O‘zbekiston respublikasida jamoat birlashmalari to‘G‘risida



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/16
tarix19.12.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#150633
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
223-XII 15.02.1991



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA JAMOAT BIRLASHMALARI 
TO‘G‘RISIDA 
 LexUZ sharhi 
O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 30-sentabrdagi 364-XII-son 
“O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi (asosiy qonuni)ga o‘zgartishlar kiritish 
to‘g‘risida”gi 
Qonuniga
 asosan “O‘zbekiston SSR” degan so‘zlar tegishli 
kelishikda “O‘zbekiston Respublikasi” degan so‘zlar bilan almashtirilgan. 
Shuningdek, “Qoraqalpog‘iston ASSR” degan so‘zlar tegishli kelishikda 
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi” degan so‘zlar bilan almashtirilgan. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Inson huquqlari to‘g‘risidagi Umumiy deklaratsiyaga va O‘zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasiga
asoslanib, ushbu Qonunda fuqarolarning 
jamoat birlashmalarini tuzish erkinligi ularning ajralmas huquqi sifatida 
mustahkamlab qo‘yiladi.
(kirish qismi O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 3-iyuldagi 664-
XII-son 
Qonuni
 tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 
363-modda) 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
39
,
69 70-
moddalari

I BOB. UMUMIY QOIDALAR 
1-modda. Jamoat birlashmasi tushunchasi
O‘z huquqlari, erkinliklarini hamda siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy 
rivojlanish, fan, madaniyat, ekologiya va hayotning boshqa sohalaridagi 
qonuniy manfaatlarini birgalikda ro‘yobga chiqarish uchun birlashgan 
fuqarolarning xohish-irodalarini erkin bildirishlari natijasida vujudga 
kelgan ixtiyoriy tuzilma jamoat birlashmasidir. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar, kasaba uyushmalari, xotin-
qizlar, yoshlar va bolalar tashkilotlari, veteranlar va nogironligi bo‘lgan 
shaxslar tashkilotlari, ilmiy-texnikaviy, madaniy-ma’rifiy, jismoniy tarbiya-
sport va boshqa ko‘ngilli jamiyatlar, ijodiy uyushmalar, yurtdoshlar 


uyushmalari, assotsiatsiyalar va fuqarolarning boshqa birlashmalari jamoat 
birlashmalari deb e’tirof etiladi.
(1-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 
17-maydagi 
O‘RQ-770-sonli 
Qonuni 
tahririda 
— Qonunchilik 
ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son) 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 
74-
moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari 
to‘g‘risida”gi Qonunining 
11-moddasi

Oldingi
 tahrirga qarang. 
Ushbu Qonun tijorat maqsadlarini ko‘zlaydigan yoxud boshqa 
korxonalar va tashkilotlar foyda (daromad) orttirishiga ko‘maklashadigan 
kooperativ tashkilotlarga hamda boshqa tashkilotlarga, diniy tashkilotlarga
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga, shuningdek tashkil etish 
va faoliyat ko‘rsatish tartibi boshqa qonunchilik bilan belgilanadigan o‘zga 
organlarga nisbatan tatbiq etilmaydi. 
(1-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 
21-apreldagi 
O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda 
— Qonunchilik 
ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
 LexUZ sharhi 
O‘zbekiston Respublikasining “
Kooperatsiya to‘g‘risida
”gi, “
Vijdon 
erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida
”gi va “
Fuqarolarning o‘zini o‘zi 
boshqarish organlari to‘g‘risida
”gi qonunlariga qarang. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə