Parazitar kasalliklarga qarshi ilojlar rejasi bilan tanishish va bajarishda qatnashish. Reja



Yüklə 85,41 Kb.
səhifə1/5
tarix24.12.2023
ölçüsü85,41 Kb.
#158372
  1   2   3   4   5
Parazitar kasalliklarga qarshi ilojlar rejasi bilan tanishish va bajarishda qatnashish


Parazitar kasalliklarga qarshi ilojlar rejasi bilan tanishish va bajarishda qatnashish.
Reja:

  1. Hayvonlar parazitologiyasi kelib chiqish tarixi.

  2. Parazitar kasalliklar epizootologiyasi to‘g‘risida tushuncha.

  3. Parazitar kasalliklarning kechishiga tashqi muhit ta’siri.

  4. Parazitlarga qarshi kurash chora-tadbirlari.

  5. Foydalanilgan adabiyotlar.




  1. Hayvonlar parazitologiyasi kelib chiqish tarixi.

Parazitologiya (grekcha parasitos – tekinxo‘r, parazit; logos – ta’limot) kompleks biologik fan bo‘lib, parazitlar, parazit bilan xo‘jayin hamda tashqi muhit orasidagi munosabatlarni,parazitlar sistematikasi, morfologiyasi, biologiyasi va ekologik xususiyatlarini o‘rganuvchi fan hamda parazitar kasalliklarga qarshi kurash chora-tadbirlarini ishlab chiqadi. Umumiy, tibbiyot, veterinariya va agronomiya parazitologiyalari farqqilinadi.
Umumiy parazitologiya tirik organizmlarning o‘zaro munosabatlari, parazit organizmlar sistematikasi, filogeniyasi va evolutsiyasi, parazitar kasalliklar patogenezi, davolash-profilaktik tadbirlarning prinsiplari va boshqa nazariy muammolarni o‘rganadi. Tibbiyot parazitologiyasi, asosan, odamlarda kasallik chaqiruvchi parazit organizmlarni o‘rganadi. Agronomiya parazitologiyasi madaniy o‘simliklarda parazitlik qiluvchi gelmintlar, sodda hayvonlar va bo‘g‘imoyoqlilarni o‘rganadi va ularga qarshi kurash choralarni ishlab chiqadi. Veterinariya parazitologiyasi hayvonlarda uchraydigan parazitlarni, ular keltirib chiqaradigan kasalliklarni va ularga qarshi kurash usullarini o‘rganadi. Veterinariya parazi tologiyasi quyidagi sohalarga bo‘linadi: protozologiya – para zit soda hayvonlar va ular chaqiradigan kasalliklar haqidagi fan; gelmintologiya – parazit chuvalchanglar va ular chaqiradigan kasalliklar haqidagi fan; araxnologiya – o‘rgimchaksimonlar va ular cha qiradigan kasalliklar haqidagi fan; entomologiya – hasharotlarni qo‘zg‘atuvchi sifatida hamda infeksion va invasion kasalliklar ning tashuvchisi sifatida o‘rganadi.
Hayvonot dunyosiga mansub parazitlar zooparazitlar deb atalib, ular tomonidan chaqiriladigan kasalliklar invasion kasalliklar deyiladi. O‘simliklarga mansub parazitlar fitoparazitlar deb atalib, ular chaqiradigan kasalliklar infeksion kasalliklar deyiladi. Ma salan, sibir kuydirgisi infeksion kasalliklar qatoriga kiradi, qaysiki uning qo‘zg‘atuvchisi Bacillus anthracis – o‘simlik dunyosi vakili, koksidioz – invaziya, chunki koksidiya – sodda hayvonlar tipi vakili. Binobarin, kasalliklarni infeksion va invazion deb tasniflash kasallik qo‘zg‘atuvchisining hayvonot yoki o‘simlik dunyosiga mansubligiga asoslangan.
Hayvonlar hamisha turli xil parazit organizmlar (gelmintlar, sodda hayvonlar, o‘rgimchaksimonlar, hasharotlar) bilan kontaktda bo‘ladi, ammo hayvonlarning ular bilan zararlanishi har doim ham kuzatilavermaydi. Bu qator omillarga bog‘liq: parazit–xo‘jayin munosabatlarining spetsifikligiga, hayvonning yoshiga, fiziologik holatiga, qo‘zg‘atuvchining virulentligi va boshqalarga.
Parazitologiya rivojlanishining dastlabki davrlarida kuzatish va mushohada qilish xos edi. Parazitlar to‘g‘risida yuzaki tasavvurlar mavjud edi. Aristotel (eramizdan avvalgi 384–342- yillar) 3 tur chuvalchang haqida (askarida, teniya, ostritsa) bilgan va cho‘chqalarning finnozini tavsiflab bergan.
Eramizdan oldin yashab o‘tgan Gippokrat (460–370) bir qancha parazit chuvalchanglarning odam organizmiga ta’sirini qayd etib o‘tgan. Ba’zi manbalarda keltirilishicha, «helmins» – chuvalchang so‘zini fanga Gippokrat kiritgan. O‘sha davrning tadqiqotchilari parazit chuvalchanglar odam va hayvonlar organizmida o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qoladi degan tasavvurga ega edilar.
Parazit organizmlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Vatanimiz olimlaridan o‘z kashfiyotlari bilan dunyoga tanilgan buyuk bobokalonimiz, mashxur tabib, naturalist, psixolog va faylasuf olim Abu Ali inb Sino asarlarida uchraydi. «Tib qonunlari» asarida lentasimon chuvalchanglar, askarida, ostritsa, va rishta to‘g‘risida yozib, ularning tuzilishi, ko‘payishi va ular tufayli kelib chiqadigan kasalliklar, ularni davolash va oldini olish tadbirlari haqida aniq ma’lumotlar berdi. Ibn Sino parazit organizmlarga qarshi qo‘llaniladigan dori-dormonlar to‘g‘risida ham keng fikr yuritgan.
Franchesko Redii (1626–1698) va P. S. Pallas (1760) tadqiqotlari natijasida parazitlarning o‘z-o‘zidan paydo bo‘lishi haqidagi g‘oya shubha ostida qoldi. Bu olimlar tomonidan parazit organizmlar ham xuddi boshqa organizmlar singari o‘ziga o‘xshash organizmlardan kelib chiqadi degan fikr o‘rtaga tashlandi.
1864-yilda Lui Paster parazitlarning o‘z-o‘zidan paydo bo‘lishi haqidagi nazariya tarafdorlarini mag‘lubiyatga uchratadi. Bu g‘oya K. F. Melis, K. T. Zibold, F. Kyuxenmeystr, Van Beneden va boshqalar ilmiy ishshlarida o‘z tasdig‘ini topdi. E.I. Eyxvald, E. K. Brand, I. A. Porchinskiy, N. A. Xolodkovskiy parazitar kasalliklar etiologiyasi ilmiy asosini yaratdi.
Professor K. Rudolfi (1771–1832) gelmintologiyaning asoschisi hisoblanadi. U dastlab 756 ta turli xil xo‘jayinlardan yig‘ilgan 981 tur parazit chuvalchanglar haqida ma’lumot keltirgan.
XIX asrning ikkinchi yarmida parazitologiyaning hamma bo‘limlari rivojlandi. Bu davrda amaliy gelmintologiya – tibbiyot, veterinariya, agronomiya gelmintologiyalari rivojlandi. Umumiy gelmintologiya trematodologiya, sestodologiya, nematodologiya va akantosefalogiya qismlariga bo‘lib o‘rganila boshlandi.
S. P. Botkin, V. P. Manassein, V. T. Chudkovskiy, N. P. Gundobin kabi yirik klinisistlar odam va hayvonlar patologiyasida gelmintlarga jiddiy e’tibor qaratdilar.
Biolog N. A. Xolodkovskiy (1858–1921) «Odam qurtlari atlasi»ni tuzib, gelmintologiyaning rivojlanish tarixida yuksak o‘rinni egalladi.
Mikroskop ancha yillar oldin kashf etilganiga qaramay, faqatgina XIX asrda protozoologiya alohida fan bo‘lib ajralib chiqdi. Odam va hayvonlar ko‘pgina protozoy kasalliklarining qo‘zg‘atuvchilari (malyariya, amebioz, koksidioz, babezioz, priroplazmoz va b.) topildi va ular tavsiflab berildi. Surtmalarni D. L. Romanovskiy (1891) usuli bo‘yicha bo‘yash protozologiyaning rivojiga ulkan hissa qo‘shdi.
Parazitologik tadqiqotlar bo‘yicha keyingi ma’lumotlar XIX asrning ikkinchi yarmida Turkiston o‘lkasi bo‘ylab sayohat qilgan rus tabiatshunos olimi A. P. Fedchenko asarlarida uchraydi. U Buxoro, Samarqand va Toshkentda bo‘lib, har xil hayvonlardan parazit chuvalchanglarni yig‘di. Yig‘ilgan materialni Daniya va Germaniya mutaxassislari bilan qayta ishlash natijasida, ularning 24 tur parazit chuvalchanglarga mansubligi aniqlangan.
Entomologiyaning asoschisi Aristotel hisoblanib, u «entomon» – hasharot so‘zini fanga kiritdi va to‘liq va to‘liq bo‘lmagan metamorfozni yoritib berdi. Zararli hasharot va kanalar to‘g‘risidagi uzuq-yuliq ma’lumotlar Abu Ali ibn Sino (1002), Chao-Yuan-Fana (610) asarlarida uchraydi. XVII asrda F. Redii araxnoentomologiya bo‘yicha birinchi qo‘llanmani yozdi. M. Malpigi, Y. Svammerdam, A. Levenguk hasharotlar anatomiyasini o‘rganishga katta hissa qo‘shdilar. Ammo araxnoentomologiyaning ilmiy asosi XIX asrning oxirida E.K. Brandt, J. F. Fabr, I. A. Porchinskiy, N. A. Xolodkovskiy kabi olimlar tomonidan ochib berildi.
Yuqorida aytilganlarni umumlashtirib,shunday xulosa qilish mumkinki, XX asrning boshlarigacha parazitologiya sohasida aniq bir maqsadga yo‘naltirilgan nazariy va amaliy maktablar deyarli yo‘q edi. Ammo keyinchalik K. I. Skryabin, V. L. Yakimov, Y. N. Pavlovskiy va V. A Dogel faoliyatlari tufayli parazitologiya tez sur’atda rivojlana boshladi.
K .I. Skryabin (1878–1972) gelmintlarning 200 dan ortiq yangi turini topdi va 100 xil avlodini tavsiflab berdi. U chop ettirgan ilmiy ishlari soni 700 tadan oshadi. Ular ichida ko‘plab tomlardan iborat bo‘lgan yirik asarlari «Trematodologiya asoslari», «Sestodologiya asoslari» va «Nematodologiya asoslari» soha bo‘yicha jahon fanining rivojiga qo‘shgan ulkan hissadir.
Akademik K.I. Skryabin O‘zbekistonda ham gelmintologiya va parazitologiya fanlarining rivojlanishga ulkan hissa qo‘shgan. Uning boshchiligida O‘zbekiston hududida 5, 21 va 36 ittifoq gelmintologiya ekspeditsiyalari ish olib borgan. Respublikamizda bir qancha ilmiy markazlarning ochilishida K.I. Skryabinning xizmati katta. U ko‘plab shogirdlar yetishtirib chiqargan: N. P. Zaxarov, I. M. Isaychikov, B.G. Massino, N.P. Popov, A.M. Petrov, V. P. Baskakova, R.S. Shuls, V.S. Ershov, Y.E. Shumakovich, V.G. Gagarin, I.V. Orlov, M. A. Sultanov, S.N. Bobojonov, A.T. To‘laganov, N.M. Matchanov, V.M. Sodiqov, E.X. Ergashev, J.A. Azimov va boshqalar.
E.N. Pavlovskiy (1884–1965) – umumiy parazitologiya rivojiga ulkan hissa qo‘shgan olim. U qon so‘ruvchi hasharot va kanalar orqali uzatiladigan odam va hayvonlarning transmissiv kasalliklari haqidagi ta’limotni yaratdi. Olim ko‘p parazitar kasalliklarning tabiiy manbalari va ularning epizootologiyasini o‘rgandi. Keyinchalik bu konsepsiyaning nazariy va amaliy rivoji Y. V. Gvozdev va S. N. Boyev tadqiqotlarida o‘z aksini topdi.
E.N. Pavlovskiy 600 dan ortiq ilmiy ishlar qilgan. P.A. Petrisheva, A.S. Monchadskiy, G.S. Pervomayskiy, G.G. Smirnov, I. G. Galuzo va boshqalar Y. N. Pavlovskiyning shogirdlari hisoblanadi.
V.L. Yakimov (1870–1940) protozologlar maktabiga asos solib, parazit sodda hayvonlar va ular chaqiradigan kasalliklar hamda ularning oldini olish chora-tadbirlarini o‘rgangan. U shogirdlari bilan birgalikda protozoy kasalliklar qo‘zg‘atuvchilarining 120 dan ortiq turini tavsiflab bergan. Yakimov – 500 dan ziyod ilmiy ishlar muallifi. Uning shogirdlari: N. A. Kobalskiy, V.F. Gusev, S.N. Nikolskiy, V.L. Yakimov (1870–1940) N.A. Zolotarev, L.S. Ivanova, Z.P. Korniyenko-Koneva va boshqalar.
V. A. Dogel (1882–1955) – ekologik parazitologiya maktabi asoschisi. U hayvonlar gelmintofaunasini tashqi muhit sharoiti va xo‘jayin organizmi holatiga bog‘lab o‘rgangan. Umumiy protozoologiya sohasida ham uning xizmatlari katta. V.A. Dogelning umumiy parazitologiya bo‘yicha yirik qo‘llanmasi bir necha bor qayta nashrdan chiqarilgan. Uning 300 dan ortiq ilmiy ishlari chop etilgan.
V. A. Dogel ko‘plab shogirdlar yetishtirgan, jumladan, O. N. Bauer, M. M. Belopolskaya, I. E. Bixovskaya-Pavlovskaya, G. K. Ginetsinskaya, M. N. Dubinina, A. P. Markevich, G.K. Petrushevskiy va boshqalar.
Yuqorida nomlari keltirib o‘tilgan olimlar O‘zbekistonda ham parazitologiya fanining rivojlanishga o‘z hissalarini qo‘shgan va ko‘plab ilmiy xodimlar yettishtirib bergan.
Ayni vaqtda, O‘zbekistonda parazitologiya fani quyidagi to‘rt yo‘nalish bo‘yicha shakllanib, nazariy va amaliy muammolarni hal etib kelmoqda: 1) umumiy parazitologiya; 2) tibbiyot parazitilogiyasi; 3) veterinariya parazitologiyasi; 4) agronomiya parazitologiyasi.
Umumiy parazitologiya sohasida ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan olimlardan M. A. Sultanov, E. I. Gan, S. O. Osmonov, M. K. Qodirova, Q. S. Samadov, J. A. Azimov, T. Q. Qobilov, S. Dadayev va boshqalarni ko‘rsatib o‘tish mumkin.
M. A. Sultanov (1915–1980)ning ilmiy ishlari qush va sut emizuvchilar gelmintlarini, ot oshqozon bo‘kasini hamda boshqa yovvoyi hayvonlar parazitofaunasini o‘rganish, ularga qarshi kurash choralariga bag‘ishlangan. Uning «O‘zbekistondagi uy parrandalari va yovvoyi qushlarning gelmintlari» nomli monografiyasi soha rivojiga qo‘shilgan ulkan hissadir. Uy va yovvoyi qushlar gelmintofaunasining oziqa tarkibiga, xo‘jayinning yashash sharoitiga va yoshiga, yil fasliga va boshqa ekologik omillarga bog‘liqligi tahlil etilgan.
Biologiya fanlari doktori, professor, O‘zR FAning akademigi J. A. Azimovning ilmiy tadqiqotlari alohida e’tiborga molikdir.
J. A. Azimov – 650 dan ziyod ilmiy, ilmiy ommabop maqolalarning muallifi, shu jumladan, 28 ta monografiya, bir qancha kitob, ma’lumotnoma, oliy o‘quv yurtlari, kollej va litsey talabalari uchun o‘quv qo‘llanmalar muallifi. Hayvonlar gel- 10 mintlarini o‘rganish jarayonida, Haemonchus avlodiga mansub turlarni differsiatsiya qilishda birinchi bo‘lib biometrik usulni qo‘lladi. Gelmintlar taksonomiyasida biometrik usullarni qo‘llash bo‘yicha qator g‘oyalarni amalga oshirdi.
U fiziologik, biokimyoviy, gistologik usullarni qo‘llash natijasida Orientobilharzia turkestanica trematodasining qishloq xo‘jalik hayvonlari patologiyasidagi rolini har tomonlama o‘rgandi. Bu eksperimental tadqiqot natijalari, yirik olimlar (akademiklar K. I. Skryabin va V. S. Ershov, professorlar V.G. Gagarin, N. V. Demidov, M. I. Naumicheva) e’tiroficha, gelmintologiyada originalligi va yangilik darajasi bilan ajralib turgan.
J. A. Azimov olib borgan tadqiqot natijalari uning «Odam va hayvonlar shistosomatidlari (sistematika)» (1975), «Trematodalar – odam va hayvonlar parazitlari» (1986) monografiyalarida umumlashtirilgan bo‘lib, bu monografiyalar gelmintologiya fanining rivojlanishida ulkan hissa bo‘lib qo‘shildi.
Trematoda va nematoda sinfi vakillarining morfologiyasi va biologiyasini o‘rganish natijasida J. A. Azimov va uning shogirdlari qator nazariy konsepsiyalarni shakllantirdilar. Bular jumlasiga gelmintlar hayot sikllari evolutsiyasi va «parazit– xo‘jayin» tizimi funksiyalanishida yashash muhitlariga moslashish yo‘llari, filogenetik o‘zaro bog‘liqlik, alohida taksonlar sistemalarini qayta ko‘rib chiqish va boshqalar kiradi.
J. A. Azimov 1970–2013- yillar mobaynida Schistosomatida va Pseudaliida turkumlari sistematikasini qayta ko‘rib chiqib, yangi kenja sinf, turkum, kenja turkum, oila, kenja oilalarga asos soldi va bu taksonlar uchun original aniqlagich jadvallar tuzdi. Bu tadqiqotlarni hozirgi kunda ham J. A. Azimov va uning shogirdlari davom ettirmoqdalar.
Tibbiyot parazitologiyasi taraqqiyotiga L.M. Isayev, V.M. Sodiqov, P. M. Lerner, V. R. Lemelev, N. A. Dehqonxo‘jayeva va boshqalar ulkan hissa qo‘shgan.
Respublikamizda tibbiyot parazitologiyasining taraqqiyotida mashhur olim L. M. Isayev (1868–1964)ning xizmatlari nihoyatda katta. U bezgak, leyshmanioz, rishta va boshqa invazion kasalliklarga qarshi kurash va ularni yo‘qotish ishlarida bevosita qatnashdi hamda jahon gelmintologiya tarixida birinchi bo‘lib Buxoroda odam uchun eng xavfli bo‘lgan rishtani butunlay tugatishga hissa qo‘shdi. Olimning bir qator shogirdlari ham bu sohada muvaffaqiyatli ishlarni olib borishmoqda.
Mamlakatimizda veterinariya parazitologiyasi sohasidagi olimlardan N. V. Badanin, E. X. Ergashev, N. M. Matchanov, Sh. A. Azimov, R. X. Xaitov, B. S. Salimov, A. O. Oripov, A. Ro‘zimurodov, M. Aminjonov, G. Po‘latov va boshqalarni aytib o‘tish o‘rinlidir.
O‘zbekistonda veterinariya parazitologiyasining shakllanishi bevosita O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, respublikada xizmat ko‘rsatgan veterinariya vrachi, veterinariya fanlari doktori, professor N. V. Badanin nomi bilan bog‘liq. U Samarqand qishloq xo‘jalik institutida uzoq yillar davomida mehnat qilib, respublikamizda kadrlar tayyorlash ishida o‘zining ulkan hissasini qo‘shdi. U «Tuyalar gelmintlari» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan, O‘zbekiston sharoitida kavsh qaytaruvchilar gelmintofaunasini o‘rgangan va ular gelmintozlariga qarshi kurash tizimini tavsiya etgan.
O‘zR FA akademigi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, veterinariya fanlari doktori, professor E. H. Ergashev (1933–2003)ning ilmiy tadqiqotlari va ishlanmalari shunisi bilan ajralib turadiki, olim faoliyati davomida O‘zbekiston hududida chorva mollari orasida keng tarqalgan exinokokkoz, senuroz hamda qator nematodozlarga qarshi kurash hamda oldini olishning maqbul va samarali usullarini ishlab chiqish bilan birga, zarur hollarda nosog‘lom xo‘jaliklarni sog‘lomlashtirishda bevosita ishtirok etgan. U qo‘y va echkilar gelmintlarini yil mavsumlari, mintaqaviy qismlar bo‘yicha hayvon yoshiga bog‘liq ravishda o‘rgandi. O‘zbekistonda qo‘y va 12 echkilarning asosiy gelmintozlarini va ularning chorvachilikka yetkazadigan zararini aniqladi.
Olimning ilmiy-pedagogik faoliyati davomida 700 ga yaqin ilmiy ishlari, 20 ga yaqin darslik va monografiyalar nashr qilingan. U ilmiy-amalliy tavsiyalarga hamda ixtirochilikka katta e’tibor bergan va shu maqsadda 185 ta tavsiya ishlab chiqqan, 27 ta ixtirochilik ishlanmasiga mualliflik guvohnomasini olgan.
N. M. Matchanov va uning shogirdlari qishloq xo‘jalik hayvonlari teniidozlari muammosi bo‘yicha keng tarmoqli ilmiy tadqiqotlar olib borgan, ularda «parazit–xo‘jayin» munosabatlarining nazariy jihatlari asoslangan va invazion elementlarning tabiatda sirkulatsiya qilinishi o‘rganilgan.
N. M. Matchanov ko‘p yillik tadqiqotlari natijasida bu kasallikni amaliy jihatdan butunlay tugatish mumkinligini ilmiy asoslarini ishlab chiqdi va bunga Buxoro viloyati hududida erishdi va bu, o‘z navbatida, chorvachilikka katta iqtisodiy foyda keltirdi. N. M. Matchanovning hammualliflar bilan tayyorlangan «O‘zbekistonda bio- va geogelmintozlar va ularga qarshi kurash» (1975), «Odam va qorako‘l qo‘ylarining larval teniidozlari» (1977) va «Odam va hayvonlarning larval teniidozlari» (1977) nomli monografiyalari hamda «Veterinariya asoslari» o‘quv qo‘llanmasi sohaning rivojiga qo‘shilgan ulkan hissadir. U – 200 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi.
Veterinariya fanlari doktori, professor B. S. Salimov qishloq xo‘jaligi hayvonlarida keng tarqalgan trematodalarning bioekologik xususiyatlarini, ular chaqiradigan kasalliklarning epizootologiyasini o‘rganishga, ularga qarshi bioekologik kurash asoslarini yaratishga qaratilgan.
U o‘z ilmiy ishlarini O‘zbekistonda gelmintologiya fanini rivojlantirishga, uni malakali kadrlar bilan boyitishga, shu bilan birga, zoologiya va parazitologiya fanlari bo‘yicha o‘quv-uslubiiy ishlarni takomillashtirishga, talabalarni ilmiy tadqiqot ishlariga faol jalb etishga qaratgan.
B. S. Salimov 200 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi, ixtiro va ratsionalizatorlik takliflari uchun bir nechta mualliflik guvohnomalarini olgan. Ilmiy tadqiqot natijalari ishlab chiqarishga joriy etilib, veterinariya xizmatiga yaqindan amaliy yordam berib kelmoqda.
Agronomiya parazitologiyasi XX asrning boshlarida fitogelmintologiya fani sifatida qishloq xo‘jaligi o‘simliklarida va tuproqda yashaydigan nematodalarni o‘rganuvchi yangi soha sifatida vujudga keldi. Bu sohaga Y. S. Kiryanova asos solgan. Keyinchalik, O‘zbekistonda bu sohadagi tadqiqot ishlari O‘zbekiston Fanlar akademiyasi muxbir a’zosi, professor A.T. To‘laganov boshchiligida fitonematodalarning faunasi, taksonomik tizimi, biologiyasi va ekinlarga katta zarar yetkazuvchi parazit turlarni o‘rganishga tomon yo‘naltirildi. Respublikamizning turli ilmiy markazlarida fitogelmintologiya sohasida tadqiqot ishlari olib borgan olimlar sifatida Z. Norboyev, A.I. Zemlyanskaya, O. Z. Usmanova, O. Mavlonov, Sh. Xurramov va boshqalarni aytib o‘tish mumkin.


  1. Yüklə 85,41 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə