Reja : Kuzatish metodi. Taqqoslash metodi. Tarixiy metod. Eksperimental (tajriba) metodi. Tabiatshunoslik fanining muammolari. Tabiatshunoslik fanining ahamiyati Tayanch iboralar: Kuzatish metodi. Taqqoslash metodi



Yüklə 20,84 Kb.
səhifə1/4
tarix21.10.2023
ölçüsü20,84 Kb.
#129388
  1   2   3   4
3-k-3-ma`ruza


3-ma’ruza:. Boshlang`ich ta`lim tabiiy fanlari sohasidagi tadqiqot metodlari.
R e j a :
1. Kuzatish metodi. Taqqoslash metodi. Tarixiy metod. Eksperimental (tajriba) metodi.
2. . Tabiatshunoslik fanining muammolari.
3. . Tabiatshunoslik fanining ahamiyati
4. Tayanch iboralar: Kuzatish metodi. Taqqoslash metodi. Tarixiy metod. Eksperimental (tajriba) metodi. Modellashtirish metodi. Sitogenetik metod Egizaklar metodi Immunologik metod Biokimyoviy metod. Populatsion statistik metod


Kuzatish metodi. Organizmlar va ularni o`rab turgan atrof-muhitda ro`y beradigan hodisalarni kuzatish, tasvirlash va tahlil qilish imkonini beradi. Bu metod qadim zamonlardan boshlab olimlar tomonidan daliliy materiallar yig`ish va uni tavsiflash uchun keng qo`llanilgan. XVIII asrda bu metod yordamida biolog olimlar hayvonlar va o`simliklarni ta‘riflash, tasvirlash va to`plangan materiallarni tartibga solish bilan shug‗ullangan
Taqqoslash metodi. Turli biologik tizimlarning tuzilishi, funksiyasi, tarkibiy qismlardagi o`xshashlik va farqlar taqqoslash metodi yordamida o`rganiladi. Mazkur metoddan sistematika, morfologiya, anatomiya, paleontologiya embriologiya fanlarida foydalaniladi. Taqqoslash metodi yordamida hujayra nazariyasi, biogenetik qonun, irsiy o`zgaruvchanlikning gomologik qatorlar qonuni kashf etilgan. XVIII asrdan boshlab keng qo`llanila boshlangan bu metod biologic obyektlar, hodisa va jarayonlar o`rtasidagi o`xshashlik hamda farqlarni aniqlash orqali ularning mohiyatini ochishga imkon yaratdi.
Tarixiy metod. Mazkur metod turli sistematik guruhlarning evolutsion jarayonda paydo bo`lishi, takomillashishini dalillar yordamida tushunish va ularni avvaldan mavjud bo`lgan dalillar bilan qiyoslash, organizmlarning paydo bo`lishi va rivojlanishi, ularning tuzilishi va funksiyalarining murakkablashib borish qonuniyatlarini bilib olishga imkon beradi. Shu orqali organizmlarning paydo bo`lishi va tarixiy taraqqiyoti qonuniyatlarini asoslab berish mumkin. Tarixiy metod turli era va davrlarda organizmlarning paydo bo`lishi va organic olam evolutsiyasini o`rganishda qo`llaniladi.

Yüklə 20,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə