Musiqa madaniyat



Yüklə 155,41 Kb.
səhifə1/8
tarix14.05.2023
ölçüsü155,41 Kb.
#110261
  1   2   3   4   5   6   7   8
MUSIQA MADANIYAT


“MUSIQA MADANIYAT” DARSLARIDA MUSIQA SAVODIGA O`RGATISH USLUBLARI
I BOB. “MUSIQA MADANIYATI” DARSLARIDA MUSIQA SAVODI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH USLUBLARI TARIXI VA METODOLOGIYASI
1.1. “Musiqa madaniyati” darslarida musiqa savodi faoliyatini tarixi
1.2. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga musiqa savodxonlik malakalarini shakillantirish.
II BOB. “MUSIQA MADANIYAT” DARSLARIDA MUSIQA SAVODIGA O’RGATISH USLUBLARI ASOSIDA KICHIK SINF O’QUVCHILARINI MUSIQIY NAZARIY BILIMLARINI OSHIRISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI
2.1. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga musiqa savodini o’rgatishning zamonaviy uslublari.
2.2. Yangi darsliklar asosida boshlang`ish sinf o’quvchilari sifatli dars mashg`ulotlarini tashkil etish moduli va 1soatlik dars ishlanmasi.
III BOB. “MUSIQA MADANIYAT” DARSLARIDA MUSIQA SAVODIGA O’RGATISH USLUBLARI BO`YICHA TAJRIBA-SINOV ISHLARI
3.1. Yangi darsliklar asosida boshlang`ish sinf o’quvchilari sifatli dars mashg`ulotlarini tashkil etish bo`yicha tajriba-sinov ishlarini tashkil etish.
3.2. Yangi darsliklar asosida boshlang`ish sinf o`quvchilari sifatli dars mashg`ulotlarini tashkil etish bo`yicha tajriba-sinov ishlari natijalari.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YHATI
ILOVALAR

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Yosh avlodga har tomonlama puxta bilim berish,


ularni Vatanimizning yetuk kishilari etib tarbiyalashda maktab muhim rol
o`ynaydi. O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.Karimov o`zining
“Yuksak ma`naviyat yengilmas kuch” asarida “...kelajagimiz poydevori bilim
dargohida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday
bo`lishi farzandlarimizning bugun qanday ta`lim va tarbiya olishga bog’liq” deb
ta’kidlaydi. Darhaqiqat, maktab jamoasi o`quvchiga bilim berish, uni shaxs sifatida
kamol topib voyaga etishga katta xizmat qilishi bilan birga ularni musiqa va
musiqa san`ati olamiga olib kiradi, go`zallikka bo`lgan qiziqishlarini rivojlantiradi.
Yosh avlodni jismoniy va ma’naviy kamolotini ta’minlash kelajakni
o’ylovchi har bir jamiyat oldida turgan eng dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Respublikamiz istoqlolining dastlabki kunlaridan boshlab ushbu muammoga juda
katta e’tibor berilishi ham fikrimizga dalil bo’la oladi. I.A.Karimov “Kamolot”
yoshlar ijtimoiy harakati tashabbus guruhi bilan uchrashuvda bu masalaning
benihoya dolzarbligini ta’kidlab, “Biz farzandlarimizni Vatan ravnaqi, yurt
tinchligi, xalq farovonligiga erishishdek oliy maqsadlar sari etaklashimiz
kerak”, - degan.
Musiqa darsliklari boshqa darsliklar kabi Istiqlol sharofati bilan chop etilib,
Mustaqillik ne’matiga aylandi. Maktab o’quvchilari uchun har bir darslik va o’quv
adabiyotlari o’z o’rnida aziz, chunki ular bolalar tafakkurini o’stiradi, istiqbol sari
yetaklaydi. Musiqa darslarining ham mazmun mohiyati ana shunday. Musiqa
insonni g’aroyib kuy va ohanglar dunyosiga boshlaydi, his-tuyg’ularni
noziklashtiradi, didini charxlaydi, go’zallikni sevishga o’rgatadi.
Darhaqiqat, bugungi kunda ongi va salohiyati rivojlanib kelayotgan yosh
nihollarimizga buning yaqqol tasvirini ko’rishimiz mumkin.Musiqa kishi ruhining
axloqiy tomoniga ma’lum darajada ta’sir etar ekan,u yoshlarning tarbiyasiga o’z
ijobiy ta’sirini o’tkazadi. Musiqasiz hayot yo’qligi va musiqada hayot
mujassamligi barjamizga ayol. Shaxsi va dini, irqidan qat’iy nazar har bir inson5
musiqa tinglashni yoqtiradi desak xato qilmagan bo’lamiz. Shu sababli ham
rivojlanib kelayotgan yosh avlodlarimizga musiqaning mazmun mohiyatini tubdan
o’rgatish va mustahkamlash uchun bugungi kunda musiqa san’atiga katta e’tibor
berilmoqda. Shaxsni rivojlantirish, tarbiyalash va shakllantirish insonning ham
jismonan, ham aqlan ma’naviy tomondan kamolga yetish jarayonidir.
Umumta'lim maktablarida musiqa o`qitishning asosiy maqsadi -
o`quvchilarga musiqa san'atini go`zallik qonunlari asosida o`rgatish malakasini
singdirish va ularga musiqa madaniyatini tarkib toptirishdir.
«Ta`lim to’g’risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da
ta`lim-tarbiya tizimini isloh qilish, unga ilg’or pedagogik texnologiyalarni joriy
etish zarurligi qayta-qayta ta`kidlanadi. Chunki mamalakatimiz tez sur`atlar bilan
taraqqiy etib, jahon hamjamiyatida iqtisodiy-siyosiy mavqei kundan-kun ortib
bormoqda. Ta`lim-tarbiya sohasini texnologiyalashtirish jarayoni ham bu sohada
samarali natijalarni bermoqda. Bugungi kunda ta`lim sohasiga pedagogik
texnologiyalar, innovatsiyalar kirib kelishi darslarni zamonaviy ruhda, ya’ni yangi
usul va yangi texnikalar orqali tashkil qilishga sabab bo`ldi.
“Musiqa madaniyati” fani dasturida, o`quvchiga musiqa ta`limi berish bilan
bir qatorda uning ijodkorlik qobiliyatini o`stirish, vokal-xor malakalarini
rivojlantirish, musiqani idrok etish, musiqiy savodxonligi, ritmik jo`r bo`lish kabi
mahoratlarini oshirish alohida uqtirilgan.
Ma`lumki, boshlang’ich sinflarda musiqa ta`limining poydevori quriladi.
Unda musiqaga oid barcha bilimlar (xor bo`lib kuylash, musiqa savodi, musiqa
tinglash, musiqaga xos harakatlar bajarish, bolalar cholg’u asboblarida ritmik jo`r
bo`lish) beriladi. Musiqasavodi mustaqil dars faoliyati sifatida amal qilinmay,
balki boshqa faoliyatlar jarayonida musiqa asarlarini badiiy o`rganish va ijro etish
usullarini savodxonlik asosida bajarish uchun qo`llaniladi. Bir so`z bilan aytganda,
musiqiy savodxonlik darsning ta`limiy vazifasini bajaradi.
O’quvchi – yoshlarning musiqiy qiziqishlari, asosan, zamonaviy, ommaviy
(estrada) musiqa janrlari doirasida namoyon bo’lib, ushbu yangi yo’nalish hamda
uning talqinidagi asarlarga nisbatan moyillik va qiziqishlari shakllanmoqda. Biroq,
o’quvchilarning xalq musiqasidagi o’ziga xos milliy ma’naviy va tarbiyaviy
xususiyatlarini anglab etishi qiyin kechmoqda. Shu boisdan, ma’naviyat va milliy
madaniyatni rivojlantirish davlat miqyosidagi muhim ijtimoiy masala sifatida
e’tirof etilayotgan bugungi kunda, ayniqsa, xalq cholg’u musiqasini tinglash,
qo’shiqlar kuylash va musiqa savodxonligini shakllantirishga e’tiborni
kuchaytirish zarur. Mamlaktimizda ta’lim tizimini takomillashtirish,
o’quvchilarning o’quv materialini idrok qilishi hamda musiqa vositasida,
tarbiyalash borasida, musiqa o’qitish metodlari, dars tarkibi, musiqiy foliyatlarni
amalga oshirish yuzasidan o’quvchilarning imkoniyatlari, sinfdan va maktabdan
tashqari musiqiy ishlarni tashkil qilish va boshqa ilmiy-nazariy jihatlar yuzasidan
ayrim ilmiy tadqiqot ishlari bajarilgan va bugungi kunda ham olib borilmoqda.
Jumladan, H.Bobomirzayevning uslubiy tavsiyalarida o’zbek xalq musiqasi
bolalar qo’shiqlaridan o’quv-tarbiya jarayonida foydalanishning mazmuni, shakl
va metodlari, M.Qosimovaning tadqiqotida esa o’zbek xalq folklor qo’shiqlari
orqali yoshlarni estetik tarbiyalash muammolari ishlab chiqilgan. H. Nurmatov7
boshchiligida yaratilgan 1-3 sinf darsliklaridan O’zbekiston maktablari
boshlang’ich sinf o’quvchilarida musiqiy-estetik madaniyatni va musiqiy
savodxonlikni shakllantirish asoslari o’rin olgan.
Ishning maqsadi: Musiqa madaniyati darslarida boshlang’ich sinif o’quvchilariga musiqa savodini o’rgatishni turli xil metodlar orqali o’rgatish.
Ishning vazifasi: Boshlang’ich sinif o’quvchilarini musiqiy savodxonligini o’stirish, musiqaga qiziqtirish va turli zamonaviy metodlar orqali dasr mashg’ulotlarini tashkil etish.
Tarkibiy tuzulishi: Kirish, 3ta bob, 6ta paragrof, xulosa, ilova va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
I BOB. “Musiqa madaniyati” darslarida musiqa savodi faoliyatini tashkil etish uslublari tarixi va metodologiyasi.

    1. Musiqa madaniyati darslarida musiqa savodi faoliyati tarixi.

Davlatimiz mustaqillikka erishgach, o`zbek xalqi o`z madaniyati va san’atini har tomonlama rivojlantirish, uni yangi mazmun bilan boyitish imkoniyatiga ega bo`ldi. 1996-yil, 31-dekabrdagi “Respublikada musiqiy ta’limni rivojlantirish, madaniyat va san’at o`quv muassasalarining ish samaradorligini oshirish haqida”gi hamda 2008-yil, 28- iyuldagi “Bolalar musiqa maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning ish faoliyatlari samaradorligini oshirish bo`yicha 2009-2014 yillarga mo`ljallangan Davlat dasturi haqida”gi farmonlariga asosan har yili musiqa maktablari, madaniyat va san’at kollejlari va boshqa madaniyat va san’at muassasalari ko`plab musiqa asboblari hamda boshqa texnik vositalar bilan davlat tomonidan ta’minlanyapti. Bu qaror va farmoyishlarning amalga oshirilishi natijasida o`rta umumta’lim maktablaridagi bolalarning


musiqiy ijodkorligini rivojlantirish uchun ham zarur moddiy shart- sharoitlar yaratilmoqda.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Barkamol avlod yili” davlat dasturi to`g`risidagi qarorida: “Ilm-fanni yanada rivojlantirish, iqtidorli va qobiliyatli yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, ularning o`z ijodiy va intellektual salohiyatini ro`yobga chiqarish uchun sharoit yaratishga doir kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish”2 haqida berilgan ko`rsatmalari yoshlarning o`z ijodiy va intellektual salohiyatini ro`yobga chiqarishi, mamlakatimiz yigit- qizlarini XXI asr talablariga to`liq javob bera oladigan, har tomonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga yetkazish uchun barcha shart- sharoitlar va imkoniyatlarni yaratish bo`yicha keng ko`lamli chora- tadbirlarni belgilab berdi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bolalar musiqa va san’at maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2016 — 2020-yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturi to‘g‘risida” 2015-yil 20-noyabrdagi PQ-2435-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Xususan, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilariga milliy musiqa cholg‘ularidan kamida bittasini chala olish mahorati o‘rgatiladi hamda bu haqda ularning ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlari (shahodatnoma)ga tegishli qayd kiritiladi.

Musiqa fani o‘qituvchilarining milliy cholg‘ulardan kamida bittasini, 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab esa kamida uchtasini chala olish mahoratiga ega bo‘lish majburiy hisoblanadi.


Ularga asosiy ish joyida ish haqini saqlab qolgan holda, musiqa fanidan dars o‘tish va to‘garak mashg‘ulotlarini olib borishga ruxsat beriladi. Musiqa darslarida «Hayotimga hamrohdir cholg‘u» shiori ostida «cholg‘u ijrochiligi» mashg‘ulotlari yo‘lga qo‘yiladi.


Maktablarni notalar to‘plamlari va maxsus musiqiy adabiyotlar bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratiladi. 2022−2024-yillar davomida 10130 ta maktab, 323 ta bolalar musiqa maktabi, 826 ta madaniyat markazi 7 turdagi milliy cholg‘ular bilan 3 to‘plamdan ta’minlanadi. Buning uchun respublika va mahalliy budjetlardan teng ulushlarda jami 205 mlrd so‘m ajratiladi.


O’qituvchi darslarda o’quvchilarga bo’lgan talabchanlikni bolalarga hurmat, ziyraklik, pedagogik mavqe, obro’sini saqlagan holda yondoshishni namoyon etish bilan muvofiqlashtirgan holda olib borishi lozim. Musiqa madaniyati darslarining yutug’i va natijalari nafaqat o’qituvchining tayyorligiga, balki o’quvchilarning tayyorgarliklariga ham bog’liq bo’ladi. Afsuski, ushbu masalaga ko’pgina yosh o’qituvchilar o’zlarining amaliy ishlarida yetarli darajada e’tibor bermayaptilar. Musiqa o`qituvchisining o’quvchilarga darsdagi murojaat shakli ham turlicha bo`lishi mumkin. O’qituvchining o’quvchilarni o’z ism-shariflari bilan atashi maqsadga muvofiqroqdir. Pedagog sifatida o’zligini namoyon etishni talab qilish zarur holatlarda o’qituvchi tomonidan o’z hissiyotini aks ettirishni inkor etmaydi: u darslarda faqatgina ziyrak va mehribon, quvnoq, xushyor, ko’nglichan bo’libgina qolmasdan, balki jiddiy, xafa va noroziligi bilingan qiyofada bo’lishi ham mumkin.

O’qituvchining pedagogik optimizmi, uning o’quvchilarga munosabatidagi ishonch, o’quv faoliyatini tashkil etishning turli- tuman shakllaridagi mashg’ulotlarda ularning hamjihatiigidagi izlanuvchanligini tashkil etish, o’quvchilarning ishlariga haqqoniy baho berish, ularga doimiy zarur yordam ko’rsatishga tayyor turishlik-bularning barchasi juda katta didaktik va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’ladi. Musiqa madaniyati darsining asosiy maqsadi o’quvchilarga musiqa san’atini go’zallik qonunlari asosida o’rganish malakasini singdirish va ularda musiqa madaniyatini tarkib toptirishdan iborat. Ushbu maqsad musiqa o’quvchilarda musiqaviy- badiiy did, ahloqiy-estetik his-tuyg’ularni tarkib toptirish, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ularda musiqa san’atiga nisbatan qiziqishni va musiqaviy faoliyatida badiiy ehtiyojni kuchaytirish, musiqa savodxonligi madaniyatini shakllantirish, musiqa-davr, hayot, inson his-tuyg’ulari va orzu-umidlari ifodasi ekanligi haqida tushuncha hosil qilish kabi qator vazifalarni o`z ichiga olishi bilan bir vaqtda, boshqa bir qator pedagogik vazifalarni ham o`z ichiga oladi.


Bolalar maktabda o`zlari egallagan musiqiy bilimi va malakalaridan kundalik hayotda, maktabda ertalik va kechalar o’tkazishda mustaqillik, «Mehrjon», «yangi yil», «Navro’z», onajonlar bayrami kabi bayramlarda, ekskursiya va sayrlarga chiqqanda foydalanishlari kerak. Bundan tashqari, o’rganilgan qo’shiqlar uyda oila a’zolari oldida, o’rtoqlari davrasida aytilishi mumkin.


Yetti yillik o’qish davrida musiqa sohasida muntazam sur’atda ish olib borilishi natijasida o’quvchilar musiqa savodiga ega bo’lib, musiqa sevadigan, yirik musiqa asarlarini, shuningdek, kontsertlarni, radio va televideniye orqali beriladigan musiqali eshittirishlarni mehr qo’yib tinglaydigan, badiiy havaskorlik to’garaklarida yetarli tayyorgarlik bilan faol katnashadigan kishilar bo’lib yetishishlari kerak. Bu tadbirlarni amalga oshirishda sinf rahbarlari va ota-onalar musiqa o’qituvchisiga yaqindan yordam berishlari lozim, ya’ni ular bu borada ham hamkorlik qilishlari zarur.


Bolalarda musiqaga mehr va havas uyg’otish, maktab o’quvchilarining musiqiy saviyasini oshirish uchun ashula va musiqa sohasida olib boriladigan sinfdan tashqari ishlarni har tomonlama kuchaytirish lozim. Boshlang’ich va 9 yillik maktablarning har birida xor to’garaklari, sharoiti bor bo’lgan maktablarda cholg’u asboblari bo’lishi kerak. Ayni vaqtda o’quvchilarga yakka tartibda musiqa o’rgatish ishini uyushtirishga e’tibor berish, bu ishga ota-onalar jamoatchiligini jalb etish yaxshi samara beradi, degan fikrlar mavjud.


Musiqa madaniyati darsning har bir faoliyat turida shaqildoqlar,uchburchak, metallafon, doirachalar kabi turli bolalar musiqa asboblarida chalish, kuy va qo’shiqlarga mos raqs elementlarini bajarish, musiqa asboblarini chalinishini qo’l harakati bilan imitatsiya qilish, chapak chalish va dirijyorlik qilish kabi elementlardan keng foydalanish darslarni yanada qiziqarli va jozibali bo’lishini ta’minlaydi. Musiqa darsi boshqa darslardan o’zining badiiyligi, qiziqarligi va bolalarga ko’proq ijodiy zavq, emotsional tuyg’ular va obrazli kechinmalar uyg’otishi bilan ajralib turadi.


Musiqa, musiqa ta’limi jarayonida o’quvchilarni musiqiy-estetik tarbiyalash
jamiyatimizda muhim tarbiya vositalaridan biri hisoblanadi. IX – X asrlarda
yashagan buyuk faylasuf olim, o’rta asr Sharq musiqa nazariyasining
asoschilaridan bir Abu Nasr Muhammad al-Farobiy (873-950) o’zining “Musiqa haqida kitob” (kitob ul-musiqa al-Kabir) asarini yozib tugatar ekan, musiqaning ta’siriga quyidagicha ta’rif beradi: “Yo, alhazar, ey musiqa olami! Yaxshiyamki sen borsan. Agar sen bo’lmaganingda insonning ahvoli ne kechar edi”.
Darhaqiqat, kuylar borki, uni tinglaganda, har bir kishini beixtiyor mungli, mayin hislar qamrab oladi. ayrim kuy, navolar esa tantanavorligi, ulug’vorligi bilan kishiga o’zini rom qiladi, boshqasiesa albidashod xurramlik tuyg’usini jo’sh urdiradi.
Mustaqillik sharoitida xalq musiqa madaniyati, jamiyatimizning ma’naviy
taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Yurtboshimiz aytganlaridek “Har bir o’zbekning xonadonida biron-bir cholg’u asbobining doimo osig’liq turishi ham xalqimizning musiqa san’atiga cheksiz hurmati va ixlosidan darak
beradi. Aytish mumkinki, “Musiqa” odamlarimizning yurak tuyg’ulari, ruhiy
kechinmalari bilan chambarchas payvand bo’lib, hayotimizning ajralmas,
uzviy bir qismiga aylanib ketgan”. Darhaqiqat, butun dunyoga o’zining buyuk
qadriyatlari bilan ma’lum va mashhur o’zbek xalqining boy madaniy merosi
bo’lgan xalq cholg’u musiqasini o’rganish orqali o’quvchi yoshlar tarbiyasiga
estetik tizimidagi muhim vazifalardan biri hisoblanadi. O’zbekiston
Respublikasining 1- perzidenti I.A.Karimovning “...buyuk ma’naviyatimizni
tiklash yanada yuksaltirish, milliy ta’lim-tarbiya tizimini mustahkamlash va
zamon talablari bilan uyg’unlashtirish” haqidagi fikrlari musiqa ta’limida ham
katta ahamiyat kasb etadi. Milliy musiqamiz amaliyotida yangi yo’nalishlar paydo bo’lishi, ifodaviy shakl, ijro uslublari va cholg’u sozlarining o’zgarishi orqali xalq musiqasida o’ziga xos ijtimoiy xususiyatlar va talablar namoyon bo’lmoqda. Ayniqsa, xalq musiqasining – badiiy va tarbiyaviy imkoniyatlaridan unumli foydalanish orqali o’quvchi yoshlarda xalqimizning boy milliy an’analariga, madaniyati va ma’naviyati durdonalariga qiziqish hamda hurmat-ehtiromini tarbiyalash, pirovard natijada, xalq musiqasi amaliyotida vorislik an’analarini rivojlantirish mumkin.
Umumiy musiqa ta’limi jarayonida musiqiy estetik tarbiyani takomillashtirish
o’quvchilar tinglaydigan asarlar mazmuni va ushbu musiqaga nisbatan
munosabatiga bog’liq. Shunday bo’lsa-da, yuqoridagi holatlar asosida
o’quvchilarning xalq musiqasiga nisbatan qiziqishlarini yetarli darajada
shakllantirish jarayoniga bo’lgan ehtiyoj tobora ortib bormoqda.
Turli ta’lim bosqichlarida turli darslarni o’qitish jarayonida, har xil vositalar
orqali o’quvchilarni estetik tarbiyalash masalalariga qaratilgan ilmiy-uslubiy ishlar mavjud. Ammo, boshlang’ich sinflar musiqa darslari jarayonida o’quvchilarning savodxonligini shakllantirish notalar vositasida oddiy qo’shiqlarni kuylay olish masalasida nisbatan adabiyotlar oz. Musiqa savodi bilan tanishtirish asosiy ta’lim mezoni bo’lib, o’quvchilarni ijro etilayotgan asarning yaratilish tarixi, muallifi, asarning shakli, mantiqiy mazmuni, undagi obrazlar uyg’unligi, asarni tuyg’uobrazli idrok qilish, unga munosabat bildirish, og’zaki yoki yozma tavsiflash kabi asarning mazmunini anglash, estetik ta’sirini his etishga qaratilgan harakatlar kamdan-kam o’qituvchilarning ish faoliyatida kuzatilmoqda. Ma’lumki, boshlang’ich sinflarda musiqa ta’limining poydevori quriladi. Unda musiqaga oid barcha bilimlar (xor bo’lib kuylash, musiqa savodi, musiqa tinglash, musiqaga xos harakatlar bajarish, bolalar o’yinchoq cholg’u asboblarida ritmik jo’r bo’lish) beriladi. Musiqa savodi mustaqil dars faoliyati sifatida amal
qilinmay, balki boshqa faoliyatlar jarayonida musiqa asarlarini badiiy o’rganish va ijro etish usullarini savodxonlik asosida bajarish uchun qo’llaniladi. Bir so’z bilan aytganda, musiqiy savodxonlik darsning ta’limiy vazifasini bajaradi. Biz
pedagogik amaliyot davrida (Buxoro shahar 7-son) maktabida musiqa madaniyati darsi orqali olib borilayotgan musiqiy ta’lim-tarbiya jarayonini o’rganib, shunday xulosaga keldikki, buborada hali anchagina muammolar mavjud. Jumladan, o’quvchilarning musiqiy savodxonligi, ritmik jo’rnavozlik hamda ijodkorlik sohalarda zamon talabidan kelib chiqib anchagina ishlarni bajarish zaruriyati sezilmoqda. Shularni inobatga olib bitiruv malakaviy ishimizning mavzusini “Musiqa madaniyat darslarida musiqiy savodiga
o’rgatish uslublari” deb tanladik.
Musiqa savodxonligida musiqiy tovushlardan tortib,
atamalar, an’analar, sur’at (temp)lar intervallar, alteratsiya, dinamik belgilar,
musiqaning ifoda tili, oddiy musiqa shakllari va janrlari, major hamda minor
ladiga oid bo’lgan nazariy bilimlar haqida 1.2.3 va 4 sinf o’quvchilariga
tushunchalar beriladi. Maktab musiqa madaniyati darsliklaridagi musiqa
savodxonligi faoliyatiga nisbatan turli qarashlar mavjud. Metodist nazariyotchi va amaliyotchi mutaxassislar tomonidan maktabda “Musiqa savodxonligi”
atamasining mohiyati turlicha talqin etilishini alohida qayd etib o’tish joiz. Uzoq yillar musiqa savodxonligi, uning elementar nazariyasini o’quvchi yoshlar ongiga singdirish borasida turli metod, usullardan foydalanish borasida ham har xil yondoshuvlar bo’ldi. Achinarlisi shundaki, musiqa savodi o’quvchilarga tushuntirilmasdan quruq qoida sifatida yodlatish hollari ro’y berilgan. Natijada, musiqa savodxonligini tarkib toptirish masalalariga munosabat turlicha bo’ldi. Sohaning ayrim mutaxassislari musiqa savodi – bu musiqaning elementar
nazariyasi bo’lib, musiqiy nutq haqida ma’lumot berishi ya’ni uning asosida nota savodining tasavvur etishini bildiradi deb hisoblashsa, bu nuqtai – nazarga qarshi mutaxassislar esa musiqa savodini musiqiy ta’limning shunday qismidirki, unda musiqa haqida barcha ma’lumotlarni (uning uslubi, shakllari, ifodalilik elementlari, yozuv uslublari, musiqa mualliflari va ishtirokchilari ham boshqalar) beradi, deb ta’riflaydi.
Musiqa savodxonligi mazmuni turlicha tushunilishi, uni amaliyotda o’qitish
yo’llari turli mazmunga amalga oshiriladi. Ayrim hollarda musiqa savodxonligi
elementlari ilk darslardanoq kiritiladi (masalan, musiqa tovushlari, o’zining
balandligi va cho’zimi, bir-biridan farq qilish va hokazo).Boshqa nuqtai nazarga ko’ra barcha nazariy tushunchalar, ma’lumotlar bolalarga musiqaga ancha yaqin bo’ladigan ya’ni u bilan yaqindan oshno bo’lgandan keyin berilishi maqsadga muvofiq degan g’oya ilgari suriladi.
Musiqa madaniyati o’quv perdmeti o’quvchilarning ma’naviy, badiiy va
axloqiy madaniyatni shakllantirishga, milliy g’urur hamda vatanparvarlik
tarbiyasini amalga oshirishga, ijodiy mahorat, nafosat, badiiy didni o’stirishga, fikr doirasini kengaytirishga, mustaqillik, tashabbuskorlikni tarbiyalashga xizmat qiladigan bo’ldi. Keyingi yillarda boshlang’ich sinf darslarining mutaxassislar etishmasligi sababli o’zining sinf o’qituvchilariga berilishi ham o’quvchilarning musiqiy savodxonligini bir muncha pasayishiga sabab bo’lmoqda. Boshlang’ich ta`lim jarayoni-o`quvchilarga musiqa savodxonligini
shakllantirishga alohida ahamiyat kasb etadi. chunki, boshlang’ich sinfda o`quvchi musiqa savodxonligini asosiy poydevori shakllantiriladi. SHunisi muhimki, “O`zbekiston Respublikasi umumta`lim maktablarida musiqa ta`lim-tarbiyasi konseptsiyasi” qabul qilinib, unda boshlang’ich ta`lim tuzulishga alohida e`tibor beriladi. Ayniqsa, musiqa ta`limi amaliyotida boshlang’ich sinflarda musiqani o`qitishning o`ziga xos xususiyatlari, jumladan:
- bolalar musiqiy tayyorgarlik darajasini har xilligi;
- notani yozish, uni tushuntirish, malakasining hali to`la
shakllanmaganligi;
- bolalarning ko`pchiligida musiqani idrok etish, mustaqil kuylay olish
malakalarining to`liq rivojlanmaganligi;
- o`quvchilar diqqat – e`tiborning barqaror emasligi alohida hisobga
olingan.
Shuning uchun biz, ishimizda boshlang’ich sinf o`quvchilarda musiqa
savodxonligi malakalarini shakllantirishda o`quvchilarning pedagogik, psixologik va fizologik rivojlanganlik darajasini bilish hamda ta`lim jarayonida uni hisobgan olish alohida ahamiyatga ega ekanligi ta`kidlab o`tmoqchimiz.
Birinchi sinf musiqa madaniyati darslarining maqsad va vazifalari
bolalarning psixologik, fizologik xususiyatlariga asoslanib, musiqa madaniyati
tarbiyasi uchun muhim savodxonlik asoslarini egallashlariga alohida e`tibor
qaratiladi. 1-sinf o`quvchilarining musiqiy tayyorgarlik darajasi bir xil tekis emas. Ayrim bolalar usiqa tinglash, uni idrok eta olish malakasiga ega bo`lib, turli xil qo`shiqlarni ifodali kuylashga harakat qilishadi. Boshqalari esa maxsus musiqa tinglashni hatto tushunishmaydi, to`g’ri kuylash haqida ma`lumotga ega emaslar. Bu esa ularning maktabgacha davrda musiqiy tushuncha ma`lumotlardan qay darajada barhamad bo`lganliklari, musiqiy muhitga munosabati bilan belgilanadi. Biroq, bu yoshda bolalarning umumiy xususiyalarini ham ta`kidlashimiz lozimdir.
Birinchi sinf o`quvchisi quydagi tipik xususiyatlarga ega bo`ladiki, ta`lim-tarbiya jarayonida, albatta uni hisobga olish lozim:
a) butun organizmning to`liq shaklanganligi bois, darsda bir xillik faoliyat
natijasida tezda tashqi charchash holati ro`y berish;
b) tizimli, maqsadga muvofiq aqliy faoliyat ko`rsatish ko`nikmalarining
shakllanmaganligi;
v) bolalarning diqqat e`tibori ham barqaror darajada emasligi;
g) bolalarning o`yin faoliyatiga moyilligi, o`yin orqali hatto murakkab
materilini o`zlashtirishga ham erishishi mumkinligi
Garchand 1-2 sinf bolalari ko`pgina umumiy sifatlar orqali o`quv
materiallarini yaxshi o`zlashtirish, shirin xayol, muayyan xotiraga ega bo`lsalar-da, ular orasida ma`lum farqlar bordir. eng avvvalo 2-sinf o`quvchisi endi “tajribali” o`quvchi, u maktab tartibiga o`rgangan, dars talablarini tushungan bo`lib, ancha turg’un holatda bo`ladi.
1- sinf o`quvchisiga nisbatan abstrakt tafakkur etish, umumlashtirish, o`qiy
olish malakalari, uning dunyoqarashi, jumladan, musiqiy tafakkurning
kengayishiga yordam beradi. Bularning barchasi o`quvchining ijodiy badiiy
jihatdan kamol topishiga yordamlashadi.
2-sinf o`quvchisining musiqiy rivojlanishi darajasi, albatta sinfda
o`tkaziladigan mashg’ulotlarning sifat va samaradorligiga bog’liq. Shuningdek,
tevrak-atrof, oila ta`siri natijalarini ham e`tirof etish kerak. Biroq, o`qituvchi
o`quvchilar tayyorgarligiga doimo past baho bermasligi lozim. Chunki, normal
rivojlanayotgan bolada musiqiy qobiliyat u yaxshi yoki yomon bo`lishi mumkin. Ruhshunos olim, professor B.M.Teplov o`zining “Musiqiy qobiliyatlar psixologiyasi” kitobida faoliyat bilan musiqiy qobiliyatlarning o`zaro bog’liqligini alohida ta`kidlab o`tgan.
Musiqa ta`limi samaradorligini tashkil etish o`quvchilar musiqiy
qobiliyatlarini aniqlashni taqozo etadi. Mashg’ulotda o`quvchilar musiqa tinglash, savodxonlik, qo`shiq o`oganish, bolalar cholg’ularida chalish, ritmik harakatlarni bajarish, musiqa ijodkorligi faoliyatlarida namoyon bo`ladigan qobiliyatlarni aniqlash mumkin.
O`qituvchi o`quvchilarning musiqiy faoliyatlarda falligini oshirish, ularni
mashg’ulotlarda ommaviy jalb etish orqali musiqiy qobiliyatlarni yanada
rivojlantirishga erishmog’i lozim.
3-sinf o`quvchilarida qiziqish anja rivoj topa boshlaydi. Ular har bir xodisani
yuz berishini o`z ko`zlari bilan ko`rishni xoxlaydilar, ularning o`zlari qiziqib
ishtirok etishga urinadilar.
O`quvchilardagi xayol jarayoni, idrok va tasavvur asta-sekin takomillashib
borishi ularning jismoniy hamda o`sish, ruhiy o`zgarish holatlariga ta`sir etmay
qolmaydi , albatta. Buni musiqa o`qituvchisi hisobga olishi lozim. Uchinchi sinf o`quvchilariga musiqiy-o`quv materiallari hajmi va mazmuni ham kengayib borishi bilan xarakterlanadi.
4-sinfda o`quvchi ancha mustaqil bo`lishi kuzatilib, u jismoniy jihatdan
kuchli, aqlli. 1-3 sinf o`quvchisiga nisbatan aqliy tafakkur etish tajribasiga ega,
diqqat, e`tibori, xotirasi ancha rivojlanganligi bilan ajralib turadi. Biroq, shuni ham ta`kidlash lozimki, sinf o`quvchisining qiziqishi hali ham to`liq shakllanmagan bo`ladi.
Agar 1-2-3 sinflarda bolalar o`quv faoliyatining istalgan turi (qo`shiq
kuylash, raqsga tushishi, musiqa asboblarida chalish va boshqalarga) tayyor bo`lib, qiziquvchanligini namoyon qiladigan bo`lsa, 4-sinfga kelib, qiziqish borasida turlanish holati sodir bo`ladi. Zero, shaxsning ko`pgina qobiliyatlari, jumladan, musiqiy-ijodiy, qobiliyatlari ham turli bosqichlarda, rivoj topishi mumkin va bu hayotda kuzatilgan tabiiy holdir.
4-sinf o`quvchisi mustaqil rivojlanishi, ijtimoiy-madaniy hayotga qiziqishi,
unda bo`ladigan hodisa-voqealarga faol ishtiroq etishga moyilligi kabi
xususiyatlari bilan ajralib turadi. Musiqa savodxonligini oshirishda o`quvchilar o`zlashtiradigan o`quv materiallarining ahamiyati katta.

1.2. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga musiqa savodxonlik malakalarini shakillantirish.


Musiqa madaniyati darslarining mustaqillik davrida tuzilgan yangi dasturi,
darsliklari va bularning yaratilishiga asos bo’lgan DTS bilan tanishar ekanmiz,
darslarda musiqa savodxonligiga ajratilgan o’rinni aniqlaymiz. Musiqa ham
fikrlashning tuyg’uli bir turi bo’lib, ijtimoiy ong shakllaridan biri sifatida insonga
kuchli tarbiyaviy ta’sir ko’rsatadi. Shu sababdan musiqa asarlarini tinglash va
kuylashga qiziqish paydo bo’ladi. Hamma bolalar maktabda o’qishlarini nazarda
tutib, umumta’lim maktabining 1-7 sinflarida musiqa madaniyati darsi kiritilgan.
Bu darslar jarayonida barcha musiqiy faoliyatlar bilan bir qatorda musiqa
savodxonligi faoliyati ham kiritilgan. Ayrim kishilar, hatto ayrim o’qituvchilar bu
faoliyatni o’zlashtirish qiyin, uning musiqachi mutaxassis bo’lmaydigan aksariyat
o’quvchilarga keragi yo’q deb hisoblaydilar.
Bu xato fikr, albatta. Bola harflarni o’rganib olganidan keyingina o’zi
mustaqil tarzda shu harflar vositasida kitobdan o’qiydi. Musiqa ham xuddi
shunday, do, re, mi, fa, sol, lya, si notalarini o’rganib olganidan keyin arim oddiy
kuy yoki qo’shiqlarni notadan o’qib o’rganishi yoki kuylashi mumkin. Musiqaning
elementar, eng zarur belgilarini o’rganmay turib, musiqa asarini o’rganish va
kuylash yoki cholg’u asbobiga chalish mumkin emas.
Oddiydan murakkabga tamoyili asosida darsliklarda musiqa savodini
o’rganish uchun materiallar berilgan. Bu materiallarni to’g’ri tasniflash asosida
o’quvchilarga ma’lum ketma-ketlikda o’rgatilsa va bu belgilarni rasmiyatchilik
uchun, darsning boshqa materiallaridan ajratib o’rgatilishi deyarli samara
bermaydi. Shuning uchun bu nota materiallarini turli rasmlar va kuylash vositasida
o’rgatish talab etiladi.
O’quv qurollarida materiallarning to’g’ri tasniflash asosida berilganligini
ko’rish uchun, darsni tashkil qilishga berilgan ko’rsatmalar (DTS, dastur darslik va
o’quv qo’llanmalar)ni kuzatib chiqamiz.
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi Qonuni, “Kadrlar
tayyorlash Milliy dasturi” talablari asosida ta’lim tizimida ro’y berayotgan
o’zgarishlar umumiy o’rta ta’lim maktablaridagi boshqa o’quv fanlari qatori
“Musiqa san’ati va madaniyati” fanining o’qitilishini ham tubdan yangilashni talab
etmoqda.
Musiqa san’ati va madaniyati” o’quv fani o’quvchilarning ma’naviy, badiiy
va axloqiy madaniyatini shakllantirishga, milliy g’urur va vatanparvarlik
tarbiyasini amalga oshirishga, ijodiy mahorat, nafosat va badiiy didni o’stirishga,
fikr doirasini kengaytirishga, mustaqillik va tashabbuskorlikni tarbiyalashga
xizmat qiladi. “Musiqa san’ati va va madaniyati” o’quv fani umumiy o’rta ta’lim
maktablarida o’qitiladigan barcha o’quv fanlari jumladan, adabiyot, tasviriy san’at,
jismoniy tarbiya mehnat va boshqa fanlar bilan bog’lanadi.
Barcha o’quv fanlari qatori musiqiy ta’limda ham davlat standartining joriy
etilishi milliy musiqiy meroslardan to’laqonli foydalanish imkonini beradi. Bular
ommaviy xalq kuy va qo’shiqlarida, xonanda va sozandalarning ijodiy faoliyatlari,
maqom, shashmaqom, dostonlar va bugungi zamonaviy musiqiy faoliyatda o’z
aksini topdi. Musiqa san’atining bu kabi imkoniyatlari yangi avlodni tarbiyalash,
ularning barkamol bo’lib etishlarida o’ziga xos va takrorlanmas manbaa bo’lib
xizmat qiladi. Azaldan Sharq, jumladan, o’zbek musiqa ta’lim-tarbiyasi ustoz va
shogird an’analari misolida takomillashib borgan.
Davlat ta’lim standartlari ommaviy xalq musiqa pedagogikasi, professional
musiqa ijodkorlari, musiqa ijrochilari (sozanda, xonandalar), katta ashulachilar,
maqomchilar, dostonchilar asarlarining elementar asoslari o’rgatishni
me’yorlashtiradi.
Musiqa ta’limidan davlat ta’lim standartlari asosida yangi ta’lim mazmuni
o’qituvchilarning musiqiy va malakalari bilan birga ularda kuzatuvchanlik, xotirani
mustahkamlash, obrazli tasavvur qilish, ularda ijodkorlik, mustaqillik,
tashabbuskorlik badiiy va musiqiy did kabi xislatlarni rivojlantirishni ta’minlaydi.
Shu bois, musiqa madaniyati ta’limining mazmuni yosh avlodning milliy musiqiy
merosimizga vorislik qila oladigan, umumbashariy musiqa boyligini idrok eta
oladigan madaniyatli inson darajasida voyaga etkazishni nazarda tutadi. Bunda
o’quvchilar musiqa san’atini butun nafosati bilan o’rganishlari, ommaviy musiqa
faoliyatlari: musiqani badiiy idrok etish, yakka va jamoa bo’lib qo’shiq kuylash,
raqsga tushish va ijodkorlik malakalarini shakllantirish asosiy maqsad hisoblanadi.
Shuningdek, o’quvchilar musiqiy iqtidorini rivojlantirish, musiqa san’atiga mehr
va ishtiyoqni oshirish, musiqa san’atiga qiziquvchi o’quvchilarning iqtidorini
rivojlantirish uchun zaruriy shart – sharoitlar yaratib berish, ularning badiiy
ehtiyotlarini qondirish musiqa ta’lim-tarbiyasining asosiy vazifasini tashkil etadi.
Shu bilan bir qatorda jahon xalqlarining nufuzli durdona asarlari bilan
tanishtiriladi. Ta’lim mazmunida hududiy vohalarning san’ati va madaniyati, u
erdagi mahalliy xalq an’analari o’z ifodasini topmog’i lozim. Ta’lim mazmunining
majburiy talablari. “Musiqa san’ati va madaniyati” o’quv fanining mazmuniga
bo’lgan talablar nazariy va amaliy faoliyatlar majmuasidan tashkil topib, ular
quyidagi mavzularni belgilaydi. Boshlang’ich musiqa savodi, musiqiy asarlar
ijodkorlari faoliyati, musiqa ijrochiligi, bastakorlar va kompozitorlar ijodini,
o’zbek cholg’u asboblarini bilishni, mashhur o’zbek xalq sozanda va xonandalar
ijodiy faoliyati, musiqiy atama va iboralar, musiqa janrlari kabi mavzular asosida
milliy musiqa madaniyatimizni o’zlashtirishni nazarda tutadi.
Bu mavzular dars jarayonida quyidagi o’quv faoliyatlarida nazariy va amaliy
mashg’ulotlar vositasida bajariladi.

Yüklə 155,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə