Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish general chyernyayevning toshkentga bosqini



Yüklə 132,76 Kb.
səhifə1/3
tarix12.05.2023
ölçüsü132,76 Kb.
#109843
  1   2   3
GENERAL ChYERNYaYEVNING TOShKENTGA BOSQINI




Mundarija:


Kirish
I. Asosisy qism
I.1.General Chyernyayevning toshkentga bosqini
I.2.Iqon jangi
I.3.Toshkentning urushib olinishi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish

GENERAL ChYERNYaYEVNING TOShKENTGA BOSQINI
Qo‘qon xonligining siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazlaridan hisoblangan Toshkent shahri hozirgi Qozog‘iston va Qirg‘iziston yerlarida rus qo‘shinlariga qarshi olib borilgan janglarda muhim o‘rin to‘tgan. Natijada Toshkent o‘zining kuplab vatanparvar farzandlaridan ayriddi, katta moddiy talafot ko‘rdi. Endilikda Rus davlati to‘g‘ridan-to‘g‘ri Toshkentni ham bosib olishga kirishdi. Bu vaqtda Toshkent shahri 25 chaqirim uzunlikdagi qalin mudofaa devorlari bilan o‘ralib, devorining balandligi 5-7 metr, ostining eni esa 2-3 metrga yetgan. Tepasining kengligi 2 metrdan kam bo‘lmay, ichki tarafdan ochiq, sirtidan oralatib paxsadan ishlangan mudofaa minorachalari qurilgan. Sarbozlar mazkur minorachalar orqasidan dushmanga o‘q uzardilar. Shahar Qo‘qon, Qashqar, Labzak, Taxta-pul, Qorasaroy, Sag‘bon, Chig‘atoy, Ko‘kcha, Samarkand, Kamolon, Byoshog‘och va Qaymas singari 12 asosiy darvozaga ega bulgan. Bundan tashqari, Tyoshik-qopqa, Yan-gi Maxma, Sarboz (Urdada) kabi kichik darvozalari ham bor edi. Devor ustida navbati bilan doimo soqchilar almashib turib dushman sharpasi kurinishi bilanoq «bv keldi», deb baqiriq-chaqiriq ostida shahar aholisi mudofaaga chaqirilgan. Shahar devorining atrofi suv to‘ldirilgan chuqur zovur bilan uralgan. Dush­man devorga yaqinlashishi uchun zovurlarni kechib uti­shi kerak edi. Ammo bu oson ish bulmay, ko‘p hollarda dushman askarlari katta talofat kurgan. Chunki zovurdan utayetganda sarbozlar ularning ustiga tashlanib, suvga chuktirganlar yeki pichoqlab o‘ldirganlar. Tosh­kent Qo‘qon xonligi tomonidan 1809 yili bosib olin-gandan keyin hozirgi O‘rda kuprigining o‘ng tomoni­dan Anhor buylab Mustaqillik maydonigacha cho‘zilgan joydan boshlanib, Navoiy kuchasi va Xadicha Sulaymonova kuchalari o‘rtasidagi yerlarni qamrab olgan hududda 10 ming askar sig‘adigan qal’a qurilgan edi. Uning o‘rtasidagi hukumat saroyida hokim yashagan. U Qo‘qon Urdasi ham deyilgan. Hozirgi «Urda» so‘zi shu tufayli yuzaga kelgan.
Shahar Shayxontahur (aslida Shayx Xovand Tahur), Sebzor, Byoshog‘och va Ko‘kcha nomlarida to‘rt dahaga bu-lingan. 1871 yilgi ma’lumotga ko‘ra, Shayxontahur da-hasidagi 48 mahallada kuproq temirchilar, to‘quvchilar, egar-jabduq ustalari va yog‘ tayyorlovchilar, Sebzordagi 38 mahallada buyeqchilar, tikuvchilar, etikduzlar, Ko‘kchadagi 31 mahallada kunchilar, kosiblar yashaganlar. Bu yerda 340 charm ishlab chiqaradigan korxona, 218 kosibchilik korxonasi bulgan. Byoshog‘och mahallasida esa kuproq boy tabaqalar, uning atrofidagi joylarda esa g‘ishtchilar istiqomat qilgan. Shaharda 189 machit, 10 Madrasa bor edi. Shahar aholisi orasida mohir merganlar, jasoratli va mard kishilar hamda Vatan uchun jonini fido etuvchilar kupchilikni tashkil etgan. Shahar aholisining soni bir ma’lumotda 200 ming, boshqasida esa 100 ming qilib kursatiladi. Toshkent shahri har jihatdan Rus davlati diqqat markazida turar, shuning uchun ham 1861 yildayeq harbiy sarkardalardan biri Bezak Orenburg va Sibir qo‘shinlari bilan Toshkentni darhol bosib olishni harbiy vazirlikka taklif qilgan edi. U bu reja amalga oshirilganda, Rus davlatining chegarasi ancha kengayishiga, armiyani oziq-ovqat va boshqa zarur narsalar bilan ta’minlashga, tog‘ jinslariga ega bo’lishga va, umuman, Rus davlatining ta’sir doirasining kengayishiga erishish mumkinligini uqtirib o‘tgan.1
«Toshkent masalasi» 1863 yilning 9 martida rus imperatori qatnashuvida maxsus komitetda muhokama etilib, G‘arbiy Sibir general-gubernatori Dyugammelning mazkur mavzu buyicha fikrini bilish va 1863 yil bahorida Sirdarbning yuqori oqimini harbiy yurish nuqtai nazaridan urganish va ma’lumot to‘plash haqida qaror qabul qilinadi.2 Dyugammel esa, 1862 yilning 26 mayida bzgan xatida birinchi navbatda Chuy ortiga harbiy qism yuborish va so‘ngra Avliyeotani qo‘lga kiritishni taklif etdi.3 Shuningdek, u Toshkentni uru­shib olish ancha mablag talab etishini ta’kidlab, Rus davlati ixtiyorida mustaqil Toshkent xonligini bunyod etish maqsadga muvofiqligini ma’lum qildi. General Dyugammel takliflari 1863 yilning 23 fevralida tilga olingan maxsus komitetda muhokama qilinib, «iqtisodiy mulohazalarga» ko‘ra, Avliyo otani bosib olish va boshqa harbiy yurishlarni tuxtatib turish tavsiya etildi.4 Shu bois harbiy yurishlarni uyushtirish asosan 1864 yilga qoldirilgan bo‘lsada, lekin qanday bo‘lmasin Toshkentni egallash niyati rus harbiy sarkardalarini, xususan general Chyernyayevning miyasiga qattiq urnashib qolgandi. U Chimkentni urushib olganidan unchalik kup utmay, ya’ni 1864 yilning 27 sentyabrida, 8 rota, 100 nafar kazak, 12 zambarak, 1500 askar va 400 qozoq militsiyasi (kungillilari) bilan Toshkent tomon yul oladi.
Bu to‘grida Muhammad Solih Toshkandiy shunday yozgan: «Uruslar Toshkent safari uchun tayyorgarlikni boshlab, asbobu anjomlarni taxt qilib, harbiy tayyor­garlikni ko‘rib, askarlarini yarog‘-aslaha bilan ta’min-lab, uldirilgan Boyzoqning ugli Oqmullani yuklar ortilgan tuyalarni boshqarib borishga boshliq etib tayinladi. Uning boshqa o‘g‘illari esa yul boshlovchi sifatida xizmat qildilar». 1864 yilning 1 oktyabri-da Chyernyayev Toshkent shahrining sharqiy tomonidagi Darvishak qopqa degan joyga yetib keladi. Rus har-biylari bu yerdan Anhor suvidan utib, Chinobod va Xoja Ahror vaqf yerlari, ya’ni Oqqurg‘on orqali sha-harga yaqinlashib Qo‘qon yo‘liga joylashadilar. Dush­man kelayetganidan boxabar shahar aholisi devor usti-da jangga tayyor turgan edi. Qo‘shfarmonchi Qipchoq boshchiligidagi askarlar Qo‘qon darvozasi, Mirza Ax­mad qushbegi sarbozlari Qashqar darvozasi himoyasiga otlanganlar. To‘pchilar esa, bu ikki darvoza orasidagi devor ustiga urnashdilar. Mudofaaga barcha shahar axo­liyey otlanib «g‘ariblar, fuqarolar, qariyalar, hatto ibodatu namozdan kura qulimizdan kelgancha xizmat qilish yaxshi va savob, deyishib mujohidlarga va g‘o-ziylarga suv hamda oziq-ovqat yetkazib turdilar».
1864 yilning 2 oktyabrida ertalabdan boshlab har ikki tomon o‘rtasida to‘plardan uqlar o‘zildi. Bu vaqt-da Eshonquli dodxoh madrasasi mullavachchalari (talabalari), xususan eshon Sharifxuja Ofoqxuja o‘g‘li, eshon Hojixon Solihhoji yuzboshi o‘g‘li, Sa’id Ah-rorxuja Sotiboldixuja ugli, pichoqchi usta Sodiq Na­zar, uratepalik Xidirnazar zargarning ukasi va bosh-qa ziyeli vakillari «g‘azoni va bu sharafli urushni Qur’on, tafsir va hadislardan olingan suzlar bilan isbotlab, hammani g‘azotga va urushga chorladi. Ular-ning uzlari ham Qo‘qon darvozasiga borib to‘pchilarga qo‘shilib uq joylashda va otishda qatnashdilar».5
General Chyernyayev boshchiligida shahar devori to‘p-lardan o‘qqa tutilgandan keyin podpolkovnik Obux 2 rota askari va 4 to‘pi bilan hujumga utib devorning bir qismini tyoshishga erishadi. Shundan keyin rus askarlari podpolkovniklar — Obux va Lerx qo‘mon-donligida shu joydan shaharga bostirib kirish uchun zovurni kechib utishga harakat qilganlar. Muhammad Solih Toshkandiyning guvohligiga kura, «uruslar olg‘a chopib zovurga uzlarini urdilar; ularning ikkinchi guruhi yerdamga kelmokda edi. Shu onda devor ustidagi shertabiat va dovyuraklar uzlarini pastga tashlab, zo-vur ichida uruslar bilan yeqama-yeqa ushlashib bir-bir-larini xanjar bilan uldira boshladilar. Hatto ba’zi kishilar qochib ketayetgan dushman orqasidan quvib va ushlab, xanjar va qilich bilan jang qildilar. Zovur ichidagi uruslardan urush va talash bilan 72 kishining boshi tanasidan kesilib, yarog‘-aslahalari o‘lja olinib g‘oziylarga bo‘lib berildi».6
General Chyernyayev 2 rota askar bilan shahar devori-ga yaqinlashsa-da, lekin g‘alaba qilishiga ishonmay, 12 zambarakdan shaharni o‘qqa tutdi. Shu paytda zovurdagi ayrim ruslar fursatdan foydalanib ularga qushilish imkoniga ega bo‘ladilar. Xullas, general Chyernyayev shar-mandalarcha mag‘lubiyatga uchrab, 4 oktyabrda Chimkentga qaytib ketishga majbur bo‘ldi. Toshkentliklarning ja-sorat va mardlik bilan jang qilganliklarini rus mualliflaridan biri ham uqdirib o‘tgan: «Shahar de­vori ga 2 rota va 4 zambarakdan iborat harbiy qism podpolkovnik Obux qo‘mondonligida hujum qildi. Ko‘p o‘tmay ular devorni tyoshishga erishdilar. Shundan ke­yin Obux podpolkovnik Lerx bilan hal qiluvchi hu-jumni boshlab yubordi. Ammo Qo‘qonliklar (toshkent-liklar) shu darajada qattiq o‘qqa tutdilarki, soldatlar devorga yettuncha barcha boshliqlaridan ayrildilar. Obux o‘lar holatda jarohatlandi. Chyernyayev yordamga kelgan bo‘lsa-da, lekin vaqt o‘tgan edi, yo‘dda o‘liklar yetardi, yaradorlar jon bermoqsa edi. Tiriklari esa, zovurda qalashib madorsiz yetishardi. 80 ga yaqin kishi uz bosh-liqlarining jasorati uchun halok buldilar. Chyernyayev askarlari ashulasiz va xursandchiliksiz g‘am-g‘ussa bi­lan Chimkentga qaytdilar. Ammo ularning har biri qo‘qonliklar g‘alabadan quvonayetganliklarini yaxshi tushunardilar».
Shahar aholisi bir yeqadan bosh chiqarib qahramo-nona kurashganlari tufayli katta g‘alabani qo‘lga ki-ritish imkoni tug‘ilgandi. G‘oliblarni shaharliklar katta tantana bilan qarshi oldilar. Avaz Muhammad Attor Xuqandiyning yezishicha, Toshkentda «janobi sohibqironning (Sulton Sa’idxonning) kelishi xabari ma’lum buldi. Kofirlar uz joylariga qaytib ketish-di. Toshkentliklar bu fathu zafarni eshitib, janobi sohibqironga behisob lashkar bilan bir necha kofirning boshini hadya va sovg‘a sifatida jo‘natdilar. 19 jumadul-avval, chahorshanba kunida (1864 yil 21 oktya­brda) bu bashoratli xabar ul xosiyatsiz boshlar bilan birga Xo‘qandi latifga keldi. Kabiru sag‘ir, fuqaro-lar bir necha kun xursandchilik qildilar». Shunday qilib, general Chyernyayev askarlari Toshkent uchun jangda katta talofat ko‘rdilar. Halok bo‘lgan ruslar soni 70-80 kishiga borgan. Ammo general Chyernyayev ularning soni 18 kishi deb notugri ma’lumot bergan, yaradorlar sonini esa, 60 kishi hisoblagan.
Toshkent himoyachilaridan necha kishi o‘lganligi yeki jarohatlanganligi haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. Ammo ulardan ham ko‘pchilik halok yeki yarador bulganligi haqida aytilgan umumiy so‘zlar bor. Toshkentdagi g‘alaba Qo‘qonga ma’lum bulgandan keyin Sulton Sa’id-xon, Olimqul ruslarga qarshi harbiy tayyorgarlik ko‘-rishga jadallik bilan kirishadilar. So‘ngra ular Tosh­kent tomon yulga chiqib, bu yerga kelganlarida (1864 yil 25 noyabrda) xalq ularni shodu xurramlik bilan kutib oladi. «Sulton Sa’idxon va Mulla Olimqul amiri lashkar, — deb yezadi Muhammad Solih Toshkandiy, — ko‘p askarlar bilan Chirchiqdan o‘tganda shahar ahli, akobirlari, ulamolari, fozillari, sardorlar va shayxlar ularning qarshisiga chiqib zibrat etib, yigisig‘i bilan kurishib va duoga qul ko‘tarib, ularni sha-hardagi hukumat saroyiga olib keldilar. Ularga mujo-hidlar, g‘oziylar va shahar aholisi qatnashuvida ziye-fat berildi». Bu dushman ustvdan qozonilgan g‘alabaning tantanasi edi, albatta.
Sulton Sa’idxon va Olimqul g‘alabadan ruhlanib Turkiston shahrini ozod qilish uchun harbiy yurishga tayyorgarlik kurdilar. Ayrim ma’lumotlarga kura, Qu-qondan Toshkentga harbiy tayyorgarlik ishlarini amalga oshirish uchun yuborilgan Mulla Yunusxon shig‘ovul xon nomidan Hofiz Kuhakiy mahatlasilik Muhammad Sa’-id savdogarni tinchlik sulhi to‘zish maqsadida general Chyernyayev huzuriga yuborgan. Aftidan, bundan maqsad kelajakdagi janglarga tayyorgarlik uchun vaqtdan yutishdan iborat bulgan. Buni yaxshi anglagan general Chyer­nyayev sulh to‘zishdan bosh tortgan va elchi Chimkentdan hech narsaga erisha olmay qaytgan.
Bu urtada Qo‘qondagi hindlarning bir nechasi Sul­ton Sa’idxon va Olimqul huzuriga sarbozlik kiyimi-ni kiygan holda kelishib uzoqqa otuvchi to‘plar va 100 nafar askarga boshliq bo‘lish istaklarini izhor qiladilar. Bu hamdardlik va do‘stlikni aks ettiruvchi tak-lif inobatga olingan. Shuningdek, Qo‘qon, Toshkent va boshqa joylardan ko‘p kishilar Vatan himoyasi uchun kurashga tayyorliklarini bildirib mujohidlar qatoriga qushilganlar. Ammo shaharda sotqin va xoinlar ham yo‘q emas edi. Masalan, eng yirik boylardan va Rossiya bilan savdo qilib kelayotganlardan biri Sa’idazimboy Muhammad ug‘li (asli qorateginlik) Turkistonga borib Yangiqo‘rg‘on urushida asirlikka olin­gan rus soldatlarini Mirza Davlat dodxohdan 250 Qo‘qon tilla puliga sotib olgan. U bu asirlarni «uz manfaatlarini o‘ylab va o‘ruslarga yaxshi ko‘rinish uchun» Oqmasjidga olib borib, rus harbiy boshliqlariga topshirgan. Buning evaziga Sa’idazimboy rus hukumati-dan unvon va medallar olib, ularning eng ishonchli kishisiga aylangan. «Sa’idazimboyning bu nojo‘ya va nomunosib harakatidan, — deb yozgandi muarrix, — ba’zi zamon johillari va buzuqboshilari, xususan dug‘­lat, arg‘un va barlos qabilalari ham bu ishga moyil bo‘lib xalq orasiga muxolifat va ishonchsizlik urug‘ini sepdilar!».
Darhaqiqat, Sa’idazimboy va boshqa ayrim savdogarlar qo‘llaridan kelgancha rus harbiy sarkardalariga yerdam berdilar. Hatto Muhammad Solih Toshkandiy Toshkentdagi bir guruh nodon fitnachi va dili buzuq savdogarlar mollarini olib, ruslar bosib olgan Chim­kent, Sayram va Turkistonga ko‘chib ketganliklarini nafrat bilan yozgan. Sotqin guruhlar ko‘pchilikni tashkil etmasada, lekin ularning ichki sirlarni dushmanga ma’lum qilib turishlari ruslar galabasini ta’min-lagan eng asosiy omillardan biri hisoblanadi.


Yüklə 132,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə