Mavzu: Cho’yanning klassifikatsiyasi



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə1/3
tarix23.12.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#155955
  1   2   3
Cho\'yanning klassifikatsiyasi


Mavzu: Cho’yanning klassifikatsiyasi
Reja:

  1. Cho’yanning tarkibi

  2. Cho’yanning turlari

  3. Cho’yanni ishlatilishi


Tarkibida uglerod miqdori 2,14 dan 6,67 % gacha bo‘lgan temirning uglerod va
boshqa elementlar bilan qotishmasi cho‘yan deyiladi. Cho‘yanlar tarkibidagi
uglerodning qanday holatda ekanligiga ko‘ra oq, kulrang, juda puxta va
bolg‘alanuvchan cho‘yanlarga bo‘linadi.
Oq cho‘yanning tarkibida uglerod kimyoviy birikma sementit holatida bo‘ladi.
Sementit sinish yuzasida yaltiroq, oq rangda bo‘ladi. Shu sababli, asosini sementit
tashkil etgan cho‘yan oq cho‘yan deb yuritiladi. Kulrang, bolg‘alanuvchan va juda
puxta cho‘yanlarning tarkibida uglerodning juda ko‘p qismi erkin holatda, ya’ni
grafit tarzida bo‘ladi.


Oq cho‘yanlar tuzilishiga va tarkibidagi uglerod miqdoriga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
evtektikadan oldingi cho‘yan, tarkibida uglerod miqdori 2,14-4,3% bo‘lib,
strukturasi perlit, tsementit va ledeburitdan iborat;
 evtektik cho‘yan, tarkibida uglerod miqdori 4,3% ni tashkil etib, strukturasi
ledeburitdan iborat (6.4-rasm);
 evtektikadan keyingi cho‘yan, tarkibida uglerod miqdori 4,3-6,67% bo‘lib,
strukturasi birlamchi tsementit va ledeburitdan tashkil topadi.
Kulrang cho‘yanlar. Kulrang cho‘yanlarning qolipga quyilish xossasi yuqori
bo‘lganligi sababli ular quymakorlik cho‘yanlari deb ham yuritiladi. Metall
asosining tuzilishiga ko‘ra kulrang cho‘yanlar quyidagicha ajratiladi:
 perlitli kulrang cho‘yan;
 perlit-ferritli kulrang cho‘yan;
 ferritli kulrang cho‘yan
Perlitli CЧ21, CЧ24, CЧ25, CЧ30, CЧ35 kulrang cho‘yanlari kuchli dastgohlarning staninasi, mexanizmlari, porshen, silindr, dvigatel bloklari, metallurgiya jihozlarining detallarini ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.
Ferritli CЧ10, CЧ15, CЧ18 kulrang cho‘yanlari poydevor plitalari, qurilish
ustunlari, qishloq xo‘jalik mashinalari, dastgohlar, avtomobil va traktor detallarini
ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Markada CЧ-kulrang cho‘yan, birinchi ikkita son
cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasini bildiradi.

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə