G’.U.Siddiqov, F.A.Majidova
Flavonoidlarni
UB,IQ va PMR spektrockopiya
usullari
Namangan-2010
Tabiiy fanlar fakul’teti ilmiy
kengashi (_______)da
qobul
qilingan I-qaydnoma
G’.U.Siddiqov, F.A.Majidova
Flavonoidlarni
UB, IQ va PMR spektrockopiya usullari
(Amaliy mashg’ulotlar uchun slubiy ko’rsatma)
Namangan-2010
Uslubiy ko’rsatmada zomonaviy fizikaviy usullarning nazaeiyalari asosida
flavonoidlarni UB, IQ va PMR spektrockopiya usullarida tahlil qilish hamda
ularga tegishli bo’lgan masalalarni ochish tartibi yoritilgan.
Uslubiy
ko’rsatma Tabiiy fanlar fakul’tetida hamda kimyo o’qitiladigan boshqa
oliygohlarda tahsil olayotgan talabalar va ilmiy ish olib boruvchi ilmiy
o’rganuvchilar uchun mo’ljallangan.
Mas’ul muharrir: prof. SH.V.Abdullaev
Taqrizchilar: dots. M.Qodirxanov
dots. A.Jo’raev
©NamDU nashiryoti, 2010 yil
Kirish
Kimyoviy birikmalarning tuzilishi va reaktsiyaga
kirishish xossalarini
o’rganishda fizik tadqiqot usullari eng muhim ma’lumotlarni beradi. Molekulaning
tuzilishi, fazoviy holati, fizikaviy doimiyliklari va boshqa ko’rsatkichlarini
aniqlashda fizikaviy tadqiqot usullarining bir qancha turlari ishlatiladi.
Kimvviy tadqiqotlarda keng tarqalgan va amaliy jihatdan axamiyatga ega
bo’lgan usullardan optik (ul’trabinafsha, infraqizil), radiospektroskopiya (yadro
magnit
rezonansi
,
elektron paramagnit rezonansi) va mass-spektrometriya
hisoblanadi. Molekulaning tuzilishi, fazoviy holati va boshqa xususiyatlarini
o’rganishda ishlatiladigan fizikaviy tadqiqot usullarini ikki qismga bo’lish
mumkin. Birinchi qismga optik va radioskopik usullar, ikkinchi qismga esa
molekulaning geometrik tuzilishini va fazoviy holatini aniqlovchi usullar kiradi.
Ushbu o’quv qo’llanmada ul’trabinafsha
va infraqizil spektroskopiya, yadro
magnit rezonansi (PMR va
13
C turlari), elektron paramagnit rezonans, mass-
spektroskopiya usullarining nazariy asoslari va noma’lum molekulaning tuzilishini
o’rganishda ishlatilish imkoniyatlari ko’rib chiqilgan bo’lib, tuzilishni o’rganishda
amaliy yo’nalishga ega.