9 mavzu. Ijtimoiy tahlil



Yüklə 60,07 Kb.
səhifə1/6
tarix30.12.2023
ölçüsü60,07 Kb.
#166730
  1   2   3   4   5   6
9 мавзу. Ижтимоий таҳлил


9 mavzu. IJTIMOIY TAHLIL


9.1. Ijtimoiy tahlilning mohiyati va tarkibiy qismlari

Loyihalarni tahlil qilishda markaziy masalalardan biri inson omilidir. Loyihalar inson hayotini engilashtirishga va ularning turmush darajasini oshirishga qaratilishi zarur. Loyihalar tahlilida davlat manfatlari va aholining manfatlari birinchi o’rinda turadi.


Investitsiya loyihalarida va tadbirkorlarning biznes rejalarida birinchi galda foyda olish turadi. Loyiha tahlilining yondashuvi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining yondashuviga tayanadi. Ular loyihalarga davlat manfatlari va aholining manfatlaridan kelib chiqib baho beradilar va xulosa qiladilar. Shu jihatdan ushbu fandagi ijtimoiy tahlil va iqtisodiy tahlilning yondashuvi bir–biriga yaqindir.
Har qanday loyiha samarali amalga oshirilishi uchun ijtimoiy tahlilning ahamiyati va shu nuqtai nazardan chiqarilgan xulosaning o’rni katta.
Loyihaning taklif etilayotgan u yoki bu varianti aholining maqsadli guruhi manfaati talablariga javob berishi yoki bermasligini aniqlash ijtimoiy tahlilning vazifasi hisoblanadi. Ijtimoiy tahlil loyiha va u yo’naltirilgan ijtimoiy guruhning o’zaro muvofiq kelishini yaxshilash bo’yicha tadbirlarni taklif etadi. Shuningdek, ijtimoiy tahlil aholi tomonidan qo’llab-quvvatlanadigan hamda jamoatchilik fikri va qarashlaridagi o’zgarishlarni rag’batlantirish yo’li bilan loyiha maqsadlariga erishishni ta’minlaydigan loyiha strategiyasini belgilaydi.
Ijtimoiy tahlil loyiha tahlilining boshqa turlari bilan, birinchi galda iqtisodiy tahlil bilan birga o’tkazilishi kerak. Loyiha tahlilining boshqa turlari singari ijtimoiy tahlil ham identifikatsiya bosqichida boshlanib, loyiha davrining keyingi har bir bosqichida davom etishi kerak.
Ijtimoiy tahlil to’rt asosiy sohaga e’tiborni jamlaydi. Bular:
1. Loyihaga ta’sir ko’rsatadigan aholining ijtimoiy-madaniy tavsifi, miqdoriy tavsifi va ijtimoiy tuzilmasi bo’yicha tahlil. Misol uchun loyiha qishloq aholisi turmush darajasini yuksaltirishga qaratilgan bulsin. Unda Farg’ona vodiysi aholisi va Qashqadaryo qishloq aholisining turmush darajasini xaraktaristikasida, joylashuvi va demografik xususiyatlarida ma’lum o’ziga xoslik mavjud. Shularni hisobga olib, loyihani aholi tomonidan qo’llab-quvvatlashishiga erishish juda muhimdir.
2. Loyiha amal qiladigan hududdagi aholi tomonidan ishlab chiqarishni tashkil qilish shakllari, shu jumladan oilalar, uy xo’jaliklari tuzilmasi, ishchi kuchining mavjudliligi, erga egalik qilish shakllari, resurslardan foydalanish imkoniyati va ulardan foydalanishni tartibga solish masalalari tahlili. Misol uchun meva-konserva zavodiga pomidorni aholi yoki dehqon xo’jaligi etkazib berishi nazarda tutildi deylik. Dehqon xo’jaligining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olmaslik va ularni qo’llab quvvatlashishiga loyihada erishmaslik kelgusida korxonani xom ashyo bilan ta’minlashda uzilishlarga olib kelishi mumkin. Farg’ona vodiysida zamonaviy konserva zavodlari xuddi shu sababli xom ashyosiz qolib ko’p muammolarga duch kelganlar.
3. Loyihaning mahalliy madaniyat nuqtai nazaridan talabga javob berishi, xususiy loyihaning mavjud ijtimoiy me’yorlarga moslashuvchanligi, kishilarning qarashlarida, o’z ehtiyojlarini anglashlarida zarur o’zgarishlar yasashga qobilligi. Loyihalarda xuddi shu xususiyatlardan kelib chiqib hashar qilinishi loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishini ta’minlaydi.
4. Loyihadan uni amalga oshiruvchi tashkilot hamda mahalliy aholi manfaatdorligini ta’minlash strategiyasi. Bundan maqsad aholi va mahalliy tashkilotlarning loyihaning barcha bosqichlarida uzluksiz ishtirokini ta’minlashdir.



Yüklə 60,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə