Fizikaviy kimyo fanidan tashish sonlarini aniqlash mavzusida yozgan



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/15
tarix19.12.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#151504
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Odilova Ozoda Fizikaviy kimyo kurs ishiiIiii



OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BERDAQ NOMIDAGI 
QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI KIMYO TEXNOLOGIYA 
FAKULTETI 2-E KIMYO GURUH TALABASI ODILOVA OZODANING 
FIZIKAVIY KIMYO FANIDAN TASHISH SONLARINI ANIQLASH 
MAVZUSIDA YOZGAN 
KURS ISHI
 
 
 
 
BAJARDI: ODILOVA O.
ILMIY RAHBAR: SIDRASULIEVA G. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
NUKUS_2023



MUNDARIJA
KIRISH ...................................................................................................................... 3
 
1.1. Fizikaviy kimyoning paydo bo’lishi .................................................................. 7
 
1.2. Fizikaviy kimyoning rivojlanishi ....................................................................... 7
 
II. BOB. TASHISH SONINI ANIQLASH ............................................................... 8
 
2.1. Elektroliz. Faradey qonunlari ............................................................................. 8
 
2.2. Ionlarning harakatlanish tezligi va uni aniqlash usuli ...................................... 13
 
2.3. Eritmalarning elektr o‘tkazuvchanligi ............................................................. 14
 
2.4. Tashish sonini aniqlash .................................................................................... 16
 
2.5. Ionlarning harakatchanligi va tashish sonini aniqlash ..................................... 21
 
2.6. Qutblanish ........................................................................................................ 22
 
III. BOB. TAHLIL NATIJALARI .......................................................................... 25
 
3.1. Lobarotoriya ishi. Suyultirilgan sulfat kislota eritmasidagi vodorod ionlarining 
tashish sonini aniqlash ............................................................................................. 25
 
IV. XULOSA .......................................................................................................... 28
 
V. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ........................................................... 30
 



KIRISH 
Bugungi rivojlanayotgan kunga kelib jamiyatimiz taraqqiyoti bevosita o’sha 
jamiyatni axborotlashtirish bilan ham bog’liq bo’lib har bir davlat o’z axborotlash 
strategiyasini ishlab chiqish va uni amaliyotga qo’llashga katta ahamiyat bermog’i 
lozim. Davlat Ta’lim Standartlarini ta’lim tarbiya jarayonlariga tezkor joriy qilish 
mexanizmlar, o’quv dasturlar, darsliklar hamda o’quv meodik qo’llanmalar vositasi 
amalga oshirildi. Mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan soha mutaxassislarini 
fikricha “Pedagogik texnologiya” bu o‘quvchilarni o‘qitish, o‘rgatish va ularni har 
tomonlama rivojlantirish qonun-qoidalarini o’z ichiga olgan pedagogik tadbirlar 
tizimidan iborat. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, ta’limni 
texnologiyalashtirishni asosini, ta’lim oluvchilarni, uning samaradorligini oshirish 
hamda ta’lim oluvchilarni berilgan sharoitlarda hamda ajratilgan vaqt ichida 
loyixalashtirilayotgan o‘quv natijalariga erishishlarini kafolatlash maqsadida to‘liq 
boshqarish g‘oyasini tashkil etishdir. Ta’lim amaliyotida “Pedagogik texnologiya” 
3 ta ko‘rinishdagi tayanch mazmunidan iborat: 
1. Umumiy pedagogik mazmun. Bu ko‘rinish ta’lim muassasalaridagi ta’lim-tarbiya 
mezoni bilan chambarchas bog‘liq; 
2. Xususiy uslubiy mazmun. Bu o‘quvchi tomonidan aniq bir mavzu uchun tanlab 
olingan usul hamda didaktik vositalar majmuasidan iborat bo‘lib, bu orqali ta’lim 
bosqichlari tizimga solinadi; 
3. Modulli texnologik mazmun. Berilgan ta’lim mazmuni qismlarini alohida-alohida 
texnologiyalashtiriladi hamda qo‘yilgan maqsadga erishiladi. 
O‘qituvchining darsda pedagogik texnologiyani joriy qilishdagi bosqichlari 
quyidagicha: 
- ta’lim oluvchilarga bo‘lajak faoliyatning maqsadlarini qo‘yish va tushuntirish; 
- o‘qitishning tanlangan usullari, vositalari va shakllarini qo‘llash; 
- ta’lim oluvchilar faoliyatini rag‘batlantirishning turli choralarini ko‘rish; 
- o‘qitish jarayonlarining sifatini nazorat qilish va baholash, ularni tahlil qilish va 
korreksiya qilish (korreksiya-anamal bolalarning psixik va jismoniy taraqqiyotidagi 



kamchiliklarini pedagogik usul va chora – tadbirlar bilan qisman yoki butunlay 
yo‘qotish). 
O‘qitish texnologiyasini joriy qilish hamda amalga oshirish jarayonida
pedagogik tizimning barcha komponentlarini ularning bir-biri bilan o‘zaro 
bog‘liqligi hamda o‘zaro belgilanganligi albatta mavjudligi, o‘quv jarayonidagi 
qatnashchilarining psixologik shaxsiy va individual xususiyatlarini albatta hisobga 
olish kerak [1]. 
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 
2020-yil 16-oktyabr kuni kimyo sanoatini jadal rivojlantirish, tarmoqqa xorijiy 
investitsiya va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish masalalari bo`yicha yig`ilish 
o`tkazdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lumki, kimyo sohasi zamonaviy sanoatning “katalizatori” bo`lib, har 
qanday ishlab chiqarish negizida kimyovoy jarayonlar yotadi, bu sohasiz 
iqtisodiyotda taraqqiyot bo`lmaydi. Yig`ilishda tarmoqdagi kamchiliklarni bartaraf 
etish va kimyo sanoatini yanada rivojlantirish yuzasidan amalga oshiriladigan chora-
tadbirlar muhokama qilindi. 
Kimyo sanoatida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun 
tizimning moliyaviy barqarorligini ta`minlash lozim. Shu boisda ham yig`ilishda 
“O`zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatining moliyaviy ahvolini yanada yaxshilash 
yuzasidan ko`rsatmalar berildi. Shu bilan birga sohaga inovatsiyalar umuman joriy 
qilinmagan, ilm-fan salohiyatidan samarali foydalanilmayotganligi tanqid qilindi. 
Shuning uchun Koreya-kimyo texnalogiyalari ilmiy-tadqiqot institute (KRICT) 
bilan hamkorlikda Toshkent kimyo texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti negizida 
ilmiy-tadqiqot, loyihalash va muhandislik, kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan 
markaz barpo etishni tezlashtirishni zarurligini ta`kidladi.
Kimyo fani, ayniqsa uning muhim tarmog’i hisoblanuvchi fizikaviy kimyo 
xalq xo’jaligining hamma соќаларида, ayniqsa qishloq xo’jaligida mo’l va sifatli 
mahsulotlarini yetkazishda muhim o’rin egallaydi.
Oziq – ovqat mahsulotlari texnologiyasida fizikaviy kimyo fani muhim 
ahamiyat kasb etadi, chunki deyarli hamma texnologik jarayonlar fizikaviy kimyo 



fani bilan chambarschas bog’liqdir. Kimyoviy ishlab chiqirish mutaxassislari, 
qishloq xo’jaligining malakali mutaxassislari va oziq – ovqat mahsulotlarini 
kimyoviy qayta ishlovchi mutaxassislari umumiy va noorganik kimyo, organik 
kimyo, agrokimyo hamda biokimyo bilan bir qatorda fizikaviy kimyoni ham chuqur 
bilishlari kerak, chunki bu fanlarni bilish kimyoviy texnologik jarayonlarda, 
o’simliklar organizmida va tuproq tarkibida sodir bo’lib turadigan turli jarayonlarni 
to’la tushunushga, oziq – ovqat mahsulotlari texnologiyasida esa texnologik 
jarayonlarni boshqarish va mahsulot chiqish unumini oshirishga, hamda ularning 
sifatini yaxshilashga yordam beradi. 
Bulardan tashqari, keyingi yillarda yangi zamonaviy fizikaviy asbob – 
uskunalarning yaratilishi hamda ulardan kimyoviy ishlab chiqirishda, qishloq 
xo’jalik hamda oziq – ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda foydalanish 
mutaxassislarining fizikaviy kimyoni yaxshi o’rganishlarini taqoza etadi [2]. 
Tashish sonlari elektrodlar qismida eritma konsentratsiyasining o‘zgarishini 
o‘lchash yo‘li bilan aniqlanishi mumkin. 
Elektrodlar qismida eritma konsentratsiyasining o‘zgarishi faqat ionlar 
harakatidan tashqari, ionlar gidratlanganidan ion bilan birgalikda gidrat tarkibidagi 
suv ham harakat qilishi natijasida elektrolit konsentratsiyasi o‘zgaradi. 
Shularga muvofiq, tashish soni ikki xil bo‘ladi; kuzatilgan tashish soni va chin 
tashish soni.
Elektrodlar qismida eritma konsentratsiyasi o‘zgarishini o‘lchash bilan 
topilgan tashish soni kuzatilgan tashish soni deb ataladi.
Gidratlanish kabi omilar hisobga olinib, ionlar harakati tezligi turlicha 
bo‘lganligidan, o‘lchash yo‘li bilangina topilgan tashish soni chin tashish soni 
deyiladi. 

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə