Plaunlar bo‘limi (Lycopodiophyta), Qirqbo‘g‘imlar bo‘limi (Equisetophyta), Qirqquloqlar bo‘limi



Yüklə 130,69 Kb.
səhifə1/5
tarix24.12.2023
ölçüsü130,69 Kb.
#160660
  1   2   3   4   5
maruza 11


Plaunlar bo‘limi (Lycopodiophyta), Qirqbo‘g‘imlar bo‘limi (Equisetophyta), Qirqquloqlar bo‘limi (Polypodiophyta).
PLAUNTOIFALAR BO’LIMI – LYCOPODIOPHYTA
Ushbu bo’lim vakillari yuksak o’simliklar orasidagi qadimgi o’simliklardan
bo’lib, Paleozoy erasining oxirlarida yaxshi taraqqiy etgan. Hozirgi paytda ularning 1000-1200 atrofida o‗tlardan iborat turlari uchraydi. Qazilma turlari orasida yirik daraxtlar ham bo’lgan. Ularning bo’yi 30-40 metrgacha borgan lepidodendronlar, sigillyariyalarning qoldiqlari toshko’mir hosil bo‗lishida ishtirok etgan. Hozirgi yashab turgan vakillari plaunlar, selaginellalar va polushniklar o’tchil o’simliklardir. Plaunlarning ayrimlarida yer osti organlari tipik ildizpoya shaklida bo’lib, unda metamorfozlashgan barglar va qo’shimcha ildizlardan tashqari rizoforalar ham bor. Plaunlarning yer usti va yer osti qismlari dixotomik
shoxlangan. Ko’pchilik plaunlarning barglari ketma-ket, ayrimlarida esa qaramaqarshi yoki halqasimon joylashgan. Plaunlarning ildizlari va poyalari uchki
meristema yordamida o’sadi. Sporofillari spora boshoqlarida o’rnashgan.
Plaunlarning vakillari jinssiz, vegetativ va jinsiy yo’llar bilan ko’payadi. Vegetativ ko’payishi yotib o’suvchi vakillarida yerga yopishgan qismidan ildiz otib, ayrimlari esa ildizpoyalari yordamida ko’payadi. Plaunlar orasida teng va har
xil sporali vakillari bor. Bunday izo- va geterosporalar jinssiz ko’payish jarayonida
spora boshoqlarida yetiladi. Bu teng va har xil sporalardan o’sgan gametofitlar birbiridan kattaligi, shakli jihatidan keskin farq qiladi. Teng sporalardan o’sgan
gametofitlar ikki jinsli bo’lib, yer osti yoki yarim yer ustida o’sadi. Ular saprofit
yoki yarim saprofit hayot kechiradi va 10-15 yil mobaynida yetiladi. Makro- va
mikrosporali vakillarida har xil sporalardan hosil bo’lgan gametofitlar juda kichik
hamda bir jinsli bo’lib, bir necha xafta ichida yetiladi. Ikki jinsli gametofitlarida
arxegoniy va makrosporadan hosil bo’lgan gametofitda arxegoniy, mikrosporadan
o’sgan gametofitda esa anteridiy ikki yoki ko’p xivchinli spermatozoidlar yetiladi.
Arxegoniyning pastki qismida tuxum hujayra joylashgan. Urug‗lanish namlik
yordamida ro’y beradi. Bu bo’lim ikkita ajdodga: Plaunsimonlar–Lycopodiopsida va Polushniksimonlarga–Isoetopsida bo‗linadi. Plaunsimonlarga Plaunnamolar–
Lycopodiales qabilasi hamda Asteroksilnamolar–Asteroxylales va Protolepidodendronnamolar–Protolepidodendrales qazilma holda uchraydi.
Polushniksimonlar ajdodiga 3 ta qabila kiradi: Lepidodendronnamolar–
Lepidodendrales qazilma holda, Selaginellanamolar–Selaginellales va Polushniknamolar – Isoetales.

Lepidodendrales qazilma plaunlar:
A-Lepidodenron sp. umumiy ko’rinishi: a-po’stloqdagi barg o’rni (yostiqchasi); b-sporangiyli
boshoq va uning bo’ylama kesmasi; 1- barg o’rni (yostiqchasi); 2-trofofill plastinkasi (barg); 3-
sporofill; 4-tilcha (ligula); 5-megasporangiy; 6-mikrosporangiy. B-Sigillaria sp. 1-umumiy
ko’rinishi; 2-barg chandig‗i; a-S. inferior; b-S. bardii. Polushniksimonlar ajdodining vakillari har xil spora hosil qilib ko’payishi bilan birinchi ajdoddan farq qiladi. Hozirda plaunnamolar selaginellanamolar va polushniknamolarning o’t o’simliklaridan iborat vakillari saqlanib qolgan. Plauntoifalarning daraxt vakillari bizgacha yetib kelmagan.

Yüklə 130,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə