Shaxs ijtimoiylashuv jarayonining psixologik tavsifi. NamDU, Psixologiya kafedrasi dotsent V b. Akbarov Soxodilla Yuldashboyevich



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix27.05.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#113444
  1   2   3   4   5
6423c7c07074c Akbarov 2



Shaxs ijtimoiylashuv jarayonining psixologik tavsifi. 
 
 
NamDU, Psixologiya kafedrasi dotsent v.b.
Akbarov Soxodilla Yuldashboyevich 
 
 
Annotatsiya: 
Ushbu
 
maqolada shaxslararo munosabatlarda shaxsning va 
unga nisbatan bo`layoygan munosabatlarda ijtimoiylashuv jarayoninig psixologik 
tavsifi xaqida yoritilgan. 
 
 Kalit so’zlar: 
Shaxs,ijtimoiylashuv, jamiyat, indvid, makro, mikro muxit, ong. 
 
 
 
 
KIRISH 
Bugungi kunda shaxsning ijtimoiylashuvi o’ziga xos jarayon sifatida, shaxsning 
hayoti va faoliyatida o’z aksini topadi. Bolaning mustaqil hayotga qadam qo’yishi, 
uning ijtimoiylashuvi, shaxsning jamiyat hayotiga, uning ijtimoiy ta`sirlariga 
moslashishi, uning ijtimoiy voqelikni bilish va anglash faoliyatiga bo’lgan muhim 
ehtiyoji sifatida paydo bo’ladi.
1
Shu bilan birga, bolada yana bir zarur hayotiy ehtiyoj, ya`ni har bir shaxsda o’ziga
xoslikni, alohidalikni namoyon etish hissi ham shakllanadi. 
Bola o’z “Men”ini ro’yobga chiqarish uchun turli usullar va vositalarni qidira 
boshlaydi va shu orqali uning shaxsiy sifatlari shakllanadi.
Shaxsning alohida psixologik, o’ziga xos xislatlari, faqat o’ziga tegishli bo’lgan 
ijtimoiy faoliyatda namoyon bo’ladi, uning ijtimoiy xulq-atvori esa takrorlanmas 
jihatlarga ega bo’lib boradi. 
Bolaning shaxs sifatida ulg’ayib, ijtimoiy rivojlanishi o’zaro bir-biriga bog’liq 
bo’lgan ikkita yo’nalishda olib boriladi: 
-moslashuv (ijtimoiy-madaniy va tarixiy tajribalarni o’zlashtirish); 
-individuallashiv (mustaqillik, nisbatan o’ziga xoslikka ega bo’lish). 
Ijtimoiylashuv tushunchasi
zamonaviy ilm-fanda inson shaxsining jamiyat 
1
Каримова В.М.Ижтимоий психология.Т. Фан ва технология нашриёти. 2012. 
67 


hayotiga moslashishi va individuallashishi(o’ziga xoslikning ifodalanishi) kabi 
jarayonlarini o’zaro bog’lab turadi.
Shaxsning muayyan bir jamiyatdagi ijtimoiy shart-sharoitlarga moslashuvi va 
o’zini alohida olingan shaxs sifatida tasavvur qilishi ijtimoiylashuv jarayonining 
asosiy mazmunini tashkil qiladi. Moslashshish sub’ekt va uni o’rab turgan ijtimoiy
muxitning o’zaro faol yaqinlashuvi natijasi xisoblanadi. 
Ijtimoiy moslashuv jamiyatdagi mavjud ijtimoiy qatlamlariga xos bo’lgan vositalar 
orqali amalga oshiriladi:
-
bolaga g’amho’rlik qilish usullari;
-
maishiy va gigienik yurish-turish qoidalari;
-
insonni o’rab turuvchi moddiy va ma`naviy ne`matlar; 
-
madaniyat mahsulotlari;
-
shaxslararo muloqot va muomala usullari;
-
oilada rag’batlantirish va jazolash uslublari; 
-
shaxslararo o’zaro munosabatlar;
-
faoliyat turlari: o’yin, amaliy faoliyat, sport faoliyati. 
Har bir jamiyatda ijtimoiy guruhlar uchun turli-tuman ijtimoiy normalar va 
ta`qiqlashlardan iborat chora-tadbirlar ishlab chiqiladi, shu orqali inson xulq-atvori 
ushbu jamiyatda qabul qilingan me’yoriy qadriyatlarga moslashtiriladi. 
Bolaning shaxs sifatida jamiyatga qo’shilishi, ya`ni ijtimoiylashuvining yetakchi 
vositalari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin: 
Ota-ona, o’z tengdoshlari va pedagog-murabbiylar bilan o’zaro muloqot, faoliyat 
turlari(o’yin va o’quv faoliyati, ijodiy faoliyat, sport faoliyati)ni egallash. 
Shaxsning ijtimoiylashuvi bolalar, o’smirlar, o’spirinlarning ruhiy rivojlanishi va 
shaxs sifatida voyaga yetishiga ta’sir ko’rsatuvchi ko’p sonli shart-sharoitlar 
zamirida yuzaga keladi.
Ijtimoiylashuv jarayoniga tashqi va ichki omillar ta`sir etadi: 
Tashqi omillar: 
- megaomillar(mega-ulkan) - koinot, butun yer sharidagi jarayonlar. 
- makroomillar(makro-katta) - davlat va jamiyatdagi demografik, ijtimoiy-siyosiy, 
madaniy va ekologik omillar. 
- mezoomillar(mezo-o’rta) – muayyan hudud va yashash joyidagi ommaviy aloqa 
tarmoqlari, muayyan guruhlarning ijtimoiylashish shart-sharoitlari. 
- mikroomillar(mikro-kichik) – alohida shaxslarga ta’sir qiluvchi omillar 
tizimi(oila, mahalla maskanlari, tengdoshlar guruhi, ta`lim va tarbiya
muassasalari, davlat va nodavlat tashkilotlari). 
Ijtimoiylashuv shaxsning butun hayoti davomida kechadigan ko’p qirrali
jarayondir, u ayniqsa bolalik va o’smirlik davrlarida nihoyatda jadallik bilan
68 


kechadi, chunki aynan bolalik davrida asosiy ijtimoiy me’yorlar o’zlashtiriladi. 
Bolaning ijtimoiylashuvida, ijtimoiy intizom va tartib, madaniyatning mufassal 
ko’rinishi bo’lgan jamiyaning muhim o’rni bor. 
Yirik fransuz psixologi Anri Vallon(1879-1962) bola psixikasining rivojlanishini 
marksistik nuqtai-nazar orqali tahlil qiladi. Uning asosiy g’oyalari “Bolaning 
psixik rivojlanishi”(1941), “Harakatdan to fikrlashgacha”(1942), “Bola tafakkuri 
manbalari”(1945) kabi tadqiqot ishlarida bayon etilgan.
2
Vallonning ko’rsatishicha bola psixik taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchi, 
bola yashab turgan muxitning murakkablashib borish jarayoni va unda bolaning 
o’zaro birgalikdagi faoliyati xisoblanadi. Bolaning psixik rivojlanishiga ta`sir 
ko’rsatuvchi shart-sharoitlardan, insoniyat tomonidan yaratilgan buyumlar va 
odamlarning xulq-atvori hamda ularning munosabatlari muhim ahamiyatga ega. 
Dastlab bola psixikasi uchun tashqaridan kelayotgan ta`sirlar muhim o’rin 
egallaydi, so’ngra psixik rivojlanish ko’proq ichki shart-sharoitlarga bog’liq bo’lib 
boradi. O’z navbatida psixik rivojlanish bola faoliyat olib borayotgan sharoitning 
murakkablashib borishiga ham uzviy aloqadorlik kasb etadi. 
Anri Vallonning ta`kidlashicha, bola psixik rivojlanishini belgilab beruvchi asosiy 
natija, bolaning shaxs sifatida ulg’ayishi xisoblanadi.
Rivojlanish bir bosqichdan ikkinchi bosqichga sifat o’zgarishlari bilan o’tadi, 
o’tish jarayonlari inqirozli xolatlar bilan kechadi.
Vallon o’z ilmiy ishlarida ruhiy taraqqiyotga ta`sir etuvchi biologik va ijtimoiy 
omillarnig o’zaro munosabati masalasiga ham alohida to’xtalib o’tadi hamda 
bolaning psixik rivojlanishi insoniyat taraqqiyotining qayta takrorlanishi deb 
xisoblaydigan nazariyalarni tanqid ostiga oladi.
Neofreydizm oqimi vakillaridan biri E.Fromning ishlari kapitalistik dunyo 
ziyolilari o’rtasida katta ommaviylikka erishdi.
E.Fromm 1933-yilda AQSHga ko’chib o’tib, Chikago psixoanaliz 
institutida, so’ngra 1951-yilda Meksikada ishlaydi. Freyd tomonidan xulqining 
yagona dvigateli (xarakatlantiruvchi kuchi) biologik kuchlar deb baholangan 
bo’lsa, Frommning uqtirib o’tishicha, hamma uchun umumiy bo’lgan ochlik, 
tashnalik, jinsiy mayllar kabi ayrim ehtiyojlar mavjud, lekin odam xarakteridagi 
farqlarni yaratuvchi ehtiyojlar: sevgi va nafrat, xokimiyatga intilish va unga 
bo’ysunish, xissiy qoniqishdan rohatlanish va undan qo’rqish - ijtimoiy jarayonlar 
xosilasidir. 
Odamning nafis, go’zal va bebosh tuyg’ulari unga tabiatan 
2
Курс общей, возрастной и педагогической психологии. Выпуск 3.Под ред. М.В.Гамезо. М. 
«Просвещение». 1982.
69 


berilmagan, balki odamning o’zini kashf etuvchi ijtimoiy jarayon natijasidir. 
Odam jamiyatning bir bo’lagi, lekin u bilan uyg’unlikda yashay olmaydi, 
chunki uning o’zi aloxida bir jonzotdir. 
E.Fromning ko’rsatishicha, Evropa sivilizatsiyasi tarixida o’rta asrlar 
ijtimoiy xavfsizlik va birdamlik davri sanaladi: har kim ijtimoiy tizimda o’z o’rnini 
biladi va hech kim yolg’izlikni, boshqalardan ajralib qolishni xis qilmagan. 
Renessans va reformatsiya(uyg’onish va islohotlar davri) o’rta 
asrlardagi stabillik(ma’rom)ni izdan cniqardi. Odam erkinlikni qo’lga kiritdi, 
ammo ijtimoiy xavfsizligini boy berdi, individning boshqalariga bogliqligi o’ta 
kuchaydi, uni qanday qabul qilishlari muhim ahamiyat kasb eta boshladi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə