Fiskal institut biznesni soliqqa tortish fanidan mustaqil ish



Yüklə 53,26 Kb.
səhifə1/6
tarix11.12.2023
ölçüsü53,26 Kb.
#145095
  1   2   3   4   5   6
Biznesni soliqqa tortishda xalqaro munosabat


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
DAVLAT SOLIQ QO’MITASI
FISKAL INSTITUT


BIZNESNI SOLIQQA TORTISH FANIDAN

MUSTAQIL ISH

MAVZU: BIZNESNI SOLIQQA TORTISHDA XALQARO SOLIQQA TORTISH MUNOSABATLARI

Bajardi:


Qabul qildi:

Toshkent - 2023

BIZNESNI SOLIQQA TORTISHDA XALQARO SOLIQQA TORTISH MUNOSABATLARI


REJA



  1. Biznesni soliqqa tortishning asosiy iqtisodiy negizlari.




  1. Biznesni soliqqa tortishning zarurati va ahamiyati.




  1. Biznesni soliqqa tortish bo’yicha xalqaro soliqqa tortish munosabatlari.



  1. Biznesni soliqqa tortishning asosiy iqtisodiy negizlari



Zamonaviy iqtisodiyot rivojiga, xususan, tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatiga ta'sir ko'rsatadigan asosiy omillardan biri bu davlatning amaldagi soliq siyosati hisoblanadi. Soliq siyosatini manipulyatsiya qilib, davlat tadbirkorlik sub'ektlari faoliyati iqtisodiy rivojlanishini rag'batlantiradi va yoki uni cheklab qo'yadi. Tadbirkorlik tashabbuslarini qo'llab-quvvatlashning faol siyosati olib borilayotgan, tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlashning samarali mexanizmlari yaratilgan va qo'llanilayotgan mamlakatlarda biznes rivojlanib bormoqda. O'zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning markaziy bo'g'inida soliq sohasidagi islohotlar turibdi. Mamlakatimizda “Soliq yukini kamaytirish, biznes yuritish uchun yanada qulay sharoitlar yaratish “yashirin” iqtisodiyotga barham berishning yagona yo'lidir. Shuning uchun bu borada ta'sirchan choralarni nazarda tutadigan alohida dastur ishlab chiqish”[1]ga e'tibor qaratildi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan erishilgan natijalarni tahlil qilish bilan birgalikda ushbu yo'nalishda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar ham ancha samarali bo'ldi. O'zbekiston milliy iqtisodiyotida ham tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini rivojlanishi uchun xorijiy tajribani bilish evaziga xatolarni takrorlamaslik, dunyo mamlakatlarida asrlar davomida to'plangan tajribadan samarali foydalanish va zamonaviy bozor o'zgarishlari jarayonini tezlashtirish lozim bo'ladi. Zamonaviy iqtisodiy taraqqiyot paradigmasida iqtisodiyotni fiskal` siyosat instrumentlari vositasida tartibga solish va uning samaradorligiga oid turli nazariy qarashlar mavjuddir. Xususan, J.Keyns fiskal siyosat instrumentlari (soliqlar, davlat xarajatlari, ijtimoiy transfertlar, davlat qarz instrumentlari) orqali yalpi talabni samarali rag'batlantirish imkoniyatlariga ega bo'linishini e'tirof etadi[2]. Shuningdek, fiskal` siyosat instrumentlarini pulga nisbatan transaktsion talab, foiz stavkalari va investitsiyalarni siqib chiqarish samarasiga past ta'siri sharoitida yalpi ishlab chiqarishni rivojlantirishda multiplikativ samaraga egaligiga oid ilmiy qarashlarini tizimlashtirgan. O‘zbekistonning o‘rta muddatli rivojlanish bosqichida iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish yo‘nalishida “soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish, soliq ma'niuriyatchiligini takomillashtirish va tegishli rag‘batlantiruvchi choralarini kengaytirish” vazifasi belgilab berilgan. Soliqlar fiskal siyosatning bir qismi sifatida namoyon bo‘lishini K.Makkonell va S.Bryular ham o‘zlarining ishlarida ko‘rsatib o‘tganlar. Shu bilan birga, ular iqtisodiyotda barqarorlikni ta’minlashda hal etiladigan vazifalardan kelib chiqib, fiskal siyosatni to‘sqinlik qiluvchi yoki rag'batlantiruvchi siyosatlar ekanligini isbotlashga harakat qilganlar. Ular o‘zlarining “Ekonomiks” asarida “Fiskal siyosatning asosiy maqsadi, ishsizlik va inflyatsiyani tugatishdan iboratdir. Inqiroz davrida fiskal siyosatning rag‘batlantiruvchilik ro’li to‘g‘risidagi masala paydo bo‘ldi va u quyidagilami o‘z ichiga oladi: davlat xarajatlarini ko'payishi yoki soliqlaming kamayishi yoxud ikkalasini ham birga qo‘shib olib borish. Aksincha, agarda iqtisodiyotda ortiqcha talab tufayli inflyatsiya sodir bo‘lsa, bunga to‘sqinlik qiluvchi fiskal siyosat mos keladi. To‘sqinlik qiluvchi fiskal siyosat o‘z ichiga quyidagilami oladi: davlat xarajatlarining kamayishi yoki soliqlarning kamayishi, yoxud ikkalasining qo‘shib olib borilishi” 12. Bunda iqtisodiy rivojlanish maqsadlarining tez o‘zgaruvchanligi va shunga mos ravishda soliq siyosatining yo‘na- lishlarini o‘zgartirilishi to‘g‘risidagi xulosalami uchratish mumkin. oliq tizimining eng muhim vazifasi ishlab chiqarishni rivojlantirish, tabiiy va moliyaviy resurslardan, mol-mulklardan samarali foydalanishga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatishdir. Ammo soliqlaming mohiyati va funksiyalari to‘g‘risida yagona fikr yo‘qligi bu borada ilmiy izlanishlami olib borishni zarur qilib qo‘ymoqda. Professor Q.Yahyoyev o‘zining “Soliqqa tortish nazariyasi va amaliyoti” darsligida soliq funksiyalari to‘g‘risida fikr yuritib, “soliqlaming funksiyalari ulaming mohiyatini, amaliyotda harakat qilayotganligini korsatadi. Shunday ekan, funksiya doimo yashab, soliq mohiyatini ko'rsatib turishi zarur” deydi. Bizning fikrimizcha, funksiya soliq mohiyatini o‘zida aks ettirishi lozim. Chunki, bugun paydo bo‘lib, ertaga yo‘q bo‘lib ketadigan funksiyalar soliq mohiyatini o‘zida to'liq aks ettirmaydi. Zero, soiiq funksiyalari doimiy, qat’iy takrorlanib turadigan bo‘lishi Iozim. Demak, shunday uslubiy yondashuvdan kelib chiqib, soliqlar funksiyasini aniqlash kerak. Bizning fikrimizcha, xorijlik va mahalliy iqtisodchi olimlar tomonidan soliqlarga berilgan ta'rifkimi hamda o‘rganilganlik darajasini keltirish o‘rinli.
Xorijlik iqtisodchi olim, professor D.G.Chemikning fikricha, “Soliqlar davlat tomonidan xo‘jalik subyektlari va fuqarolardan qonuniy tartibda o‘matilgan stavkalarda undirib olinadigan majburiy yig'imlami o‘zida aks ettiradi”.
Keltirilgan ta'rif to‘g‘ri va hamma uchun tushunarli, albatta. Ammo bizningcha, bu ta'rif soliqlaming tashkiliy-huquqiy tomonlarini to‘liq o‘zida aks ettirmaydi. Yana bir tomoni, soliqlar nima maqsadda undirib olinadi, degan savolga ham to‘liq javob bera olmaydi.
Sh. Gataulinning “Soliqlar va soliqqa tortish” nomli kitobida soliqlaming eng sodda ta’rifini quyidagicha beradi: “Soliqlar bu davlat sarf-xarajatlarining asosiy manbai bo‘lib, iqtisodiyotni tartibga soluvchi va daromadlami barqarorlashtiruvchi vositadir” Ushbu ta'rifda soliqlarni nima maqsadda yig‘ib olinishi va davlatning undan nima maqsadda foydalanishi ko‘rsatilgan, ammo soliqlaming huquqiy va majburiylik tomoni bunda ham aks ettirilmagan. Mamlakatdagi ba’zi bir iqtisodchilar soliqlami milliy daromadni taqsimlash vositasi sifatida jfodalashga harakat qilganlar: “Soliqlar-milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayoriida uning bir qismini davlat ixtiyoriga olish shaklidir”. Professor O. Olimjonovning fikriga ko‘ra: “Soliqlar davlat va jamiyatning pul mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida qonun tomonidan belgilab qo‘yilgan hajmda va o'matilgan muddatda jismoniy va huquqiy shaxslardan davlat ixtiyoriga majburiy ravishda undirib olinadigan to‘lovlardir”17. Fikrimizcha, soliqlarga berilgan mana shu ta’rif ulaming mohiyatini kengroq ochib beradi.
Iqtisodchi olim T.S.Malikov “Budjet-soliq siyosati” nomli monografiyasida “... zamonaviy soliq siyosatini ishlab chiqish va uni hayotga tadbiq etishning fundamental asoslari, soliq yukini yengillashtirish - soliq siyosatining eng dolzarb muammosi, soliq imtiyozlarini oqilona taqdim etish - soliq siyosati samaradorligini ta'minlashning garovi ekanligi, budjet-soliq siyosatining zamonaviy dolzarb muammolari, ularga nisbatan bildirilayotgan e’tirozlar, muammolami hal qilish yo‘llari, O‘zbekistonda budjet-soliq siyosatini takomillashtirishning fundamental asoslari (ustuvor yo‘nalishlari) to‘g‘risida aniq tasavurga va mustahkam pozitsiyaga ega bo'lmoqlari lozim” deb fikr bildirganlar. Iqtisodchi olimlar A.Ishmuhammedoya, L.Kalanova va M,Rahimovalar o‘zlarining “Bozor munosabatlari sharoitida milliy iqtisodiyotning rivojlanishi” kitobida soliqlar uchta vazifani: a) soliq to'lovchilar bilan davlat o'rtasida daromadlami taqsimlash; b) iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi faoliyatni cheklab qo‘yish; v) aholining muayyan tabaqalariga ijtimoiy imtiyozlar berish - vazifasini bajaradi mazmunidagi fikrni qayd etishgan. Yuqorida nomlari qayd etilgan olim va mutaxassislaming qarashlarini tahlil qilib, soliqlarga shunday ta’rif berishni maqsadga muvofiq deb topdik: “Soliqlar rasmiy faoliyat bilan shug'ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslardan belgilab qo'yilgan me’yor doirasida qonun yo‘li bilan undirilib, davlat budjetiga yo‘naltiriladigan majburiy pul to‘lovi hisoblanadi”. Haqiqatan, budjetga mol-mulk yoki ma'lum bir qiymatdagi buyumlar emas, faqatgina pul to'lovlari undirilishi qonunchilikda o‘z aksini topgan. Yirik biznes subektlariga to’xtalsak, bozorda tadbirkorlikning turli xil shakllari mavjud. Ulardan ba'zilari katta hajm bilan ajralib turadi, boshqalari oz sonli mijozlarga xizmat qiladi.
Va eng muhimi, ba'zi savdo turlari ma'lum darajada rivojlanishni oʻz zimmasiga oladi.
Yirik korxonani faqat mamlakatning bir necha mintaqalarini qamrab olgan yoki xalqaro darajaga koʻtarilgan kompaniya deb atash mumkin.
Yirik kompaniyalarga oʻz sanoatidagi barcha tovarlar yoki xizmatlarning katta qismini ishlab chiqaradigan korxonalar kiradi.
Yirik korxonalarning belgilari haqida so’z yuritilganda, hodimlar soni, sotuvlar soni va yillik tovar aylanmasi hajmi jihatidan kichik va o’rta biznes korxonalaridan ancha yuqoriligi bilan ajralib turadi.
Yirik biznesda foyda oʻsishi korxonaning doimiy kengayishini talab qiladi:
*ishlab chiqarish maydonini koʻpaytirish;
*yangi uskunalar sotib olish;
*xodimlarni yollash.
Bunday kompaniyalarning rivojlanishi davlat subsidiyalari va moʻl-koʻl investisiyalar bilan birga keladi.
Yirik biznes vakillarini quyidagi chizma misolida shartli ravishda 3 ga bo’lib o’rganishimiz mumkin.


Yüklə 53,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə