Ro‘zg‘orshunoslik” va “Elektronika asoslari” bo‘limlari qo‘shildi. 8-9 sinflarda “Texnologiya va dizayn” va “Servis xizmati yo‘nalishlar” mazmuniga “Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi” bo‘limlari mahalliy sharoitlar hamda milliy xususiyatlarni e‘tiborga olgan holda o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish maqsadida yangi kirildi. “Gazlamalarga ishlov berish” yo‘nalishi zamonaviy talablar darajasida modernizasiya qilinib, ishlab chiqarish asoslari va kasb tanlashga yo‘llashga oid bilimlar bilan to‘ldirildi. Shunga ko‘ra, ishchi guruh tomonidan Davlat ta’lim standarti sharhlarida o‘quvchilarning yosh va psixofiziologik xususiyatlariga mos kelmaydigan, fanlararo bog‘lanishni ta’minlamaydigan ko‘pgina mavzular chiqarilib, texnologiya fani yo‘nalishlari o‘zaro integrasiyalashtirilib, 5 ta yo‘nalish 3 taga keltirildi, ya’ni: 5-7 sinflarda “Yog‘ochga ishlov berish texnologiyasi” va “Metalga ishlov berish texnologiyasi” yo‘nalishlari umumlashtirilib, yangi “Uy-ro‘zg‘or buyumlarni ta‘mirlash” va “Elektrotexnika ishlari” bo‘limlari bilan yagona“ “Texnologiya va dizayn”; “Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi” va “Pazandachilik asoslari” yo‘nalishlari mazmunan umumlashtirilib yangi “Buyumlarni ta’mirlash texnologiyasi” bo‘limi bilan yagona “Servis xizmati” yo‘nalishlar mazmuni ishlab chiqildi.
4.2. Dastur mazmuni O‘quv dasturlari DTSga asoslanib tuziladigan davlat hujjati bo‘lib, unda ma‘lum bir o‘quv fani bo‘yicha o‘qitiladigan bilim hajmi va ta’lim mazmuni ifodalanadi. O‘quv dasturi odatda 3 qismdan iborat bo‘lib, birinchi bo‘lim uqtirish 55 xatidir. Bu qismda fanni o‘qitishning maqsad va vazifalari, yo‘nalishlari, dasturdan foydalanish tartibiga oid metodik maslahatlar beriladi. Ikkinchi bo‘limda o‘quv fanining asosiy mazmuni o‘rganiladigan nazariy va amaliy materiallar ular o‘rtasidagi aloqadorlik, mavzular bo‘yicha o‘rganiladigan bilimlar ko‘lami va o‘quvchida hosil qilinadigan ko‘nikma va malakalar majmuyi ko‘rsatiladi. Dasturdagi mavzular ta’lim standarti bo‘yicha o‘quvchilar bilimining zaruriy va yetarli bilim darajasini o‘z ichiga olmog‘i lozim. Uchinchi bo‘limda o‘quvchilar qo‘shimcha ravishda o‘rganishlari lozim bo‘lgan adabiyotlar ro‘yxati ifodalanadi1 . O‘quv dasturi quyidagilar asosida tuziladi: 1. Dasturning ilmiyligi prinsipi. Dasturga ob’yektiv reallikni (voqelikni) aniq, to‘g‘ri va haqqoniy aks ettirgan, ilmiy jihatdan tekshirilgan ishonchli materiallar kiritiladi. 2. Dasturning qat’iyligi. O‘quv dasturlari jamiyatimiz taraqqiyotining har bir bosqichida fan, texnika, ishlab chiqarish hamda ijtimoiy munosabatlar sohasida erishilgan darajasini aks ettirishi lozim. Hamma o‘quv fanlariga oid dasturlarning bir necha yillar mobaynida qat‘iy boyishiga erishish shu fan bo‘yicha qat’iy darsliklar ishlab chiqish uchun katta ahamiyatga ega. 3. Nazariyaning amaliyot bilan birligi. Ilmiy bilimlarni puxta egallash va o‘zlashtirilgan ilmiy bilimlarni amaliyotda qulay olish uchun o‘quvchilarga 39 beriladigan nazariy tushunchalar ijtimoiy qurilish amaliyotiga bog‘lab, konkret hayotiy misollar bilan: mashqlar, tajribalar ko‘rsatib, xulosalar chiqarish kabilar bilan bog‘lanishi lozim. Bu o‘quvchining ijtimoiy faolligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. 4. Dasturning izchilligi. O‘quv dasturidagi materiallar izchil, ya’ni o‘rganilayotgan mavzu o‘quvchilarning oldingi o‘zlashtirgan ilmiy bilimlari, ko‘nikma va malakalari bilan izchil va uzviy bog‘lanishi, uni to‘ldirishi va keyingi o‘quv jarayoni uchun zamin hozirlashi lozim. O‘quv materiali osondan qiyinga, oddiydan murakkabga tomon yo‘naltiriladi. 5. Dasturda o‘quvchilarning yosh va alohida xususiyatlarini hisobga olish. Dasturga kalta hajmli bilimlar kiritib, bolalar uchun qiyin materialni berish. 56 Bolalarning tushunishi qiyin bolgan, ularning tushunchalariga mos bo‘lmagan bilimlarni berish ularning ongli va mustahkam o‘zlashtirishlarida qiyinchilik tug‘diradi. O‘quvchilarning charchashi va o‘zlashtirish darajasi pasayishiga olib keladi. 1-4 sinf o‘quvchilarini tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan zaruriy talablar Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida texnologiya fani boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida umumlashgan holda, 5-9-sinflarda “Texnologiya va dizayn”, “Servis xizmati” yo‘nalishlari asosida o‘qitiladi. Texnologiya fani quyidagi bo‘limlar asosida o‘qitiladi. 1-4-sinflar uchun 1. Qog‘oz va karton bilan ishlash. 2. Tabiiy va turli materiallar bilan ishlash. 3. Gazlama va tolali materiallar bilan ishlash. 4. Badiiy qurish-yasash va texnik modellashtirish. Texnologiya fanini o‘qitishda boshlang‘ich sinflarda “Iqtisod alifbosi”, yuqori sinflarda “Sog‘lom avlod asoslari”, “Hayot xavfsizligi asoslari” hamda “Iqtisod saboqlari” o‘quv kurslari singdirilib o‘qitiladi. Har bir dars xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilgan holda tashkil etiladi. Shuningdek, o‘quvchilarga texnologiya fanini yo‘nalishlari bo‘yicha kasb turlari haqida axborotlar beriladi. Boshlang‘ich maktablarda Texnologiya ta’limi va tarbiyasining asosiy vazifalari o‘quvchilarni mehnatga tayyorlash, o‘qitish va umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida kasb tanlash izchilligini takomillashtirish, davlat ta’lim standartlari talabi bo‘yicha tarbiyalash hamda o‘quvchilarni kasbhunar egasi bo‘lib yetkazishda nazariy va amaliy bilim berishlardan tashkil topgan. Mehnat madaniyatini tarkib topishi uchun darslarda doimo bolalarning e’tiborini asbob va materiallarni saqlash qoidasi hamda joylashtirish tartibiga, ish joyini to‘gri jihozlashga, materiallardan tejamkorlik bilan foydalanish usullariga, ish harakatlarini me’yori va sifatiga, ish ko‘rsatkichini ta’minlovchi tadbirlarga, 57 ishlov berishda olingan aniqlik va tozalikka rioya qilishga va nihoyat narsani chiroyli qilib bezashga talab qilib borish kerak. Texnologiya ta’limining asosiy vazifalari tarbiyaning maqsad va vazifalari tomonidan belgilanib, u mehnatga axloqiy va psixologik tayyorlash, o‘quvchilarni boshlang‘ich texnikaga oid bilim bilan qurollantirish, mehnatga amaliy tayyorlash, mehnat malaka va ko‘nikmalari bilan qurollantirish, o‘quvchilarni mehnat ta’limi jarayonida har tomonlama o‘stirish kabilardan tarkib topadi. Bu vazifalarni keyingi mavzularda alohida o‘rganamiz. Mehnatga munosabat shu mehnatning muhimligi va zarurligini tushunish, bunday mehnatda jonbozlik ko‘rsatish, ishga shaxsan mas’uliyatni his qilgan holda yondashish ijtimoiy mulkka tejamkorlik bilan munosabatda bo‘lishni anglatadi. Mehnatga axloqiy tayyorlash - bolalarga jamoada ishlashni, do‘stona o‘zaro yordamni, ijodiy tashabbusni, tashkilotchilik qobiliyatlarini namoyish qilish va mehnatda hatti-harakat normalarini o‘rgatishdan iborat. Mehnatga ruhiy jihatdan tayyorlash - murakkab, uzoq davom etuvchi va ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, u butun mehnat ta’limi va tarbiyasiga singib ketgandir. U garchi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lsada, mehnatga axloqiy tayyorlashga juda yaqindir. Bolani mehnatga ruhiy jihatdan tayyorlash - bu unda mehnatga nisbatan uning yoshiga muvofiq keluvchi ongli va ijobiy munosabatlarni tarkib toptirish, unda amaliy malaka va ko‘nikmalarni egallashga qiziqishni shakllantirish demakdir. O‘qituvchining vazifasi o‘quvchilarga yoshligidan boshlab mehnat - bu har bir kishining vijdoni va burchi ekanligini, inson o‘z mehnati bilan sharaflanishini, faqat Vatan farovonligi yo‘lida qilingan mehnatdagina insonning eng yaxshi sifatlari rivojlanishi hamda takomillashishi mumkinligini anglashlariga yordam berishdir. Bolalarning mehnatga qobiliyati har bir kishi jamiyatning hayoti va faoliyati, uning farovonligi uchun zarur bo‘lgan vositalarni ishlab chiqarishda qatnashishi zarurligini anglashlari juda muhimdir. Shuningdek, bolalar jamiyatda kishi mehnatsiz yashay olmasligini ham uqib olishlari kerak. 58 Mehnatga ruhiy jihatdan tayyorlash turli psixologik jarayonlarni rivojlantirish va takomillashtirishni nazarda tutadi. Bular sezib anglash, emotsional idrok, diqqat, xotira, tafakkur va shu kabi jarayonlardir. Boshqacha qilib aytganda, ular mehnatning psixologik tarkiblari deyiladi. Mehnatga o‘rgatishda bolaning imkoniyatlarini nazarda tutib, hissiy bilish jarayonini takomillashtirish zarur. Ma’lumki, mehnat faoliyati, mehnat ta‘limi uchun ham turli sezgilar yig‘indisining (ko‘rish, eshitish, his etish, ta’m bilish, teri, muskul harakati) namoyon bo‘lishi xarakterlidir. Shuning uchun o‘qituvchilar quyi sinf o‘quvchilariga yangi materialni yoki asbobni tanishtirayotganlarida bolalardagi sezgining barcha turlarini faollashtiradilar: bolalar qog‘ozni ushlaydilar, silaydilar, aylantirib ko‘rib chiqadilar, uning qanday shitirlashiga quloq soladilar. Sezgilarning bunday faollashuvi ma‘lumot haqida to‘liqroq tasavvurga ega bo‘lishga yordam beribgina qolmay, balki bu psixologik jarayonni rivojlantiradi, takomillashtiradi. Mehnatga tayyorlashning yanada muvaffaqiyatliroq bo‘lishi uchun bolalarning xotiralarini o‘stirish vazifasi ham albatta amalga oshiriladi. Mehnat inson hayotini farovon qiluvchi davlatdir. Abu Rayxon Beruniy Mehnat qilmoq insonga xosdur. Agar sen inson bo‘lsang, o‘z xulqingni mehnat tumori bilan beza. Alisher Navoiy Sen avvalo mehnatni qadrla va o‘zgalar qilgan mehnatni ham qadriga yet, shunda sen o‘zingni haqiqiy mehnatsevar deb bilursan. Imom al-Buxoriy 4.3. (5-9) sinflarda umumiy tayyorgarlik 5-9 sinflarlarda quyidagi yo‘nalishlar asosida mashg‘ulot jarayonlari olib boriladi. (5-7) sinflarda Texnologiya va dizayn yo‘nalishi 1. Yog‘ochga ishlov berish texnologiyasi. 2. Polimer materiallarga ishlov berish texnologiyasi. 59 3. Metallga ishlov berish texnologiyasi. 4. Elektrotexnika ishlari. 5. Ro‘zg‘orshunoslik asoslari. Servis xizmati yo‘nalishi 1. Pazandachilik asoslari. 2. Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi. 3. Ro‘zg‘orshunoslik asoslari. (8-9) sinflarda Texnologiya va dizayn yo‘nalishi 1. Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi. 2. Elektronika asoslari. 3. Kasb tanlashga yo‘naltirish. Servis xizmati yo‘nalishi 1. Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi. 2. Ro‘zg‘orshunoslik asoslari. 3. Kasb tanlashga yo‘naltirish. Malakali o‘qituvchilar yetarli bo‘lgan 5-9 sinflarda “Texnologiya” o‘quv fanidan o‘quvchilar soni 25 nafar va undan ziyod bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ikki guruhga bo‘lib o‘qitishga ruxsat etiladi. Texnologiya ta’limi fanining mazmuni shartli ravishda uchga, ya’ni texnologiya ta’limi tayyorgarligi, kasblar bo‘yicha tayyorgarlik va kasbgacha maxsus tayyorgarlik qismlariga bo‘linadi. Bu qismlar har bir dars va mashg‘ulotlarning tarkibiga singib ketgan bo‘lib, ularning o‘qituvchilar va uslubchilar tomonidan ilmiy uslubiy nuqtai nazardan hisobga olingan holda tahlil qilib borilishi texnologiya ta’limi mashg‘ulotlarining aniq maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishini ta‘minlaydi. Texnologiya ta’limining yo‘nalishlari maktab atrofidagi karxona, tashkilot va kasb-hunar kolledjlarida keng tarqalgan sohalar, kasblarga muvofiq tanlab olinadi. Shunga ko‘ra har bir maktabda texnologiya ta’limining quyidagi yo‘nalishlari asos qilib olinishi mumkin: - yog‘ochga ishlov berish texnologiyasi 60 - metalga ishlov berish texnologiyasi - polimer materiallarga ishlov berish texnologiyasi - elektrotexnika ishlari - gazlamaga ishlov berish texnologiyasi - ro‘zg‘orshunoslik asoslari - pazandachilik asoslari - xalq hunarmandchiligi texnologiyasi. 5-7 sinflarda ushbu yo‘nalishlardan ayrimlari tanlanadi va 8-9 sinflarda shu tanlangan yo‘nalishlarga muvofiq holda ishlab chiqarish asoslari va kasbga yo‘naltirish kursi o‘qitiladi. Ushbu yo‘nalishlarning har biri yuzasidan quyidagi bulimlar bo‘yicha o‘zaro uyg‘unlashtirilgan nazariy bilimlar beriladi va amaliy ish ko‘nikmalari shakllantiriladi. Texnologiya ta’limi darslarida o‘quvchilarda kasblar turlariga oid bilim, ko‘nikma va malakalar maktab joylashgan hududdagi imkoniyat va ehtiejlarni hisobga olgan holda tanlanadigan kasblar asosida shakllantiriladi. O‘quvchilarning texnologiya ta’limini amalga oshirish uchun quyidagi tashkiliy va uslubiy vazifalarni hal qilish lozim. Tashkiliy vazifalar. Texnologiya ta’limi bo’yicha nazariy mash‘ulotlar uchun o‘quv xonasi va amaliy mash‘ulotlar uchun ustaxona tashkil qilish va ularda xavfsiz va qulay mehnat sharoitlarini yaratish. O‘quvchilarni mashg‘ulotlar uchun zarur xom ashyo, material, asbob-uskinalar bilan ta’minlash hamda moslamalar, mexanizmlar, stanoklar bilan amaliy ishlash jarayonini tashkil qilish. Sanitariyagigiyena hamda mehnat xavsizligi bo‘yicha me’yoriy hujjatlarda belgilangan talablarning to‘liq bajarilishini ta’minlash va muntazam nazorat qilib borish. O‘quvchilarning turli kasblar buyicha mehnat jarayonlari va kasb egalari bilan yaqindan tanishlarini amalga oshirish ushin korxonalar, jamoa xo‘jaliklari, tashkilotlar, muassasalar bilan doimiy aloqa o‘rnatish. Rasmiy hujjatlar: me’yoriy rejalashtiruvchi hujjatlar, uustoxanada xavfsizlik texnikasi, sanitaraya-gigiyena va birinshi tibbiy yerdam ko’rsatish qoidalariga doir hujjatlarni yaratish. 61 Uslubiy vazifalar. Mashg‘ulotlarning yarim va bir yillik ish rejalarini tuzish. Bunda mahaliy shart-sharoitlar, ehtiyojlar va imkoniatlarni hisobga olgan holda, kasblar tasnifi asosida, o‘quvchilarni yakindan tanishtirish mumkin bo‘lgan kaslar turlarini tanlash. Og‘il va qiz bolalarning o‘zlariga mos mehnat mashg‘ulotlarini va kasb tanlashlarni amalga oshirib borish. Mashg‘ulotlarda zamanoviy ilg‘or pedagogik texnologiyalar, yangi didiaktik vositalardan keng foydalanish, mehnat ta’limi va tarbiyasining birligini ta’minlash. O‘quvchilarda turli kasblarga tegishli dastlabki mehnat ko‘nikma va malakalarini, mehnatsevarlikni shakllantirish. Texnologiya ta’limi jarayonida o‘quvchilarni aqliy va axloqiy jixatdan rivojlantirib borishda ularning yosh xususiyatlarini, shaxsiy psixologik va fiziologik sifatlarini hisobga olish. O‘uvchilarni kasbga yo‘naltirish ishlarini olib borish. O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini reyting tizimi asosida nazorat qilib borish. Maktabda texnologiya ta’limi va tarbiyasi, kasbga yo‘naltirish jarayonini tashkil qilish hamda uni amalga oshirishda pedagogika, didaktika, psixologiya, fiziologiya, xususiy metodika va maxsus fanlarning ilmiy xulosalaridan keng foydalanish ko‘zda tutilgan. Mashg‘ulotlar mavzui amaliyot bilan, o‘quv mavzusini tarbiyaviy muammolarni hal qilish bilan uyg‘unlashtirilgan holda bo‘lishini ta’minlash. Mazkur o‘quv dasturi asosida olib borilgan o‘quv tarbiya ishlari natijalarini, o‘quvchilarning o’zlashtirishlarini aniqlash va nazorat kilish Davlat ta’lim standarti asosida amalga oshiriladi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarning 5-9 sinflarida o‘quvchilar soni shahar maktablarida 25 va undan ortiq bo‘lsa, qishloq maktablarida 20 va undan ortiq bo‘lsa, texnologiya ta’limi darslari shu holda olib boriladi. Xalq hunarmandchiligining ayrim nodir kasblarini o‘rgatish uchun usta-shogird eski ota o‘gil, ona-qiz shakllaridan foydalaniladi. Bunday mashg‘ulotlarni tegishli xalq ustalari bilan maktab o‘rtasida tuziladigan shartnomalar asosida tashkil qilinadi. Dasturdagi texnologiya yunalishlari bo‘yicha mashg‘ulotlarni tashkil qilish va o‘tkazish ketma-ketligi mahalliy sharoit va imkoniyatlar hisobiga olingan holda o‘qituvchi tomonidan hal qilinadi. 62 4.4. (10-11) sinf kasbiy tayyorgarlik mazmuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflari o‘quvchilariga kasbiy ta’lim berishga ixtisoslashgan o‘quv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi № 868-sonli qarori 24 oktabr kuni qabul qilindi. Qaror umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflari o‘quvchilari ta’lim olish bilan birgalikda ularga kasb-hunar o‘rgatish, o‘quvchilarning qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda kelajakda ularning ta‘limni davom ettirishlari yoki egallagan kasblari bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishlariga shart sharoitlar yaratish, o‘quv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish va ularni zarur jihozlar bilan ta’minlash maqsadida qabul qilingan. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflari o‘quvchilari uchun kasbiy ta’limni tashkil etish to‘g‘risidagi nizom, o‘quv-ishlab chiqarish majmualarini jihozlash uchun talab etiladigan asbob-uskunalar va jihozlar ro‘yxati, ular bilan ta’minlash dasturi, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik o‘quv xonasini jihozlash uchun talab etiladigan asbob-uskunalar ro‘yxati, o‘quv-ishlab chiqarish majmualari faoliyatini tashkil etishni muvofiqlashtiruvchi kengash tarkibi tasdiqlangan2 . O‘quv-ishlab chiqarish majmualari faoliyatini tashkil etishni muvofiqlashtiruvchi kengash 2018-2020 yillarda o‘quv-ishlab chiqarish majmualarini zarur jihozlar bilan ta’minlash dasturida nazarda tutilgan paramentlarni amalga oshirish yuzasidan doimiy monitoring yuritilishini va zarurat bo‘lganda majmualarni jihozlashning har yili tasdiqlanadigan manzilli dasturiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritib borilishi ta‘minlaydi. Bitiruvchilarga umumiy o‘rta ta’lim muasasasini tugatganlik to‘g‘risidagi shahodatnoma bilan bilan birga majmuada o‘rnatilgan kasblar bo‘yicha diplom beriladi. Nazorat uchun savollar: 1. Texnologiya ta’limi yo‘nalishlar bo‘yicha qanaqa talablarni qo‘yadi? 63 2. 1-4 sinflarning tayyorgarlik darjasini ayting. 3. 5-9 sinflarni umumiy tayyorgarlik bilan birga qanday vazifalar amalga oshiriladi? 4. 10-11 sinflar kasbiy tayyorgarligini o‘tashi to‘g‘risida ma’lumot bering.
Yüklə 24,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə