Eshmurodov sirojiddinning mikroiqtisodiyot fanidan tayyorlagan mustaqil ishi



Yüklə 113,97 Kb.
səhifə1/5
tarix28.11.2023
ölçüsü113,97 Kb.
#133686
  1   2   3   4   5
Eshmurodov sirojiddinning mikroiqtisodiyot fanidan tayyorlagan m





DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI
TADBIRKORLIK VA BOSHQARUV FAKULTETI
BIZNESNI BOSHQARISH YO`NALISHI 3BB-22 GURUHI TALABASI
ESHMURODOV SIROJIDDINNING
MIKROIQTISODIYOT FANIDAN TAYYORLAGAN


MUSTAQIL ISHI


Tayyorlovchi: S.Eshmurodov
Qabul qiluvchi: F.Yo’ldoshov


Denov-2023






Reja



  1. Iste’molchi tanlovi va naftlilik tushunchasi .

  2. Iste′molchi talabining alohida xususiyatlar.

  3. Iste′molchining afzal ko`rishi qoidalari.

  4. Byudjet cheklanganligi va iste′molchining muvozanatlilik

  5. sharti.



Iste′molchi tanlovi va naflilik tushunchasi
Bozor talabining shakllanishi asosida shaxsiy (individual) talab yotadi, ya′ni alohida iste′molchining talabi, har bir shaxs o`zining fiziologik ehtiyojlarini qondirish uchun qandaydir mahsulotdan, qanchadir sotib olishi kerak, sotib olish uchun ma′lum miqdorda mablag`i bo`lishi kerak. Iste′molchining mablag`i cheklangan. Iste′molchi har doim tanlov oldida turadi va tanlov chog`ida quyidagi uchta savolga javob izlaydi:
1. Nimani xarid qilish?
2. Xarid qilinadigan ne′matning narxi qancha?
3. Ne′matni harid qilish uchun mablag` yetarlimi?
Birinchi savolga javob berish uchun ne′matning iste′molchi uchun naflilik darajasini aniqlash, ikkinchi savolga javob berish uchun - ne′matning narxini va uchinchi savolga javob berish uchun iste′molchining daromadini o`rganish lozim bo`ladi. Mana shu uchta element - naflilik, narx va daromad - iste′molchi tanlovining asosini tashkil etadi.
1-rasm. Iste′molchi tanlovning asosiy elementlari.
Iste′mol nazariyasi ma′lum bir aksiomalarga asoslanadi va ular 2-rasmda keltirilgan. Iste′molchi qaror qabul qilishda, mavjud imkoniyat doirasida maksimal darajada o`z ehtiyojini qondirishga, turmush farovonligi darajasini oshirishga harakat qiladi. Ushbu ehtiyojni qondirish darajasi naflilik (utility) deyiladi.
2-rasm. Iste′molchi tanlovning asosiy postulatlari.
Ne′matning nafliligi - ne′matning insonning bir yoki bir nechta ehtiyojini qondira olish xususiyatidir. Iste′mol nazariyasida ne′mat - bu iste′molchining ehtiyojini qondira oladigan har qanday iste′mol ob′ektidir.
Ko`p hollarda ne′matlar yakka tartibda emas, balki majmua tartibda yoki ―iste′mol savati‖ bilan iste′mol qilinadi.
Iste′mol nazariyasida: iste′molchilar ma′lum didga, xohishga ega va ular bu xohish va didlarini qanoatlantirishda byudjetlari (daromadlari) bilan chegaralangan; ular ne′matlar majmualaridan, maksimal naf keltiradigan majmuani tanlashga harakat qiladi; iste′molchilar tomonidan sotib olinadigan ne′mat narxi uning miqdoridan bog`liq emas; iste′molchilar ne′matlar nafligini to`liq biladi va maksimal naf beruvchi ne′matlar majmuasini tanlaydi, deb faraz qilinadi.
Naflilik funksiyasi. Avstriya iqtisodchilar maktabi namoyondalari K.Menger, E.Bem-Baverk, F.Vizerlar birinchilar qatorida talab bilan narx, tovar zaxirasi va uning miqdori o`rtasidagi bog`liqlikni aniqlashga o`ringanlar. Aniqlanishicha, cheklangan resurslar sharoitida ularning hajmi narxiga ta′sir qiluvchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Ular ketma-ket iste′mol qilinadigan biror ne′matdan olinadigan nafning iste′molchi uchun kamayish xususiyati mavjudligi to`g`risidagi qonuniyatni aniqlashgan. Masalan, chanqagan inson bir stakan mineral suvni zo`r qoniqish bilan ichadi, ikkinchi stakan suv birinchi stakan suvga nisbatan kamroq, uchinchisi esa - ikkinchisiga nisbatan kamroq naf beradi. Bu holat toki oxirgi stakan suv beradigan naf nolga teng bo`lguncha davom etadi. Bunda umumiy naf (total utility) ortib boradi, lekin har bir keyingi stakan suvdan olinadigan qo`shimcha, ya′ni chekli naf (marjinal utility) kamayib boradi.
Iste′molchi harakatini aniqroq tahlil qilish uchun naflilik funksiyasidan foydalanamiz. Naflilik funksiyasi - iste′molchining iste′mol qiladigan ne′matlar hajmi bilan, uning ushbu ne′matlarni iste′mol qilish natijasida oladigan naflilik darajasini ifodalaydi: TU=ƒ(x₁,x₂,…,xn), bu yerda TU- umumiy naflilik darajasi; x1, x2,…xn – 1, 2, …, n - ne′matlar hajmi.
Naflilik nazariyasi ilgari surilgan davrda ko`pchilik iqtisodchilar ne′matlar narxini shakllanishi asosida ularning nafliligi yotadi degan fikrda bo`lishgan. Unga ko`ra ne′matning iste′molchi uchun nafliligi qancha yuqori bo`lsa, narxi shuncha qimmat va aksincha nafliligi qancha past bo`lsa, narxi ham shuncha arzon bo`ladi. Ammo naflilik nazariyasi tanqidchilari XVIII asrdayoq bu g`oyaga qarshi ―”suv va olmos paradoksi”ni ilgari surishgan. Unga ko`ra, barcha uchun hayoriy zaruriyat sanalgan suv - eng maksimal, hayot kechirish uchun unchalik zarur bo`lmagan olmos esa – minimal naflilikka ega. Shunga mos suvning narxi maksimal darajada qimmat va aksincha olmosning narxi minimal darajada arzon bo`lishi kerak. Ammo amaliyotda buning aksini ko`rish mumkin. Bundan kelib chiqadiki, ne′matlar narxi bilan naflilik o`rtasida bog`liqlik mavjud emas. Bu savolga to`g`ri javob keyinchalik naflilikning ikki darajasi, ya’ni umumiy va chekli naflilik farqlangan hamda narx bilan ne′matning zaxirasi o`rtasidagi bog`liqlik aniqlangandan so`ng topildi.
Hamma gap shundaki, suv zaxiralari tabiatda mo`l, olmos esa juda kam uchraydigan noyob va taqchil resurs sanaladi. Shunga mos suvning narxi arzon, olmosniki esa esa qimmat. Buni quyidagi rasmdan ham ko`rish mumkin.

3-rasm. Suv va olmos paradoksi


Nе'matlarning narxi ularning tabiatdagi yoki istе'molchi ixtiyoridagi zaxirasiga bog`liq. Nе'matlarning zaxirasi qancha ko`p bo`lsa, qo`shimcha birlik ne′mat qimmati shuncha past bo`ladi va ularning narxi shuncha arzon bo`ladi. Aksincha, ularning zaxirasi qancha kam bo`lsa, qo`shimcha birlik ne′mat qimmati shuncha yuqori va narxi shuncha qimmat bo`ladi. Demak, ne′matning narxi uning umumiy nafliligi bilan emas, balki chekli nafliligi bilan belgilanadi. Shunday ekan, nе'matlar narxi ularning chеkli nafliligiga to`g`ri, zaxirasiga esa tеskari proporsional bo`ladi.
Umumiy naflilik - biror ne′matdan ketma-ketlikda iste′mol qilib borilganda ulardan olingan jami naflilik yig`indisini ifodalaydi va u o`sib borish xususiyatiga ega. Shu bilan birga iste′mol to`yingan sharoitda umumiy naflilik o`zining maksimal qiymatiga erishadi.
Chekli naflilik ne′matdan qo`shimcha bir birlik iste′mol qilish natijasida olinadigan qo`shimcha naf miqdorini ifodaladi. Chekli naflilik - bu naflilik funksiyasidan biror ne′mat o`zgaruvchisi bo`yicha olingan xususiy hosilaga teng: MUi =
Bu yerda: MUi - i -ne′mat bo`yicha chekli naflilik darajasi; ΔTU – umumiy naflilik darajasining o`sgan qismi; ΔXi - i -ne′matni iste′mol qilish miqdorining o`sgan qismi.
Umumiy va chekli naflilikning o`zgarishi 4-rasmda keltirilgan.

4-rasm. Umumiy naflilik va chekli naflilikning o`zgarishi


4-rasmdan ko`rinib turibdiki, iste′mol qilinadigan ne′mat miqdorining (Q) oshib borishi bilan umumiy naflilik (TU) ham oshib boradi (a-rasm). Bunda chekli naflilk (MU) kamayib boradi (b-rasm). Umumiy naflilik Q* nuqtada maksimal darajaga erishganda, chekli naflilik (MU) nolga teng bo`ladi.
Odatda, biror ne′matni iste′mol qilish oshganda (boshqa ne′matlar iste′moli hajmi o`zgarmaganda), umumiy naflilik darajasi oshadi. Demak chekli naflilik musbat MU>0 . Shu bilan birga, biror ne′matdan qo`shimcha bir birlik iste′mol qilganda (boshqa ne′matlar iste′moli hajmi o`zgarmaganda), qo`shimcha iste′mol qilingan birlik oldingisiga nisbatan kamroq naf beradi va uning bu xususiyatiga chekli naflilikning kamayish qonuni deyiladi. Matematik tilda bu naflilik funksiyasining ikkinchi tartibli hosilasi noldan kichik degani: (MU)' =
Talabni aniqlashning asosida chekli nafligining kamayish qonuni yotadi. Shu sababli ishlab chiqaruvchilar mahsulot sotish hajmini ko`paytirishlari uchun qo`shimcha sotiladigan mahsulotlar narxiga chegirma berishlari kerak bo`ladi.


Yüklə 113,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə