Vujudga kelganligidan tashqari, o‘troq hayotning boshlanganligi bilan


Birinchi davr – eramizgacha II ming-yillik ilk davlatchilik



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/54
tarix05.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#104455
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
OZBEKISTONNING MADANIYATI VA SANATI

Birinchi davr – eramizgacha II ming-yillik ilk davlatchilik 
tuzil malarining yuzaga kelishi va shahar madaniyati va hunar-
mandchiligining paydo bo‘lishi.
Birinchi davlat tuzilmalari nishonasi sifatidagi kichik shaharchalar 
shahar madaniyatining eng dastlabki shakli hisoblanadi, ularning 
yuzaga kelishini tadqiqotchilar eramizgacha II ming-yillikka mansub 
beradilar (masalan, O‘zbekiston janubida 200 gektar maydonni 
egallagan yirik Jarqo‘ton manzilgohi yoki uy-joy, ma’muriy va 
sajdagoh majmui ko‘rinishidagi kichikroq Sopollitepa manzilgohi). 
Dastlabki yirik shaharlar eramizgacha I ming-yillikda yuzaga kelgan 
va qadimgi davrdayoq biz O‘zbekistonning barcha hududlarida 
shaharsozlikning shiddat bilan rivojlanganini kuzatamiz. Bu 
O‘zbekistonning janubi ham (Qiziltepa, Bandixon, Dalvarzintepa, 
Xalchayon, Kampirtepa va h.k.) va markaziy mintaqalar ham 


6
(Samarqand yoki yunon mualliflaricha Maroqand) va Farg‘ona 
(yunon mualliflaricha Kiropol) va Xorazm (Qal’aliqir, Tuproqqal’a va 
h.k.) hamdir. Bu davr moddiy va badiiy madaniyati hunarmandchilik 
va sajdagohlik san’ati shaklidagi yahlitlik ko‘rinishida namoyon 
bo‘ladi.
Ikkinchi davr – eramizgacha I ming-yillikning birinchi yarmi 
Ilk davlatchilik tuzilmalari san’ati va hunarmandchiligi.
Bu Baqtriya, Sug‘d, Xorazmning tarixiy-madaniy viloyatlari 
shakllanishi davri bo‘lib, bunda siyosiy hokimiyatning tarmoqlangan 
tizimli davlatlarning dastlabki shakllarini ko‘rish mumkin. San’atda 
ikkita yorqin yo‘nalish namoyon bo‘ladi, ulardan biri sug‘oruvchi 
dehqonchilik, boshqasi ko‘proq ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi 
chorvachilik bilan mashg‘ul mintaqalarning rivojlanishi bilan 
bog‘liq. O‘zbekiston turli viloyatlarida ilk davlatchilik shakllanishiga 
muvofiq holda madaniyat va san’atning mahalliy xususiyatlari 
yuzaga kela boshlaydi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə