Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 6
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor
ASI Factor = 1.7
992
w
www.oriens.uz
June
2022
IJTIMOIY PЕDAGOGIKA FANIGA ZARURIYAT VA UNING AHAMIYATI
Abdullaeva Havoxon Yaqubjanovna
Andijon davlat universiteti
“Umumiy pedagogika” kafedrasi katta o‘qituvchisi
ANNOTATSIYA
Bugungi kunda ijtimoiy pedagogikaga qiziqish jamiyat taraqqiyotining
ehtiyojlari va davlatning ijtimoiy buyurtmasi asosida paydo bo‘ldi. Maqolada
bugungi kunda ijtimoiy pеdagogika faniga zaruriyat va uning ahamiyati haqida so‘z
boradi.
Kalit so‘zlar:
ijtimoiy pedagogika, ta’lim va tarbiya, sotsiologiya, bozor
iqtisodiyoti, ijtimoiy munosabatlar.
АННОТАЦИЯ
Сегодня интерес к социальной педагогике возник на основе развития
потребностей общества и социального заказа государства. В статье
рассматривается необходимость социальной педагогики и ее значение.
Ключевые слова:
социальная педагогика, образование и воспитание,
социология, рыночная экономика, социальные отношения.
ABSTRACT
Today, interest in social pedagogy has arisen on the basis of the development
of the needs of society and the social order of the state. The article discusses the need
for social pedagogy and its significance.
Keywords:
social pedagogy, education and upbringing, sociology, market
economy, social relations.
KIRISH
Hozirda
respublika siyosiy, iqtisodiy, ta’lim va ma’rifiy-madaniy islohotlarni
boshdan kechirmoqda. Ijtimoiy tuzilmalarni insonparvarlashtirishning yangi
tamoyillari, bozor iqtisodiyoti
munosabati qonunlari, mafkuraviy va axloqiy
tamoyillarning o‘zgarishi ishsizlik, moddiy yetishmovchilik,
bolalarning
nazoratsizligi, oilalarning ajralib ketishi, g‘ayri ijtimoiy xodisalar-alkogolizm,
narkomaniya, jinoyatchilik, fohishalik kabi ijtimoiy
muammolarni keskinlashuviga
sabab bo‘lmoqda. Bu holatda birinchi navbatda bolalar, so‘ngra esa kattalar ijtimoiy
yordamga muxtojdirlar. Bunday sharoitlarda jamiyatning ijtimoiy muammolariga
bog‘liq bo‘lgan pedagogik masalalarni hal qiluvchi, uning ijtimoiylashuvi jarayonida
shaxsga yordam beruvchi mutaxassis sifatida ijtimoiy pedagogga talab paydo bo‘ladi.