Vujudga kelganligidan tashqari, o‘troq hayotning boshlanganligi bilan



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/54
tarix05.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#104455
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
OZBEKISTONNING MADANIYATI VA SANATI



16
vujudga kelganligidan tashqari, o‘troq hayotning boshlanganligi bilan 
ham xarakterlanadi. Bu davrga kelib odamlar tikishni o‘rganganlar, 
hayvon terilaridan kiyim tikish bilan birga o‘zlari yashayotgan turar-
joylarning ustlarini yopishda ham foydalanganlar.
Shunday qilib, bu davrga kelib odam madaniyatning yana bir 
boyligi – o‘zining tanasini himoya etadigan kiyim-kechakka ega 
bo‘lgan. Bu davrda nafaqat olovning qoldiqlari, balki o‘choq va o‘ta 
sodda holdagi pechlarning qoldiqlari ham uchraydi. Orin’yak-salyutr 
davriga oid bo‘lgan maskanlardan eng sodda haykal va rasmlarning 
nusxalari ham topilgan. Bu yerlardan topilgan parmalangan hayvon 
tishlari va boshqa ba’zi bir bezak buyumlari ham topilgan. Nihoyat, 
ayrim belgilar, jumladan ibtidoiy odam skletlarining quyilishi 
holati hamda ayrim ibtidoiy rasm va tasvirlarning mazmuni ana shu 
bosqichga kelib dinning paydo bo‘lganligini ham ko‘rsatadi.
Xullas paleolit davrining so‘nggi bosqichlariga kelib antropogenez 
jarayoni tugallanib, hozirgi zamon odami paydo bo‘lgan. Ana shu 
davrga kelib irqlar ham paydo bo‘la borgan. Shuningdek bu davrda 
bir necha qismdan iborat bo‘lgan qurol-yarog‘lar ham paydo bo‘lgan. 
Suyak va hayvon shohlaridan material sifatida keng foydalanila 
boshlangan. Yirik hayvonlarni ovlash osonlashib, doimiy turar-
joylar vujudga kelgan. O‘troqlashib yashash o‘choq va xonani 
isitish yo‘llarining o‘ylab topilishiga, tikuvchilikni yuzaga kelishiga 
sabab bo‘lgan. Bularning barchasi ishlab chiqarish kuchlarining 
ancha taraqqiy yetganligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga bu bosqichda 
tasviriy san’at, bezak buyumlari va diniy qarashlarning paydo 
bo‘lishi ibtidoiy jamiyatning ustqurmasi shakllana borganligidan 
dalolat beradi.
Paleolitning orin’yak-salyutr bosqichidan keyingi madaniyat 
Madlen madaniyati deb nomlanadi. Fransiyaning janubi-g‘arbidagi 
La Madlen degan joy nomidan olingan. Madlen madaniyati suyak 
va shohdan turli buyumlar ishlab chiqarishning sezilarli darajada 
rivojlanganligi bilan xarakterlanadi. Bu davrda nayza otadigan 
qurollar va garpun paydo bo‘lgan.
Arxeologik davrlashtirishga muvofiq, paleolitdan so‘ng ko‘pdan-
ko‘p madaniyatlar mavjud bo‘lgan. Ular neolit degan umumiy nom 
bilan yuritiladi. Neolit ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi 
asosida kishilik jamiyatining anchagina tabaqalarga bo‘linish davri 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə