O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti pedagogika fakulteti “Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi” yo‘nalishi guruh talabasi Shavkatova Sarvinozning



Yüklə 246,95 Kb.
səhifə1/7
tarix10.06.2023
ölçüsü246,95 Kb.
#116573
  1   2   3   4   5   6   7
Shavkatova Sarvinoz


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI



Pedagogika fakulteti “Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi” yo‘nalishi ______ guruh talabasi Shavkatova Sarvinozning


Ona tili o‘qitish metodikasi” fanidan tayyorlagan


KURS ISHI
Mavzu: 4-sinf “Oqish kitobi” darsligida berilgan qardosh xalqlar ertaklarini oqitishda ilgor pedagogik texnologiyalarni qollash


Topshirdi: Shavkatova Sarvinoz
Qabul qildi: _____________________


Urganch-2023
Mundarija
Kirish………………………………………………………………………………3
I BOB. Ertak va masal janrini o‘qitishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish…………………………………………………………………...........6
1.1 Ertak matnini o‘qish darsida interfaol ta’lim ……………………………..........6 1.2 Ertak o‘qish texnologik ishlanmasi ………………………………………......16
II BOB Ertak o‘qitish metodikasi………………………………………………21
2.1 Boshlang‘ich sinfda ertak o‘qitish metodikasi ……………………………….21
2.2 Hikoya va masal o‘qish metodikasi …………………………..........................25
Xulosa ………………………………………………………………………......32
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati…………………………………………….34

Kirish
Mavzuning dolzarbligi: O‘zbekistonning kelajagi ko‘p jihatdan barkamol va intellektual salohiyatli avlodni tarbiyalashga bo‘gliq. Bu muhim vazifani amalga oshirish uchun o‘z Vataniga, xalqiga, istiqlol g‘oyalariga sadoqatli, erkin va mustaqil fikrlaydigan yosh avlodni komil insonlar sifatida voyaga yetkazish davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Rеspublikamiz Prеzidеnti Sh.M.Mirziyoyev “Farzandlarimizning qobiliyatini ro‘yobga chiqarishga bolalikdan e’tibor berib, ularning kamoloti uchun barcha imkoniyatlarimizni safarbar etsak, yurtimizdan yana ko‘plab Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug‘beklar yetishib chiqadi. Men bunga ishonaman. Biz xalqimizning farovon hayotini, farzandlarimizning yorug‘ kelajagini ta’minlash uchun bundan buyon ham bir tanu bir jon bo‘lib, bor salohiyat, bilim va tajribamizni safarbar etishimiz lozim”, - dеgan edi.
Boshlang‘ich sinflarning o‘qish darslarida garchi ilmiy jihatdan bo‘lmasa-da, amaliy jihatdan turli janrga mansub asarlar o‘qib o‘rganiladi. O‘qish darsliklariga, asosan, ertak, she’r, ertak, masal, maqol, doston, rivoyat va topishmoq kabi janrdagi asarlar kiritilgan. Bulardan tashqari, ilmiy-ommabop asarlar ham o‘qitiladi.
Turli janrdagi badiiy asarlar qurilishi, uslubi jihatidan o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ularning o‘quvchilarga ta’siri ham har xil bo‘ladi. Tabiiyki, har bir janrga oid asar matni lingvistik jihatdan ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Masalan, she’riy asarlar matni ertak matnidan, ertak matni she’r matnidan, ilmiy-ommabop maqola matni masal janriga taaluqli asarlar matnidan tubdan farq qiladi. Topishmoqlar predmet, voqea-hodisalar o‘rtasidagi o‘xshashlikni taqqoslash orqali o‘zlashtirilsa, maqollar mazmuni hayotiy misollar vositasida sharhlashni taqozo‘etadi. Shunga ko‘ra, turli janrdagi badiiy asarlarni o‘qishda o‘qituvchidan unga mos usullar tanlash talab etiladi. Boshlang`ich sinf o‘quvchilarini dunyoqarashini kengaytirishda ertak va masal asosiy janr hisoblanadi, bunday asarlar o‘quvchining yoshiga va uning psixologik hususiyatlariga mos bo‘lganligi uchun o‘qubchilar juda qiziqib o‘qiydilar.

Yüklə 246,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə