Mavzu: O‘rta Osiyo xonliklari ma'muriy hududiy chegarasi. Tarixiy geografiyasi



Yüklə 36,3 Kb.
səhifə1/2
tarix16.06.2023
ölçüsü36,3 Kb.
#117512
  1   2
Mavzu O‘rta Osiyo xonliklari ma\'muriy hududiy chegarasi. Tarixi


Mavzu: O‘rta Osiyo xonliklari ma'muriy hududiy chegarasi. Tarixiy geografiyasi
Reja
1. O‘rta Osiyo xonliklarining geosiyosiy o‘rni va davlat boshqaruvi.
2. Davlat boshqaruvida lavozim va mansablarning o‘rni.
3. Buxoro, Xiva, Qo‘qon xonligida yer egaligi munosabatlarining
o‘ziga xos xususiyatlari.


Xonliklarning geosiyosiy ўрни va davlat boshqaruvi.

Tarixiy taraqqiyotning ma’lum davriga kelib, o‘zbek davlatchiligi tarixida tarqoqlik, bo‘linish yuzaga keldi. O‘rta Osiyo hududida davlat va jamiyat boshqaruviga da’vogar xokimiyat uch yerda Buxoro, Xiva va Qo‘qonda mujassamlashdi.
Buxoro amirligi o‘zbek xonliklari orasida o‘zining hududiy o‘rni, aholisi va tabiiy resurslari nuqtai-nazardan muhim mavqeiga ega edi. Bu davlatning hududi qariyb 200 ming kv. km. ni tashkil etdi. Buxoro amirligining joylashgan o‘rni haqida Amir Olimxon o‘zining “Buxoro xalqining hasrati tarixi” asarida shunday deydi: “Buxoro mamlakati Amudaryoning sharqiy sohillaridan, ya’ni Rusiya Pomiridan to Xivaning keng dashtlarigacha cho‘zilib boradi. Rusiya bilan Buxoro o‘rtasida bo‘lgan urushlardan oldin 1868 yili va bolsheviklar hukumati tasarrufida (1920) bo‘lgan chog‘da Buxoro shimol tarafdan Qizilqum sahrosi bilan chegaradosh. G‘arb tarafdan Sirdaryo bilan hamda Qo‘qon xonligi bilan, Janubda esa Afg‘oniston, Sharqdan turkman o‘lkasi ham Xiva dashti bilan chegaradosh”.1 Bu asarda amirlik hududini 225 000 km. kv. ekanligi ma’lum qilinadi. Buxoro va Samarqand amirlikning asosiy markaziy shaharlaridir. Qashqadaryo va Surxondaryo vohalari, hozirgi Tojikiston hududidagi Vaxsh, Kofrinixon, Panj daryolari vodiysida joylashgan shahar va qishloqlar, shuningdek Murg‘ob daryo vohalaridagi yerlar ham Buxoro amirligi tarkibiga kirgan. Poytaxti sharqning eng go‘zal shaharlaridan biri hisoblanmish Buxoro edi. Samarqand, Qarshi, G‘uzor, Shahrisabz, Kitob, Termiz, SHerobod, Dushanbe, Hisor, Ko‘lob shaharlar asosiy savdo va hunarmandchilik markazi bo‘lib hisoblangan. Aholisining asosiy qismini o‘zbek, turkman, qirg‘iz, qozoq, tojik, yahudiy va arablar tashkil etgan. Amirlikda 2 million atrofida aholi istiqomat qilgan. Sersuv vohalar ko‘p bo‘lganligi tufayli aholining ko‘p qismi dehqonchilik qilish uchun qulay bo‘lgan hududlarda yashagan. Zarafshon vohasida 300-350 ming, Qashqadaryo vohasida 500 ming, Surxondaryoda 200 ming, Sharqiy Buxoroda 5 ming aholi istiqomat qilgan. Buxoro shahrining o‘zida 60 ming, Samarqandda esa 50 ming kishi yashagan.
Amirlikda yashovchi aholining barchasi biror qavm va urug‘lar tarqibida bo‘lgan. Ularning 57 foizini o‘zbeklar tashkil qilgan. O‘zbek urug‘lari ichida mang‘it, qalmoq, saroy, qo‘ng‘irot, jabg‘u, qarluq, qalmoq, nayman, qipchoq, ming, yuz qabilalari ko‘pchillikni tashkil etgan. Buxoro amirlari esa butunlay mang‘itlarning o‘zbek toifasiga kirgan. Tojiklar asosan Hisor, Dushanbe, Sharqiy Buxorodagi Vaxsh, Kofirnihon va Panj daryolari vodiylarida yashaganlar.
“Buxoroning sharqiy qismini ulug‘ tog‘lar o‘rab turadiki, ular dunyoning eng baland tog‘laridir. Hisor tog‘larini o‘rab olgan qancha-qancha cho‘qillari borki, undaylar juda oz bo‘lib, ularning balandligi besh ming besh yuz metrga yetadi. Bir-biriga zanjir bo‘lib ulangan yerlar to olti ming bir yuz metrga yetadi. Jumladan, Darvoz tog‘lari to Pomir dashtigacha cho‘ziladi. Buxoroda, ya’ni Markaziy Osiyo mamlakatlarining eng qadimgilaridan biri bo‘lib, bunda navbatma-navbat shahzodalar saltanat qurganlar. Buxoro poytaxti milodiy tarixdan bir necha avval bino bo‘lgan...” deb ta’kidlanadi Amir Sayid Olimxonning asarida.
Buxoro amirligi tarkibiga 28 ta beklik kirgan bo‘lib, ular quyidagilardir: Chorjuy, Karmana, Ziyovuddin, Nurota, Xatirchi, Kitob, Shahrisabz, Chiroqchi, Yakkabog‘, G‘uzor, Boysun, Qorategin, Denov, Hisor, Darvoza, Baljuvon, SHo‘g‘non, Ko‘lob, Qo‘rg‘ontepa, Kabadiyon, SHerobod, Kalif, Qaroqli, Qarshi, Xorazm va boshqalar. Har bir beklikni amir tomonidan tayinlab qo‘yilgan xokimlar-beklar idora qilgan. Buxoro o‘z tabiiy sharoitidan kelib chiqib, foydali qazilma boyliklar ko‘p edi. Bu yerda tillo, kumush, qo‘rg‘oshin, mis, temir ko‘p miqdorda topilgan. Shuningdek, amirlikning sharqida ma’danlar ko‘p bo‘lgan. Tabiiy boyliklar ichida neft, ko‘mir, gugurt, nashatir ko‘p topilgan. Savdo-sotiq ishida teri, yung, shoyi gilamlar chet mamlakatlarga chiqarilgan. Buxoro otlar juda mashhur bo‘lib, ayniqsa tashqi savdoda qorabayir otlari asosiy mollardan biri bo‘lgan. Buxoro asosan Rossiya, Eron va Afg‘oniston bilan savdo-sotiq ishlarini olib borgan.
O‘rta Osiyo xonliklarda hududi va aholisi jihatidan Xiva xonligi ikkinchi o‘rinda turgan. Xiva xonligiga Xorazm vohasi va hozirgi Turkmanistonning bir qismi kirgan. Aholisi asosan o‘zbeklardan tashkil topgan. Shuningdek, xonlikda turkmanlar, qoraqalpog‘lar, qozoqlar, qisman forsiy aholi vakillari ham yashab kelgan. Jami aholisi 800 ming kishidan iborat bo‘lgan.
XIX asrning birinchi yarmida Xiva xonligida davlat hokimiyatining mustahkamlanishi bilan uning hududi ham kengayib bordi. Eltuzarxon (1804-1806 yy) davrida uning hududi unchalik katta bo‘lmay, shimoliy chegarasi Orol-Qo‘ng‘irot hokimligi va janubiy esa Darg‘on bilan chegaradosh edi. 1840 yillarga kelib Xivaning hududi ancha kengayib, g‘arbiy chegarasi Kaspiy dengizigacha, janubiy esa Eronga tutash bo‘lgan. 1858 yili Xivaga safar qilgan rus elchisi Ignatyev Xiva xonligining janubiy chegarasi Marv vodiysi orqali o‘tganligi, shimolda esa Embya (Ural) daryosigacha tutashganligi haqida ma’lumot beradi.
Buxoro va Xiva xonligini chegaralarini Qizilqum sahrosi ajratib turgan. Xiva xonligida yashagan aholi soni haqida aniq ma’lumotlar saqlanmagan. Ba’zi manbalarda ta’kidlanishicha. xonlikda taxminan 800 mingga yaqin aholi yashagan.
1819 yil Xiva xonligiga kelgan rus sayyohlari bergan ma’lumotlarga qaraganda, Xiva xonligida 300 mingga yaqin kishi yashagan. G.I. Danilevskiy ham uning ma’lumotini tasdiqlaydi. 1873 yil Xivaga kelgan rus sharqshunosi A.L. Kun xonlik aholisi 700 ming kishi deb, ma’lumot beradi. O‘zbekistonning qo‘ng‘irot, nayman, qiyot, uyg‘ur, nukuz, qang‘li, xitoy, qipchoq qabilalari ko‘pchillikni tashkil qilgan. O‘zbek qabilalari asosan Amudaryo tarmoq yoygan qismida, kanal bo‘ylarida joylashgan edi. Shuningdek, aholining anchagina qismini, ya’ni ¼ qismini turkmanlar tashkil etgan. Bu turkman qabilalari qadimgi o‘g‘izlarning avlodlari bo‘lib, forsiy va turkiy qabilalari bilan qorishib ketgan.
XIX asrlarda Xiva xonligi kuchli markazlashgan davlat edi. Bu esa o‘z o‘rnida savdo va hunarmandchilikning rivojlanishiga keng yo‘l ochib beradi. Xiva, Xozarasp, Xonqa, Urganch, Qo‘ng‘irot, Ko‘hna Urganch, SHo‘raxon kabi shaharlarda savdo va hunarmandchilik har jihatdan rivojlanadi. Bu shaharlarda 2 mingdan 5 minggacha aholi istiqomat qilgan. Poytaxt Xiva shahrida 12 ming aholi yashab kelgan. Har bir shahar atrofi baland va mudofaa qo‘rg‘onlari bilan o‘rab olingan. Xiva xonligi ma’muriy jihatdan Xozarasp, Gurlan, Xonqa, Ko‘hna-Urganch, Qo‘shkupir, Pitnak, G‘azavot, Qiyot, Shohabboz, Shavot, Toshhovuz, Ambor-manoq, Urganch, Xo‘jayli, To‘manoy, Qo‘ng‘irot kabi beklik va noibliklarga bo‘lingan. Bek va noiblar huzurida, ularga xizmat qiluvchi amaldorlar bo‘lgan.2
Xiva shahri shaxsan xonning va bosh vazirning izmida bo‘lgan. Shahar ichki tartiblari va osoyishtaligi mirshab boshi, jinoiy ishlarni ko‘rish va jazo tayinlash shahar qozisi, poytaxtni tasodifiy hujumlardan himoyalash to‘pchboshi va Ichan-qal’a, Dishan-qal’a qutlovi (komendanti) zimmasida bo‘lgan.
Yillar davomida Xiv xonligida markazlashgan harbiy-feodal davlatining ancha mukammallashgan davlat tizimi va mamuriy boshqaruv usuli qaror topib borgan. Bu davrda ma’muriy boshqaruvning mukammal tizimi yaratildi. Boshqaruvning siyosiy, huquqiy, mulkiy va diniy negizlari shakllantirildi. Qo‘ng‘irotlar qo‘lida davlatning oliy qonun chiqaruvchi, ma’muriy va sud hokimiyati to‘plandi.
Muhammad Rahimxon I (1806-1825 yillar) davrida xonlikdagi o‘zaro urushlar biroz tinchidi va xonlikni birlashtirish nihoyasiga yetdi. Shuningdek, qoraqalpog‘lar va turkmanlarning chavdor qabilalari ham bo‘ysundirildi. Muhammad Rahimxon I amalga oshirgan islohatlar tufayli xonlikda mustaqillik tayanchi bo‘lgan kentlar o‘rnida viloyat xokimliklariga, tuman va masjid qavmlariga ajratildi. Bu ma’muriy boshqarmalar markaziy hokimiyat bilan mustahkam bog‘liq edi. Amudaryoning so‘l sohillaridagi hududlarda dastlab 15 ta hokimlik tuzilgan. Chor Rossiyasi istilosidan so‘ng viloyat hokimlari soni 25 taga ko‘paydi. Har bir viloyat o‘z o‘rnida masjid qavmlariga ajratilgan. Xiva xonligida jami 1578 ta masjil-qavmlari mavjud bo‘lgan. Masjid-qavmlari esa qishloqning obro‘li katxudolari-oqsoqollar, mirob va imomlar tomonidan idora qilingan. Ular hokimga bo‘ysunganlar. Hokimlar xonning eng yaqin kishisi bo‘lib, viloyatning to‘la hukmdori hisoblangan. Hokimlar soliq yig‘ish, tartib-intizomni saqlash, ҳарбий юришларда қўшинга бошчилик қилиш каби вазифаларни бажарган. Ba’zi tumanlarda urug‘chilik munosabatlari kuchli bo‘lgan. Qoraqalpog‘, turkman qabilalari inoq, otalik va biylar orqali boshqarilgan.
Xiva xonligida qo‘ng‘irot sulolasi hukmronligi davrida xon oliy hukmdor va mutloq hukmron bo‘lgan.
Xiva shahridagi Toshhovli xonning asosiy qarorgohi hisoblangan. Bu saroy bir yuz o‘n bir xonadan iborat edi. Toshhovli ham xon qarindosh-urug‘ining yashash joyi, ham davlat boshqaruv mahkamalarining markazi edi. Muhammad Rahmonxon I davrida hokimiyatni mustahkamlash uchun yuqori ma’muriy organ-Oliy kengash ta’sis etiladi. Oliy Kengash asosiy qonun chiqaruvchi organ bo‘lib, ma’muriy va sud organi vazifasini bajarib kelgan. Oliy Kengash yig‘ilishi har haftaning juma kuni xon saroyining ko‘rinish xonasida bo‘lib o‘tgan. Uning yig‘ilishida xon va uning qarindosh-urug‘i, saroyning nufuzli ayonlari-qushbegi, mehtar, devonbegi, naqib, shayxulislom, bosh qozi va inoq, otalik va biylar ham qatnashganlar. Oliy Kengash ishida davlat hayotiga aloqador eng muhim ichki va tashqi masalalar muhokama etilgan hamda maxsus qarorlar qabul qilingan. Kengashni xonning o‘zi boshqarib borgan. Shuningdek, unga uning hohishi- irodasi Kengash ishida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lib kelgan.3 Bundan tashqari Xiva xon saroyida mehtar, qushbegi, devonbegi, naqib va shayxulislom ishtrok etadigan maxsus Kengash ham faoliyat olib borgan. Bu kengashda kundalik masalalari hal etilgan.

XIX асрга келиб Ўрта Осиё хонликларида феодал-уруғчилик munosabatlari o‘zining avvalgi mavqeni yo‘qotishi hisobiga, bu davrda ular endi xonliklarning faxriy unvon va lavozimlarga aylangan.


Har bir xonlikda o‘zining ma’muriy tuzilishi, xalqining mentaletidan kelib chiqib o‘ziga xos unvon va lavozimlar mavjud bo‘lib kelgan. Ba’zi lavozimlar har uchala xonlikda ham mavjud bo‘lgan bo‘lsa, boshqalar faqat birgina xonlikda uchraydi.
Buxoro amirligi davlat muassasalari ma’muriy, moliya, qozilik, mirshablik va harbiy idoralarining o‘z amaldorlari bo‘lgan. Amir saroyida 30 ga yaqin amaldor xizmat qilib, mahalliy boshqaruv muassasalarida xizmat qiluvchilar 30 mingdan ortiq bo‘lgan. Shuningdek, amirlikka qarashli 40 ta beklik tepasida mahalliy qabila boshliqlari turgan.4
Buxoro amirlikda devonbegi, ko‘kaldosh, qo‘shbegi, mushrif, mirshab, dodhoh, inoq, miroxo‘r, dasturxonchi, kitobdor, to‘qsoba, parvonchi, sadr, shayxulislom, qozikalon, muftiy, muxtasib kabi yuqori martabali lavozimlar bor edi. Eng yuqori lavozim deb Qushbegi, ya’ni bosh vazir (vaziri buzruk) tan olingan. Barcha ijroiy xokimiyat qushbegining ko‘lida to‘plangan. Viloyat va tuman hokimlari ham uning tavsisiga binoan tayinlangan. U arkda yashagan.
Amirlikda moliya va xazina ishlarini devonbegi boshqargan. Mamlakatda yig‘iladigan soliqlar, uni undirish ishlarini nazorat qilib borgan. Jarima ishlarini ham devonbegi amalga oshirgan. Uning idorasi arkda pastda bo‘lganligi uchun, uni ba’zida quyi qo‘shbegi ham deb atashgan. Otaliq unvoni mang‘itlarga shayboniylar davridan meros qolgan bo‘lib, ular asosan amirlikning markaziy qismi, ya’ni Buxoro va Samarqandni sug‘orish ishlari, suv taqsimoti bilan bog‘liq tadbirlarni amalga oshirgan.
Amirning do‘stu-dushmanlari haqida ma’lumot to‘plash ko‘kaldosh lavozimidagi kishi zimmasida bo‘lgan. Oliy hukmdor yorliklarini amaldorlar, umuman tegishli kishilarga yetkazish ishlariga parvonachi lavozimi mas’ul. Dodhoh esa aholidan tushadigan shikoyat va arizalarni hukmdorga yetkazib, uni javobi uchun javobgar bergan. Mazkur mansablarda o‘tirgan shaxsning nufuzi qanchalik yuqori bo‘lsa, lavozimlarning mavqei ham shunchalik yuqori bo‘lgan.
Inoq barcha xonliklarda mavjud lavozimlardan biri xisoblanib, ular o‘z lavozimiga ko‘ra, oliy hukmdor farmoiyishlarini hukumatdagi oddiy xizmatchilarga yetkazish, demak, buyruqlarini amalga oshirishni tashkil qilish va umuman hali davlat mansabini egallamagan, lekin xokimiyat xizmatida bo‘lganlar bilan shug‘illangan. Bu lavozim ikkiga bo‘lingan, ya’ni, katta inoq va kichik inoq shaklida.
To‘qsabo mansabi amirtug‘i sohibi hisoblangan. Bu mansabdagi kishilar ikki vazifani, ya’ni ham davlat bayroqdori, ham tantanali marosimlarda ishonchli shaxs sifatida hukmdor oldiga taom tortish kabi mas’uliyatli vazifani ham bajargan. Bundan tashqari unga biror tuman ham biriktirilgan. Keyinchalik bu mansab egasi hududi dodhoh kabi harbiy vakil darajasiga ko‘tarilgan.
Amirlikda harbiy ishlarni boshqargan vazirni – lashkari to‘pchiboshi deb ataganlar. U to‘pchilar qisminingqo‘mondoni hamda Buxoro garnizoni boshlig‘i bo‘lib, amalda esa harbiy vazir lavozimini boshqargan. Haram xodimlari boshlig‘i – bosh xoji deb atalsa, qurilish ishlariga rahbarlik qilgan kishi kutvol lavozimiga tayinlangan. Qo‘rchiboshi-qurol-aslahaga mas’ul bo‘lgan. Udaychi mansabidagi shaxs urush paytida harbiylarni turiga qarab taqsimlash ishiga rahbarlik qilgan. Shahar va yo‘llar xavfsizligi ta’minoti qorovulbegi lavozimidagi kishi zimmasida bo‘lgan.
O‘rta Osiyo xonliklarining siyosiy-manaviy hayotida ulamolarning ta’siri nihoyatda kuchli bo‘lib, eng yuqori lavozimda shayxulislom to‘rgan. Shayxulislom amir va xondan keyingi darajadagi mavqeiga ega edi. Shayxulislom xonliklardagi dunyoviy va diniy ishlarga faol qatnashib, ular mamlakatda shariat qoidalariga qay darajada amal qilinayotganligini nazorat qilib turgan. Ular davlatdagi adliya tizimini boshqaruvchi qozikalon bo‘ysungan. Qozikalonning vakolatlari nihoyatga keng bo‘lib, unga quydagilar kirgan: bozor, ko‘cha-ko‘ylardagi ahvol, madrasalardagi ta’lim tarbiya, vaqf ishlari, yo‘qolgan vaqf hujjatlarini tiklash, yetim va bevalar haq-xuquqini himoya qilish, karvon-saroydagi tartib va hakozalar. Buxoro oliy mahkamasida 40 nafar faqih (qonunshunos) faoliyat ko‘rsatgan.
Adliya sohasida muftiy, rais (muxtasib), sadr (vaqf malklari hisobati va nazorati bilan shug‘ullanuvchilar) kabi xizmat turlari ham mavjud edi.
Xonliklarda eng katta marosim va kengashlar diniy xodimlar ishtirokisiz o‘tmagan.
Xiva xonligida XIX asrda Avaz Xo‘ja, Islom Xo‘ja, Fazil Xo‘ja kabi el orasida hurmat qozongan shayxulislomlar o‘tgan.
Qozikalon huzurida qozi o‘rdi yoki qozi askar kabi lavozimlar ham bo‘lgan. Ular harbiy xizmatchilarning xon marosimlarida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lishgan.
Rais – diniy lavozimdagi kishi esa, shariat tartib-qoidalari va diniy marosimlarning to‘g‘ri bajarilishi ustidan nazorat qilgan. Shuningdek, bozorda tosh-tarozi, narx-navoni kuzatish shaharlarda obodonchilik va xavfsizlik masalalari bilan ham ular shug‘ullangan.
Mutavvali lavozimidagi kishi esa vaqflarga qarashli yerlaridan keladigan daromadlarni boshqargan.
Buxoro qozikaloni huzirida a’lam va 12 muftiydan iborat muftiylar devoni faoliyat ko‘rsatgan.
Buxoro amirligidagi 27 ta beklikni har birini mahalliy qabila boshliqlari, yirik mulk egalari tomonidan boshqarilgan. Beklar amir tomonidan tayinlangan.
Ular ba’zi hollarda hokimlar ham deb atalgan. Hokim huzurida yuzlab mahalliy ma’murlar xizmat qilgan. Hokim va uning xizmatdagi kishilarga maosh davlat xazinasidan berilmagan. Ular aholidan olinadigan turli soliq va to‘lovlar hisobidan kun kechirganlar.
Harbiy sohada yuzboshi, mingboshi kabi lavozimlar mavjud bo‘lgan.
Xiva xonligida ham o‘ziga xos mansab va unvonlar bo‘lib, ularning jami soni 103 edi. Maosh oladiganlar soni 718 ta tashkil etgan.5 Naqib, arbob mansablari faqat Xiva xonlari arxivida qayd etiladi.
Arxiv hujjatlarida qayd etilishicha, har bir amaldorning vazifasi qat’iy qilib belgilanib qo‘yilgan. Ular o‘z mansablarini juda qadirlaganlar.
Xiva xonligida unvon va lavozimlar to‘g‘risida xonlik arxiv hujjatlari, Ogohiy, Bayoniy asarlari va sayyohlarning hikoyalarida bayon etiladi.
Har bir mansabdor ma’lum miqdorda maosh olganlar. Yuqori mansablarga xonning o‘zi maosh belgilagan, quyi mansablarga esa qo‘shbegi, mehtar va devonboshilar belgilagan.
Ogohiy va Bayoniy asarlarida ma’lumot berilishicha ba’zi mansablar otadan bolaga meros bo‘lib o‘tgan. Buni Muhammad Raximxon maxsus farmon bilan mustahkamlaydi.
Rus sayohi Danilevskiyning ta’kidlashicha Xiva xonligida 2 minga yaqin amaldor va ruhoniylar oilasi bo‘lgan.
Xiva xonligida eng yuqori unvonlardan biri – Amirlumora hisoblangan. Bu unvonga xonning eng yaqin qarindoshlari sazavor bo‘lgan. Masalan, 1873 yil Xivaga kelgan A.A. Kun Sayid Muhammad Rahimxonning amakisi amirlumor unvoniga ega ekanligi ta’kidlandi. Shuningdek, u viloyat hokimi ham hisoblanib, davlatda to‘planadigan o‘lponlarga javobgar bo‘lgan.
Xiva xonligida naqib unvlni xon tomonidan sayid va xo‘jalarga in’om etilgan.
Inoqlik unvoni Muhammad Amin vafotidan so‘ng ta’sis etilgan. 1856-1857 yillarda bu unvon egasining maoshi 400 tilla, 1858 yili 300 tilla bo‘lgan.
Abulg‘ozi xon tantanali marosimlarda o‘tirish uchun inoqlarga to‘rtata joy ajratgan.6 Bu imtiyoz 1873 yilga qadar davom etgan. Inoqlardan biri xonning chap tomonida, Amirulumarodan keying o‘tirgan va ulug‘ inoq deb atalgan. Boshqa inoqlar ham xonning chap tomonida, yigirmanchi o‘rindan boshlab o‘tirgan.
Yangi xon taxtga ko‘tarilishi paytida inoqlar oq namatning to‘rt burchagidan ushlab, bo‘lajak hukmdorni uch marta osmonga irg‘itar edilar, bu inoqlarning asosiy va faxriy burchi edi.
Manbalarda 1840-1873 yillarda inoqlik unvonini olgan 32 ta kishining ismi-sharfi qayd etgan.
Otaliq so‘zi “ota” so‘zidan olingan. Manbalarda qayd etilishicha Abdulg‘ozi o‘z yonida o‘tirmoq uchun to‘rt otaliqqa joy belgilagan.
Bir otaliq xondan nari, to‘qqizinchi o‘rinda o‘tirgan, uch otaliq esa shayxulislomdan keyin o‘n bir va o‘n to‘rtinchi o‘rini egallagan. Buxoro amirligida esa aksincha, otaliq martaba jihatidan inoqdan yuqori turgan.
Xiva xonligida otaliq unvonidagi kishilar 100 tilladan maosh olgan. 1858 yilda ularning maoshlari ko‘tarilgan. Masalan, otaliq 150 tilla maosh olgan. Otaliq qilich va pichoq taqib yurgan.7
Otaliq unvonini berilishi haqida Ogohiy shunday yozadi: “Juma kuni rabbialoxir oyining to‘rtinchi kuni 12 kuni 1268 yili (1853 y 15 yanvar) xon hazratlari o‘zlarining Xudoyor biy va Shomurod inoq degan mashhur ayonlarni Guxlan urushidan bo‘lgan askarlar bilan Marv viloyatida, Marv shahri yaqinidagi xandaqda qolgan Xiva qo‘shniga yordamga yo‘llaganlar. Sari fitnachilarni mag‘lub etib, tumtaraqay qilgan Olloyorxonga janob hazrat otaliq unvonini berganlar, shuningdek unga oltin pichoq, zarbob chapon vav ko‘p miqdorda pul yuborilgan.8
Shuningdek, Xiva xonligida kam maosh oluvchi otaliqlar ham bo‘lgan. Masalan, Hasan otaliq o‘n tilla, Pahlavon otaliq olti tilla olgan. Otaliq unvoni o‘zbeklar bilan birga boshqa urug‘lar vakillariga ham barilgan. Masalan, 1871-1872 yillar xon turkman urug‘idan olti kishiga otaliq unvoni berilgan. 1873 yili qoraqalpoqlardan ham to‘rt kishiga otaliq unvoni berilgan.
Xivadagi imtiyozli lavozimlardan biri biy hisoblangan. Biy o‘zbek, qozoq, qoraqalpoq urug‘ boshliqlarining martabasi hisoblangan. Biylar tinchlik davrida o‘lpon to‘plasa, urush vaqtida qo‘shinda mingboshi vazifasida xizmat qilgan.
Sayyidnazar biy va Xudoyor biylarning har qaysi 100 tilladan maosh olgan. Xudoyor biy o‘sha yillarda Go‘rlan urug‘idan bo‘lgan ming navkarga, Bekman biy mang‘it urug‘idan bo‘lgan uch yuz navkarga sarkardalik qilgan.
Y. Bayoniy o‘z asarida Qo‘tlimurod biy haqida ma’lumot berib, uning qo‘ng‘irot urug‘idan 600 navkarga sarkardalik qilgan. Shuningdek, u qo‘ng‘irotlar urug‘idan birinchi bo‘lib maosh oladigan lavozimga o‘tirgan.
Xiva xonligida “to‘ra”, “bek” kabi mansablar ham bo‘lgan. Xonning o‘g‘li to‘ra deb, aka-ukalarining farzandlari esa bek nomi bilan yuritilgan. Masalan, Qutlimarodning o‘g‘li Abdullaxon taxtga o‘tirguncha bek deb atalgan. Beklar xonning har xil topshiriqlarini bajarar va urush safarlariga chiqqanlar. Manbalarda har biri 100 tilladan maosh olgan 12 ta bek tilga olinadi.
Beklarbegi asosan qoraqalpoqlar va boshqa ko‘chmanchi chorvador xalqlarning oqsaqollariga beriladigan faxriy unvondir. Uning vazifasiga o‘z urug‘laridan yig‘iladigan harajatlarning to‘g‘riligini tekshirib turish va ularni xazinaga topshirilishi ustidan nazorat olib borish yuklatilgan.
1873 yillari Qoraqolpoqlarni ikkita beklarbegi birlashtirib turgan. Ularning biri Qo‘ng‘irot urug‘iga, ikkinchisi mang‘itlarga boshliq edi. Qoraqolpoqdagi barcha otalik va biylar shularga itoat etgan.
Beklarga qo‘shin sarkardasi bo‘lib, uning yuzboshilari bo‘lgan. Beklarbegi xonning yonidan joy olmagan.
Yuqorida nomlari zikr etilgan mansablarning barchasi xon tomnidan tayilanib, ularga davlat xazinasidan maosh to‘lab kelingan. Lavozimlar nasildan-nasilga meros bo‘lib o‘tgan. Bu lavozimlar va ularni taynlanishi tartibi bilan bekor qilinadi.
Xiva xonligida xonning eng yaqin maslahatchilari mehtar, qo‘shbegi va devonbegi hisoblangan
Taxtga xon nomzodini ko‘rsatishda mehtar, qushbegi va yasovulboshi katta rol o‘ynaganlar.
Mehtar bosh vazir bo‘lib, u xonlikda molyaviy, soliq ishlari, irrigatsiya inshoatlari qurilishi, amaldorlarni tayinlash, tashqi davlatlar bilan aloqa bog‘lash vazifalarini bajargan. Urush davrida mehtar qo‘shinga boshliq bo‘lgan.
Sayyoh N.N. Muravyov mehtarning vazifasi haqida shunday yozadi: .. Xon xazinasi mehtarning ixtiyorida bo‘lib, daromad-buromadni hisobga olib boradi, ajnabiy elchilarni qabul qilish va ularni boqish ham uning ixtiyorida, xon Xivadan safar qilgan mahalda xonlikni boshqarishni unga tanishtirib ketadi, ba’zan esa o‘z hokimiyatini ham ishonib topshirib qo‘yadi.9
N.N. Muravyov qo‘shbegi haqida shunday yozadi: “Ikkinchi vazir bo‘lgan qo‘shbegi ham kengash a’zosidir. U, xon singari, qiyot-qung‘irot urug‘idandir. U, da’voda janjal ishlarida o‘z qabiladoshlarining vakili hisoblanadi, uni hamma hurmat qiladi.... Uning vazifasi har jihatdan birinchi vazir vazifasiga o‘xshash, tom ma’nosi bilan olganda, u birinchi vazir yordamchisi hisoblanadi. Xonning katta amaldorlaridan uchinchisi xo‘jash mahrom, deb ataladi.... Bu uch shaxs (mehtar, qushbegi va xo‘jash maxrom? Xon huzurida alohida ishonchga egadirlar va ular xonlikda muhim o‘rinlarni ishg‘ol etadilar. Ularning yonida bittadan mirzalar va bir necha devonbeglari bo‘ladi. Devonbegilarning mansabi past darajada bo‘lib, ulardan yugurdaklik o‘rnida foydalaniladi va ajnabiy elchilarga mirshab qilib qo‘yiladi.10
Xivada quyidagi shaxslar mehtar bo‘lganlar:
1. Muhammad Yoqubboy mehtar Yusuf mehtarning o‘g‘li (1839-
1840, 1856-1857 yy).
2. Muhammad Rahimboy (1857-1866 yy).
3. Bobo mingboshi mehtar (1866-1868 yy).
4. Muhammad Rahim mehtar. (1867-1868 yy).
Xiva xonligida bojbon lavozimidagi shaxs savdogarlarda va bozorda sotiladigan mollardan zakot to‘plagan. Yasovulboshi esa qal’a soqchilari boshlig‘i hamda qazuv ishlarini nazorat qilib turgan. Miroblar esa irrigatsiya qurilishlariga bevosita rahbarlik qilgan. Masalan, Munis va Ogohiylar bosh mirob vazifasida faoliyat ko‘rsatgan bo‘lib, xonning yaqin maslahatchilaridan hisoblangan.
Mirzaboshi esa saroyda davlat hujjatlarini rasmiylashtirish bilan shug‘ullangan. Bu vazifada shoir va bastakor Muhammad Pahlavonniyoz (Komil Xorazmiy) uzoq yillar xizmat qilgan. Uning vafotidan so‘ng o‘g‘li Muhammad Rasul Mirzaboshi bo‘lgan.
Xon saroyida razvetka ishlari bilan maxsus mahkama “buxrilar” shug‘ullangan. Buxrilar savdogar, darvesh va elchilar libosida chet davlatlarda bo‘lib, xonga zarur ma’lumotlarni yetkazib turgan.
Qo‘qon xonligidagi mansab va lavozimlar ko‘p jihatdan Buxoro va Xiva xonligidagilarga juda o‘xshash edi.

O‘rta Osiyo xonliklarida yer egaligini munosabatlari ijtimoiy - siyosiy munosabatlarning asosiy negizi hisoblangan. Bu davlatlarda siyosiy, ijtimoiy-iktisodiy va ma’naviy hayotining mohiyatini chuqur tushinib yetish uchun, avvalo ulardagi yer egaligi munosabatlarini aniqlab olish zarur. Yer va suv barcha boylikning manbasidir. Yer egaligining munosabatlari turli tarixiy davrlarda turlicha shaklda namoyon bo‘lib kelgan.Har bir davlat va sulolalar o‘z hukmronligi yillarida turli yer egaligi munosabatlarini joriy etib kelganlar. Masalan, davlatga, xususiy shaxslar, diniy muassasalarga qarashli yer egaligi shakllari hukmron tuzum mazmuniga qarab o‘zgarib borgan. Qadimgi davrda jamoa yerlar ta’siri kuchli bo‘lsa, ilk o‘rta asrlarda sarkor, dehqonlarga qarashli yerlar ko‘payib borgan. Bu davrda diniy tashkilotlarga qarashli yerlar vag‘inze deb yuritilsa, arablar istilosidan so‘ng vaqf deb yuritilgan.


Tarixiy taraqiyotning ba’zi davrlarida hukmron sulola va davlat yerlari asosiy yer egaligi shaklida e’tirof etilsa, boshqa bir davrda xususiy yerlarning ta’siri ko‘pchillik hududini egallab borgan.
O‘rta Osiyo xonliklarida yer egaligining quyidagi shakllari:
1. Davlatga qarashli yoki xonga qarashli yerlar:
2. Xususiy kishilarga qarashli yerlar yoki mulk yer egaligi:
3.Diniy muassasalarga qarashli vaqf yerlari manbalarda e’tirof etiladi.
Buxoro, Xiva va Qo‘qon xonliklarida yer egaligi ko‘p jihatdan bir-biriga o‘xshash bo‘lib kelgan. Mulkchilikning asosini tashkil etgan yer-suv xonliklarda oliy hukmdor hisoblanmish amir va xonning izmida bo‘lgan.
XIX asr o‘rtalarida Amudaryoning chap sohili ya’ni Xiva xonligida hududida 1 mln. 966 ming tanobdan ortiq ekinzor bo‘lgan. Tanob O‘rta Osiyoda yer o‘lchovi bo‘lib, turli rayonlarda turli miqdorda yuritilgan. Manbalarda qayd etilishicha tanob bu har tamoni 60 gazga baravar bo‘lgan to‘rt burchakli yerdir.11
Xiva xonligida jami yerlarning 85 ming tanobi davlatga qarashli bo‘lgan. 165-170 ming tanobi vaqf yerlari, 1,2 ming tanob serhosil yerlar yirik mulkdorlarga qarashli edi.
Buxoro amirligida davlat yerlarining suvsiz, dasht,tuqayzor qismi ko‘chmanchi jamoalarga bo‘lib berilgan. Ular bu yerlardan foydalanganliklari uchun davlatga xiroj to‘laganlar. Bunday yerlar sotilmagan va ayirboshlanmagan. Davlat yerlarining boshqa bir qismi yirik yer egalariga, hukmron sulola a’zolariga, yirik davlat mansabdorlariga, lashkarboshlariga davlat oldidagi xizmatlari evaziga suyurg‘ol shaklida in’om etilgan edi.
Buxoro va Qo‘qon xonligida siyosiy tarqoqlik tufayli, markaziy hokimiyatining zaiflashganligidan foydalanib, yirik yer egalari mustaqilligi kuchayib, ular markaziy hokimiyatiga bo‘ysunmay quydi.
Buxoro amirligida yangicha yer egaligi, ya’ni, “tanho” deb nomlangan shakli mavjud edi. Bu turdagi yerlar asosan harbiy xizmatda bo‘lgan kishilarga in’om etilgan. Tanhodorlar faqat yerning o‘ziga emas, mazkur yerlardan olinadigan daromadlarning ham egasi hisoblangan. XIXasrning birinchi yarmida tanhodorlarning soni 12 mingdan 36 ming nafarga yetgan. Eng kichik tanho yeri 3-5 gektarni tashkil etgan.
Amir va xonga qarashli yerlar bevosita davlatga, xonga qarashli bo‘lib, avloddan-avlodga meros bo‘lib o‘tgan. Hukmdorlarga qarashli yerlarga sug‘oriladigan ekinbon yerlar bilan birga, partov va adirlar, qumlik va yaylovlar, ko‘l va to‘qayzorlar ham qaragan. Bu kabi yerlar istilochilik urushlari, mulqdorlarning yerlarning o‘zlashtirilishi hisobiga kengayib borgan. Xonga qarashli yerlar olingan hosilning 40-50 foiziga davlatga natura yoki pul hisobida soliq shaklida to‘laganlar. Amlok yerlari davlat xazinasining asosiy daromad manbai bo‘ldi.
Amir va xonlar vaqti-vaqti bilan o‘zlariga yaqin kishilar, ya’ni amaldorlar, qarindoshlariga, navkarlariga hamda din peshvoriga podsholik yerlaridan in’om tariqasida hadiya qilib turarlar. Ko‘pchilik holatlarda ular soliqdan ozod etilgan.
Davlat yerlaridan dehqonlarga ijaraga berilgan qismidan xazinaga ko‘p miqdorda soliq tushgan.
Xususiy yer mulklari ko‘pincha xonning shaxsan o‘ziga, uning yaqin qarindoshlariga, yirik boylarga, saroy amaldorlariga va boshqa mulkdorlarga qarashli bo‘lgan. Amirlik va xonliklarning markaziy tumanlaridagi unumdor, serhosil ekinzorlar va bog‘lar mana shu mulk egalari ixtiyorida bo‘lib kelgan.
Masalan, Xiva xonligida sayyohatda bo‘lgan rus geografi Danilevskiy 1840 yilda mulk egalariga qarashli yerlar xonlikdagi jami sug‘oriladigan maydonning yarmidan ko‘prog‘ini tashkil etganligi ta’kidlab o‘tadi. Ba’zi mulkdorlar qo‘lida ikki-uch ming tanob va hatto undan ham ziyod yerlari bo‘lgan. Xususan, Pitnak, Hozorasp va SHo‘raxon shaharlari va ularga tutash butun qishloqlar bilan amirulumoraga tegishli edi. Muhammad Amin o‘g‘li Abdulla to‘raga 20 ming tanobdan ortiq ekin yerlari tortiq qilingan. Sayid Muhammad Rahimxonning ishonchli amaldori Muhammad Murod devonbegining yer mulki 50 ming tanobga yaqin edi. Yirik yer egalari o‘zlariga qarashli yerlardan juda katta miqdorda daromad olganlar.
Xususiy mulk yerlari ikkiga, ya’ni, “atoyi mulk”, va “yorliqli mulk” tarzda guruhlarga ajratiladi. Otadan bolaga meros qolgan yerlar “atoyi mulk” deb ataladi. Xon tomonidan in’om qilingan yerlar “yorliq mulk” deb ataladi. Ikkinchi turdagi mulk yerlari soliq tulovlaridan ozod qilinadi.
1845-1846 yillari Qilichboy mavzuidagi xonning yerlaridan ungan xosildan quyidagilarni topshirgan: 140 botmon bug‘doy, 1000 botmon sholi, 400 botmon jo‘xori, 100 botmon mosh, 25 botmon zig‘ir, 20 botmon g‘o‘za jami bo‘lib 2900 botmon.

XIX asr oxirlarida ham mahalliy aholi podsho Rossiya ma’murlarining hiyla – nayranglariga chidashga majbur edi. Yangi Termizga rus fuqoralarinigko‘chib kelishi natijasida mahalliy aholi bilan ular o‘rtasida tez-tez kelishmovchiliklar yuz birib turdi. Shunday kelishmovchiliklardan biri 1898 yilning 20 avgustida bo‘lgan. Pattakesar aholisi rus askarlaridan uch kishini Sulton Niyozning qiziga tajovuz qilishida ayblab hibisga olgan.Ammo ruslar shariat qonun-qoidalarini pisand qilmay, kuch ishlatib o‘z askarlarini ozod qilishgan.12 Ushbu voqiya yuzasidan rus va Buxoro xukumati o‘rtasida olib borilgan muzokoralar natijasida rus askarlari emas, balki mahalliy aholi aybdor deb topilgan. Bu ish yuzasidan nohak hukm chiqarilib, qishloq oqsoqoli Allaberdi besh oyga, to‘qnashuvda faol ishtirok etgan yana besh kishi uch oyga SHerobod zindoniga tashlangan. Termizda Rossiya xukumatining siyosiy ta’siri kuchli bo‘lib, Buxoro hukumati yevropaliklarning so‘zlarini yerda qoldira olmasdi. Shuning uchun ham rus fuqoralari va askarlari mahalliy aholini mensimasdan, ko‘ngillari tusagan ishlarni qilishgan.


Buxoro amirligida aholining turmush tarzi og‘irligidan SHerobod bekligida yashovchi ba’zi mahalliy fuqoralar Rossiya fuqoraligini qabul qilishgan. Buning sababi shunda ediki, hukumat tomonidan ruslar uchun barcha sharoitlar yaratib, mahalliy aholiga nisbatan ularga katta imtiyozlar berilgan edi. Buxoro amirligi aholisining turmush tarzi esa og‘ir bo‘lib, ular hech qanday imtiyozga ega emasdilar. Mahalliy fuqoralar rus fuqoraligini qabul qilishsa, ularga ham ruslarga berilgan imtiyozlar joriy etilardi. Masalan, Termiz yaqinidagi Tallimaron qishlog‘idagi 68 ta xo‘jalikda yashovchi aholidan jami 215 kishi o‘z xohshi bilan rus fuqoraligini qabul qilgan.
1902 yilda Denov atrofida katta g‘alayon bo‘lib o‘tgan. G‘alayon haqidagi shov-shuvlar Denovdan Toshkent va hatto Peterburggacha yetib bordi. Bu voqiya Rossiya imperiyasi hukumati ma’murlarini ham xavotirga solib qo‘yadi. Podsho Rossiya hukumati Buxoro amirligidan Denovdagi g‘alayon haqida Toshkent va Peterburgga ma’lumot berishni talab qilgan. Mamlakatdagi g‘alayonlar endilikda nafaqat Buxoro amirligini, balki Rossiya hukumatini ham e’tiborsiz qoldirmaydi. Bu esa dehqonlarga qisman bo‘lsa-da yengillik berdi hamda mahalliy amaldorlar aholi bilan murosa qilishga majbur bo‘ldilar.
Ayni payda, Buxoro amiri tomonidan SHerobod va Boysun hududlaridan mahalliy aholiga tegishli katta yer maydonlarining rus tadbirkorlariga ijaraga berib yuborilishi mahalliy aholi uchun katta qiyinchiliklar tug‘dirgan. Ularning yerlari musodara qilingan va suvdan foydalanish huquqlari cheklab qo‘yilgan. Bunday beboshliklardan sabr kosasi to‘lgan dehqonlar 1916 yilning 23 martida Jarqurg‘ondagi “SHerobod” jamiyati a’zolariga qarshi g‘alayon ko‘targan.
1916 yili Boysun begi Abulhofiz boy Buxoro qo‘shbegisi nomiga yo‘llagan taqdimnomasida Podsho Rossiya hukumati Surxon daryosiga to‘g‘on qurishi natijasida mahalliy aholi yerlarini kelishilgan narxlarda sotib olishni bildirgan edi. Lekin mahalliy aholi bu shartnomaga rozi bo‘lmaydi. Shunga qaramay, chor hukumati vakillari bek va uning yordamchilariga bildirmasdan hujjatni maxfiy ravishda imzolaganlar. Bundan habar topgan Kakaydi amloklari aholisi amir huzuriga borib, o‘z yerlarini qaytarib berishni so‘ragan. Lekin amirdan bunday ishlarni hal qilishni so‘rashning foydasi yo‘q edi. Chunki Buxoro amiri bunday ishlarni chor hukumatining ruxsatisiz o‘zi mustaqil hal qila olmasdi. Shuning uchun ham aholining shikoyati amaliy natija bermagan.
Buxoro amirligida beklar hukumatdan hech qanday maosh olmaganlar. Ular aholidan yig‘ib olinadigan hamda amir xazinasiga jo‘natiladigan soliq va to‘lovlar o‘rtasidagi farq hisobiga kun kechirganlar. Amlokdorlar esa bekdan uncha katta bo‘lmagan xizmat haqi olishgan. Masalan, SHerobod bekligida amlokdorlar yiliga 50 rubl pul va 400 pud (og‘irlik o‘lchovi birligi, bir pud-16 kg.) sholi, bug‘doy va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari olganlar. Mahalliy hisob-kitoblarga ko‘ra, mahsulotlar bilan qo‘shib hisoblaganda bu 220 rubilni tashkil etgan. Bundan tashqari, amlokdorlar bekning himmatiga qarab sovg‘a yoki qo‘shimcha haq ham olganlar. Ba’zi vaqtlarda amir jazo tariqasida u yoki bu bekni zakot yig‘ish huquqidan mahrum etib, uni boshqa bir bekka in’om etgan.



Yüklə 36,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə