1-Mustaqil ish
Investitsion loyihalarning samaradorligini baholash usullari.
Reja
1.
Innovatsiyalar va ularning turlari.
2.
Innovatsiyalarning iqtisodiyot uchun ahamiyati.
3.
Innovatsiyalarning loyihalardagi o‘rni.
4.
Innovatsiya va loyihalarni boshqarish bilan bog‘lik iqtisodiy konsepsiyalar.
“
Innovatsiya
” atamasi blotincha “novatio” so‘zidan olingan bo‘lib,
“yangilanish” (yoki “o‘zgarish”), “in” qo‘shimchasi esa lotinchadan “yo‘nalishida”
deb
tarjima qilinadi, agar buni yaxlit “Innovatio” ko‘rinishida tarjima
qilsak – “o‘zgarishlar yo‘nalishida” deb izohlanadi. Innovation tushunchasi birinchi
bo‘lib XIX-asrning ilmiy tadqiqotlarida paydo bo‘ldi.
Innovatsiya
– bu bozor talabidan kelib
chiqqan holda jarayonlar va
mahsulotlarning sifatli o‘sish samaradorligini ta’minlash uchun joriy etilgan
yangilikdir.
Inson intellektual faoliyati, uning fantaziyasi,
ijodiy jarayoni,
kashfiyotlari, ixtirolari va ratsionalizatorligining yakuniy natijasi hisoblanadi.
Yangi iste’molchilik xususiyatlari yoki ishlab chiqarish tizimlarining
samaradorligini sifatli oshirish orqali bozorga mahsulot (tovarlar va xizmatlar)ni
yetkazib berish – innovatsiyaga misol bo‘la oladi.
Xalqaro amaliyotda “Innovatsiya” ta’rifining “Oslo qo‘llanmasi bo‘yicha ixtiro
statistikasi va ilmiy-tadqiqot ma’lumotlarini to‘plash va qayta ishlash” (“Oslo
qo‘llanmasi”) xalqaro standartlarida berilgan varianti keng tarqaldi.
Ushbu
standartlarga muvofiq innovatsiya – foydalanish uchun kiritilgan yangi yoki sezilarli
darajada yaxshilangan mahsulot (tovar, xizmat) yoki jarayon, sotuvlarning yangicha
uslubi yoki ish amaliyotidagi, ish o‘rinlarini tashkil etishdagi va tashqi aloqalarni
o‘rnatishdagi yangi tashkiliy uslub hisoblanadi.
“Innovatsiya”
tushunchasi
o‘zining
yangi
hayotini
“innovatsion
kombinatsiyalar”ni tahlil qilish, iqtisodiy tizimlarning rivojlanishidagi o‘zgarishlar
natijasida XX-asrning
boshida avstriyalik
va
amerikalik
iqtisodchi Y. Shumpeterning
ilmiy
ishlarida
boshlagan. Shumpeter
1900-
yillarda iqtisodda ushbu terminni ilmiy qo‘llashga kiritgan dastlabki olimlardan edi.
Innovatsiyaga har qanday turdagi yangilik sifatida emas,
balki mavjud
tizimning samaradorligini jiddiy ravishda oshiradigan omil sifatida qarashimiz
lozim. Keng tarqalgan yanglish fikrlashlarga
qaramasdan innovatsiyalar
kashfiyotlardan farq qiladi
Innovatsiyalarning ilmiy kashfiyotlar va ixtirolardan farqi: