Andijon davlat pedagogika instituti



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə1/182
tarix12.12.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#148923
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   182
Loyihalashtirish. majmua


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI


MAKTABGACHA TA’LIM KAFEDRASI
MAKTABGACHA TA’LIMDA PEDAGOGIK JARAYONLARNI LOYIHALASHTIRISH
(3-kurs)
USLUBIY MAJMUA





Bilim sohasi: –
Ta’lim sohasi: –
Ta`lim yo`nalishi:

100000 110000 60110200

Ta`lim
Ta`lim
Maktabgacha ta’lim

Andijon – 2023
Fanning uslubiy majmuasi Andijon davlat pedagogika instituti Kengashining 2023-yil -avgustdagi 1-sonli bayonnomasi qaroriga asosan tasdiqlangan o‘quv dasturiga muvofiq ishlab chiqildi.


Tuzuvchilar:
I.Oxunov -




Maktabgacha ta’lim kafedrasi v.b. dotsenti, (PhD).

N.Qodirova - Maktabgacha ta’lim kafedrasi, o`qituvchisi

Taqrizchi:







M.Artikova



ADPI magistratura bo’limi boshlig’i professor, p.f.d;







O‘quv-uslubiy majmua Andijon davlat pedagogika instituti Kengashining 2023-yil ____ -avgustdagi 1-son yig‘ilishida ko‘rib chiqildi va foydalanishga tavsiya etildi.


MUNDARIJA


1

OQUV MATERIALLARI




1.1

MA’RUZA MATERIALLARI………………………………………




1.2

SEMINAR MASHG’ULOT………………………………………….




1.3

AMALIY
MASHG’ULOT………………………………………….




2

MUSTAQIL TA’LIM MAVZULARI………………………………













3

GLOSSARIY………………………………………………………













4

ILOVALAR




4.1

FAN DASTURI……………………………………………………….




4.2

ISHCHI DASTUR……………………………………………………




4.3

TARQATMA MATERIALLAR…………………………………….




4.4

TESTLAR…………………………………………………………….




4.5

BAHOLASH MEZONI………………………………………………




4.6

BOSHQA MATERIALLAR…………………………………………




4.7

O’QUV USLUBIY MAJMUANING ELEKTRON VARIANTI…..






MA’RUZA MATERIALLARI


1-Mavzu: Maktabgacha ta’limda pedagogik jarayonlarni loyihalash fanining maqsadi va vazifalari .
Reja:
1. Pedagogik jarayonni loyihalash texnologiyasining umumiy mohiyati.
2. Maktabgacha ta’limda pedagogik jarayuonlarni maqsad va vazifalari.
3. Maktabgacha ta’limda pedagogik jarayuonlarni o’ziga xos xusususiyatlari


Tayanch tushunchalari: jarayon, pedagogik jarayon, loyihalash, loyihalash texnologiyasi, ta’lim jarayonini loyihalash texnologiyasi, ta’lim jarayonini loyihalash qonuniyatlari, ta’lim jarayonini loyihalash tamoyillari.
Pedagogik jarayonni loyihalash texnologiyasining umumiy mohiyati. Loyihalash pedagogik jarayonni tashkil etish va uning muvaffaqiyatli kechishini ta’minlovchi muhim shartlaridan biri sanaladi.
Pedagogik jarayonni loyihalash: loyiha -► mazmun —► faoliyat uchligi asosida tashkil etiluvchi pedagogik faoliyatning umumiy mohiyatini yaxlit ifodalashga xizmat qiluvchi loyihani yaratishdir.
Pedagogik jarayonni loyihalashda quyidagi vazifalar bajariladi:
1) pedagogik faoliyat mazmunini tahlil qilish;
2) natijalarni oldindin ko ra bilish;
3) rejalashririlgan faoliyatni amalga oshirish loyihasini yaratish.
Pedagog tomonidan pedagogik jarayoimi loyihalashda uning mustaqil yoki magistrlar bilan hamkorlikda ta’lim jarayonining mazmuni, vositalarini belgilashga qaratilgan faoliyati yetakchi o'rin tutadi. Loyihalar predmet va uning yo'nalishiga ko ra bir-biridan farqlanadi. Loyihalarda pedagog tomonidan ketma-ket amalga oshiriluvchi va tashxisning qo'yilishi bilan yakunlanadigan tahliliy. oldindan kora bilish va loyihalash kabi ijodiy faoliyatlar namoyon bo'ladi. Tashxis, oldindan ko ra bilish va loyihalash har qanday pedagogik vazifani hal etishning uch muhim omili hisoblanadi. Loyihaning maqsadi avval qog ozda taqvimreja, qisqacha yozma bayon (annotatsiya) ko'rinishida aks ettiriladi. Strategik, taktik va operativ vazifalami samarali hal etish loyihalash texnologiyasining sifatiga bog’liq. Pedagogik jarayonni loyihalashda pedagogning faoliyati, pedagogik vositalami qo'llash mazmuni va imkoniyatigina hisobga olinmasligi kerak. U asosan alohida magistr va magistrlar guruhi tomonidan tashkil etiluvchi faoliyat mazmunini yoritishi zarur. Loyihalash ta’limning ijtimoiy, pedagogik maqsadlarga tayangan holda pedagogik jarayonni aks ettiruvchi umumiy strategiyasi hisoblanib, unda o'quv rejasi, dasturlari, darslik, metodik tavsiyalar, o'quv va metodik qo llanmalar muhim manba bo'lib xizmat qiladi. Pedagogik vaziyatni to'laqonli anglash, vazifalaming aniq va to'g ri belgilanishi pedagogik jarayonni samarali hal etishning muhim shartidir. Pedagogik maqsad pedagogik jarayonni tashkil etishga tayyorlanish bosqichida pedagogik vazifa sifatida qabul qilinadi. Pedagog faoliyatining muvaffaqiyati turli vazifalar mohiyatining bir yo'la yoki birin-ketin anglanishiga bog’liq. Shu sababli pedagogik faoliyat uchun umumiy bo’lgan vazifalami belgilab olish muhimdir. So'ngra pedagogik jarayonning ma'lum bosqichi mohiyatini aniq ifodalaydigan bosqichli vazifalar (alohida olingan bosqich vazifalari)ni, nihoyat xususiy (vaziyatli) pedagogik vazifalami aniq belgilab olish maqsadga muvofiq Pedagogik jarayonni loyihalashda vazifalaming belgilanishi Agar pedagogik vaziyat yetarli darajada to’g’ri anglanmasa. u holda pedagogik vazifalaming hal etish yo'llari ham to'g’ri belgilanmaydi. Endigina kasbiy faoliyatni boshlagan pedagog tajribasizligidan pedagogik vaziyatni to'g’ri anglash, vazifalami to’g’ri belgilash malakasiga ega bo'lmaydi. Shu sababli ular o'zlaricha yo'l tutadilar va pedagogik vazifani darhol hal etmoqchi bo'ladilar, natijada jiddiy xatoga yo’l qo'yiladi. Biroq, ayrim holatlarda tajribali pedagoglar ham pedagogik vaziyatni to g’ri anglashga e’tiborsiz qaraydi. Natijada pedagogik faoliyatda nomutanosibligi vujudga keladi: pedagog o'z faoliyatining pedagogik maqsadlarni hal etilishini ta’minlay olish-olmasligini o'ylab o'tirmay magistrlarm faollashtiradi, ko'rgazmali qurollardan foydalanadi, bilimlami nazorat qiladi. Pedagogik faoliyatining yana bir nomutanosiblik tomoni shundaki ko'pchilik pedagoglar pedagogik vazifalami ikkinchi darajali, funksional o'tkinchi vazifalarga almashtiradilar va faqat ulargagina o'z diqqatlarini qaratadilar (darsni tashkil etish, tadbirlar o'tkazish va sh.k. - N.V. Kuzmina). Pedagogik vazifani anglash mavjud ma’lumotlarni tahlil qilish va tashxis qo yish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Ma’lumotlaming tahlili vaziyat o'rnini aniqlashdan tashqari butun pedagogik jarayonda tarbiyachi, tarbiyalanuvchi va ular o'rtasidagi munosabat hamda ta’lim mazmuni, samarali vosita va pedagogik shart-sharoitlar kabi asosiy tarkibiy qismlami aniqlashga yo’naltirilgan bo'lishi lozim. Ma’lumotlaming tahlili pedagogik jarayon mohiyati, jamoa va alohida magistrlar harakatlari holatini aniq vaziyatlarda rejali o'rganish kabi ilmiy dalillarga ega bo'lishga } yordam beradi. Ushbu dalillar amaliy faoliyat asosini tashkil etadi. Mavjud dalillar pedagog faoliyat jarayonining kechishi va kutilgan natijaning kafolatlanishini tashxislashga imkon beradi. Bu o'rinda “tashxis” tushunchasining mohiyatini yoritib o'tish maqsadga muvofiqdir: “Tashxis” (yun. “diagnostikos” - tez anglab olish) tushunchasi dastlab tibbiyotda qo'llanilgan tushuncha bo'lib, kasallik mohiyati va bemor holati, uni har tomonlama izchil o'rganilishini anglatuvchi vrach xulosasi deya e’tirof etilgan. Hozirda “tashxis” tushunchasi pedagogikada ham keng qo’llanilmoqda va u “pedagogik-psixologik tashxis” (PPT) deb yuritilmoqda. PPT pedagogik jarayonni uning umumiy holati, tarkibiy qismlarini har tomonlama, yaxlit tekshirish orqali baholashdir. PPT odatda pedagogik jarayonning psixologik, sub’ektiv xususiyatlarmi inobatga olish asosida qo'yiladi. PPT tekshiruvi magistr shaxsi, uning faoliyatini yaxlit yoki ma’lum jihatlarini qamrab olis
hga asoslanadi. PPT tekshiruvi o zining da»omiyligiga ko ra ikki turda bo'iadi: 15-rasm. Pedagogik-psixologik tashxisning asosiy turlari Malakali PPTning zaruriyati pedagogdan magistr shaxsini o'rganish metodlari va maxsus metodikalami, jamoa, shuningdek, yaxlit pedagogik jarayon xususiyatlarini chuqur o'rganishni talab etadi. Tashxis qo’yish ta’lim (yoki tarbiya) maqsad va vazifalarini hal etishning umumiy talabi hisoblanadi U maqsadlaming aniqligi, bir xilligi, ularni bajarish usullari, o'lchash va baho berish bilan chambarchas bog’liq. PPT asosini magistr shaxsini har tomonlama bilish, jamoa sifatida sinfning xususiyatlarini o’rganish, aniq pedagogik vaziyatlarda ma’lumotlarm tahlil etish kabi holatlar tashkil etadiki, ular ta’lim jarayonini loyihalashning keyingi muhim bosqichiga o'tish, ya ni, pedagogic jarayonni oldindan ko ra bilish imkonini yaratadi. Bu holat pedagogik maqsadning shakllanishiga olib keladi va maqsad asosida puxta o'ylangan pedagogik vazifalami belgilash imkonini beradi. Shaxsning rivojlanish darajasi ta’lim maqsadlari bilan uyg’un bo'lgandagina pedagogik maqsadga erishmaslikning oldini olishga erishiladi. Ya’ni, pedagogik maqsad pedagogik tizimning muhim omili sifatida muammolami muqarrar hal etadi. Pedagogik oldindan ko ra bilish ob ekt haqidagi ma’lumotlami oldindan o'rganish jarayoni sanaladi. Bunda ob ekt sifatida sinf, magistr, bilim, munosabat va h.k tanlanadi. Oldindan ko ra bilish metodlari turlituman bo'lib, pedagog ulami mukammal o’zlashtira olishi kerak. Oldindan ko’ra bilish metodlari sirasiga modellashtirish, faraz qilish, sintezlash, dalillash, fikriy tajriba va b. kiradi. Ushbu metodlar bir-birlari bilan chambarchas bog’liqdir. Oldindan ko'ra bilish qobiliyati pedagogga xos bo'lgan muhim kasbiy fazilat hisoblanib, u pedagog tomonidan pedagogik vazifalami fikran bajarishda qo'llaniladigan samarali usullarini faraz qilishida namoyon bo'ladi. Garchi erishish yo'llari murakkab bo' lsada. pedagogik faoliyat maqsadi hali amalga oshmagan faoliyatning modellashtirilgan natijasi va pedagogik jarayon miqdor va sifat o'zgarishlarining loyihasi sifatida aks etadi. Pedagogik oldindan ko'ra bilish maqsadga intiluvchanlik bilan bog’liq holda pedagogik vazifalami aniqlashtinshning va ulami pedagogik vazifalar tizimiga yo'naltirishning so'nggi natijasi hisoblanadi. Bunda pedagogik tashxisda ifoda etiluvchi ma’lumotlar, ya’ni, shaxs va jamoaning qo'shimcha imkoniyatlari va tayyorgarligi hisobga olinishi kerak. Ilmiy jihatdan asoslangan oldindan ko'ra bilish natija sifatida pedagogik vazifani, pedagog va magistr faoliyatining mazmunini, motivatsiya va qisqa muddatda hal etilishi zarur bo'lgan jihatlarm sintez qiladi. Pedagogik vazifa pedagog tomonidan, avvalo, o'zi uchun shakllantiriladi, so'ngra e’tibor magistrlaming imkoniyatlariga tayanib, pedagogik vazifaning hal etilishiga qaratiladi. Oldindan ko’ra bilish metodinine asosiv turlari Malakali pedagogning vaziyatni oldindan ko’ra bilishi va maqsadga intilishi ta’lim jarayonini pedagogik loyihalashning asosim tashkil etadi. Pedagogik loyihalashda vazifaning yaxlit holda mazmunan, tashkiliymetodik, moddiy-texnik, ijtimoiy-psixologik (kommunikativ, hissiy va h.o.) jihatdan hal etilishini ta’minlash talab etiladi. Pedagogik jarayonni loyihalashda pedagog duch keladigan eng muhim muammo - pedagogik faoliyat mazmunini loyihalash sanaladi. O'quv dasturi yoki magistr shaxsi ta’lim mazmunini loyihalashning asosi bo'lib, bu vaziyatda pedagog pedagogik faoliyat, maqsad va sharoitlarga muvofiq holda magistrlarga nimani taqdim etish xususida mustaqil qaror qabul qiladi.
Qaror qabul qilishda quyidagilami hisobga olish lozim:

  1. tarbiyalanuvchilar tavsiya etilayotgan ma’lumotdan nimani va qanday hajmda o'zlashtirishlari zarurligi;

  2. tarbiyalanuvchilarning dastlabki tayyorgarlik darajasi, ulaming o'quv ma’lumotlarini qabul qilish imkoniyatlari;

  3. pedagogning shaxsiy, ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasi.

  4. Bu muammoni hal etishda “didaktik material” va “o'quv materiali” tushunchalari mohiyatini farqlay olish zarur. G.A.Ball nuqtai nazariga ko ra, didaktik material shunday ob’ektlai tizimidan iboratki, ulaming har biri ijtimoiy bilim va tajribadan kelib chiqqan holda moddiy yoki moddiylashgan model tarzida qo'llaniladi O'quv materiali materiallar tizimidan iborat bo'lib, u didaktik materialning moddiy yoxud moddiylashgan modellarida aks etadi va o’quv faoliyatida ishlatish uchun moljallanadi. Modomiki, o'quv faoliyati o’quv vazifalarini hal etish jarayoni sifatida qaralar ekan, tabiiyki, o’quv vazifasi o’quv materialining ma’lum qismlariga muvofiq tuzib chiqiladi. Shu bilan birga o’quv materialini pedagogik jihatdan maqsadga erishishga yo’naltirilgan tizim sifatida e’tirof etish mumkin. Demak, pedagog faoliyatida o’quv vazifalari tizimi o'quv materialini loyihalash va didaktik materialni shakllantirish sifatida aks etadi. Tajribalar tahlilining ko'rsatishicha, pedagogik jarayonni loyihalash murakkab jarayondir. Murakkablik pedagogik jarayonni loyihalashda asosan ikki omil: cheklov va ko’rsatmalami hisobga olish lozimligida ko’rinadi. Ta’lim mazmuni ilmiylik va amaliy ahamiyat talablarini to’ldirishi, o ’quv jarayoniga ajratilgan vaqtga muvofiq tashkil etilishi, shuningdek. ta'lim mazmuni va uning magistrlar tomonidan qabul qilinish darajasining o'zaro mosligi inobatga olinadi. Shu bois, vaziyatning murakkabligi, o’quv fani asoslarini o'zlashtirishdagi qiyinchiliklarni bartaraf etish yo'llari avvaldan aniqlab olinishi shart. Odatda ijobiy yakuniy natijalarga erishishga intilgan jredagog o’quv dastunda belgilangan mazmun bo'yicha ish ko'radi. Shu asosida o zining shaxsiy faoliyat dasturini yaratadi. Pedagogning shaxsiy faoliyat dasturida talabalar tomonidan chuqur o'zlashtirilishi zaru r bo'lgan bilimlar, o'quv kursining asosiy tayanch tushunchalari, o'quv axborotlarni o'zlashtirish psixologiyasi hisobga olinishi lozim.

Demak, pedagog loyihalash texnologiyasini qo'llashda ehtiyojlari, ta’lim jarayonining ma’lum bosqichida darsga tayyorlash imkoniyati, o'z-o’zini rivojlantirish qobiliyatlarini o'stirishni asosiy masalalar sifatida tan olsagina muvaffaqiyat qozonadi. Texnologik pasport va texnologik xarita. Pedagogik texnologiyalar asosida ta’lim va tarbiya jarayonini samarali loyihalashtirish, tashkil etishda o’quv mashg’uloti yoki muayyan mavzudagi ma’naviy-ma’rifiy tadbiming texnologik pasportini ishlab chiqish ham muhim ahamiyatga ega. Texnologik pasport (pedagogikada) - ta’lim yoki ma’naviy ma’rifiy tadbiming asosiy ko'rsatkichlari va ularning texnologik tavsifini yorituvchi hujjatdir. Pedagog o'quv mashg’uloti yoki tarbiyaviy tadbirning texnologik pasportini ishlab chiqishda barcha elementlami inobatga ola bilishi zarur. Zero, texnologik pasport bir qarashdayoq o'quv mashg’uloti (dars) yoki tarbiyaviy tadbirning umumiy holati, yaxlit tuzilmasi to’g’risida batafsil ma’lumotlami berishga xizmat qiladi. Texnologik pasportni ishlab chiqishda o’quv mashg’uloti (dars) yoki tarbiyaviy tadbir mohiyatini yorituvchi barcha elementlar bevosita tanlangan (yoki o’rganilishi rejalashtirilgan) mavzudan kelib chiqqan holda belgilanadi. Binobarin, dars yoki tarbiyaviy tadbir mavzusi pedagogik jarayonni muvaffaqiyatli, samarali tashkil etishga yordam beradigan shakl, metod va vositalami tanlash imkonini yaratadi.

Oliy ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan o'quv mashg’ulotining texnologik pasportida quyidagi ma’lumotlar o'z aksini topadi:


1) mashg’ulot mavzusi;
2) mashg’ulotga ajratilgan vaqt;
3) tarbiyalanuvchilar soni;
4) o’quv mashg’ulotining shakli va turi;
5) o’quv mashg'ulotining tuzilishi;
6) o’quv mashg’ulotmng maqsadi;
7) pedagogik vazifalar;
8) o’quv faoliyati natijalari;
9) ta’lim metodlari;
10) didaktik vositalar;
11) ta’limni tashkil etish sharoiti;
12) nazorat shakli

Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə