Pedagogik kompyuter dasturlari Reja : Pedagogik dasturiy vositalar Pedagogik didaktik talab va vositalar



Yüklə 292,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix18.04.2023
ölçüsü292,83 Kb.
#106096
  1   2   3   4   5   6
Xudoyberdiyeva Ozodaxon



Pedagogik kompyuter dasturlari
Reja :
1.
Pedagogik dasturiy vositalar
 
2. Pedagogik didaktik talab va vositalar
Pedagogik dasturiy vositalar – kompyuter texnologiyalari yordamida 
o`quv jarayonini qisman yoki to`liq avtomatlashtirish uchun 
mo`ljallangan didaktik vosita hisoblanadi. Ular ta`lim jarayonini 
samaradorligini oshirishning istiqbolli shakllaridan biri hisoblanib, 
zamonaviy texnologiyalarning o`qitish vositasi sifatida ishlatiladi. 
Pedagogik dasturiy vositalar tarkibiga: o`quv fani bo`yicha aniq didaktik 
maqsadlarga erishishga yo`naltirilgan dasturiy mahsulot (dasturlar 
majmuasi), texnik va metodik ta`minot, qo`shimcha yordamchi vositalar 
kiradi.
Pedagogik dasturiy vositalarni quyidagilarga ajratish mumkin: 
-
o`rgatuvchi dasturlar – o`quvchilarning bilim darajasi va 
qiziqishlaridan kelib chiqib yangi bilimlarni o`zlashtirishga yo`naltiradi; 
-
test dasturlari – egallangan bilim, malaka va ko`nikmalarni 
tekshirish yoki baholash maqsadlarida qo`llaniladi; 
-
mashq qildirgichlar - avval o`zlashtirilgan o`quv materialini 
takrorlash va mustahkamlashga xizmat qiladi;
-
o`qituvchi ishtirokidagi virtual o`quv muhitini shakllantiruvchi 
dasturlar. 
Pedagogik dasturiy vositalar yaratishga qo`yiladigan talablar. 
 
Pedagogik dasturiy vositalarni yaratish texnologiyasini amalga 
oshirish maqsadida ularning an`anaviy vositalardan ustunligini 
tasdiqlovchi qator ijobiy omillar mavjud. Mazkur omillar didaktik
psixologik, iqtisodiy, fiziologik guruhlarga ajratildi.
Pedagogik dasturiy vositalarga qo`yiladigan 
didaktik talablarga
quyidagilar kiradi: ilmiylik, tushunarli, qat`iy va tizimli bayon etilishi 
bilan birgalikda (pedagogika, psixologiya, informatika, ergonomikaning 
asosiy tamoyillarini, zamonaviy fanning fundamental asoslarini hisobga 
olib, o`quv faoliyati mazmunini qurish imkoniyatini ta`minlash), 
uzluksizlik va yaxlitlik (ilgari o`rganilgan bilimlarning mantiqiy oqibati 
hamda 
to`ldiruvchisi 
hisoblanadi), 
izchillik, 
muammolilik, 


ko`rgazmalilik, faollashtirish (o`qitish mustaqilligi hamda faollilik 
xususiyatining 
mavjudligi), 
o`qitish 
natijalarini 
o`zlashtirish 
mustahkamliligi, muloqotning interfaolliligi, o`qitish, tarbiyalash
rivojlantirish va amaliyotning yaxlit birligi.

Yüklə 292,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə