Psi 1kurs talabasi Muratova sabinaning Rivojlanish psixologiyasi fanidan tayyorlagan Taqdimoti Shaxsni oʻrganish soʻrovnomasi



Yüklə 3,56 Mb.
səhifə1/3
tarix19.12.2023
ölçüsü3,56 Mb.
#151702
  1   2   3
Shaxsni oʻrganish soʻrovnomasi35


Psi 1kurs talabasi Muratova sabinaning Rivojlanish psixologiyasi fanidan tayyorlagan Taqdimoti
Shaxsni oʻrganish soʻrovnomasi
Reja:
1.Shaxs haqida tushuncha
2.Jahon psixologiyasida shaxs nazariyalari
3.Sobiq sovet psixologiyasida shaxs ta'rifi
4.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1.Shaxs haqida tushuncha
Shaxs tushunchasi keng va ko’p qirralidir. Mehnat qila olish ko’nikmasining mavjudligi, insonlar bilan birgalikda faoliyat munosabatni amalga oshirayotgan kishi asta - sekin shaxsga aylanib boradi. Bevosita moddiy dunyoni, jamiyatni va xususan o’zini o’rganish va faol tarzda qayta o’zgartirish jarayonining sub'ektga aylanmoqda. Shu o’rinda haqli bir savol tug’iladi, ya'ni shaxs, individ, individuallik tushunchasining o’zaro bog’liqlik jihatlari mavjudmi? Buning uchun mazkur tushunchalarning mazmunini tahlil qilish samarali hisoblanadi. Shuning uchun ham dastlab individ tushunchasining mazmuniga to’xtalish lozim. A.V.Petrovskiy tahriri ostida chiqqan "Umumiy psixologiya" darsligida "Individ" tushunchasida kishining nasl-nasabi ham mujassamlashgandir.
Yangi tug’ilgan chaqaloqni, katta yoshdagi odamni ham, mutafakkirni ham, aqli zaif ovsarni ham, yovvoiylik bosqichidagi qabilaning vakilini ham, madaniyatli mamlakatda yashayotgan yuksak bilimli kishini ham individ deb hisoblash lozim. Individ tushunchasi professor E.G’ozievning "Umumiy psixologiya" darsligida tavsiflanishicha, individ lotincha ajralmas, alohida zot ma'nolarini anglatib, inson zotiga xoslik masalasini belgilab beradi. Shuningdek, katta yoshdagi ruhiy sog’lom odamlar ham, chaqaloq ham, nutqi yo’q oddiy malakalarni o’zlashtira olmaydigan aqli zaiflar ham individlar deb ataladi.
M.G.Davletshin tahriri ostida chiqqan "Psixologiyadan qisqacha izohli lug’atda" individ bo’linmas, ayrim jins, shaxs ma'nolarini anglatib, biologik turga kiruvchi alohida tirik mavjudot sifatida ko’rsatib o’tiladi. Keltirilgan ta'riflardan shuni xulosa qilish mumkinki shaxs deb muayyan jamiyatda yashovchi faoliyatning biror turi bilan shug’ullanuvchi, kishilar bilan normal til orqali munosabatga kirishuvchi ongli individga aytiladi. Individ sifatida dunyoga kelgan odam ijtimoiy muhit ta'sirida keyinchalik shaxsga aylanadi, shuning uchun bu jarayon ijtimoiy-tarixiy xususiyatga egadir.

Yüklə 3,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə