Vujudga kelganligidan tashqari, o‘troq hayotning boshlanganligi bilan



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/54
tarix05.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#104455
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
OZBEKISTONNING MADANIYATI VA SANATI

SO‘Z BOSHI
“O‘zbekistonning madaniyati va san’ati tarixi” fani O‘zbekiston 
Respublikasining davlat mustaqilligi qo‘lga kiritilgandan so‘ng, 
mamlakatimizdagi oliy o‘quv yurtlarida bakalavr va magistratura 
yo‘nalishlarida ta’lim olayotgan talabalarga maxsus fan sifatida 
o‘qitish yo‘lga qo‘yildi.
Ushbu fanning predmeti va tadqiqot obyekti insoniyatning 
bir necha ming-yillar davomidagi madaniy faoliyati, madaniyat 
taraqqiyoti tarixi va nazariyasini o‘rganishdan iborat. Mazkur 
o‘quv qo‘llanmada “O‘zbekistonning madaniyati va san’ati tarixi” 
fanining predmeti, mazmun-mohiyati, uslubiy asoslari, ijtimoiy 
vazifalari ochib berilgan. Uni o‘qish jarayonida moddiy madaniyat
sivilizatsiya, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ma’naviy va 
madaniy meros tushunchalarining ma’no-mazmunini bilib olasiz.
“O‘zbekistonning madaniyati va san’ati tarixi” fani Vatanimiz 
xalqlarining madaniy turmushi, o‘ziga xos jihatlarini yorituvchi 
ma’lumotlarning ko‘pligi va bu fanning to‘liq mazmun-mohiyatini 
ifoda etish uchun qismlarga bo‘lib yaratildi. Mazkur o‘quv 
qo‘llanmadan oliy o‘quv yurtlarida o‘qitiladigan ijtimoiy-gumanitar 
fanlar, madaniyat va turizm bilan bog‘liq fanlarda foydalanish 
mumkin. Shuningdek, yurtimiz madaniyati va san’atiga qiziquvchilar
tadqiqotchilar va keng kitobxonlar uchun mo‘ljallangan.


4
MAVZU: O‘ZBEKISTONNING MADANIYATI VA SAN’ATI 
TARIXI FANIGA KIRISH. IBTIDOIY DAVR MADANIYATI
Reja:
1. O‘zbekistonning madaniyati va san’ati tarixi fanining 
predmeti, maqsad va vazifalari.
2. Ibtidoiy davr madaniy bosqichlari.
3. Ibtidoiy davrning ma’naviy madaniyati.
Mavzuning o‘quv maqsadi: 
Talabalarga O‘zbekistonning mada-
niyati va san’ati fanining maqsadi va vazifalari, ibtidoiy davrning 
madaniy bosqichlari hamda ma’naviy madaniyati haqida ma’lumot 
berish.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə