5-ma’ruza korxonalarining mehnat resurslari



Yüklə 50,43 Kb.
səhifə1/4
tarix28.11.2023
ölçüsü50,43 Kb.
#137836
  1   2   3   4
5маъруза (2) (2)


5-MA’RUZA KORXONALARINING MEHNAT RESURSLARI
5.1.Mehnat resurslarini tasniflash
Zamonaviy korxonalar faoliyatida mehnat qurollari va mehnat predmetlaridan tashqari kadrlar ham katta ahamiyatga ega. Kadrlar ishlab chiqarish jarayonini tashkil etuvchi uch asosiy omilning asosiysi hisoblanadi. Aynan kadrlar ishlab chiqarishni boshqarib, joriy va istiqboldagi rivoylantirishni amalga oshiradilar. Kadrlarning kasbiy malakasi qanchalik yuqori bo‘lsa, korxonalarning iqtisodiy va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari shunchalik yuqori bo‘ladi.
Salohiyat(potensial) tushunchasi lotin tilidan olingan bo‘lib, imkoniyat, kuch-quvvat ma῾nosini anglatadi.
Kadrlar salohiyati - mehnat resurslarining umumiy soni va jinsi, yoshi, ma῾lumoti, kasbiy ko‘nikmalari, korxonaning u yoki bu bo‘g῾inlarida va jamoatchilik ishlab chiqarishida qatnashishi bilan ifodalanuvchi mehnat resurslari yoki imkoniyatlarini ifodalaydi.
Kadrlar korxonada mehnat bilan band bo‘lgan hamda korxona shaxsiy tarkibiga kiruvchi turli kasbiy - malakaviy guruhlardagi xodimlar majmuasidir. Korxonaning mehnat resurslari uning ish kuchini tavsiflaydi. Ish kuchi - insonning mehnat qilishga jismoniy va aqliy qobiliyatlari hisoblanadi. Bozor munosabatlari sharoitida mehnat qobiliyati ish kuchini tovar holiga keltiradi. Uning boshqa tovarlardan farqi:

  • o‘z qiymatidan ortiq bo‘lgan qiymat yaratadi;

  • uni jalb qilmasdan biron-bir ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish mumkin emas;

  • asosiy fondlar va aylanma mablag῾lardan samarali foydalanish darajasi ish kuchiga bog῾liq.

Ish kuchidan samarali foydalanishga quyidagi omillar ta῾sir ko‘rsatadi: xodimlarning moddiy manfaatdorligi, atrof-muhit, aqliy, jismoniy va asablar kuchlanishi, boshqarish usullari va h.k.


5.2.Mehnat resurslarini tarkibi va tuzilishi
Korxona xodimlarining ro‘yxat bo‘yicha tarkibi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • sanoat ishlab chiqarish personali (SIChP) - asosiy va yordamchi sexlar, zavod boshqaruvi, laboratoriya, ilmiy-tadqiqot va tajriba-loyihalashtirish bo‘limlari, hisoblash markazi xodimlari;

  • noishlab chiqarish personali - uy-joy, kommunal va yordamchi xo‘jaliklarda, sog῾liqni saqlash, profilaktika va ta῾lim muassasalarida faoliyat yurituvchi xodimlar;

  • rahbarlar - direktor, direktor o‘rinbosarlari, bosh mutaxassislar, bo‘lim boshliqlari, ya῾ni muhandis-texnik personal (MTP);

  • xizmatchilar - hujjatlarni tayyorlash, hisob-kitob va nazorat qilish, xo‘jalik xizmati xodimlari (agentlar, g῾aznachilar, ish yurituvchilar, kotiblar, statistlar va h.k.).

Korxona SIChPning asosiy va ko‘p sonli qismini ishchilar tashkil qilib, ular mahsulot ishlab chiqarish, ta῾mirlash va uskunalarga xizmat ko‘rsatishda qatnashadilar, mehnat predmetlarini tashish va mahsulot tayyorlashni amalga oshiradilar, qurish-ta῾mirlash ishlarini bajaradilar.
Kadrlarning korxonada harakatlanishini tavsiflash uchun quyidagi ko‘rsatkichlar hisoblanadi va tahlil qilinadi:
Ishchilarni ishga qabul qilish bo‘yicha aylanish koeffitsiyenti (Kqq ):
Ishdan ketish bo‘yicha aylanish koeffitsiyenti ( )

Kadrlar oqimi koeffitsiyenti ( )

Korxona personali tarkibining doimiylik koeffitsiyenti ( )




Yüklə 50,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə