Muhaddislar Imom Ismoil al-Buxoriy, at-Termiziy va boshqa muhaddislarning hadis ilmini yaratishdagi xizmatlari



Yüklə 144 Kb.
səhifə1/6
tarix22.06.2023
ölçüsü144 Kb.
#118450
  1   2   3   4   5   6
ISLOM DINI G\'OYALARINING TA\'LIM-TARBIYAGA TASIRI




ISLOM DINI G'OYALARINING TA'LIM-TARBIYAGA TA’SIRI
MUNDARIJA:
KIRISH……………………………………………………………………………….3
I.BOB. ISLOM DININING TARQALISHI VA UNING TA’LIM-TARBIYAGA TA’SIRI.
1.2.Islom dini yoyilishining ta’lim-tarbiyaga ta’siri………………………………......6
1.2.Musulmon maktablari va unda ta’lim-tarbiya mazmuni……………………........12
II.BOB. ISLOM DINI MANBALARIDAN TA'LIM-TARBIYA VOSITASI SIFATIDA FOYDALANISH.
2.1.Qur’onning muqaddas falsafiy-axloqiy asar sifatida o’rganilishi……………......16
2.2.Hadis ilmining ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyati……………………………………21
XULOSA…………………………………………………………………………….33
FОYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YХATI……………………………..34
KIRISH.
Elimizga islom dinini to‘g‘ri tarannum etish - juda katta tarbiya”
Sh.Mirzyoyev


Mavzuning dolzarbligi: Mamlakatimizning mustaqillikka erishishi milliy va diniy qadriyatlarimizni, ayniqsa, islom dini va undagi bagʻrikenglik madaniyatini xolis oʻrganishga keng yoʻl ochib berdi. Islom dinidagi bagʻrikenglik tamoyillari hamisha maʼnaviy-maʼrifiy omillar bilan uygʻun holda rivojlanib borgan. Yosh avlodni bilimli, maʼrifatli qilib tarbiyalashda islom dini qadriyatlari muhim rol oʻynaydi. Yoshlar har bir davr va jamiyat uchun, uning kelajagi uchun asosiy bunyodkorlari sifatida qaraladi. Sogʻlom eʼtiqodli, yuqori bilimli va yuksak axloqli yoshlarni tarbiyalab, voyaga yetkazish bizning vazifamizdir.
Shu boisdan ham Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasida “Maʼrifat va diniy bagʻrikenglik” deb nomlangan maxsus rezolyutsiyasini qabul qilishni taklif etganida maʼrifatli islom dinining asl mohiyatini yoshlarga oʻrgatishni nazarda tutgan, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Oʻzbekistonda fuqarolararo bagʻrikenglikni taʼminlash, mehnatni qadrlash orqali insonni ulugʻlash, diniy manbalardagi bagʻrikenglik gʻoyalariga amal qilish uchun ijtimoiy sharoit yaratilmoqda. Bu diniy bagʻrikenglik va erkinlikni taʼminlash odamlarning eʼtiqod huquqini himoya qilish jarayonida namoyon boʻlmoqda. Ayni paytda “Ijtimoiy hayotimizda koʻplab ijobiy jarayonlar bilan birga, yosh avlodning qalbi va ongini egallashga qaratilgan maʼnaviy tahdidlar ham tobora xavfli tus olmoqda”.1
Shu nuqtai nazardan Oʻzbekistonning dunyo hamjamiyatini tinch-totuvlikka daʼvat etuvchi diniy bagʻrikenglik siyosati xalqlar va davlatlar orasida ijobiy hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun “Jaholatga qarshi – maʼrifat” ezgu gʻoyasi asosida islom dinining insonparvarlik gʻoyalarining ezgu maqsadlarga xizmat qilishini targʻib etish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bugungi kunda yosh avlodini komil inson qilib tarbiyalashda islom dinida bagʻrikenglik madaniyatini oʻrganish muhim ahamiyat kasb etadi. Islom dinidagi bagʻrikenglik madaniyatini oʻrganish nafaqat nazariy, balki, amaliy xarakterga ega boʻlgan masalalardan hisoblanadi. Zero, bu islom dinida bagʻrikenglik prinsiplarining ustuvor boʻlgan mayllarni aniqlash va ijobiy jarayonlar rivojini taʼminlash imkonini beradi.
Jahonda sodir boʻlayotgan voqea-hodisalar, hatto jamiyatning oddiy aʼzosiga ham taʼsirini oʻtkazmay qolmaydi. Darhaqiqat, bugun islom dinining ichida ham keskin qarama-qarshilik mavjudligini kuzatishimiz mumkin. Shu munosabat bilan bor kuch va salohiyatimizni safarbar etgan holda, maʼrifatli, bagʻrikeng islom diniga musulmonchilikni niqob qilib olib, uning ustidan hukmronlik qilishga urinayotgan jangari, mutaassib kuchlarga qarshi kurashishga yordam beradigan sogʻlom gʻoyani shakllantirishimiz zarur.
BMT Bosh Assambleyasining 2018 yil 12 dekabrdagi yalpi sessiyasida qabul qilingan “Maʼrifat va diniy bagʻrikenglik” toʻgʻrisidagi maxsus rezolyutsiyasi bunga yaqqol misol boʻladi. Ushbu rezolyutsiya mamlakatimizda qaror topgan bagʻrikenglik va oʻzaro hurmat, diniy erkinlikni taʼminlash, eʼtiqod qiluvchilarning huquqini himoya qilish, ularning kamsitilishiga yoʻl qoʻymaslik kabi vazifalarni xalqaro miqyosda amalga oshirish zarurligini kun tartibidagi asosiy masala sifatida qayd etdi. Bu haqida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev taʼkidlaganidek, “Mamlakatimizda mustaqillikning ilk yillaridan boshlab vijdon erkinligini taʼminlash masalasiga ustuvor ahamiyat berildi. Jumladan, muqaddas dinimiz, milliy qadriyatlarimizni, buyuk aziz-avliyolarimizning xotirasi, merosini tiklash, qadamjolarni obod qilish boʻyicha juda koʻp ish qilindi va qilinmoqda”2

Yüklə 144 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə