Guliston davlat unversteti 4- kurs 2-20 guruh talabasi



Yüklə 19,89 Kb.
tarix23.12.2023
ölçüsü19,89 Kb.
#157183
Mavzu bo\'yicha yangi malumotlar


Guliston davlat unversteti
4- kurs 2-20 guruh talabasi
Dostonova SHaxzodani
Mustaqil ish mavzusi

MAVZU: Masalani yechishda foydalanadigan innovatsion pedagogik tehnalogiyalardam namunalar


REJA:

  1. Mavzu bo’yicha yangi malumot berish

  2. Yangi darslik bo’yicha mantiqiy masalalar toppish

  3. Mavzu bo’yicha nazorat savollari

1. Matematik masalalar yechish metodikasi o'qitishning muhim tarkibiy qismidir. Masalalar yechmasdan matematikani o'zlashtirishni tasavvur ham etib bo'lmaydi. Matematikada yechishning nazariyasini amaliyotga tadbiq qilishning muhim yo'lidir. Masalalar yechishning boshlang'ich sinflarda o'rganiladigan u yoki bu nazariy materiallarni o'zlashtirish jarayonida muhim rolni va o'quvchilarni fikrlash qobilyatlarini o'stirishda muhim ro'l o'ynaydi. Masalalar amaliy ishlar sistemasi asosida tuziladi. Bu degan so'z har bir yangi tushunchani tarkib toptirish har doim bu tushuncha ahamiyatini tushuntirishga yordam beradigan uning qo'llanishini talab qiladigan u yoki bu masalani yechish bilan amalga oshadi.
Bola maktabdagi mashg'ulotlarning birinchi kunidayoq masala bilan uchrashadi. O'quvchilarning qanday xayotiy tajriba va bilimga ega ekanini aniqlash maqsadida o'qituvchi o'quvchiga eng sodda masala orqali murojaat qiladi. Masalan: "Sening to'rtta qalaming bor edi, sen yana bitta qalam olding. Sendagi qalamlar nechta bo'ldi?"
Matematik masalalar o'quvchilarga matematik tushunchalarni to'g'ri shakllantirishga, uni o'rab turgan muhitni chuqurroq anglashga, shu bilan birga masalalar yechishga bola tafakkurining rivojlanishiga yordam beradi. Eng asosiylaridan yana biri masalalar yechish orqali o'quvchi to'rtala arifmetik amal va ularning xossalarini puxta o'rganadi.Matematika tili rivojlanadi. qisqasi, masalaga bu nazariya bilan amaliyotni bog'lovchi muhim qadamdir.
Arifmetik amallarning mazmunini amallar orasidagi bog'lanishlarni amal komponentlari bilan orasidagi ochib berishda, har xil miqdorlar orasidagi bog'lanishlar bilan tanishishda mos sodda masalalardan foydalaniladi. Sodda masalalar murakkab masalalarni yechish uchun zarur bo'ladigan bilimlar malakalrini va ko'nikmalarini tarkib toptirish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Masalalar bolalarning fikrlash qobilyatlarini rivojlantirishning foydali vositasi bo'lib odatda o'z ichiga ayrim bilimlarni oladi. Bu bilimlarni qidirish masala yechuvchidan analiz va sintezga murojaat qilish faktlarni taqqoslash, umumlashtirish va hakozolarni talab qiladi. Bilishning bu usullarni o'rgatish matematika o'qitishning muhim maqsadlaridan biri hisoblanadi.
Masalalarni yechishda predmetga bo'lgan qiziqish rivojlanadi, umuman mustaqillik, erkinlik, talabchanlik, mehnatsevarlik, maqsadga intilishlik rivojlanadi. Bolalar masala tuzilishi bilan ikkinchi yoki uchinchi mashg'ulotda tanishadilar. Ular masalada shart va savol borligini bilib olishadi, masala shartida kamida ikkita son bo'lishligi alohida ta'kidlanadi. Masala ustida ishlash uning mazmunini o'zlashtirishdan boshlanadi. Masala mazmunini yaxshi tushunish uchun o'quvchilarni har biriga uning matnini eshittiribgina qolmay, balki uni mustaqil o'qib chiqishlari ham kerak.
Agar masala sharti bosh qotiradigan bo'lsa o'quvchilarga masala mazmunini mustaqil o'ylab ko'rshlari uchun bir-uch minut vaqt berish maqsadiga muvofiqdir. Boshlang'ich sinflar matematika darslarida arifmetik amallar xossalari va usullarini o'rganishda o'ziga xos bo'lgan qonunyatlarni ko'paytirish amaliga teskari amal sifatida muvofiqlikda o'rganilishini talab etsa, ikkinchi tomondan maxsus hollarni tahlil etishda amallardagi xos xususiyatlar bilan taqqoslash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa o'quvchilarni fikrlashlarini o'stirishga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
Boshlang'ich sinf matematika darslarida masalalar yechishda o'quvchilarda hisoblash malakalarini o'stirish orqali matnli masalalar yechishdagi qo'llaniladigan pedagogik texnologiyalardan foydalanish maqsadida masalalar to'plamlari, multimedia va grafik vositalarni tayyorlash yo'lga qo’yilsa boshlang'ich matematik ta'lim samaradorligini oshirishda ijobiy natijalar beradi deb hisoblaymiz.
Matematika darslarida o ‘rganiladigan ibora, amal belgilari, tushuncha va ular orasidagi qonuniyatlar o'quvchilam i atroflicha
fikrlashga o‘rgatadi.
Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitishning amaliy maqsadi
o 'z oldiga quyidagi vazifalami qo‘yadi:
a) o ‘quvchilar matematika darsida olgan bilimlarini kundalik
hayotda uchraydigan elementar masalalami yechishga tatbiq qila olishga o'rgatish, o'quvchilarda arifmetik amallar bajarish malakalarini shakllantirish va ulami mustahkamlash uchun maxsus tuzilgan amaliy masalalami hal qilishga o'rgatish;
b) matematika o‘qitishda texnik vosita va ko'rgazm ali qurollardan foydalanish malakalarini shakllantirish. Bunda asosiy e ’tibor o'quvchilam ing jadvallar va hisoblash vositalaridan foydalana olish malakalarini tarkib toptirishga qaratilgan;
d) o'quvchilarni mustaqil ravishda matematik bilimlami egallashga o'rgatish.
O 'quvchilar, imkoni boricha, mustaqil ravishda qonuniyat munosabatlarini ochishlari, kuchlari yetadigan darajada umumlashtirishlar qilishlari, shuningdek, og'zaki va yozma xulosalar qilishga o'rganishlari kerak.
O 'qitish samaradorligining zaruriy va muhim sharti o'quvchilarning o'rganilayotgan materialni o'zlashtirishlari ustidan nazoratdir. Didaktikada uni amalga oshirishning turli shakllari ishlab chiqilgan. Bu o'quvchilardan og'zaki so'rash; nazorat ishlari va mustaqil
ishlar; uy vazifalarini tekshirish, testlar, o'tkazish kabi usullardir.
Didaktikada dars turiga, o'quvchilam ing yosh xususiyatlariga va h.k.
bog'liq ravishda nazoratning u yoki bu shaklidan foydalanishning
maqsadga muvofiqligi masalalari, shuningdek, nazoratni amalga
oshirish metodikasi yetarlicha chuqur ishlab chiqilgan.
Boshlang'ich maktabda matematika o'qitish metodikasida
mustaqil va nazorat ishlari, o'quvchilardan yakka (individual) yozma
so'rov o'tkazishning samarali vositalari yaratilgan. Ba’zi didaktik
materiallar dastuming chegaralangan doiradagi masalalarining
o'zlashtirilishini reyting tizimida nazorat qilish uchun, boshqalari
boshlang'ich maktab matematika kursining barcha asosiy mavzularini nazorat qilish uchun m o'ljallangan. Ayrim didaktik materiallarda (ayniqsa, kam komplektli maktab uchun mo'ljallangan) o'qitish
xarakteridagi materiallar, boshqalarida esa nazoratni amalga oshirish
uchun materiallar ko'proqdir.
Yüklə 19,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə